BUXORO VILOYATI KAMBAG’ALLIKNI QISQARTIRISH VA BANDLIK BOSH BOSHQARMASI |Rasmiy telegram kanali @buxoro_viloyat_bandlik_boshqarma Channel on Telegram

BUXORO VILOYATI KAMBAG’ALLIKNI QISQARTIRISH VA BANDLIK BOSH BOSHQARMASI |Rasmiy telegram kanali

@buxoro_viloyat_bandlik_boshqarma


BUXORO VILOYATI KAMBAG’ALLIKNI QISQARTIRISH VA BANDLIK BOSH BOSHQARMASI murojaatlar bòlimi telefon raqami: +99865 2215355

BUXORO VILOYATI KAMBAG’ALLIKNI QISQARTIRISH VA BANDLIK BOSH BOSHQARMASI |Rasmiy telegram kanali (Uzbek)

Buxoro Viloyati Kambag’allikni Qisqartirish va Bandlik Bosh Boshqarmasi is your one-stop destination for official information and updates related to reducing poverty and developing entrepreneurship in the Bukhara region. This Telegram channel aims to inform and engage the local community in efforts to create a more prosperous and sustainable future. Who is it for? This channel is for residents of the Bukhara region who are interested in economic development, poverty reduction, and entrepreneurship opportunities. Whether you are a local business owner, a community member, or a government official, you will find valuable resources and updates on this channel. What is it? Buxoro Viloyati Kambag’allikni Qisqartirish va Bandlik Bosh Boshqarmasi is the official Telegram channel dedicated to sharing news, initiatives, and success stories related to reducing poverty and promoting entrepreneurship in the Bukhara region. From information on government programs to tips for small business owners, this channel covers a wide range of topics aimed at improving the economic landscape of the region. Join us on this journey towards a more prosperous and inclusive Bukhara region. Stay informed, get involved, and be part of the positive changes happening in your community. Follow Buxoro Viloyati Kambag’allikni Qisqartirish va Bandlik Bosh Boshqarmasi on Telegram today!

BUXORO VILOYATI KAMBAG’ALLIKNI QISQARTIRISH VA BANDLIK BOSH BOSHQARMASI |Rasmiy telegram kanali

17 Jan, 10:57


Kambag‘allikni qisqartirishda yangicha yondashuvlar taqdimot qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini ta’minlash va yangi yondashuvlar asosida kambag‘allikni qisqartirishga oid chora-tadbirlar taqdimoti bilan tanishdi.

▪️Bu yil 5 million 200 ming fuqaroning bandligini ta’minlash va 1,5 million aholini kambag‘allikdan chiqarish maqsad qilingan. Birinchi marta 60 ta tuman va shahar kambag‘allik va ishsizlikdan xoli hududga aylantiriladi.

▪️Mahalla bankirlari bilan birga 1,5 million aholi doimiy ishga joylashtirilib, 2 milliondan ziyod odam biznesga jalb qilinadi. Shu maqsadda bu yil kichik biznes loyihalariga jami 120 trillion so‘m kredit ajratiladi.

▪️Ilg‘or xorijiy tajriba asosida 32 ta yo‘nalishda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha yangi yondashuvlar yo‘lga qo‘yiladi. Misol uchun, 300 ta og‘ir mahallada umumiy quvvati 107 megavatt bo‘lgan quyosh elektr stansiyalari ishga tushiriladi. Ularga kambag‘al oilalar a’zolari kooperatsiya asosida ishga olinadi.

▪️123 ta tumanda kambag‘al aholi 20 ming gektar o‘rmon va ko‘chatzor barpo etish hamda dorivor o‘simliklar yetishtirishga jalb etiladi. Ular ekkan har 100 ta daraxt uchun 375 ming so‘m subsidiya to‘lanadi.

▪️Turizm salohiyati bor joylarda mehmon uylari va oshxonalar, muayyan pochta bo‘limlarida elektron tijorat markazlari ochilib, kambag‘al oila vakillari ishga olinadi.

▪️Umuman, joriy yilda 6 ming 472 ta mahallada yangi yondashuvlar asosida loyihalar amalga oshirilib, 210 ming nafar aholi kambag‘allikdan chiqariladi.

👉batafsil

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

BUXORO VILOYATI KAMBAG’ALLIKNI QISQARTIRISH VA BANDLIK BOSH BOSHQARMASI |Rasmiy telegram kanali

17 Jan, 10:57


Президент Шавкат Мирзиёев аҳоли бандлигини таъминлаш ва янги ёндашувлар асосида камбағалликни қисқартиришга оид чора-тадбирлар тақдимоти билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией мер по обеспечению занятости населения и сокращению бедности на основе новых подходов.

#Mirziyoyev #taqdimot #bandlik #mahalla

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

BUXORO VILOYATI KAMBAG’ALLIKNI QISQARTIRISH VA BANDLIK BOSH BOSHQARMASI |Rasmiy telegram kanali

17 Jan, 06:08


Maxsus reportaj

Buxoro shahrida «Kambagʻallikdan farovonlik sari» dasturi amalda


Kanalga ulanish: 👉  Telegram  Veb sayt  facebook

BUXORO VILOYATI KAMBAG’ALLIKNI QISQARTIRISH VA BANDLIK BOSH BOSHQARMASI |Rasmiy telegram kanali

17 Jan, 06:02


Vobkent: “Premiyer textile Vobkent” korxonasi 15 nafar qishloq ayolini ishli qildi

Soʻnggi yillarda paxta yigiruv-toʻqimachilik klasterlari yengil sanoat sohasida mustahkam oʻrin egallamoqda. Vioyatimizda paxta yetishtirishdan boshlab, yigiruv-toʻquv, mato tayyorlash, trikotaj mahsulotlari, zamonaviy andozadagi kiyim tikib chiqarishgacha boʻlgan sanoat “zanjiri” rivojlanayotganini barcha tumanlardagi tadbirkorlik subyektlari, kichik korxonalar faoliyati misolida ham koʻrish mumkin. Endilikda har bir mahalla va qishloqda moʻjaz sexlar tashkil etilib, uyda ishsiz qolgan chevarlar bir jamoaga birlashayotgani, yakdil ishlab moddiy manfaat topishayotgani quvonarli, albatta. Ana shunday tadbirkorlardan biri “Quruvchi" MFY Bunyodkor koʻchasida faoliyat yuritayotgan “Premiyer textile Vobkent” oilaviy korxonasidir.
Mahalliy tadbirkor Bobur Qoʻchqorov tashabbusi bilan tashkil etilganiga 5 yildan oshgan bu tikuvchilik korxonasida bugunga kelib 15 nafar chevar, yaʼni yaqingacha uyda ishsiz oʻtirgan xotin-qiz doimiy ish bilan taʼminlangan. Ular buyurtma asosida bolalar va ayollar kiyim-kechaklarini bejirim va sifatli tikib tayyorlab bermoqdalar. Sex mahsulotlari ichki bozorga ham yoʻnaltirilgan. Mahsuldorlikka kelsak, kichik korxona kuniga 180-200 dona ayollar kiyim-kechagini tikib tayyorlab, shu mehnat orqasidan ishchi-chevarlar oylik maoshi oʻrtacha 2,5 million soʻmni tashkil etmoqda. Korxona egasining bildirishicha, endilikda buyurtma sonini koʻpaytirish ortidan ish hajmini kengaytirish uchun harakat qilinmoqda. Shuningdek, tayyor mahsulotlarni qoʻshni Tojikiston respublikasiga eksport qilish yoʻlga qoʻyilgani daromadni oshirmoqda. Narxi 50 ming soʻmdan 200 ming soʻmgacha baholangan trikotaj mahsulotlari sotuvidan chevarlar jamoasi ishi barqaror tashkillashtirilmoqda, xom ashyo, mato taʼminoti ham barqaror izga solingan. Shu boisdan, yaqinda tuman hokimining “Quruvchi” MFY dagi yordamchisining tavsiyasiga binoan 66 million soʻm imtiyozli kredit mablagʻi “Premiyer textile Vobkent” oilaviy korxonasi faoliyatini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan.
Muhimi, korxona chevarlarining ishchanlik ruhi, kayfiyati yuqori. Ular tadbirkorning puxta oʻylangan loyihasi, xom ashyo taʼminotini yaxshilash, tayyor mahsulotga xaridor tayyorligi tufayli jamoa barqaror ishlayotganidan mamnunlar. Endilikda mazkur korxonada ichki imkoniyatlarni oshirish hisobidan ishchi oʻrnini kengaytirish, tikuv sexi jamoasini 30 nafarga yetkazish taruddudi koʻrilmoqda.

Kanalga ulanish: 👉  Telegram  Veb sayt  facebook

BUXORO VILOYATI KAMBAG’ALLIKNI QISQARTIRISH VA BANDLIK BOSH BOSHQARMASI |Rasmiy telegram kanali

16 Jan, 09:25


🍊Mandarindan yuqori daromad olayotgan oila

Buxorolik Gulzoda Bozorova imtiyozli kredit olib issiqxonada mandarin yetishtirishni yo‘lga qo‘ydi. Ko‘p o‘tmay 100-150 mln so‘m daromad manbaiga ega bo‘ldi.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

BUXORO VILOYATI KAMBAG’ALLIKNI QISQARTIRISH VA BANDLIK BOSH BOSHQARMASI |Rasmiy telegram kanali

16 Jan, 05:33


Маҳаллада Ҳоким ёрдамчилари нима иш қилади?

Kanalga ulanish: 👉  Telegram  Veb sayt  facebook

BUXORO VILOYATI KAMBAG’ALLIKNI QISQARTIRISH VA BANDLIK BOSH BOSHQARMASI |Rasmiy telegram kanali

16 Jan, 05:32


🇬🇧Жорий йилнинг 10 январь куни Буюк Британиядаги мавсумий қишлоқ хўжалиги ишлари учун очилган рўйхатдан ўтиш натижалари Hops Labour Solutions томонидан бир ёқлама бекор қилинганлигини билдирамиз.

