Latest Posts from Bukhara Tourism_Official (@bukhtourism) on Telegram

Bukhara Tourism_Official Telegram Posts

Bukhara Tourism_Official
Buxoro viloyati Turizm boshqarmasi matbuot xizmati

Rasmiy bot: https://t.me/Buxturizmmurojaatbot
Facebook:https://m.me/Bukhtourismdevelopment
Instagram: @bukhtourismdevelopment
1,613 Subscribers
17,661 Photos
2,945 Videos
Last Updated 06.03.2025 02:37

The latest content shared by Bukhara Tourism_Official on Telegram

Bukhara Tourism_Official

05 Mar, 17:08

252

#ichki_turizm_yarmarkasi
#tadbir

Buxoro shahrida "O'zbekiston bo'ylab sayohat qil!" ichki turizm yarmarkasi bo‘lib o‘tdi

Telegram | Facebook | Instagram
Bukhara Tourism_Official

05 Mar, 10:36

275

#ichki_turizm_yarmarkasi
#tadbir

Buxoro shahrida "O'zbekiston bo'ylab sayohat qil!" ichki turizm yarmarkasi bo‘lib o‘tdi


Mazkur yarmarkadan ko‘zlangan asosiy maqsad, mavjud turizm obyektlariga aholini keng jalb qilish, turizm sohasidagi tadbirkorlik subyektlari va turistik maskanlarni qo‘llab-quvvatlash, turoperator va turagentlarni isteʼmolchilarga tanitishdir.

Tadbir doirasida hunarmandchilik va milliy suvenirlar mahsulotlari yarmarkasi, ichki turizm yo‘nalishida faoliyat yurituvchi turoperatorlar hamda korxona, tashkilotlar hamkorligida “tadbirkor bilan tadbirkor” (B2B) uchrashuvlar, “tadbirkor bilan mijoz” (B2C) mexanizmlari asosida uchrashuvlar, ichki turizm sohasida yangi hamkorlar bilan kelishuvlarga erishish, qolaversa, tajriba almashish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi.

100ga yaqin turizm sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlari, 50dan ortiq korxona va tashkilotlar o‘zlarining turistik dasturlari va tijorat takliflari bilan ishtirok etdi.

Tadbir doirasida Buxoroning turizm saloyihati to'g'risida taqdimot qilinib, viloyatning turizm salohiyatini namoyon etuvchi targ'ibot vositalari keng targ'ib etildi.

Bundan tashqari, milliy kuy-qo‘shiqlar ohangida folklor jamoalarining chiqishlari 1,5 ming nafarga yaqin tashrif buyurgan tomoshabin hamda sayyohlarga ko'tarinki ruh bag'ishladi.

Tadbir so'ngida, mehmonlar hamda talaba-yoshlar uchun Buxoroning muzeylari bo'ylab infotur tashkillashtirildi.

Telegram | Facebook | Instagram
Bukhara Tourism_Official

28 Feb, 15:22

295

#diyor_yangiliklari
#hisobot_saylov

Buxoro viloyati turizm boshqarmasi boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkilotining hisobot-saylovidan lavha.

Telegram | Facebook | Instagram
Bukhara Tourism_Official

28 Feb, 12:52

247

#monitoring
#mehmonxonalar

⚡️BUXORO SHAHRINING G'IJDUVON KO'CHASIDA BARPO ETILAYOTGAN MEHMONXONALARNING JORIY HOLATI O'RGANILDI

Buxoro viloyatining turizm salohiyatini yanada rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan qaror va Farmonlar asosida turizm infratuzilmasini yaxshilash va xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishga qaratilgan vazifalarga viloyatda shu kunlarda alohida e’tibor qaratilmoqda.

Xususan, mazkur hafta davomida tegishli mas‘ullar Buxoro shahrining G‘ijduvon ko‘chasida barpo etilayotgan mehmonxonalarning qurilish maydonida bo'lishdi.

Qurilish jarayonlari ko'zdan kechirilarkan, mehmonxonalarda yuzaga kelayotgan muammolarni tizimli ravishda bartaraf etish va mazkur mehmonxonalarni belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirish bo‘yicha mutasaddilar tomonidan tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

🏢🏬Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda Buxoro shahrining G‘ijduvon ko‘chasida 1000 kishiga mo‘ljallangan 500 ta xonadan iborat 6 ta joylashtirish vositasi qurilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram
Bukhara Tourism_Official

28 Feb, 09:23

337

Axborot 24 | Buxoroda O‘zbekiston-Indoneziya forumi tashkil etildi
#27feb #uzbekiston24

mtrk.uz | Telegram
Bukhara Tourism_Official

28 Feb, 08:27

303

#milliy_liboslar_kuni
#challenge

Milliy libos – millat qiyofasi, inson ko‘rki, milliy iftixor ifodasi.

