来自 Bukhara Tourism_Official (@bukhtourism) 的最新 Telegram 贴文

Bukhara Tourism_Official Telegram 帖子

Bukhara Tourism_Official
Buxoro viloyati Turizm boshqarmasi matbuot xizmati

Rasmiy bot: https://t.me/Buxturizmmurojaatbot
Facebook:https://m.me/Bukhtourismdevelopment
Instagram: @bukhtourismdevelopment
1,613 订阅者
17,661 张照片
2,945 个视频
最后更新于 06.03.2025 02:37

Bukhara Tourism_Official 在 Telegram 上分享的最新内容

Bukhara Tourism_Official

27 Feb, 11:19

238

IV Milliy mehmondo‘stlik mukofoti g‘oliblari taqdirlandi

Bu yil O‘zbekistonning barcha hududidan mehmonxonalar va turar joy obyektlari tanlovda ishtirok etish uchun ariza topshirdi. Ishtirokchilar geografiyasi Toshkentdan Nukusgacha kengaytirildi, 310 ta ariza kelib tushdi. G‘oliblar "Eng yaxshi kichik mehmonxona", "Eng yaxshi mehmonxona nonushtasi", "Yil kashfiyoti" kabi jami 37 nominatsiya bo‘yicha 44 g‘olib aniqlandi.


The winners of the IV National Hospitality Award have been awarded

This year, hotels and accommodation facilities from all regions of Uzbekistan applied to participate in the competition. The geography of participants was expanded from Tashkent to Nukus, 310 applications were received. 44 winners were determined in a total of 37 nominations, including "Best Mini-Hotel", "Best Hotel Breakfast" and "Discovery of the Year".


Награждены победители IV Национальной премии гостеприимства

В этом году на участие в конкурсе подали заявки гостиницы и объекты размещения со всех регионов Узбекистана. География участников была расширена от Ташкента до Нукуса, было получено 310 заявок. 44 победителя были определены в общей сложности по 37 номинациям, включая «Лучший мини-отель», «Лучший завтрак в отеле» и «Открытие года».

Facebook | Instagram | X | YouTube
Bukhara Tourism_Official

19 Feb, 07:04

119

#turizm
#imtiyoz #preferensiyalar

⚡️Turizm sohasidagi tadbirkorlar faoliyati davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda

Mamlakatimizda turizmni jadal rivojlantirish, aholining daromadlari va turmush darajasini oshirish, mehmonxonalar faoliyatini keng ko‘lamda yo‘lga qo‘yish uchun qulay shart-sharoit yaratish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, bugungi kunda turizm sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida soliq va bojxona imtiyozlari, xarajatlar va kreditlarni bir qismini qoplash, subsidiya hamda grantlar berish, foizsiz ssudalar ko‘rinishida davlat tomonidan qo‘shimcha ko‘mak va preferensiyalar berilayotganligi quvonarli holat.

Shu munosabat bilan, mazkur imkoniyatlarni turizm sohasidagi tadbirkorlarga yetkazish va ularning faoliyatini qo'llab-quvvatlash maqsadida Turizm qo‘mitasi va "Turizm xizmatlarini sertifikatlashtirish markazi" DUK mas’ul xodimlari, Buxoro viloyati turizm boshqarmasi boshlig‘i Suhrob Bobokalonov ishtirokida joriy yilning 18-fevral sanasida Buxoro viloyatidagi turizm sohasi tadbirkorlik subyektlari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda turizm sohasi vakillari davlat tomonidan taqdim etilayotgan subsidiyalar, preferensiyalar va imtiyozlar haqida batafsil tushuntirish berildi. Bundan tashqari, turizm sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati, subsidiyalarni olish tartibi, hujjatlarni rasmiylashtirish va boshqa muhim masalalar yuzasidan maʼlumotlar berildi.

Shuningdek, turizm sohasidagi tadbirkorlik subyektlari jumladan, joylashtirish vositalari va turistik xizmat ko‘rsatuvchi korxonalarga joyiga chiqqan holda sohada mavjud imtiyoz va imkoniyatlar to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berilib, ularning faoliyatida uchrayotgan muammolar o‘rganilgan holda tavsiya va ko'rsatmalar berilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram
Bukhara Tourism_Official

19 Feb, 06:00

138

https://uza.uz/oz/posts/amaliy-ishlar-jarayonlari-organildi_689598
Bukhara Tourism_Official

19 Feb, 05:29

154

☘️Nafaqat dam olishingiz, balki bir olam zavq olishingiz mumkin bo'lgan shahar tashqarisidagi eng yaxshi joylar!