Ушбу қарор Hops Labour Solutions томонидан қабул қилинган ва Миграция агентлигида уни ўзгартириш ваколати йўқ.

Масала юзасидан савол ва эътирозларингиз бўлса HOPSнинг [email protected], [email protected] электрон почтасига рус ва инглиз тилларида мурожаат қилишингиз мумкин.

Kanalga ulanish: 👉  Telegram  Veb sayt  facebook

BUXORO VILOYATI KAMBAG’ALLIKNI QISQARTIRISH VA BANDLIK BOSH BOSHQARMASI |Rasmiy telegram kanali

16 Jan, 03:06


🔗 my.mehnat.uz sayti orqali mehnat daftarchasini yuklab olish va avvalgi ish joyni qo‘shish bo‘yicha videoqo‘llanma

💻Tizimga OneID orqali kiriladi.
👉OneID olishni oson o‘rganib oling.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

BUXORO VILOYATI KAMBAG’ALLIKNI QISQARTIRISH VA BANDLIK BOSH BOSHQARMASI |Rasmiy telegram kanali

14 Jan, 06:10


Qadri baland mehribon, oriyatli, oqibatli Oʼzbekiston mard oʼgʼlonlari.

Barcha elim deb, yurtim deb tinim bilmay xizmat qilgan haqiqiy mard o'g'lonlarimiz, yurtimiz posbonlarini Oʼzbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi va 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni bilan samimiy muborakbod etaman!!
Yurtimizning tinchligi, sarhadlarimizning dahlsizligini taʼminlashda shubhasiz sizning ulkan hissangiz va mehnatingiz mujassam. Sizning mardonavor faoliyatingiz yosh avlod uchun ibrat maktabidir. Vatanni sevish, u uchun fidokorona xizmat qilish hamda har doim yurt koriga yarash uchun shay boʼlish — bu insondagi eng ulugʼ tuygʼulardan biri hisoblanadi. Shu oʼrinda sizning sharafli faoliyatingiz har qancha faxr va ehtiromga loyiqdir.
Fursatdan foydalanib, barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik ona Vatanimiz ravnaqi yoʼlidagi xizmatingizda muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.

Siz bizning iftixorimiz va ishonchimizsiz. Bayramingiz muborak boʼlsin!!!!

Buxoro viloyati Kambagʼallikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi boshligʼi Аnvar Hamroyev

BUXORO VILOYATI KAMBAG’ALLIKNI QISQARTIRISH VA BANDLIK BOSH BOSHQARMASI |Rasmiy telegram kanali

14 Jan, 05:42


Аvvalo, siz, azizlarni,  Oʼzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 33 yilligi va Vatan himoyachilari kuni bilan chin qalbimizdan samimiy tabriklaymiz.

Oʼz hayotini ona yurtimizni himoya qilishdek ulugʼ va olijanob ishga bagʼishlagan dovyurak oʼgʼlonlarimizning sharafli va masʼuliyatli mehnatlari eʼtirofga loyiq.

Shu qutlugʼ ayyomda niyat qilamizki, azaldan xalqimizga xos boʼlgan vatanparvarlik, mardlik va jasurlik sizni aslo tark etmasin!

Yurtimiz tinchligi, sarhadlarimiz dahlsizligi, oilalarimiz farovonligi bardavom boʼlsin!

Bayramingiz muborak boʼlsin!

Buxoro viloyati Kambagʼallikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi

BUXORO VILOYATI KAMBAG’ALLIKNI QISQARTIRISH VA BANDLIK BOSH BOSHQARMASI |Rasmiy telegram kanali

13 Jan, 05:22


Maxsus reportaj

Kambag‘allikni qisqartirish va yangi tadbirkorlik subyektlarini tashkil etish samarasi Kogon tumani misolida


Kanalga ulanish: 👉  Telegram  Veb sayt  facebook

BUXORO VILOYATI KAMBAG’ALLIKNI QISQARTIRISH VA BANDLIK BOSH BOSHQARMASI |Rasmiy telegram kanali

01 Jan, 06:26


2025-yil 1-yanvardan...

👉“Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish doirasida kambag‘al oilalar farzandlari davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga imtiyozli asosda qabul qilinadi;

👉Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Kasbiy ko‘nikmalar markazlarida ish beruvchilar talabiga asosan tezkor kurslar yo‘lga qo‘yiladi;

👉Toshkent shahri va Samarqand viloyatida ishsiz va ish qidirayotgan shaxslarni buyurtma asosida ta’lim tashkilotlari hamda ish beruvchilarni jalb qilgan holda o‘qitish yo‘lga qo‘yiladi;

👉mehnat sohasidagi nizolarni hal etishni mediatsiya usulida videokonferensaloqa shaklida amalga oshirish tizimi joriy etiladi;

👉 bolalari uchun nafaqa va moddiy yordam olayotgan kam ta’minlangan oilalarning rasmiy band bo‘lmagan a’zolari ishga joylashganda, o‘zini o‘zi band qilganda yoki tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yganda ushbu nafaqa va moddiy yordam ularning muddati tugagunga qadar, biroq 6 oydan ko‘p bo‘lmagan muddatgacha to‘lash davom ettiriladi;

👉 mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 1,5 baravaridan kam bo‘lmagan oylik ish haqi to‘langan holda ishga joylashgan Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan oila a’zosi uchun ijtimoiy soliq uch yil davomida 1 foiz stavkada to‘lanadi;

👉 kambag‘al oilalarga ko‘mak choralari ijtimoiy shartnoma asosida mehnatga layoqatli oila a’zolarining bandligini ta’minlash, o‘z tomorqasidan samarali foydalanish (ekin ekish), oila a’zolari, shu jumladan, farzandlarining bilim olishi, kasb-hunar va xorijiy tillarni o‘rganishi hamda sog‘lig‘ini nazoratga olishi, uy-joyini ozoda tutishi kabi shartlar inobatga olingan holda ko‘rsatiladi.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

BUXORO VILOYATI KAMBAG’ALLIKNI QISQARTIRISH VA BANDLIK BOSH BOSHQARMASI |Rasmiy telegram kanali

31 Dec, 18:52


Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Ўзбекистон халқига Янги йил табриги

Новогоднее поздравление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева народу Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

BUXORO VILOYATI KAMBAG’ALLIKNI QISQARTIRISH VA BANDLIK BOSH BOSHQARMASI |Rasmiy telegram kanali

31 Dec, 18:35


2024 йилнинг сўнгги куни ҳам якунланиб бормоқда

🎄 Кириб келаётган 2025 йилда:

- 12 ой яхши кайфият
- 53 хафта осойишталик
- 365 кун омад
- 8760 соат бахт
- 31 536 000 секунд соғлик ва қувонч ҳамроҳингиз бўлсин!

🎄Kanalga ulanish: 👉  Telegram  Veb sayt  facebook 🎄

BUXORO VILOYATI KAMBAG’ALLIKNI QISQARTIRISH VA BANDLIK BOSH BOSHQARMASI |Rasmiy telegram kanali

31 Dec, 06:40


Аziz hamyurtlar, Buxoroning qadri baland qadrdonlari!

Mana shu fayzli kunda bayram dasturxoni atrofida toʼplanib oʼtirgan siz, hurmatli yurtdoshlarimizni, butun Oʼzbekiston xalqini yangi – 2025 yil bilan samimiy muborakbod etib, barchangizga tinchlik-omonlik, sihat-salomatlik, xonadonlaringizga qut-baraka tilaymаn!

Bugun biz vaqtning azim daryodek shiddat bilan oʼtishiga yana bir bor guvoh boʼlib, yangi yilga, hayotimizning yangi bir dovoniga qadam qoʼymoqdamiz.

Аyni shu lahzalarda oʼtayotgan yilni kuzatar ekanmiz, yil davomida boshimizdan kechirgan, yon-atrofimizda boʼlib oʼtgan tashvishli va quvonchli voqealarni, amalga oshirgan ishlarimizni beixtiyor koʼz oʼngimizdan oʼtkazamiz, shu kunlarga yetkazgani uchun Yaratganimizga shukronalar bildiramiz.

Mamlakatimiz hayotida yuz berayotgan beqiyos oʼzgarishlarni, xonadonlarimiz, mahalla, shahar va qishloqlarimiz, butun yurtimizning qiyofasi tobora obod va goʼzal boʼlib borayotganini hisobga olib, oxiriga yetayotgan yilimizga yakun yasab, xolisona aytadigan boʼlsak, 2024-yil biz uchun har tomonlama xosiyatli va fayzli boʼldi.
Mana shunday hayajonli va shukuhli damlarda har qaysi inson yangi yilni kutib olar ekan, ayni shu daqiqalarda qalbida, yuragida saqlab kelayotgan ezgu orzu-umidlarning ushalishini, oilasi, yaqinlari, ona yurti tinch-omon boʼlishini, yangi yil yanada xayrli va barakali boʼlishini xayolidan oʼtkazadi.
Shuni ham taʼkidlash joizki, 2024 yil bizning tizimda aholi bandligini oshirish, yangi ish oʼrinlari va kafolatli daromad manbailari, munosib yashash sharoitlari bilan aholi vakillarini taʼminlash, kambag'allikni qisqartirish eʼtiborimiz markazida boʼldi.
2024 yilda mashaqqatli va jasoratli mehnatimiz bilan taraqqiyot yoʼlida muhim marralarga erishdik.

Shu hayajonli daqiqalarda siz, azizlarga qalbimning toʼrida boʼlgan eng samimiy tilaklarimni izhor etaman:

muhtaram faxriylarimizning umrlari uzoq boʼlsin,

munis ayollarimizning chehrasidan tabassum arimasin,

dilbar qizlarimiz yanada goʼzal va chiroyli, baxtli-saodatli boʼlsin,

yoshlarimizning baxtu iqbolini bersin.

