𝐘𝐮𝐬𝐫𝐨🤎

@bonus_books


𝐁𝐢𝐬𝐦𝐢𝐥𝐥𝐚𝐡𝐢𝐫 𝐑𝐨𝐡𝐦𝐚𝐧𝐢𝐫 𝐑𝐨𝐡𝐢𝐲𝐦🤍
“𝐀𝐥𝐛𝐚𝐭𝐭𝐚, 𝐲𝐚𝐱𝐬𝐡𝐢𝐥𝐢𝐤𝐥𝐚𝐫 𝐲𝐨𝐦𝐨𝐧𝐥𝐢𝐤𝐥𝐚𝐫𝐧𝐢 𝐤𝐞𝐭𝐤𝐚𝐳𝐚𝐝𝐢” 𝟏𝟏:𝟏𝟏𝟒

𝐄𝐬𝐥𝐚𝐭𝐦𝐚𝐥𝐚𝐫, 𝐚𝐯𝐯𝐚𝐥𝐨, 𝐎’𝐳𝐢𝐦 𝐮𝐜𝐡𝐮𝐧!
𝐎’𝐪𝐢𝐠𝐚𝐧𝐥𝐚𝐫𝐢𝐦𝐝𝐚𝐧 𝐲𝐨𝐳𝐚𝐦𝐚𝐧...✍🏻
𝐌𝐚𝐧𝐟𝐚𝐚𝐭𝐥𝐢 𝐛𝐨’𝐥𝐬𝐚 𝐪𝐨𝐥𝐢𝐧𝐠
𝐅𝐢𝐤𝐫𝐥𝐚𝐫 𝐮𝐜𝐡𝐮𝐧 @Bonugabot

https://www.instagram.com/bonu_s_books

𝐘𝐮𝐬𝐫𝐨🤎

21 Oct, 02:08


Agar kelajakda “koshki edi” deb qolishni istamasang, 3 tanlovni to’g’ri qil: ishingni, juftingni, do’stingni to’g’ri tanla!
©️Bintu Sodiq

Yangi haftangiz xayrli o’tsin!

𝐘𝐮𝐬𝐫𝐨🤎

20 Oct, 18:14


Bibliosmia – kitob hididan rohatlanish.
Mani kasalligim 🥲🫠

𝐘𝐮𝐬𝐫𝐨🤎

20 Oct, 15:25


Taqdir bilan insonning o’z irodasini aralashtirib yubormaslik kerak. Agar banda istasa yomonlik qilishi ham mumkin, xohlasa yomonlik qilmasligi ham mumkin. U nima qilsa ham, o’sha narsa uning taqdiridir. Yana Alloh xohlagan, biroq banda aralasholmaydigan taqdir ham bor.

𝐘𝐮𝐬𝐫𝐨🤎

20 Oct, 11:41


Ibodat go’zal, lekin uni yosh holingda qilsang, u yana ham go’zal!

𝐘𝐮𝐬𝐫𝐨🤎

19 Oct, 08:30


#Bismillah
Dam olish kunlaringiz xayrli amallar bilan o’tsin!
Manga yoqimli mutolaa 😌 eng yaxshi joylarini siz bilan ham bo’lishib boraman💚

𝐘𝐮𝐬𝐫𝐨🤎

18 Oct, 13:02


Kitob javonimning yangi a’zolari, Xush kelibsiz!
Alloh xayrli qilsin 🤍

𝐘𝐮𝐬𝐫𝐨🤎

18 Oct, 07:00


Imom Suyutiy rahimahulloh xabar qilishicha, ulamolardan biri shunday degan ekan:
"Yomon xotimaga olib boruvchi sabablar toʻrtta (Alloh Oʻzi panoh bersin):
-namozga beparvolik;
-mast qiluvchi ichimliklarni ichish;
-ota-Onaga oq boʻlish;
-musulmonlarga ozor berish".