Keling, vaziyatni o'zgartiraylik va shahar shovqinidan xoli bo‘laylik.
___

☘️Лучшие места загородом, где можно ни только отдохнуть, но и получить море эмоций!

Меняем обстановку и убегаем от городской суеты.
___

☘️The best places in the country where you can not only relax, but also get a lot of emotions!

Let's change the situation and escape from the bustle of the city.

#Bukhara #tourism #nature #beautiful #joy #awayfromcity #peace #relax #travel #rest #naturelove #WelcometoBukhara #visitBukhara

Telegram | Facebook | Instagram
Bukhara Tourism_Official

11 Feb, 05:29

162

#Buxoro_hunarmandlari

⚡️Faces of tourism – Husenov Adiz

🎨Miniatyura - bu ajoyib ijod va tasviriy san'at. Uni yaratish rassomdan katta mahorat va professionallikni talab qiladi. Chizma qanchalik nozik va yorqinroq bo'lsa, miniatyura shunchalik yuqori baholanadi va muallifning yuqori professionalligi ko'rsatkichi hisoblanadi.

🌐 2020-yil 16-dekabrda miniatyura sanʼati YuNESKOning nomoddiy madaniy merosi Reprezentativ roʻyxatiga kiritildi.
___

⚡️Faces of tourism – Хусенов Адиз

🎨Искусство миниатюры – замечательное явление в изобразительном искусстве. Для его создания требуется большое мастерство и профессионализм художника. Чем тоньше и ярче выполнен рисунок, тем выше оценивается миниатюра и считается показателем высокого профессионализма автора.

🌐16 декабря 2020 года искусство миниатюры включено в Репрезентативный список нематериального культурного наследия ЮНЕСКО.

Telegram | Facebook | Instagram
Bukhara Tourism_Official

10 Feb, 11:03

239

⚡️"Давлат фуқаролик хизматида инсон ресурсларини стратегик режалаштириш ва профессоиграфик таҳлил (job analysis)" мавзусида Давлат хизматини ривожлантириш агентлиги департамент мудири Алишер Эранов томонидан семинар-тренинг иштирокчиларига тақдимот қилинди.
 
  Тақдимотда инсон ресурсларини стратегик режалаштиришнинг асосий мақсадлари, йўналишлари ва эришиладиган натижалар, шунингдек, профессиографик таҳлил (job analysis)нинг таркибий қисмлари, лавозим йўриқномаси, малака талаблари, таҳлининг амалга ошириш босқичлари бўйича иштирокчиларга илғор хорижий ва маҳаллий тажрибаларга асосланган амалий билим ва кўникмалар тўғрисида маълумот берилди.
Bukhara Tourism_Official

10 Feb, 07:29

260

#INACRAFT_2025

⚡️Buxoro hunarmandlari Indoneziyaning "INACRAFT" xalqaro ko‘rgazmasida

Joriy yilning 5-9-fevral kunlari Indoneziyaning Jakarta shahrida bo‘lib o‘tgan Janubiy-Sharqiy Osiyoning eng yirik hunarmandchilik hamjamiyatining tadbiri "INACRAFT" xalqaro hunarmandchilik ko‘rgazmasida Buxoro hunarmandlari munosib ishtirok etishdi.

Mazkur ko‘rgazmada 10dan ortiq buxorolik hunarmandlarning qo‘l mehnati namunalari, jumladan, temirchilik, kashtachilik, so‘zanachilik, zargarlik, o'ymakorlik, shuningdek, mashhur usta-hunarmand Shavqiddin Kamalovning pichoqchilik asarlari namoyish etildi. Mazkur asarlar orqali tashrif buyuruvchilarga an’anaviy Buxoro hunarmadchiligining noyob talqinini taqdim etildi.

“INACRAFT” tadbirida nafaqat mahalliy yoki mintaqaviy, balki global miqyosda hunarmandchilikka oid tajribalar almashinuvi bo‘lib o‘tdi. Undagi ishtirokimizdan mamnunman. Ko‘p asrlik tarixga ega hunarmandchiligimizning bebaho merosi bizni an’ana va madaniyatimizni asrab-avaylashga undaydi”, — dedi buxorolik hunarmandlardan biri.