Yurtimiz tinch, xalqimiz omon boʼlsin!

Yangi yil barchamizga muborak boʼlsin!

Аnvar Аshurovich Hamroyev
Buxoro viloyati Kambagʼallikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi boshligʼi

BUXORO VILOYATI KAMBAG’ALLIKNI QISQARTIRISH VA BANDLIK BOSH BOSHQARMASI |Rasmiy telegram kanali

31 Dec, 06:37


Axborot 24

Buxoro shahrida xotin-qizlar bandligi ta’minlanmoqda


Kanalga ulanish: 👉  Telegram  Veb sayt  facebook

BUXORO VILOYATI KAMBAG’ALLIKNI QISQARTIRISH VA BANDLIK BOSH BOSHQARMASI |Rasmiy telegram kanali

31 Dec, 06:13


Президент Фармони билан кўплаб ҳужжатларга Давлат бюджетини тежашга оид ўзгартиришлар киритилди
Хусусан, айрим ходимларга тўланаётган устамалар бекор қилинди, штатлар қисқартирилди ва ҳоказо.

Указом Президента во многие документы, связанные с экономией Государственного бюджета, внесены изменения

В частности, были отменены премии некоторым сотрудникам, сокращен штат и т.д.

Kanalga ulanish: 👉  Telegram  Veb sayt  facebook

BUXORO VILOYATI KAMBAG’ALLIKNI QISQARTIRISH VA BANDLIK BOSH BOSHQARMASI |Rasmiy telegram kanali

30 Dec, 11:27


Kambag‘al oilalar a'zolarini ishga olgan tadbirkorlik subyektlariga soliq imtiyozlari beriladi

Prezidentimizning 2024-yil 27-dekabrdagi PF-229-son Farmoniga muvofiq 2025-yil 1-yanvardan 2028-yil 1-yanvarga qadar tikuv-trikotaj, poyabzal va charm-attorlik sanoati yo‘nalishlarida ishlab chiqarish faoliyatini yuritayotgan va quyidagi barcha shartlarga bir vaqtning o‘zida javob beradigan tadbirkorlik subyektlari uchun foyda solig‘i va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i stavkalari 1 foiz etib belgilandi:

👉 jami xodimlar sonining kamida 15 foizi Ijtimoiy himoya yagona reyestri yoki Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan oilalarning a’zolaridan tashkil topganda;

👉 har oyda har bir xodimga ish haqi miqdori mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining ikki baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda hisoblanganda;

👉soliq davrida tikuv-trikotaj, poyabzal yoki charm-attorlik mahsulotlarini realizatsiya qilishdan tushgan umumiy tushumi jami tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadning kamida 90 foizini tashkil etganda.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

BUXORO VILOYATI KAMBAG’ALLIKNI QISQARTIRISH VA BANDLIK BOSH BOSHQARMASI |Rasmiy telegram kanali

27 Dec, 05:57


Axborot 24

Qorovulbozor tumani joriy yilda ishsizlikdan хoli hududga aylandi


Kanalga ulanish: 👉  Telegram  Veb sayt  facebook

BUXORO VILOYATI KAMBAG’ALLIKNI QISQARTIRISH VA BANDLIK BOSH BOSHQARMASI |Rasmiy telegram kanali

27 Dec, 04:24


Xabar berganimizdek, 26-dekabr kuni Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov Buxoro shahrida sayyor qabul o‘tkazdi.

Mazkur tadbirda turli muammo va masalalar bo‘yicha murojaat qilgan fuqarolar viloyat hokimi, prokuratura, ichki ishlar, soliq boshqarmalari hamda qator viloyat tashkilotlari rahbarlari bilan bevosita suhbatlashdilar. Odamlarning muammolari tinglanib, ularning ayrimlari shu yerning o‘zida hal etildi.

Sayyor qabul davomida fuqarolarning ishga joylashish, davolanish uchun imtiyozli yo‘llanma, moddiy yordam olish, uy-joy ajratilishi, tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun yer, imtiyozli kredit olish, sud-huquq va boshqa masalalarga oid 200 ga yaqin murojaatlar qabul qilindi.

Yechimi ma’lum vaqt talab etadigan murojaatlar bo‘yicha tegishli tashkilotlarga aniq ko‘rsatmalar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

Kanalga ulanish: 👉  Telegram  Veb sayt  facebook

BUXORO VILOYATI KAMBAG’ALLIKNI QISQARTIRISH VA BANDLIK BOSH BOSHQARMASI |Rasmiy telegram kanali

26 Dec, 11:05


"Xalq so'zi" va "Narodnoe slova" gazetalari tahririyati tanlovning ikkinchi bosqichiga start bermoqda.

1-o'rin uchun Iphone 16
2-o`rin uchun noutbook
3-o'rin egasi esa planshet egasiga aylanadi.

Bundan tashqari yana 10 ta telefon yutib olishingiz mumkin. Sizning referal ilovangiz:
https://t.me/xalqsuzirasmiy_bot?start=1042906448

BUXORO VILOYATI KAMBAG’ALLIKNI QISQARTIRISH VA BANDLIK BOSH BOSHQARMASI |Rasmiy telegram kanali

26 Dec, 11:00


#Хаlq_so'zi

Qo'ldan berganga qush to'ymaydi

BATAFSIL: 👉 https://xs.uz/uzkr/post/qoldan-berganga-qush-tojmajdi

Kanalga ulanish: 👉  Telegram  Veb sayt  facebook

BUXORO VILOYATI KAMBAG’ALLIKNI QISQARTIRISH VA BANDLIK BOSH BOSHQARMASI |Rasmiy telegram kanali

26 Dec, 10:52


#2024

Йил сарҳисоби: Бухоро вилояти Камбағалликни қисқартириш ва бандлик бошқармаси


Kanalga ulanish: 👉  Telegram  Veb sayt  facebook

BUXORO VILOYATI KAMBAG’ALLIKNI QISQARTIRISH VA BANDLIK BOSH BOSHQARMASI |Rasmiy telegram kanali

26 Dec, 06:58


📆 2025-yilda ishlanmaydigan bayram kunlari:

👉1-yanvar – Yangi yil;
👉8-mart – Xotin-qizlar kuni;
👉21-mart – Navro‘z bayrami;
👉31-mart – Ro‘za hayit (Iyd al-Fitr);
👉9-may – Xotira va qadrlash kuni;
👉7-iyun – Qurbon hayit (Iyd al-Adha);
👉1-sentabr – Mustaqillik kuni;
👉1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni;
👉8-dekabr – Konstitutsiya kuni.

❗️Ro‘za hayit (Iyd al-Fitr) va Qurbon hayit (Iyd al-Adha) bayramlarining ko‘rsatilgan kunlari bir kunga o‘zgarishi mumkin.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

BUXORO VILOYATI KAMBAG’ALLIKNI QISQARTIRISH VA BANDLIK BOSH BOSHQARMASI |Rasmiy telegram kanali

26 Dec, 06:49


Бандликка кўмаклашиш давлат жамғармасига 2025 йилда 466,4 млрд сўм маблағ ажратилади!

Жамғарма томонидан қуйидаги харажатлар молиялаштирилади:
1. Касбга тайёрлаш, қайта тайёрлаш ва малака ошириш.
2. Ишсизларга муддатидан олдин пенсия тайинлаш.
3. Ишсизлик нафақаси ва моддий ёрдам учун.
4. Субсидиялаш тўлаш учун.


Kanalga ulanish: 👉  Telegram  Veb sayt  facebook

BUXORO VILOYATI KAMBAG’ALLIKNI QISQARTIRISH VA BANDLIK BOSH BOSHQARMASI |Rasmiy telegram kanali

25 Dec, 08:40


⚡️Qadrli buxoroliklar!

Sizlarning talab va istaklaringizdan kelib chiqib, ertaga, 26-dekabr (payshanba) kuni soat 9.30dan boshlab Buxoro shahrida sayyor qabul o‘tkazaman.

📍 Manzil: “Ishga marhamat” monomarkazi binosi.

@BotirZaripov

BUXORO VILOYATI KAMBAG’ALLIKNI QISQARTIRISH VA BANDLIK BOSH BOSHQARMASI |Rasmiy telegram kanali

25 Dec, 07:36


https://uza.uz/uz/posts/aholi-bandligi-raqamlar-rivozhlanishdan-darak-beradi_672099

BUXORO VILOYATI KAMBAG’ALLIKNI QISQARTIRISH VA BANDLIK BOSH BOSHQARMASI |Rasmiy telegram kanali

25 Dec, 04:19


Bugun viloyat hokimi Botir Zaripov Gʻijduvon, Jondor, Kogon tumanlari va Kogon shahrida bo‘lib, yangi tadbirkorlik loyihalari bilan tanishdi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi xonadonlarida bo‘ldi. Mavjud muammolar o‘rganilib, ularni hal qilish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Kanalga ulanish:👉  Telegram  Veb sayt  facebook

BUXORO VILOYATI KAMBAG’ALLIKNI QISQARTIRISH VA BANDLIK BOSH BOSHQARMASI |Rasmiy telegram kanali

25 Dec, 04:17


Maxsus reportaj

Buxoro tumanida “Kambag‘allikdan farovonlik” dasturi doirasida aholi bandligini ta’minlashga qaratilgan istiqbolli loyihalar


Kanalga ulanish:👉  Telegram  Veb sayt  facebook

BUXORO VILOYATI KAMBAG’ALLIKNI QISQARTIRISH VA BANDLIK BOSH BOSHQARMASI |Rasmiy telegram kanali

24 Dec, 13:42


Yangi yil bayramida olti kunlik ish haftasida ishlaydiganlar 5 kun, besh kunlik ish haftasida ishlaydiganlar 6 kun dam oladi.