©️arabiy hikmatlar

Jumaning xayr-u barokati sizga bo’lsin!

𝐘𝐮𝐬𝐫𝐨🤎

15 Oct, 07:28


Ibn Rajab rahimahulloh aytadi:

Qalb qotish sabablari:
1️⃣ Allohdan boshqani koʻp zikr qilish;
2️⃣ Allohga bergan ahdni buzish;
3️⃣ Koʻp kulish;
4️⃣ Koʻp yeyish, xususan luqma shubha va haromdan boʻlsa;
5️⃣ Koʻp gunoh qilish.

Qalb qotishining ayrim muolajasi:
1️⃣ Qalb bilan til birgalashgan holda Allohni koʻp zikr qilish;
2️⃣ Yetim va miskinlarga ehson qilish;
3️⃣ Oʻlimni koʻp eslash;
4️⃣ Halok boʻlganlarning diyorlariga nazar solish va oʻtib ketganlarning yashagan joylaridan ibrat olish;
5️⃣ Halol yeyish”.

©️Attajvid Academy

𝐘𝐮𝐬𝐫𝐨🤎

14 Oct, 02:00


Inna lillahi va inna ilayhi roji’un [Albatta biz Allohnikimiz va albatta biz Unga qaytguvchimiz]

𝐘𝐮𝐬𝐫𝐨🤎

14 Oct, 01:56


#Bismillah
“Ey, iymon keltirganlar! Sabr va namoz ila madad so’ranglar. Albatta, Alloh sabrlilar bilandir”.
Baqara surasi, 153

…Namoz bitmas-tuganmas yordamchi, kuchga-kuch, quvvatga-quvvat baxsh etuvchi, qalbga madad beruvchi, sabrga-sabr qo’shuvchi, sokinlik va xotirjamlik manbaidir. U ojiz va zaif odamni quvvat va yordamning asl manbai bo’lmish Alloh taologa bog’lovchi vositadir. Payg’ambarimiz Muhammad alayhissalom qachon bir ishdan tashvishga tushsalar namoz o’qishga shoshilar edilar.

“Tafsiri hilol”

𝐘𝐮𝐬𝐫𝐨🤎

13 Oct, 10:43


#Bismillah
Uxtiyim tavsiya qildilar o’qishni 🌝🌸 Alloh manfaatli qilsin

Uxtiy – arab tilida opa-singil,
axiy – aka-uka degani. Odatda dugonalarimni uxtiy deyman.

𝐘𝐮𝐬𝐫𝐨🤎

13 Oct, 01:45


U qilgan har bir narsa manfaatlidir.

𝐘𝐮𝐬𝐫𝐨🤎

11 Oct, 20:06


Menga shunday mukammal Ota-Onalik qildingizki, biror kishining ota-onasiga qarab havas qilmadim.
Allohim Jannatlarda ota-onalarimizning boshlariga toj kiydiradigan farzand bo’lishlikni nasib etsin! Allohumma Amiyn🤍

𝐘𝐮𝐬𝐫𝐨🤎

11 Oct, 18:10


Nafsning darajalari:
1. Nafsi ammora – yomonlikka buyuradigan nafs

2. Nafsi lavvoma – bilsa ham bilmaganlardir. Har safar nafsning tuzoqlariga ilinib qolaveradilar, jannat ne’matlari yoki jahhanam qo’rqinchi uchun, ya’ni nafsi uchun ibodat qiladilar.

3. Nafsi mulhima – ilhom oluvchi nafsdir, ya’ni Allohning ahli ilmlarga bergan nafsidir.

4. Nafsi mutmainna – ko’ngildan shubhalar arigan, qalbi huzurli, haqiqatni anglab, qoniqish hosil qilgan nafsdir.

5. Nafsi rizoiya – rozi bo’lgan, shukrona qiluvchi nafs demakdir.

6. Nafsi marziyya – rozi bo’lgan, xotirjam nafs.

7. Komil nafs – mukammal, poklangan nafs.