Ma’lumot uchun: “INACRAFT” ko‘rgazmasi 1999-yilda ilk marta namoyish etilib, milliy hunarmandchilik mezonlari sifatida o'z salohiyatini rivojlantirishda davom etmoqda. Mazkur ko‘rgazmaning asosiy tashkilotchisi ASEPHI (Indoneziya Hunarmandchiligi Eksporti va Targ‘iboti Uyushmasi) hisoblanadi.

Telegram | Facebook | Instagram
Bukhara Tourism_Official

10 Feb, 05:18

279

❄️Buxoroda "qish ertagi"

Qish shaharni oppoq qor bilan qoplaganida Buxoro haqiqiy ertakmonand shaharga aylanadi. Bu shahardagi yodgorliklar, me’morchilik durdonalari, ziyoratgohlar o‘zining qadimiy tarixi, sirliligi va go‘zalligi bilan maftun etadi.
___

❄️Зимняя сказка в Бухаре

Когда зима укрывает города белоснежным покрывалом, Бухара превращается в настоящую сказку. Памятники, архитектурные шедевры, святыни этого города завораживают своей древней историей, таинственностью и красотой.
___

❄️Winter fairy tale in Bukhara

Bukhara turns into a real fairytale city when winter covers the city with white snow.Monuments, architectural masterpieces, shrines of this city captivate with their ancient history, mystery and beauty.

Telegram | Facebook | Instagram
Bukhara Tourism_Official

06 Feb, 17:12

150

https://uza.uz/oz/posts/naqshbandiya-kunlari-boshlandi_685408
Bukhara Tourism_Official

06 Feb, 12:28

242

#xalqaro_aloqalar
#Naqshbandiya_kunlari

Xabaringiz bor, mamlakatimizda turizm, ayniqsa ziyorat turizmini jadal rivojlantirishga qaratilgan dasturlar doirasida Buxoro viloyati hokimi, uning oʻrinbosari boshchiligidagi viloyat delegatsiyasining Indoneziya va Malayziyaga tashriflari davomida ikki tomonlama manfaatli kelishuvlarga erishilgan edi.

Buning natijasida Indoneziya va Malayziya davlatlari bilan birgalikda Singapur, Buyuk Britaniya, Avstraliya, Turkiya, Hindiston, Erondan   “Naqshbandiya tariqati izdoshlari” ziyorat turizmi yo‘nalishida keladigan sayyohlarning Buxoroga tashrifi kun sayin oshmoqda.

Xususan, mazkur davlatlardan tashrif buyurgan bir guruh sayohatchilar “Naqshbandiya kunlari” tadbiri doirasida viloyatimizga joriy yilning 5-6-fevral kunlari o'z sayohatlarini amalga oshirayotganligi  qayd etilgan edi.

Tashrifning ilk kunida “Yetti bir bo‘ylab” sayohat yo‘nalishi bo‘yicha Xo‘ja Abduxoliq G‘ijduvoniy, Xo‘ja Muhammad Orif ar-Revgariy, Xo‘ja Mahmud Anjir Fag‘naviy, Xo‘ja Muhammad Bobo Somosiy ziyoratgohlariga tashrif buyurilib, ularning diniy va ijtimoiy faoliyati, maʼnaviy tarbiya va hissiy ruhni yuksaltirishga qo'shgan hissalari to‘g‘risida batafsil so‘zlab berildi.

Shuningdek, bugun mehmonlar “Yetti pir”ning so‘fiylaridan Xo‘ja Sayid Amir Kulol va Bahovuddin Naqshband ziyoratgohlarida bo‘lib, ziyorat amallarini ado etdilar. 

Kunning ikkinchi yarmida ziyoratchilar, ko'hna kent - Buxoroning tarixiy-madaniy yodgorliklari bilan yaqindan tanishishdi. Xususan, qadimiy Poyi- Kalon majmuasidan boshlangan sayohat davomida mehmonlar qadimiy toqlar,  hunarmandchilik markazlari qolaversa, Buxoroning ertaknamo eski shahar qismini hayrat va havas bilan tomosha qilishdi.

Tarixiy va me’moriy obidalar, xalqimizning mehmodo‘stligi mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.

Telegram | Facebook | Instagram