Prezidentimizning 2024-yil 24-dekabrdagi "Yangi yil bayramini nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunni belgilash va dam olish kunini ko‘chirish to‘g‘risida"gi qarori bilan 2025-yilda besh kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kuni 4-yanvar – shanba kunidan 2-yanvar – payshanba kuniga ko‘chirildi hamda olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun 2-yanvar – payshanba qo‘shimcha dam olish kuni etib belgilandi.

🔹28-dekabr, shanba — 6 kunliklar uchun ish kuni, 5 kunliklar uchun dam olish kuni;

🔹29-dekabr, yakshanba — barcha uchun odatiy dam olish kuni;

🔹30-dekabr, dushanba — 6 kunliklar uchun qo‘shimcha dam olish kuni, 5 kunliklar uchun 14-dekabr (shanba) kunidan ko‘chirilgan dam olish kuni;

🔹31-dekabr, seshanba — barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni;

🔹1-yanvar, chorshanba — Yangi yil bayrami;

🔹2-yanvar, payshanba — 6 kunliklar uchun dam olish kuni, 5 kunliklar uchun 4-yanvar (shanba) kunidan ko‘chirilgan dam olish kuni.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

BUXORO VILOYATI KAMBAG’ALLIKNI QISQARTIRISH VA BANDLIK BOSH BOSHQARMASI |Rasmiy telegram kanali

24 Dec, 10:07


#ҳудудлардан_хабарлар
#Вобкент_тумани

Қўзиқорин етиштириб ўз даромадига эга бўлаётган аёл

Садиева Нафиса Вобкент туманининг "Кўлхатиб" маҳалла Гулрабод қишлоғида истиқомат қилади. У ўз хонадонининг ертўласида қўзиқорин етиштиришни йўлга қўйган. Нафиса Садиева 30 миллион сўм кредит олиб иш бошлаган эди. У давлат томонидан бепул ўқитилиб, салкам тадбиркорга айланди.

Нафиса опа етиштираётган қўзиқоринлар фойдага кира бошлаган. Бироз қоронғу ва салқин хонада етиштирилаётган қўзиқоринлар худдики савдо дўконларидаги каби пештахталарга териб қўйилгани эътиборимизни тортди. Пештахталардаги махсус чириндини ёриб чиқиб бўй кўрсатаётган қўзиқоринчаларни кўриб суҳбатдошимиздан уни етиштиришнинг оғир-енгили ҳақида сўрадик.

«Қўзиқоринни етиштириш учун махсус биогумус устига қўзиқорин уриғи сепилиб сўнг 2 маҳал сув сепилади. Унинг ўзига керакли бўлган дорилари бор, ўша дорилари ҳам қўшилади. Иккинчи қаторига уруғ солдик, уруғдан сўнг яна сув сепилади. Ҳосил дастлаб кичкина-кичкина бўлиб етишиб чиқади. Шу сингари ўзидан ўзи кўпайиб бораверади», — дейди Феруза Садиева биз билан суҳбатда.

Маълум бўлишича, ҳозирда қўзиқорин етиштириш илмини пухта эгаллаган қаҳрамонимиз бўш турган ўз уйида қўзиқорин етиштиришни йўлга қўйган. Бир кунда 30-40 килограммдан ҳосил олинмоқда. Етиштирилаётган маҳсулотлар эса Бухоро ва Тошкент шаҳарларидаги савдо дўконларига 60-70 минг сўмдан етказиб берилмоқда. Кунига талаб юқори бўлгани учун Феруза опа ўз фаолиятини янада кенгайтириш ниятида. Шунингдек тадбиркоримиз маҳалладаги ишсиз 5-6 нафар аёлни иш билан ҳам таъминлаган.

BUXORO VILOYATI KAMBAG’ALLIKNI QISQARTIRISH VA BANDLIK BOSH BOSHQARMASI |Rasmiy telegram kanali

24 Dec, 10:04


Peshku: 2025-yilda 12 milliard soʻm imtiyozli mablagʻ issiqxona xoʻjaliklarini rivojlantirishga ajratilmoqda

👉Batafsil

👉Батафсил

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube

BUXORO VILOYATI KAMBAG’ALLIKNI QISQARTIRISH VA BANDLIK BOSH BOSHQARMASI |Rasmiy telegram kanali

26 Nov, 14:01


2025 йилда 78 минг нафар аҳоли камбағалликдан чиқарилади

Бу кўрсаткични 5,3 фоизга тушириш кўзда тутилган.
Шунингдек, чет элда меҳнат миграциясида бўлган 100 мингга яқин кишини Ўзбекистонда иш билан таъминлаш мақсад қилинган.

Kanalga ulanish:👉  Telegram  Veb sayt  facebook

BUXORO VILOYATI KAMBAG’ALLIKNI QISQARTIRISH VA BANDLIK BOSH BOSHQARMASI |Rasmiy telegram kanali

26 Nov, 13:59


Ишсиз фуқароларимиз хунар ўрганиб иш билан банд бўлиб бандлиги таъминланса бу давлатимиз ва ҳалқимизнинг яна бир ютуғи. Шунинг учун ҳам давлатимиз раҳбарининг ташаббуслари ва тегишли қарорлари билан юртимизда ишсиз аҳолига субсидия асосида тикув машиналари бериш, иссиқхоналар қуриб бериш тартиби жорий қилинди. Бугунги кунда ушбу йўналишда тизимли ишлар йўлга қўйилган.
Бухоро тумани Камбағалликни қисқартириш ва бандлик бўлими томонидан ўрганишлар давомида хонадон эгаларининг истак ва эҳтиёжлари, мавжуд имкониятлари асосида камбағаллик даражасига тушиб қолган оилаларга мунтазам равишда амалий кўмак кўрсатиб келинмоқда. Бугун ҳам тумандаги 9 нафар ишсиз хотин қизларга тикув машинкалари топширилди
Мутасаддилар томонидан хотин-қизларга ушбу янги тикув машиналари орқали ўз оилаларига даромад олиб киришлари, ўзлари учун яратилган бу имкониятлардан унумли фойдаланиб, турмуш шароитларини яхшилаш йўлида илдам қадам ташлашлари лозимлиги юзасидан тавсиялар берилди.

Kanalga ulanish:👉  Telegram  Veb sayt  facebook

BUXORO VILOYATI KAMBAG’ALLIKNI QISQARTIRISH VA BANDLIK BOSH BOSHQARMASI |Rasmiy telegram kanali

26 Nov, 13:48


1️⃣2️⃣4️⃣4️⃣5️⃣6️⃣

Kimlar ishchilari uchun toʻlangan daromad soligʻini qaytarib olishi mumkin?


Bular:
👉Jazo muddatini oʻtab qaytgan fuqarolarni ishga qabul qilgan korxonalar;
👉“20 ming tadbirkor 500 ming malakali mutaxassis” dasturidagi korxonlar;
👉Mikrofirma va kichik korxonalar.


Qaytarib olish talabi va tartibi qanday?

Batafsil: videorolikda.

Sayt
| Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

BUXORO VILOYATI KAMBAG’ALLIKNI QISQARTIRISH VA BANDLIK BOSH BOSHQARMASI |Rasmiy telegram kanali

26 Nov, 06:52


ELEKTROMOBILLARNI TUZATISH BO‘YICHA KENG MIQYOSDA O‘QUVLAR BOSHLANADI

⚙️Hozirda Xitoy davlatida malaka oshirib kelgan 27 nafar trenerlar Toshkent shahridagi Kasbiy ko‘nikmalar mintaqaviy markazi (KOIKA) da xitoylik mutaxassislardan navbatdagi bilim va ko‘nikmalarni olmoqda.

📍Kelgusi oydan respublikamizning 10 ta hududidagi Kasbiy ko‘nikmalar markazlari (monomarkazlar) da elektromobillarni ta’mirlash bo‘yicha o‘quv kurslari ish boshlaydi.

Sayt
| Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

BUXORO VILOYATI KAMBAG’ALLIKNI QISQARTIRISH VA BANDLIK BOSH BOSHQARMASI |Rasmiy telegram kanali

25 Nov, 16:43


#Биз_коррупцияга_қаршимиз

Ўзбекистон дунёга ислоҳотлар мамлакати сифатида танилиб улгурди. Ҳар жабҳада ўзгаришлар, янгиланишлар кечмоқда. Бошқарув тизими шаффоф, очиқ сиёсат юритиш тамойиллари асосида йўлга қўйилди. Бу коррупциянинг олдини олишга хизмат қилади. Гап коррупцияга қарши кураш ҳақида борар экан, бу борада жамоатчиликнинг назорати жуда муҳим эканини алоҳида таъкидлаш керак. Энг асосийси, бу жараёнда ёшларнинг фаоллиги сезилаётгани эътиборга молик.

Камбағалликни қисқартириш ва бандлик вазирининг 5-сонли буйруғига асосан Бухоро вилояти Камбағалликни қисқартириш ва бандлик бош бошқармаси хамда шаҳар ва туман бўлимларида ёшлар ўртасида "Биз коррупцияга қаршимиз" тадбирлари ўтказилди.

Kanalga ulanish:👉  Telegram  Veb sayt  facebook

BUXORO VILOYATI KAMBAG’ALLIKNI QISQARTIRISH VA BANDLIK BOSH BOSHQARMASI |Rasmiy telegram kanali

25 Nov, 16:38


“Eng yaxshi yosh huquqshunos” tanlovi

Tizimidagi yosh xodimlarni qo‘llab-quvvatlash va e’tirof etish maqsadida uch bosqichli “Eng yaxshi yosh huquqshunos” tanlovidan fotolavha (Buxoro viloyati)

Kanalga ulanish:  Telegram  Veb sayt facebook

BUXORO VILOYATI KAMBAG’ALLIKNI QISQARTIRISH VA BANDLIK BOSH BOSHQARMASI |Rasmiy telegram kanali

22 Nov, 15:19


Buxoro viloyati Kambagʼallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshligʼi Аnvar Hamroyev  hamda tizim xodimlari tomonidan 22 noyabr  kuni Jondor tuman hokimligida Jondor  tumani aholisi uchun ommaviy sayyor qabul oʼtkazildi.

