Biznes Imperia Uz | Biznes Olami (@bimperiauz) के नवीनतम पोस्ट टेलीग्राम पर

Biznes Imperia Uz | Biznes Olami टेलीग्राम पोस्ट

Biznes Imperia Uz | Biznes Olami
"RavXon" loyihasining BIZNES IMPERIA nomli kanalidasiz

BImperiaUz, bu - Biznes va Tadbirkorlik rivojlanish olami

Bepul maslahat:
👉 http://raone.uz/maslahat

R. Xoniyozga Savol:
👉 @RavXon_bot

Instagram:
👉 https://www.instagram.com/bimperia.uzb?igs
1,066 सदस्य
1,286 तस्वीरें
367 वीडियो
अंतिम अपडेट 06.03.2025 14:41

समान चैनल

MFaktor.uz
17,727 सदस्य
...НУРЛИ ҚАЛБЛАР
1,342 सदस्य

Biznes Imperia Uz | Biznes Olami द्वारा टेलीग्राम पर साझा की गई नवीनतम सामग्री

Biznes Imperia Uz | Biznes Olami

27 Jan, 03:07

285

Assalomu alaykum, Do‘stlar!

📍Ko‘rib turganingizdek, men tadbirkorlar va biznes egalari uchun yangi kurs boshlamoqdaman. Bu mutlaqo yangi dastur bo‘lib, o‘z ishida o‘sishni, rivojlanishni va yangi cho‘qqilarni zabt etishni istagan barcha uchun ayniqsa foydali bo‘ladi.
Lekin bugun bu haqda emas.

👆Esingizda bo‘lsa, Istanbulda bo‘lganimda, kanalimizga yangi "fishka"lar qo‘shmoqchi ekanligimni aytgan edim. Mana, endi buni amalga oshirish vaqti keldi!

🎬 Sizlar - meni qo‘llab-quvvatlab,  men bilan birga yonma - yon  ketayotganlar uchun men alohida bir  narsa qilishga qaror qildim. Men oʻz videodarslarimni kanalga joylay boshlayman.

🎁 Bular menda ta’lim olgan o‘quvchilar bilan o‘tkazilgan haqiqiy mashg‘ulotlardir. Ochig‘ini aytaman: bu materiallar doim pulli boʻlgan. Va hozirda ham pullidir. Lekin, aynan siz, oʻzgarishlarga intilayotganlar uchun men ularni internetga bepul joylashtirmoqdaman. Bu sizning ishonchingiz, qoʻllab-quvvatlashingiz va rivojlanish istagingiz uchun mening sovg‘am.

📆 Darslar shu yerga har hafta birin-ketin qoʻyiladi. Sizning xotirjam ko‘rish, tushunish va olgan bilimlaringizni qo‘llash uchun imkoniyat boʻlishi uchun. Materiallar - tajriba va foydali ma’lumotlarning haqiqiy xazinasidir. Ishonchim komilki, ular sizga oldinga qadam tashlashda yordam beradi.

📌 Bu hali boshlanishi! Oldinda yana bir ajoyib "fishka" bor va u ham foydali bo‘ladi.

⚡️Ko‘ring, o‘rganing, ilhomlaning va bilimlarni amalda qo‘llang. Yodingizda bo‘lsin, hammasi o‘z qo‘lingizda va men sizning muvaffaqiyatingizga ishonaman.

Aloqada qoling, do‘stlar!

Instagram | Telegram | YouTube | Sayt
Biznes Imperia Uz | Biznes Olami

25 Jan, 14:00

501

📶 Biznesingizning aniq raqamlarini bilasizmi ?

- Konversiya
- Tranzaksiya
- O'rta chek
- Koeffitsient
- Morja
- Harajatlarni hisonlaganmisiz ?


‼️Agar bularni bilmasangiz, siz BIZNESINGIZNI boshqarmayapsiz !

Firklaringizni izohda qoldiring... 👇

Instagram | Telegram | YouTube | Sayt
Biznes Imperia Uz | Biznes Olami

24 Jan, 14:55

256

📈 Biznesingiz kengayishiga nima halaqit bermoqda ?

🤔 Bunga sabablar:
- Komanda
- Marketing
- Sotuvlar   deb o'ylaysizmi ?

📌 Yo'q, bunga asl sabab "FIKR YURITISH" asoslaringizda. Buni o'zgartirishni istaysizmi, unda bizni kuzatishda davom eting !
Firklaringizni izohda qoldiring... 👇

Instagram | Telegram | YouTube | Sayt
Biznes Imperia Uz | Biznes Olami

23 Jan, 14:33

298

Nima uchun biznesdagi o'zgarishlar o'zimizning ichdan o'zgarishimizdan boshlanadi ?

🎯 "Biznesdan Maksimum" kursimizning birinchi blogida biz:
-  Maqsadlarni to'g'ri qo'yishni o'rganamiz;
- Cheklov bo'yicha e'tiqodlarni topamiz va ularni bartaraf etamiz;
- O'sishga olib boradigan yangicha fikrlashni o'rganamiz
;
Bizga biznes emas, O'ZIMIZ cheklov qo'yamiz.

📆 1-fevraldan Start boshlanadi. Bizni kuzatishda davom eting !

Firklaringizni izohda qoldiring... 👇

Instagram | Telegram | YouTube | Sayt
Biznes Imperia Uz | Biznes Olami

22 Jan, 10:17

301

🏆 Siz ertaga juda ham katta pullarga ega bo'lasiz, Million dollarga ega bo'lasiz Xudo xohlasa.

📉 O'sha vaqtda sinmaslik uchun nima qilishingiz kerak ? Chunki pul bu - og'irlik.

Buning uchun ildizimiz baquvvat bo'lishi kerak. Ildizmiz esa bu Ma'naviyatdir !

Firklaringizni izohda qoldiring... 👇

Instagram | Telegram | YouTube | Sayt
Biznes Imperia Uz | Biznes Olami

21 Jan, 15:24

286

📊 Bu safar ham Istanbulga kelganimda tadbirkorlar qanday QIYINCHILIKLARGA duch kelayotganini ko'rdim!

‼️ - Treninglarga qatnashish;
      - Kurslarga yozilish;
Ularga amal qilinmasa, foyda bermaydi.


"Biznesda Maksimum" kursimizda esa:
- nazariya kamroq,
- amaliyot esa ko'proq,
- raqamlar bilan ishlash,
- insonlarni boshqarish,
- daromadlarni oshirish
- va maqsadalarga erishishingiz mumkin.
Bular sizga qiziq bo'lsa, kuzatishda davom eting!
Firklaringizni izohda qoldiring... 👇

Instagram | Telegram | YouTube | Sayt
Biznes Imperia Uz | Biznes Olami

17 Jan, 09:49

370

Doʻstlar, guruhga yozmaganimga ancha boʻldi.
Yil juda aktiv boshlandi: ish koʻp, maqsadlar va vazifalar undan ham koʻp. Ishlash kerak!😊
Hozirda sizga yana Stambuldan yozmoqdaman. Oʻz oʻquvchilarimning biri bilan ish olib borish uchun bu yerga yana bir necha kunga kelishimga toʻgʻri keldi. Aslida yaqinda kelib ketgandim. Lekin gap bunda emas. Yozishimdan maqsad- bu kelishim men uchun insaydlarga juda boy boʻlganligini sizga aytish edi.
Barcha eng yaxshi hodisalar oʻz- oʻzidan sodir boʻladi, degan gap bor, fikrlar ham bundan mustasno emas. Agar sezgan boʻlsangiz, eng qimmatli gʻoyalar ular haqida oʻylab ,kutib oʻtirganingizda emas, aksincha tinchlanib, holatni qoʻyib yuborganingizda sodir boʻladi. Menda aynan shunday boʻldi. Bir ikki ana shunday gʻoyalarimni siz bilan boʻlishmoqchiman. Birinchidan, menda bizning telegram - kanalimiz uchun yangi fikrlar tugʻildi. Vaʼda beramanki, bu barchangiz uchun qiziqarli va foydali boʻladi. Lekin bu haqida men Toshkentga borganimda batafsil soʻzlab beraman. ☺️
Va yana, bu yerda oʻzimning oʻquvchim turk biznesmeni bilan muloqotda boʻlganimda menda bir gʻoya tugʻildiki, u qandaydir juda katta narsa uchun asos boʻla oladi. Oddiy, lekin har doimgidek, barcha genial narsalar - juda oddiydir. Bu oʻquvchi ham barcha boshqa biznesmenlar kabi oʻsishni va masstablanishni istaydi. Lekin uning holati yana bir bora meni- koʻpchilik tadbirkorlar oʻz bizneslaridagi holat bilan tanish emaslar, degan fikrga keltirdi. Ular oʻz ishlaridagi na sonlar bilan tanishlar, na u yerdagi haqiqiy holatni biladilar. Va shu asnoda ular yildan yilga ishlab kelmoqdalar. Besh yil, oʻn yil...Va nima uchun bir joyda turib qolganliklari, baʼzi bizneslar esa umuman yopilib ketayotganligiga hayron boʻladilar. Javob esa ochiq kaftda yotibdi. Biz kurslarda oladigan nazariya foydali, lekin real hayotda qoʻllanila olmaganidan keyin u ish bermaydi. Bir qarashda miyada bilimlar koʻp, lekin ularni qoʻllab boʻlmaydi. Istamaymiz, yoki bilmaymiz. Keyin esa ortga qaytarib boʻlmaslik bosqichi boshlanadi. Yani, biznes qulay boshlaydi, va bu jarayonni toʻxtatishning iloji boʻlmaydi. Va mana shu yerda men oʻzim uchun parallel oʻtkazdim. Biznes - bu bemor, men va uning sohibi esa uning shifokorimiz. Toʻgʻri tashhis qoʻyish uchun, uning " kasallik tarixi"ni bilish yoki aniq tahlillariga ega boʻlmogʻimiz lozim. Faqat mana shu holdagina muammo nimada ekanligini aniqlash va toʻgʻri "davolash"ni belgilash mumkin. Biznesda ham xuddi shunday. Biz birgalikda uning "kasallik tarixi"ni oʻrganamiz,"tahlillar"ini koʻramiz(sonlar, koʻrsatkichlar) va zaif joylarini aniqlaymiz. Keyin men sizni qadamma- qadam oʻzgarishlar jarayonidan olib oʻtaman. Va bilasizmi eng muhimi nimada? Bu kursda men boshqaruvchilarning oʻzlarini va biznes sohiblarini oʻz "bemorlari"ni doim nazorat ostida tutishga oʻrgataman. Siz uning "kasal" boʻlishiga yoʻl qoʻymaysiz. Uning holatini oʻzingiz nazorat ostida ushlaysiz. Va sizga mening ham, boshqa odamning ham keragi boʻlmaydi. Biznesingiz "oyoqqa turganidan" soʻng biz shunday qilamizki, u "yugurib" ketadi. Va sizning toʻla nazoratingiz ostida yugurib ketadi.
Men sizni barcha raqam va biznesingizni nazorat ostida ushlashga, oʻrgataman . Siz uning oʻsishini va jadalligini shunday nazorat ostida tutasizki - u boshqalarga emas - sizga ishlaydi.
Muloqotda qoling! Yaqin orada sizga bundan ham qiziqroq narsalar haqida soʻzlab beraman.
Shu yerda boʻlganingiz uchun rahmat.
Biznes Imperia Uz | Biznes Olami

04 Jan, 15:29

498

2 Кисм
Biznes Imperia Uz | Biznes Olami

04 Jan, 15:25

450

1 Кисм
Biznes Imperia Uz | Biznes Olami

04 Jan, 15:13

391

Ассалому алайкум, дустлар!
Мен яқинда шогирдим билан Стамбулда  бўлиб ўтган тасодифан учрашув хақида гапирган эдим.
Бу учрашув жуда  ҳам илиқ,  рухлантирувчи бўлди. Бу учрашув менга ёз пайтида тайёрланган материаллар хақида эслатди. Ёз пайтида “Booknomy” компанияни асосчиси Одилбек ва уни дўсти Шахриер Зайнобиддинович билан  интервью олган эдик. Лекин бу видеоларни биз хали жойлаштирмаган эдик. Бу видеолар ҳаётий воқеалар, фойдали инсайтлар, шахсий тажрибаларга  тўла. Анчадан бери бизни қўлимиз тегмаган эди бу материалларни  жойлаштиришга. Хозир биз жойлаштиряпмиз. Албатта кўринг, рухланинг, ўз фикрингиз  билан бўлишинг.
Ишончим комил бу видеолар сизга фойдали  бўлиши мумкин.