来自 Bukhara Tourism_Official (@bukhtourism) 的最新 Telegram 贴文

Bukhara Tourism_Official Telegram 帖子

Bukhara Tourism_Official
Buxoro viloyati Turizm boshqarmasi matbuot xizmati

Rasmiy bot: https://t.me/Buxturizmmurojaatbot
Facebook:https://m.me/Bukhtourismdevelopment
Instagram: @bukhtourismdevelopment
1,613 订阅者
17,661 张照片
2,945 个视频
最后更新于 06.03.2025 02:37

相似频道

BUKHARA INFO
25,542 订阅者
Uzbekistan.travel
11,523 订阅者
BUXORO YOSHLARI
2,022 订阅者

Bukhara Tourism_Official 在 Telegram 上分享的最新内容

Bukhara Tourism_Official

29 Jan, 07:07

288

#turistik_tashkilotlar_diqqatiga #вниманию_тур_организациям

🇺🇿Mamlakatimiz turizm salohiyatini xalqaro bozorlarida keng targ‘ib qilish maqsadida yurtimiz turizm sohasi vakillari tomonidan Daniyaning Herning shahrida 2025-yil 21-23-fevral kunlari bo‘lib o‘tadigan “Danish Travel Show” ko‘rgazmasida O‘zbekiston milliy stendi namoyishi orqali qatnashish rejalashtirilmoqda.
Ushbu nufuzli xalqaro turizm ko‘rgazmasida ishtirok etishga shoshiling!
Arizalar 31-yanvargacha qabul qilinadi
Batafsil

🇺🇿В целях широкого продвижения туристического потенциала страны на международных рынках планируется участие представителей туриндустрии Узбекистана в туристической выставке “Danish Travel Show”, которая состоится 21-23 февраля 2025 года в городе Хернинг, Дания, а также демонстрация национального стенда Узбекистана. Успейте принять участие в престижной международной туристической выставке!
Заявки принимаются до 31 января
Подробнее

💬Telegram 🌐Instagram 🌐Facebook 🤩Youtube 💬Whatsapp
Bukhara Tourism_Official

29 Jan, 06:07

216

⚡️Принят Закон Республики Узбекистан от 16 января 2025 года №ЗРУ-1019 "О внесении дополнения и изменений в Кодекс Республики Узбекистан об административной ответственности".

🔹В настоящее время в стране принимаются меры, направленные на обеспечение безопасности населения при обращении с дикими животными и совершенствование порядка их содержания.

🔹Законодательством установлен запрет на содержание физическими лицами некоторых видов диких животных.

🔹Данным Законом в Кодекс Республики Узбекистан об административной ответственности вносятся изменения, предусматривающие установление ответственности за содержание диких животных, запрещенных к содержанию физическими лицами в полувольных условиях, искусственно созданной среде обитания или в неволе, в том числе повлекшее причинение вреда здоровью людей, имуществу юридических и физических лиц, а также усиление ответственности за нарушение правил содержания животных.

🔹Настоящий Закон послужит предотвращению незаконного содержания диких животных, запрещенных к содержанию, соблюдению требований, предусмотренных порядком содержания домашних животных и обеспечению безопасности населения.

Telegram | Facebook | Instagram
Bukhara Tourism_Official

29 Jan, 06:06

202

⚡️O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 16-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi O‘RQ-1019-sonli Qonuni qabul qilindi.

🔹Hozirgi vaqtda mamlakatimizda yovvoyi hayvonlar bilan muomalada bo‘lishda aholining xavfsizligini ta’minlashga va yovvoyi hayvonlarni saqlash tartibini takomillashtirishga qaratilgan choralar ko‘rilmoqda.

🔹Qonunchilikda ayrim turdagi yovvoyi hayvonlarni jismoniy shaxslar tomonidan saqlashga oid taqiq belgilangan.

🔹Mazkur Qonun bilan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga yarim erkin sharoitlarda, sun’iy yaratilgan yashash muhitida yoki tutqunlikda saqlanishi taqiqlangan yovvoyi hayvonlarni jismoniy shaxslar tomonidan saqlaganlik va odamlarning sog‘lig‘iga, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkiga zarar yetkazganlik uchun javobgarlik belgilashni, shuningdek hayvonlarni saqlash qoidalarini buzganlik uchun javobgarlikni kuchaytirishni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritilmoqda.