Kanalga ulanish:👉  Telegram  Veb sayt  facebook

BUXORO VILOYATI KAMBAG’ALLIKNI QISQARTIRISH VA BANDLIK BOSH BOSHQARMASI |Rasmiy telegram kanali

22 Nov, 06:43


#Live

Sayyor qabulda Demun MFYda istiqomat qiluvchi fuqaro Shaxnoza Namozova va Xumin MFYda yashovchi Lutfiya Gulova subsidiya asosida tikuv mashinkasi so'rab murojaat qildi. Fuqarolarga shu kunning o'zida tikuv mashinkalari topshirildi

Kanalga ulanish:👉  Telegram  Veb sayt  facebook

BUXORO VILOYATI KAMBAG’ALLIKNI QISQARTIRISH VA BANDLIK BOSH BOSHQARMASI |Rasmiy telegram kanali

22 Nov, 06:27


1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣

📣 1-DEKABRDAN ipoteka kreditlarini rasmiylashtirish boshlanadi!

Yakka tartibdagi uy-joyni qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash maqsadlari uchun 120 mln soʻmgacha, 20 yilgacha muddatda ipoteka kreditlari ajratish yoʻlga qoʻyildi.

U kimlarga, qay tartibda beriladi?

Bu jarayonda dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun ajratiladigan kreditning 15 foizi miqdorida hamda foiz toʻlovlarining bir qismini qoplash uchun kredit muddatining birinchi besh yili davomida 12 foizdan oshgan qismiga subsidiya toʻlanadi.

Batafsil: videoda.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

BUXORO VILOYATI KAMBAG’ALLIKNI QISQARTIRISH VA BANDLIK BOSH BOSHQARMASI |Rasmiy telegram kanali

22 Nov, 06:26


⚡️Ватанпарвар, ўз ишининг моҳир эгаси сифатида – хорижда ишлаш ниятида бўлган ва ишлаётган юртдошларимиз тақдирига бефарқ бўлмасангиз, танловда Сизнинг имкониятингиз юқори!

Вазирлар Маҳкамаси ҳузуридаги Миграция агентлигининг мавжуд вакант лавозимларига Давлат хизматини ривожлантириш агентлиги (АРГОС) порталида очиқ танлов эълон қилинди.

Имкониятларингизни синаб кўринг!

◾️ Инсон ресурсларини ривожлантириш ва бошқариш бўлими бошлиғи
https://vacancy.argos.uz/hrm-vacancy-detail/8047

◾️Хорижда ишлаш истагида бўлган фуқароларни ҳисобини юритиш бошқармаси бошлиғи
https://vacancy.argos.uz/hrm-vacancy-detail/8063

◾️Кетишдан олдин тайёрлаш бўлими бошлиғи
https://vacancy.argos.uz/hrm-vacancy-detail/8062

◾️Халқаро алоқалар бошқармаси бош мутахассиси
https://vacancy.argos.uz/hrm-vacancy-detail/8050

◾️Халқаро ҳамкорлик ва протокол бўлими бош мутахассиси
https://vacancy.argos.uz/hrm-vacancy-detail/8051

◾️ Хорижда ишловчиларни мониторинг қилиш бўлими бош мутахассиси
https://vacancy.argos.uz/hrm-vacancy-detail/8052

◾️Фуқароларни чет тилларига ўқитиш ва хорижий давлатларда ишлашга мақсадли тайёрлаш маркази бош мутахассиси
https://vacancy.argos.uz/hrm-vacancy-detail/8053

◾️ Хорижий иш берувчилар билан ишлаш бўлими бош мутахассиси
https://vacancy.argos.uz/hrm-vacancy-detail/8054

❗️Номзодга қўйиладиган талаблар билан Аргос платформаси орқали танишишингиз мумкин.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

BUXORO VILOYATI KAMBAG’ALLIKNI QISQARTIRISH VA BANDLIK BOSH BOSHQARMASI |Rasmiy telegram kanali

22 Nov, 06:14


#Live

Soat millari 11:15. Hozirga qadar 9 nafar fuqaroning murojaatlari tinglandi

Kanalga ulanish:👉  Telegram  Veb sayt  facebook

BUXORO VILOYATI KAMBAG’ALLIKNI QISQARTIRISH VA BANDLIK BOSH BOSHQARMASI |Rasmiy telegram kanali

22 Nov, 05:52


#Live

Jondor tuman hokimlik binosida jismoniy va yuridik shaxslar uchun sayyor qabul jarayoni davom etmoqda.

Qabulda fuqarolar bandligini taʼminlash yuzasidan tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilgani, hududlardagi bo‘sh ish o‘rinlariga joylashtirishda ko‘maklashish, tadbirkorligini boshlash istagida bo‘lganlarga imtiyozli kredit mablag‘lari ajratiliayotgani haqida tashrif buyurganlarga ma'lumotlar berilib, fuqarolarning turli masalalar yuzasidan yo’llagan murojaatlari birma-bir ko‘rib chiqildi.

Kanalga ulanish:👉  Telegram  Veb sayt  facebook

BUXORO VILOYATI KAMBAG’ALLIKNI QISQARTIRISH VA BANDLIK BOSH BOSHQARMASI |Rasmiy telegram kanali

22 Nov, 05:48


#Live

Kanalga ulanish:👉  Telegram  Veb sayt  facebook

BUXORO VILOYATI KAMBAG’ALLIKNI QISQARTIRISH VA BANDLIK BOSH BOSHQARMASI |Rasmiy telegram kanali

13 Nov, 12:29


#korea
#WORLDSKILLS
#2-kun

🇺🇿🇰🇷Buxoro shahridagi "Ishga marhamat" monomarkazida "WORLDSKILLS UZBEKISTON" chempionati Koreya mutaxassislari tamonidan "Zargarlik" yo'nalishi bo'yicha mahorat darslaridan fotolavhalar.....

Kanalga ulanish: 👉  Telegram  Veb sayt  facebook

BUXORO VILOYATI KAMBAG’ALLIKNI QISQARTIRISH VA BANDLIK BOSH BOSHQARMASI |Rasmiy telegram kanali

13 Nov, 12:28


#korea
#WORLDSKILLS
#2-kun

🇺🇿🇰🇷Buxoro shahridagi "Ishga marhamat" monomarkazida "WORLDSKILLS UZBEKISTON" chempionati Koreya mutaxassislari tamonidan "Oshpaz-nonvoy" yo'nalishi bo'yicha mahorat darslaridan fotolavhalar.....

Kanalga ulanish: 👉  Telegram  Veb sayt  facebook

BUXORO VILOYATI KAMBAG’ALLIKNI QISQARTIRISH VA BANDLIK BOSH BOSHQARMASI |Rasmiy telegram kanali

12 Nov, 14:20


#korea
#WORLDSKILLS
#Live

🇺🇿🇰🇷 Ayni damda Buxoro shahridagi "Ishga marhamat" monomarkazida "WORLDSKILLS UZBEKISTON" chempionati Koreya mutaxassislari tamonidan "Suvoqchi-bo'yoqchi" yo'nalishi bo'yicha mahorat darslari bo'lib o'tmoqda

Kanalga ulanish: 👉  Telegram  Veb sayt  facebook

BUXORO VILOYATI KAMBAG’ALLIKNI QISQARTIRISH VA BANDLIK BOSH BOSHQARMASI |Rasmiy telegram kanali

12 Nov, 14:18


#korea
#WORLDSKILLS
#Live

🇺🇿🇰🇷 Ayni damda Buxoro shahridagi "Ishga marhamat" monomarkazida "WORLDSKILLS UZBEKISTON" chempionati Koreya mutaxassislari tamonidan "Zargarlik" yo'nalishi bo'yicha mahorat darslari bo'lib o'tmoqda

Kanalga ulanish: 👉  Telegram  Veb sayt  facebook

BUXORO VILOYATI KAMBAG’ALLIKNI QISQARTIRISH VA BANDLIK BOSH BOSHQARMASI |Rasmiy telegram kanali

09 Nov, 12:06


1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi faoliyatining 6 ta asosiy yoʻnalishlari:

1. Mehnat bozorini, band va ishsiz aholini tarkibiy tahlil qilish, ishsizlarni manzilli aniqlash va ularning hisobini yuritish.

2. Aholi bandligini taʼminlash dasturlarini shakllantirish, boʻsh ish oʻrinlari hisobini yuritish, ishsizlarni ishga joylashtirish.

3. Kambagʻallikni qisqartirish.

4. Hokim yordamchilari faoliyatini muvofiqlashtirish.

5. Kasbiy standartlarni ishlab chiqish, kasb-hunar va xorijiy tillarga oʻqitish, malakani baholash.

6. Munosib mehnat sharoitlarini yaratish, mehnat meʼyorlariga rioya etilishini oʻrganish, mehnat huquqini taʼminlash hamda mehnatni muhofaza qilish.

@mehnatvazirligi

BUXORO VILOYATI KAMBAG’ALLIKNI QISQARTIRISH VA BANDLIK BOSH BOSHQARMASI |Rasmiy telegram kanali

09 Nov, 07:15


Xalqaro mehnat tashkilotining yana bir muhim Konvensiyasi ratifikatsiya qilindi

🖊Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O‘RQ-994-son, 07.11.2024 y) bilan Xalqaro mehnat tashkilotining Haq to‘lanadigan ta’tillar to‘g‘risidagi 132-sonli Konvensiyasi (1970-yilda qayta ko‘rib chiqilgan) ratifikatsiya qilindi.