Bugun, Buxoro viloyati turizm boshqarmasi tomonidan xorijiy hamkorlar Cathy va Teunis Utirdiklar ishtirokida milliy liboslarimizni targ‘iboti yuzasidan “Milliy libos-milliy g‘urur” nomi ostida chellenj o‘tkazildi.

Qayd etish joizki, bu kabi chellenjlar xorijiy sayyohlarimizning milliy liboslarimizga bo'lgan qiziqishini orttirmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram
Bukhara Tourism_Official

28 Feb, 08:03

322

Ахборот 24 | В Бухаре проведён узбекско-индонезийский форум
#27feb #uzbekiston24

mtrk.uz | Telegram
Bukhara Tourism_Official

27 Feb, 13:57

330

#hisobot_saylov
#turizm_boshqarmasi

Joriy yilning 27-fevral kuni Buxoro viloyati turizm boshqarmasi boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkilotining hisobot-saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Hisobot-saylov yig‘ilishi kun tartibida kasaba uyushma qo‘mitasining 2020-yil fevral oyidan 2025-yil fevral oyigacha bo‘lgan davrdagi faoliyati yuzasidan hisoboti, kasaba uyushma qo‘mitasi raisi lavozimiga saylov, kasaba uyushma qo‘mitasi a'zolari saylovi hamda viloyat birlashgan qo'mitasining navbatdagi Konferensiyasiga delegat saylash masalalari ko'rildi.

Yig‘ilishda viloyat turizm boshqarmasi kasaba  uyushma qo‘mitasi raisi lavozimiga  Xamidova Feruza ko‘pchilik ovoz bilan qayta saylandi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston madaniyat, sport va turizm xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining  tashkiliy ishlar bo‘yicha bosh mutaxassis Aripov Jamshid  Tursunboyevich va viloyat birlashgan qo‘mitasi raisi Dilovar Temirova O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yillik bayrami oldidan o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan tadbirlar yuzasidan  tushunchalar berdi.

Hisobot-saylov yig‘ilishidan so‘ng, tashkilotning 2023-2025-yillar uchun qabul qilingan jamoa shartnomasining 2024-yil davomida ish beruvchi va kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan bajarilishi yuzasidan taraflarning  hisobotlari  tinglandi va tegishli qarorlar qabul qilindi.

Telegram | Facebook | Instagram
Bukhara Tourism_Official

27 Feb, 13:33

216

“Afrosiyob” elektropoyezdi xodimlari  Buxoro milliy liboslari bilan yoʻlovchilarga xizmat qildi

Bugun, 27-fevral kuni yuqori tezlikdagi “Afrosiyob” elektropoyezdi “Toshkent-Buxoro” yoʻnalishida yana bir tashabbusni amalga oshirdi. Buxoro viloyatining betakror milliy liboslarini kiygan xodimlar poyezd ichida yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatishdi.

Ushbu tadbir Oʻzbek xalqining boy madaniy merosini va qadimiy anʼanalarini nafaqat milliy, balki xalqaro miqyosda namoyish etish uchun ajoyib imkoniyat yaratdi.

Buxoro milliy liboslari - bu nafaqat goʻzallik, balki chuqur maʼnaviy mazmun hamdir. Ularning har biri tarixiy, madaniy va maʼnaviy boyliklarimizni o’zida mujassam etgan. Har bir naqsh va rang, Buxoro shahrining qadimiy obidalariga hamda meʼmorchiligiga mos keladi. Liboslar nafaqat tashqi goʻzallik, balki xalqning maʼnaviy qadriyatlari va madaniy anʼanalarini o’zida aks ettiradi.

Telegram | Facebook | Instagram
Bukhara Tourism_Official

27 Feb, 13:33

180

Oʼzbekiston va Turkiya oʼrtasida turizm sohasida hamkorlik memorandumi imzolandi

Аnqarada Oʼzbekiston va Turkiya oʼrtasida turizm sohasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan hamkorlik memorandumi va Harakatlar rejasi imzolandi.


Uzbekistan and Turkey sign a memorandum on cooperation in the tourism sector

A Memorandum of Cooperation and an Action Plan aimed at developing bilateral tourism partnerships have been signed between Uzbekistan and Turkey in Ankara.


Узбекистан и Турция подписали Меморандум о сотрудничестве в сфере туризма

В Анкаре между Узбекистаном и Турцией подписаны Меморандум о сотрудничестве и План действий, направленные на развитие двустороннего партнерства в сфере туризма.

Facebook | Instagram | X | YouTube