🔹Ushbu Qonun saqlanishi taqiqlangan yovvoyi hayvonlarning qonunga xilof ravishda saqlanishining oldini olishga, uy hayvonlarini saqlash tartibida nazarda tutilgan talablarga rioya etilishiga hamda aholining xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Telegram | Facebook | Instagram
Bukhara Tourism_Official

29 Jan, 04:49

241

🍀Экоцентр Джейран – в соприкосновении с истинной красотой дикой природы

🍀Jayron Ekomarkazi - yovvoyi tabiatning haqiqiy go‘zalligi bilan aloqa

🍀The Jeyran Ecocenter - in the contact with the true beauty of the wild nature

Telegram | Facebook | Instagram
Bukhara Tourism_Official

28 Jan, 12:48

278

#ekoturizm
#Buxoro

⚡️BUXORO TUMANIDA YANGI TURIZM OBYEKTI O‘Z FAOLIYATINI YO‘LGA QO‘YMOQDA

Viloyatimizning mavjud resurslaridan oqilona foydalanish hisobiga ekologik turizmni rivojlantirish uchun yanada qulay sharoitlar yaratish va tadbirkorlik subyektlari uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish orqali aholini ish bilan ta’minlash, ularning daromad manbaini kengaytirish maqsadida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.

Shu munosabat bilan, joriy yilning 28-yanvar sanasida Buxoro viloyati turizm boshqarmasi boshlig‘i Suhrobjon Bobokalonov va tegishli mas’ullar bilan birgalikda  "ASILA GOLD NUR" MCHJ tomonidan barpo etilgan ekoturizm loyihalari joyiga chiqib o'rganildi.

Ekoturizm tashkil etilgan hudud Buxoro tumani Amu Buxoro kanali yoqasida joylashgan.

Mazkur ekoturizm obyekti 20 gektar maydonni tashkil etib, uning hududida dam olish,  suzish, tabiatdan bahramand boʻlish uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

Jumladan, otda sayr qilish, baliq tutish va milliy taomlarni o‘choq va tandirda tayyorlash kabi mashg‘ulotlar tashrif buyuruvchi mehmonlarlarga bir umr esda qoladigan taassurotlarni bag‘ishlaydi.

Maskanning eng ahamiyatli tomoni shundaki, 50 dan ortiq sayyohlarni qabul qilish imkoniyatiga ega bo'lgan xonadonlar, restoran, sanitariya-gigiyena va plyaj infratuzilmalari yaratilgan.

Obyektning rasmiy ochilish marosimi yaqin kunlarda rejalashtirilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram
Bukhara Tourism_Official

20 Jan, 05:30

121

⚡️TURIZM QISHLOG'IGA AYLANTIRILADIGAN ANJIRBOG' QISHLOG'INING IMKONIYATLARI O'RGANILDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-dekabrdagi “Buxoro viloyatida sanoat va xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-423-sonli qaroriga asosan, Vobkent tumanidagi “Anjirbog‘” MFY, Anjirbog‘ qishlog‘i turizm qishlog‘i maqomi beriladigan mahallalar ro‘yxatiga kiritilgan.

Ma’lumot uchun: "Anjirbog'" MFY, Anjirbog' qishlog‘ining umumiy yer maydoni 156,4 gektar bo‘lib unda, 2 319 nafar aholi, 510 ta xonadon, 671 ta oila istiqomat qiladi.

Qishloqning turistik imkoniyatlarini o‘rganish maqsadida, mahalla raisi, hokim yordamchisi hamda yoshlar yetakchisi bilan birgalikda “Anjirbog‘” MFY hududi o‘rganilib, tegishli masalalar ko‘rib chiqildi.

Shu bilan birga, Anjir Fag‘naviy ziyoratgohida yangi masjid va tahoratxonada olib borilayotgan qurilish ishlari, hunarmandchilik xonadonlari, yo‘l bo‘yi kafe hamda restoranlar hamda yangi ochilishi kutilayotgan oilaviy mehmon uylari yuzasidan kerakli tavsiyalar berib o'tildi.

Telegram | Facebook | Instagram
Bukhara Tourism_Official

20 Jan, 05:01

133

🌟 Участвуйте в IV Национальной премии гостеприимства!🌟

Ваш шанс выделиться в индустрии и получить заслуженное признание уже здесь! Претендентов на премию оценит международное рейтинговое агентство TrustYou – признанный лидер в управлении качеством услуг и отзывов.

🚀 Регистрация уже открыта!

Присоединяйтесь сейчас🔥
_

🌟 IV Milliy Me
hmondo’stlik mukofotida ishtirok eting! 🌟

Bu mehmondo’stlik sohasida ajralib turish va munosib e’tirofga sazovor bo‘lish uchun ajoyib imkoniyatdir! Mukofot nomzodlarini xizmatlar sifati va sharhlarni boshqarish bo‘yicha yetakchi xalqaro reyting agentligi TrustYou baholaydi.

🚀 Ro’yxatdan o‘tish!

Hoziroq qo’shiling🔥

Telegram | Facebook | Instagram
Bukhara Tourism_Official

20 Jan, 04:56

135

#Моя_Бухара
#мой_город_дорог

Ароматы твоих улиц, сладкие,
И ветра разносят пустыни зной.
Эмоции самые чистые и яркие.
Бухара - мое сердце с тобой.