Ushbu hujjat haq to‘lanadigan yillik asosiy eng kam mehnat ta’tilining davomiyligi 21 kalendar kundan iborat ekanligi hamda qishloq xo‘jaligi va iqtisodiyot tarmoqlarida band bo‘lgan barcha xodimlar uchun qo‘llanilishi bo‘yicha bayonot bilan ratifikatsiya qilindi.

🔺Konvensiyaning asosiy maqsadi – xodimlarga dam olish va ishlash qobiliyatini tiklash uchun ish o‘rni (lavozimi), o‘rtacha ish haqi saqlab qolingan hamda xodim ishdan ozod etilgan holda har ish yili davomida beriladigan ta’tillarni ta’minlashdan iborat.

XMTning ratifikatsiya qilingan konvensiyalari soni 25 taga yetdi.

@mehnatvazirligi

BUXORO VILOYATI KAMBAG’ALLIKNI QISQARTIRISH VA BANDLIK BOSH BOSHQARMASI |Rasmiy telegram kanali

08 Nov, 08:47


Mehnat shartnomasi bir xil kuchga ega bo‘lgan kamida ikki nusxada yozma shaklda tuzilib, ularning har biri taraflar tomonidan imzolanadi.

Mehnat shartnomasining har bir nusxasi xodimning va ishga qabul qilish huquqiga ega bo‘lgan mansabdor shaxsning imzolari bilan mustahkamlanadi.

Ish beruvchida muhr mavjud bo‘lgan taqdirda mansabdor shaxsning mehnat shartnomasidagi imzosi muhr bilan tasdiqlanadi.

Mehnat shartnomasining bir nusxasi xodimga beriladi, boshqasi (boshqalari) ish beruvchida saqlanadi.

Xodim mehnat shartnomasini olganligini ish beruvchida saqlanadigan mehnat shartnomasiga alohida imzo qo‘yib tasdiqlaydi.

@mehnatvazirligi

BUXORO VILOYATI KAMBAG’ALLIKNI QISQARTIRISH VA BANDLIK BOSH BOSHQARMASI |Rasmiy telegram kanali

07 Nov, 08:45


Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг “Меҳнатни муҳофаза қилишга оид ишлар самарадорлигини янада ошириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги қарори лойиҳаси жамоатчилик муҳокамасига қўйилди.

Ушбу қарор лойиҳаси билан:
▪️“Ташкилотларда меҳнатни муҳофаза қилиш бўйича ишларни ҳамда меҳнатни муҳофаза қилиш хизмати фаолиятини ташкил этиш тартиби тўғрисида”;
▪️“Меҳнатни муҳофаза қилиш бўйича йўл-йўриқдан ўтказиш, ўқитиш ва билимларни текшириш, малакасини ошириш ҳамда қайта тайёрлаш тўғрисида”;
▪️“Меҳнатни муҳофаза қилиш бўйича йўриқномаларни ишлаб чиқиш тўғрисида”;
▪️“Меҳнатни муҳофаза қилиш бўйича вакил тўғрисида”ги низомлар тасдиқланиши назарда тутилмоқда.

🔰Лойиҳа юзасидан
таклиф бериш

@mehnatvazirligi

BUXORO VILOYATI KAMBAG’ALLIKNI QISQARTIRISH VA BANDLIK BOSH BOSHQARMASI |Rasmiy telegram kanali

07 Nov, 08:45


Ishga qabul qilishda kimlarga dastlabki sinov belgilanmaydi?

▪️homilador ayol, 3 yoshga to‘lmagan bolasi bor ayol yoki 3 yoshga to‘lmagan bolani yolg‘iz o‘zi tarbiyalayotgan ota (vasiy);

▪️zaxiraga qo‘yiladigan ish o‘rinlariga ishga joylashtirish uchun yuborilgan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalaridan bo‘lgan shaxslar;

▪️davlat grantlari asosida o‘qigan va oliy ta’lim tashkilotini tamomlagan kundan e’tiboran 3 oy ichida yo‘llanma bo‘yicha olingan mutaxassisligiga doir ishga kirayotgan oliy ta’lim tashkilotlarining bitiruvchilari;

▪️tegishli ta’lim tashkilotini tamomlagan kundan e’tiboran 1 yil ichida birinchi bor ishga kirayotganda olingan mutaxassisligi bo‘yicha mustaqil ravishda ishga joylashayotgan umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim tashkilotlarining bitiruvchilari;

▪️6 oygacha muddatga mehnat shartnomasi tuzilayotgan xodimlar;

▪️18 yoshga to‘lmagan shaxslar;

▪️ishga qaytadan qabul qilingan taqdirda ish beruvchi ilgari qaysi xodimlar bilan mehnat shartnomasini alohida asoslar bo‘yicha bekor qilgan bo‘lsa, o‘sha shaxslar;

▪️ishlab chiqarishda o‘qitish shartnomasi bo‘yicha ushbu ish beruvchida o‘qishni o‘tagan o‘quvchilar.

👉batafsil

@mehnatvazirligi

BUXORO VILOYATI KAMBAG’ALLIKNI QISQARTIRISH VA BANDLIK BOSH BOSHQARMASI |Rasmiy telegram kanali

06 Nov, 09:20


Камбағалликни қисқартириш ва бандлик вазирлиги ишсизлик даражаси камайганини маълум қилди

Меҳнатга лаёқатли аҳоли ўртасида ишсизлик даражаси йил бошига нисбатан 1 фоиз пунктга ёки 6,8 фоиздан 5,8 фоизга камайган.

Kanalga ulanish: 👉  Telegram  Veb sayt  facebook

BUXORO VILOYATI KAMBAG’ALLIKNI QISQARTIRISH VA BANDLIK BOSH BOSHQARMASI |Rasmiy telegram kanali

06 Nov, 09:18


🔹Ишхонада ҳеч қачон ушбу 3 та хатони қилманг:

1️⃣Ҳеч қачон ҳамкасбларни дўст сифатида кўрманг;

2️⃣Оилавий ва шахсий режа ва мақсадингизни ишхонадаги ҳеч ким билан сирлашманг;

3️⃣Бошлиқ ҳақидаги салбий фикрларни шерикларга умуман айтманг. Вақти келиб бу сизга қарши ишлаши мумкин

Kanalga ulanish: 👉  Telegram  Veb sayt  facebook

BUXORO VILOYATI KAMBAG’ALLIKNI QISQARTIRISH VA BANDLIK BOSH BOSHQARMASI |Rasmiy telegram kanali

06 Nov, 09:12


Навбатдаги меҳнатни муҳофаза қилиш бўйича мутахассисларнинг малака имтихонини ўтказиш 2024 йил 07 ноябрь соат 10:30 да белгиланди.
Манзил: "Ишга марҳамат" мономаркази биноси. Бухоро шаҳри Пиридастгир кўчаси 13-уй.


Малака имтиҳонига қўйилган талабгорлар рўйхати.
1. Ибодов Мансур Салимович
2. Мустафоев Шойиқул Сафоевич

Kanalga ulanish: 👉  Telegram  Veb sayt  facebook

BUXORO VILOYATI KAMBAG’ALLIKNI QISQARTIRISH VA BANDLIK BOSH BOSHQARMASI |Rasmiy telegram kanali

01 Nov, 09:29


​​⚡️Qadrli buxoroliklar!

Eksportyorlar, chorvachilik, asalarichilik, quyonchilik, parrandachilik, hunarmandchilik kabi turli soha va yo‘nalishlarda faoliyat yuritayotgan barcha tadbirkorlik subyektlari vakillari, dehqon va fermer xo‘jaliklari rahbarlari, yangi biznes loyiha va rejalar ustida izlanayotgan tashabbuskor fuqarolar!

Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov ertaga, 2-noyabr (shanba) kuni soat 9.00dan boshlab navbatdagi tadbirkorlar qabulini o‘tkazadi.

Aynan shu kuni Siz, qadrli tadbirkor va tashabbuskorlar Zoom platformasi orqali viloyat rahbari bilan yuzma-yuz muloqotda bo‘lishingiz, qolaversa, qabul vaqti davomida (+99865) 223-12-11; (+99865) 223-15-12; (+99865) 223-25-12 telefon raqamlari orqali bog‘lanib, faoliyatingizni boshlashga yoki rivojlantirishga to‘siq bo‘layotgan muammolar yuzasidan murojaat qoldirishingiz mumkin.

Unutmang, biz tadbirkorligingiz rivoji tarafdorimiz!

Izoh: Uchrashuvda tadbirkorlar o‘zlari yashayotgan yoki faoliyat ko‘rsatayotgan shahar-tuman hokimlik majlislar zalidan ishtirok etib, viloyat hokimi bilan muloqotga kirishishadi.


Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube

BUXORO VILOYATI KAMBAG’ALLIKNI QISQARTIRISH VA BANDLIK BOSH BOSHQARMASI |Rasmiy telegram kanali

01 Nov, 04:56


Меҳнат бозоридаги кўрсаткичлар

2024 йил 1 июль ҳолатига мамлакатимизда аҳолиси 37,2 млн нафарни ташкил этиб, улардан 15 млн 089 минг нафари (41%) иқтисодий фаол яъни, меҳнат қилишга тайёр аҳоли ҳисобланади.

Шундан, 14 млн 213 минг нафари (94 фоизи) иқтисодиётнинг турли тармоқларида меҳнат қилмоқда.
Хусусан:
▪️расмий секторда – 6,8 млн (48%);
▪️норасмий секторда – 5,5 млн (38,8%);
▪️хорижда ишлаётганлар – 1,9 млн (13,6%).

Бугунги кунда республика бўйича 876 минг нафар ишга жойлашишга муҳтож аҳоли мавжуд (йил бошида 1 024 минг нафар, -148 минг).

Меҳнатга лаёқатли аҳоли ўртасида ишсизлик даражаси йил бошига нисбатан 1 фоиз пунктга ёки 6,8 фоиздан 5,8 фоизга камайди.

@mehnatvazirligi

BUXORO VILOYATI KAMBAG’ALLIKNI QISQARTIRISH VA BANDLIK BOSH BOSHQARMASI |Rasmiy telegram kanali

29 Oct, 08:20


Sizga xorijdagi turli ishlar taklif etilyaptimi?

🎥 Chet elda ishlayman deb aldanib qolmay desangiz, ushbu videoni koʻring.

❗️Eslatib o‘tamiz, fuqarolarni xorijga ishga jo‘natish qonunchilikka muvofiq, litsenziyali faoliyat hisoblanadi.

👉 Litsenziyaga ega XBA ro‘yxati

➡️
Korrupsiyaga oid xabarni yetkazgan fuqarolarning shaxsi sir tutilishi kafolatlanadi.

☎️Ishonch telefoni: 71 202-44-11

📩Pochta manzili:
[email protected]

🤖Telegram bot: https://t.me/anticor_migrationbot

Kanalga ulanish: 👉  Telegram  Veb sayt  facebook

BUXORO VILOYATI KAMBAG’ALLIKNI QISQARTIRISH VA BANDLIK BOSH BOSHQARMASI |Rasmiy telegram kanali

29 Oct, 08:05


Tomorqa – qoʻshimcha daromad manbai

Kanalga ulanish: 👉  Telegram  Veb sayt  facebook

BUXORO VILOYATI KAMBAG’ALLIKNI QISQARTIRISH VA BANDLIK BOSH BOSHQARMASI |Rasmiy telegram kanali

29 Oct, 08:05


Sizlar uchun ajoyib yangilik❗️
Buxoro shahridagi Artel zavodining ishchi xodimlari uchun belgilan boshlangʻich oylik ish haqqi miqdori oshganligini 🔼 va ishga kirganingizdan keyin 1 oy õtib ➡️ 2 oydan boshlab oylik maoshingiz miqdori yana oshishini 🔺ma'lum qilamiz.

Kanalga ulanish: 👉  Telegram  Veb sayt  facebook

BUXORO VILOYATI KAMBAG’ALLIKNI QISQARTIRISH VA BANDLIK BOSH BOSHQARMASI |Rasmiy telegram kanali

28 Oct, 15:43


Jondorda kambag‘al, ehtiyojmand oilalar qo‘llab-quvvatlanmoqda

👉Batafsil

BUXORO VILOYATI KAMBAG’ALLIKNI QISQARTIRISH VA BANDLIK BOSH BOSHQARMASI |Rasmiy telegram kanali

27 Oct, 09:55


Ўзбекистонда сайлов ўтган деб ҳисобланди — Марказий сайлов комиссияси

27 октябрь куни Ўзбекистонда Олий Мажлис Қонунчилик палатаси ва маҳаллий Кенгашлар депутатларининг сайловиларида соат 13:00 ҳолатига кўра, 19 944 859 нафар сайловчидан 9 948 589 нафари ёки 47,62 фоизи овоз беришда иштирок этди. Қонунчиликда сайловда сайловчиларнинг 33 фоизи иштирок этса, сайлов ўтган деб топилади. Шу сабаб, бугунги депутатлик сайловлари ўтган деб ҳисобланди.

Kanalga ulanish: 👉  Telegram  Veb sayt  facebook

BUXORO VILOYATI KAMBAG’ALLIKNI QISQARTIRISH VA BANDLIK BOSH BOSHQARMASI |Rasmiy telegram kanali

27 Oct, 07:36


Botir Zaripov saylovda ovoz berdi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Xalq deputatlari viloyat, shahar va tuman Kengashlari deputatligiga nomzodlarga ovoz berish jarayoni Buxoro viloyatining barcha shahar va tumanlar hududida joylashgan 631ta saylov uchastkalarida Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilanganidek soat sakkizda boshlandi.

Buxoro viloyati hokimi viloyatda birinchilardan bo‘lib Buxoro shahridagi yuridik texnikumida joylashgan 49-saylov uchastkasiga tashrif buyurib, konstitutsiyaviy huquqlaridan foydalangan holda o‘zi tanlagan nomzodlar uchun ovoz berdi.

@BotirZaripov

BUXORO VILOYATI KAMBAG’ALLIKNI QISQARTIRISH VA BANDLIK BOSH BOSHQARMASI |Rasmiy telegram kanali

27 Oct, 07:35


Президент Шавкат Мирзиёев оила аъзолари билан биргаликда Тошкент шаҳрининг Мирзо Улуғбек туманидаги 59-сайлов участкасига ташриф буюриб, Олий Мажлис Қонунчилик палатаси ва халқ депутатлари кенгашларига сайловда овоз берди.

Президент Шавкат Мирзиёев вместе с членами семьи посетил избирательный участок №59 Мирзо-Улугбекского района города Ташкента и проголосовал на выборах в Законодательную палату Олий Мажлиса и кенгаши народных депутатов.

#Mirziyoyev #saylov #parlament #ovozberish

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

BUXORO VILOYATI KAMBAG’ALLIKNI QISQARTIRISH VA BANDLIK BOSH BOSHQARMASI |Rasmiy telegram kanali

26 Oct, 12:09


#mehnat_yarmarkasi

Buxoro shahridagi "ARTEL" maishiy texnikalar ishlab chiqarish korxonasida tashkil etilgan mehnat yarmarkasidan fotolavhalar.

Kanalga ulanish: 👉  Telegram  Veb sayt  facebook

BUXORO VILOYATI KAMBAG’ALLIKNI QISQARTIRISH VA BANDLIK BOSH BOSHQARMASI |Rasmiy telegram kanali

21 Oct, 06:56


21-октябр — Ўзбек тили байрами куни

Сана муносабати билан Камбағалликни қисқартириш ва бандлик вазирлигида филология фанлари номзоди ва нотиқ Раҳимбой Жуманиёзов ҳамда Ўзбекистонда хизмат кўрсатган маданият ходими, «Дўстлик» ордени соҳиби Бобур Бобомурод иштирокида маданий- маърифий тадбир бўлиб ўтди.

Миллий қадриятларимиз ва давлатчилик тимсоли бўлган она тилимиз ҳар доим дунё минбарларида жаранглаб турсин! Ўз софлиги ва жозибасини ҳеч қачон йўқотмасин.

Тилимизни асрайлик!

@mehnatvazirligi‌‌

BUXORO VILOYATI KAMBAG’ALLIKNI QISQARTIRISH VA BANDLIK BOSH BOSHQARMASI |Rasmiy telegram kanali

21 Oct, 06:56


#Live

«Ижтимоий хизматларнинг камбағалликни қисқартиришдаги ўрни: Барқарор ривожланиш сари йўл»


Айни дамда Пойтахтимизда давом этаётган халқаро ҳамкорлик ташаббуслари ҳафталиги доирасида «Ижтимоий хизматларнинг камбағалликни қисқартиришдаги ўрни: Барқарор ривожланиш сари йўл» мавзусида халқаро давра суҳбати бoшланди.

Тадбир Камбағалликни қисқартириш ва бандлик вазирлиги, Иқтисодий тадқиқотлар ва ислоҳотлар маркази ва Ижтимоий ҳимоя миллий агентлиги билан биргаликда ташкил этиляпти.

Унда маҳаллий ҳамкор ташкилотлар масъулларидан ташқари 10 дан ортиқ хорижий мамлакатлардан экспертлар мавзуга доир маърузалари ва тақдимотлари билан иштирок этмоқда.

Давра суҳбатида халқаро ташкилотларнинг иқтисодчилари ва экспертлари камбағалликка қарши курашнинг асосий масалаларини муҳокама қилишади. Шунингдек, ушбу соҳасидаги мамлакат тажрибаси ва халқаро амалиётлар билан ўртоқлашишади.

Ушбу давра суҳбатини ташкил этишдан мақсад, хорижий ва миллий экспертлар, таҳлилчилар ўртасида Янги Ўзбекистондаги демократик ислоҳотлар, уларнинг моҳияти, эришилган ютуқлар ва навбатдаги долзарб вазифалар, мамлакатда вужудга келаётган мутлақо янги ижтимоий-иқтисодий, сиёсий-ҳуқуқий ва маънавий-маърифий макон ва муҳит, давлат ташқи ва ички сиёсатининг устувор вазифалари тўғрисида фикр алмашишдан иборат.

Халқаро ҳамжамият Ўзбекистонни камбағалликка қарши самарали кураш олиб бораётганини эътироф этмоқда, бу эса хорижий экспертлар билан ўзаро тажриба алмашиш учун янги замин яратади. Бундан ташқари якунда ишлаб чиқиладиган амалий таклиф ва тавсиялар жаҳон миқёсида камбағалликни камайтиришда янги қадам бўлади.

@mehnatvazirligi

BUXORO VILOYATI KAMBAG’ALLIKNI QISQARTIRISH VA BANDLIK BOSH BOSHQARMASI |Rasmiy telegram kanali

18 Oct, 14:28


Ҳурматли фуқаролар!

Камбағалликни қисқартириш ва бандлик вазирлиги тизимида коррупциявий ҳуқуқбузарликлар тўғрисидаги хабарларни тезкор қабул қилиш учун махсус бот ишга туширилганлигини эслатамиз!

Агар сиз соҳада қонунбузарликлар ёки коррупциявий хатти-ҳаракатларга гувоҳ бўлсангиз, @anticorruption_mepr_bot орқали бизга хабар беринг.

❗️Мурожаатингиз ўз вақтида кўриб чиқилиши ва шахсингиз сир тутилишини кафолатлаймиз.

Бундан ташқари, коррупциявий хабарларни қабул қилиш учун қуйидаги ишонч телефонига (иш кунларида 9-00 дан
18-00 гача)
қўнғироқ қилишингизни сўраймиз.

☎️ 71-203-01-21

@mehnatvazirligi

BUXORO VILOYATI KAMBAG’ALLIKNI QISQARTIRISH VA BANDLIK BOSH BOSHQARMASI |Rasmiy telegram kanali

18 Oct, 14:28


⚡️Сиз аёл тадбиркормисиз?

Ўз бизнесингизни бошлаш ва бутун мамлакат бўйлаб харидорларни топиш ҳақида ўйлаяпсизми?

У ҳолда сизни Камбағалликни қисқартириш ва бандлик вазирлиги, БМТТД, Ижтимоий ҳимоя Миллий агентлиги ва Uzum Academy томонидан аёллар учун ташкил этиладиган молиявий саводхонлик ва электрон тижорат бўйича бепул ўқув семинарларига таклиф этамиз!

Ўқув семинарида иштирок этишни истасангиз қуйидаги Мономарказларга ташриф буюришингиз мумкин:

▪️21-22 октябр кунлари Нукус шаҳридаги Мономарказда

▪️23-24 октябр кунлари Урганч шаҳридаги Мономарказда

▪️ 25-26 октябр кунлари Бухоро шаҳридаги Мономарказда

👉Мономарказлар манзиллари ва телефон рақамлари

@mehnatvazirligi

BUXORO VILOYATI KAMBAG’ALLIKNI QISQARTIRISH VA BANDLIK BOSH BOSHQARMASI |Rasmiy telegram kanali

17 Oct, 08:26


Мамлакатимизда қуйидаги асосий йўналишлар орқали камбағалликни қисқартириш чоралари кўрилмоқда:

▪️ хусусий сектор ва тадбиркорликни ривожлантириш;

▪️ янги иш ўринларини яратиш;

▪️ ижтимоий ҳимоя тизимини мустаҳкамлаш;

▪️ таълим сифати ва ундан фойдаланиш имкониятини ошириш;

▪️ кам таъминланганлар учун соғлиқни сақлаш ва тиббий хизматлардан фойдаланиш имкониятларини кенгайтириш;

▪️атроф-муҳит ва экологик барқарорликка эришиш;

▪️ҳудудларни мутаносиб ривожлантириш;

▪️инфратузилмани ривожлантириш.

@mehnatvazirligi

BUXORO VILOYATI KAMBAG’ALLIKNI QISQARTIRISH VA BANDLIK BOSH BOSHQARMASI |Rasmiy telegram kanali

17 Oct, 08:26


⛔️#норасмий_бандлик

Агар иш берувчи билан меҳнат шартномаси тузмасдан ишласангиз:

👉Меҳнат стажингиз бўлмайди ва пенсия ололмайсиз;

👉Иш берувчи сизни исталган пайт ишдан бўшатиши ёки ойлик маошингизни бермаслиги мумкин;

👉Ноқулай меҳнат шароитларига дуч келасиз;

👉Бола парвариши, ҳомиладорлик, тиббий ва меҳнат таътили пулларидан маҳрум бўласиз;

👉Уй, машина ёки бошқа эҳтиёжлар учун кредит ололмайсиз;

👉Ўзгарувчан ойлик маоши;

👉Меҳнат таътилисиз фаолият;

👉Карьеранинг ўсмаслиги.

Шундай экан норасмий меҳнатга рози бўлманг!

@mehnatvazirligi

BUXORO VILOYATI KAMBAG’ALLIKNI QISQARTIRISH VA BANDLIK BOSH BOSHQARMASI |Rasmiy telegram kanali

15 Oct, 05:30


Ўзбекистон Республикада фаолият юритаётган барча турдаги иш берувчилар диққатига!!!

❗️ “Иш берувчининг фуқаролик жавобгарлигини мажбурий суғурта қилиш тўғрисида”ги Ўзбекистон Республикаси Қонунининг 4-моддасига асосан “Ходим ўз меҳнат вазифаларини бажариши билан боғлиқ ҳолда меҳнатда майиб бўлиши, касб касаллигига чалиниши ёки соғлиғининг бошқача тарзда шикастланиши муносабати билан унинг ҳаёти ёки соғлиғига етказилган зарарнинг ўрнини қоплаш бўйича иш берувчи ўз фуқаролик жавобгарлигини мажбурий суғурталаши шарт”.

Давлат меҳнат инспексияси томонидан юқоридаги қонун талабларининг бажарилиши Ягона автоматлаштирилган ахборот тизими (ersp.e-osgo.uz) орқали ўрганилганда республикамиздаги 481 мингдан ортиқ иш берувчилар ўзларининг фуқаролик жавобгарлигини мажбурий суғурталамаганлиги аниқланган.

Ҳудудлар бўйича таҳлил қилинганда:
▪️Қорақалпоғистон Республикасида – 24 минг;
▪️Андижон вилоятида – 30 минг;
▪️Бухоро вилоятида – 30 минг;
▪️Жиззах вилоятида – 22 минг;
▪️Қашқадарё вилоятида – 35 минг;
▪️Навоий вилоятида – 24 минг;
▪️Наманган вилоятида – 27 минг;
▪️Самарқанд вилоятида – 48 минг;
▪️Сурхондарё вилоятида – 24 минг;
▪️Сирдарё вилоятида – 13 минг;
▪️Тошкент вилоятида – 46 минг;
▪️Фарғона вилоятида – 46 минг;
▪️Хоразм вилоятида – 26 минг;
▪️Тошкент шаҳрида – 81 минг.

⚠️ Қонунчилик талабларини бажармаслик мансабдор шахсларга базавий ҳисоблаш миқдорининг 10 бараваридан 15 бараваригача миқдорда жарима солишга сабаб бўлади.

@mehnatvazirligi

BUXORO VILOYATI KAMBAG’ALLIKNI QISQARTIRISH VA BANDLIK BOSH BOSHQARMASI |Rasmiy telegram kanali

15 Oct, 05:13


🔴Ҳар йилги меҳнат таътилидан чақириб олишга таътилнинг исталган вақтида фақат ходимнинг розилиги билан йўл қўйилади.

Шу муносабат билан таътилнинг фойдаланилмай қолган қисми ходимга мазкур иш йили давомида бошқа вақтда берилиши ёки Меҳнат кодексининг 230 ва 231-моддаларида назарда тутилган талабларга риоя этилган ҳолда кейинги иш йилида берилиши керак.

▪️18 ёшга тўлмаган ходимларни, ҳомиладор аёлларни ва меҳнат шароитлари ўта зарарли ва ўта оғир ишларда банд бўлган ходимларни ҳар йилги меҳнат таътилидан чақириб олишга йўл қўйилмайди.

@mehnatvazirligi

BUXORO VILOYATI KAMBAG’ALLIKNI QISQARTIRISH VA BANDLIK BOSH BOSHQARMASI |Rasmiy telegram kanali

15 Oct, 03:51


Ҳоким ёрдамчилари қўшимча рағбатлантирилади

Ўзбекистонда айрим ҳоким ёрдамчилари лавозим маошининг 50 фоизи миқдорида қўшимча рағбатлантирилади.

Президент қарорига кўра, ижобий тажрибага эга 50 нафар ҳоким ёрдамчисидан иборат “Лойиҳа менежерлари” гуруҳи ташкил этилади.

Бунда “Лойиҳа менежерлари” гуруҳи таркибидаги ҳар бир ҳоким ёрдамчиси самарадорлик кўрсаткичи паст бўлган туман/шаҳарларга бириктирилади ва улар 6 ойгача мазкур туман/шаҳарлардаги маҳаллаларга хизмат сафарига юборилади.

Хизмат сафари давомида “Лойиҳа менежерлари” гуруҳидаги ҳоким ёрдамчилари, иш ҳақи ва бошқа ижтимоий тўловлар сақлаб қолинган ҳолда лавозим маошининг 50 фоизи миқдорида қўшимча рағбатлантирилади.

Kanalga ulanish:👉  Telegram  Veb sayt  facebook

BUXORO VILOYATI KAMBAG’ALLIKNI QISQARTIRISH VA BANDLIK BOSH BOSHQARMASI |Rasmiy telegram kanali

14 Oct, 09:30


Ўзбекистон Республикаси Президентининг ПФ-143 Фармонига мувофиқ, 2025 йил 1 январдан бошлаб:

▪️кам таъминланган оилалар болалари учун нафақа ва моддий ёрдам олаётган оилаларнинг расмий банд бўлмаган аъзолари ишга жойлашганда, ўзини ўзи банд қилганда ёки тадбиркорлик фаолиятини йўлга қўйганда ушбу нафақа ва моддий ёрдамни уларнинг муддати тугагунга қадар, бироқ 6 ойдан кўп бўлмаган муддатгача тўлаш давом эттирилади;

▪️меҳнатга ҳақ тўлашнинг энг кам миқдорининг 1,5 бараваридан кам бўлмаган ойлик иш ҳақи тўланадиган ишга жойлашган Камбағал оилалар реестрига киритилган оила аъзоси учун ижтимоий солиқ уч йил давомида 1 фоиз ставкада тўланади.

@mehnatvazirligi

BUXORO VILOYATI KAMBAG’ALLIKNI QISQARTIRISH VA BANDLIK BOSH BOSHQARMASI |Rasmiy telegram kanali

08 Oct, 11:37


Аҳоли бандлигини таъминлаш ва камбағаллик даражасини қисқартириш бўйича қандай чоралар кўрилади?

🔴Яқин уч ой муддатда ижобий натижа берган “100 та энг самарали микролойиҳа” каталоги яратилади. Улар ҳоким ёрдамчилари орқали республиканинг барча ҳудудларида оммалаштирилади.

🔴2025 йил 1 декабрга қадар 50 та туманда, 2026 йилда қолган туманларда 50–100 гектардан ижара асосида ажратилган қишлоқ хўжалиги ер майдонларида саноатлашган плантация, боғ ва узумзорлар ташкил этилади.

@mehnatvazirligi

1,353

subscribers

4,594

photos

702

videos