Telegram | Facebook | Instagram
Bukhara Tourism_Official

18 Jan, 17:13

217

#xalqaro_aloqalar

⚡️JANUBIY AMERIKA VA YEVROPALIK SAYYOHLAR BUXORODA

Ayni kunda viloyatimizda havo harorati ancha salqin bo'lishiga qaramasdan sharif shahar sayyohlar bilan gavjum.

Xususan, “Avrud Travel” sayyohlik kompaniyasi tomonidan shu kunlarda Braziliya, Meksika, Turkiya, Italiya, Fransiya va boshqa davlatlardan 104 nafar sayyohning Buxoro bo‘ylab tashrifi amalga oshirilmoqda.

Sayohat davomida mehmonlar Buxoroning tarixiy markazidagi turizm namoyish obyektlari bo‘lmish Labi Hovuz ansambli, savdo toqlari, Poyi Kalon majmuasi, Ark qo'rgoni, Chor Minor madrasasi hamda qator tarixiy qadamjolarga tashrif buyurishdi.

“Azim Buxoroda go‘yo vaqt to‘xtab qolgandek va har qadamda tarix isi ufurib turadi. Bu yerning o‘ziga xos iqlimi, boy madaniy merosi, xalqingizning urf-odatlari va milliy oshxonasini ta’riflashga so‘z ojiz. Men o‘ylaymanki, barcha turdagi sayyohlar shahringizni sevib qoladi.”- dedi sayyohlardan biri.

Ma’lumot uchun:2025-yilda Buxoro viloyatiga 2 mln 200 ming nafar xorijiy turistlar tashrifini ta'minlash bo‘yicha reja qilingan. Buning natijasida turizm xizmatlari eksporti 600 mln dollarga yetkaziladi.

Telegram | Facebook | Instagram
Bukhara Tourism_Official

11 Jan, 17:10

163

#xalqaro_aloqalar
#VET4UZ

🇺🇿🇨🇭Shvetsariyaning “Helvetas Swiss Intercooperation” kompaniyasining O‘zbekistondagi filiali tomonidan amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda professional ta’lim islohotlarini qo‘llab-quvvatlash (VET4UZ)” loyihasi doirasida joriy yilning 10-yanvar sanasida Shvetsariya elchixonasi vakillari va loyiha boshqaruv guruhi Buxoro viloyatiga muhim tashrifni amalga oshirdilar.

Tashrifdan ko‘zlangan maqsad – Shveytsariya tomonidan moliyalashtirilayotgan va “Helvetas International” tomonidan amalga oshirilayotgan VET4UZ loyihasining kasb-hunarga oid dual ta’limni tatbiq qilish jarayonining 2024-yil dagi natijalari bilan tanishish.

Delegatsiya tarkibida bo'lgan Shvetsariyaning O‘zbekistondagi elchixonasi missiyasi rahbari o‘rinbosari (elchi) Andrin Fink, “Helvetas” filiali direktori Anja de Beer, loyiha boshqaruvchisi Simone Strasburger, elchixona milliy koordinatori Nodira Muxammadqulova hamda loyiha bosh eksperti Sardor Saidrasulovlar tashrif doirasida oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi boshlig'i A.Naimov, Buxoro viloyat turizm boshqarmasi vakillari hamda Buxoro turizm va madaniy meros texnikumi rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdilar.

Mazkur uchrashuv davomida VET4UZ loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, ta’lim tizimini modernizatsiya qilish va kasb-hunar ta’limini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Texnikum rahbariyati loyiha doirasida erishilgan natijalar, amalga oshirilayotgan islohotlar va kelgusidagi rejalar haqida batafsil ma’lumot berdi, shu bilan birga texnikum o‘qituvchilari va talabalari bilan suhbat olib borildi.

Mehmonlar texnikum faoliyati, talabalari uchun yaratilgan imkoniyatlar, o‘quv jarayoni hamda amaliy mashg‘ulotlar uchun mo‘ljallangan o'quv ustaxonalari va sinf xonalari bilan yaqindan tanishdilar. Loyiha doirasida ta’lim muassasasi imkoniyatlarini kengaytirish, o‘quv dasturlarini yangilash va yoshlarni zamonaviy talablar asosida kasb-hunarga tayyorlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

Kunning ikkinchi yarmida mehmonlar VET4UZ loyihasining Buxoro shahridagi ish beruvchi hamkor tashkilotlari "Turon City Plaza" va "Sahid Zarafshon" mehmonxonalarida bo'lib, talabalarning amaliyot jarayonlari bilan tanishdilar.

Bu kabi tashriflar O‘zbekiston va Shvetsariya o‘rtasidagi ta’lim sohasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash bilan birga, mamlakatimizda professional ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladi. VET4UZ loyihasi esa bu yo‘nalishda muhim qadam bo‘lib, ta’lim tizimiga innovatsion yondashuvlarni olib kirishda davom etmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram