Dernières publications de bimm.uz (@bimm_uz) sur Telegram

Publications du canal bimm.uz

bimm.uz
Bosh ilmiy-metodik markaz yangiliklari

📞 71-202-01-15
📧 [email protected]
🌐 www.bimm.uz
📲 https://www.instagram.com/bimmuz/
📲 https://www.facebook.com/bimmuz
📲 https://www.youtube.com/c/bimmuz_official
2,729 abonnés
1,994 photos
123 vidéos
Dernière mise à jour 10.03.2025 06:07

Le dernier contenu partagé par bimm.uz sur Telegram

bimm.uz

19 Feb, 07:42

687

#Kutubxona_faoliyati
#Malaka_oshirish
#Kurs

Joriy yilning 17-fevralidan oliy taʼlim tashkilotlari ARM xodimlari uchun “Axborot-kutubxona faoliyati” yoʻnalishi boʻyicha qisqa muddatli malaka oshirish kursi o‘z faoliyatini boshladi.

Unda Respublikamizdagi 33 ta oliy taʼlim tashkilotlaridan 63 nafar ARM xodimlari ishtirok etmoqda. Mazkur malaka oshirish kursi onlayn hamda oflayn (an’anaviy) shaklda olib boriladi.

Jumladan, bugun bo‘lib o‘tgan onlayn mashg‘ulotlarda "Axborot-kutubxona markazlarida bibliografik faoliyat", "Kutubxona-axborot xizmati" hamda "Foydalanuvchilarda mutolaa madaniyati va mediasavodxonlikni shakllantirish" kabi mavzularda ma'ruzalar tinglandi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
bimm.uz

11 Feb, 12:53

731

#FarDU_MM
#Navoiyni_yod_etib

Joriy yilning 10-fevral kuni Farg‘ona davlat universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazi Ona tili va adabiyot yo’nalishi tinglovchilari tomonidan 9-fevral Alisher Navoiyning 584 yilligi munosabati bilan “Navoiy merosi — ma’naviyatimiz xazinasi” mavzusida tadbir o‘tkazildi.
t.me/fardu_mm
bimm.uz

11 Feb, 11:10

626

Joriy yilning 11 fevral sanasida TDTU Tarmoq markazi Ta’lim texnologiyalari kafedrasi o’qituvchilari va dotsent S. Mirzaitova tomonidan “Oliy ta’limda korrupsiyaga qarshi kurashish ichki tizimining huquqiy asoslari hamda korrupsiyaviy xavf-xatarlar darajasini pasaytirishning chora-tadbirlari” mavzusida tadbir tashkil etildi. Tadbirda Toshkent shahar Chilonzor tumani prokurori yordamchisi, III-darajali yurist I.T Xolmamatov hamada Chilonzor tumani ichki ishlar tergov bo‘limi katta tergovchisi S.Maxsatullayevlar ishtirok etib, korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar hamda sodir etilgan jinoyatlar va ularning keltirib chiqarayotgan oqibatlari haqida so‘z yuritdilar. Tadbir yakunida tinglovchilar huquqiy mavzuda o’zlarini qiziqtirgan masalalar va fikr-mulohazalar bo’yicha huquqni himoya qilish idorasi vakillaridan javoblar olishdi. Tadbir mehmonlari Tarmoq markazi direktori prof. G. Ixtiyorova tomonidan tashakkurnoma bilan taqdirlandilar.
https://t.me/tdtu_tm
bimm.uz

29 Jan, 12:34


bimm.uz pinned «»
bimm.uz

27 Jan, 12:56

1,265

⚡️Navbatdagi rahbar xodimlarni qayta tayyorlash va malaka oshirish kursi tinglovchilari uchun tajriba almashish amaliyoti tashkil etildi.

🏛TDYU huzuridagi Professional o'qitish markazi bilan hamkorlikda Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti tinglovchilari uchun tajriba almashish amaliyoti tashkil etildi.

🔰Joriy yilning 27-yanvar kuni Toshkent davlat yuridik universitetida tashkil etilgan mazkur tajriba almashish amaliyotida tinglovchilar Toshkent davlat yuridik universiteti o'quv jarayonlari, ularni raqamlashtirish, kafedra va bo'limlar faoliyati, ARM faoliyati, yuridik klinika va boshqa faoliyat yo'nalishlari bilan tanishildi.

♻️TDYU imkoniyatlari, ta'lim sifatini oshirish, bu boradagi muammo va yutuqlar yuzasidan tajriba almashildi.

👉@centertsul
bimm.uz

26 Dec, 10:07

2,072

#Ko’chma_mashg’ulot
#FarDU_MM

Oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 25-dekabr kuni Farg'ona davlat universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazida “Kimyo” yo’nalishi tinglovchilari k.f.d. M.Ismoilov rahbarligida Farg‘ona shahrida joylashgan “Fergana stone Paper” Xitoy bilan Qo‘shma korxonasi hamda Central Asia Medical Universityga ko’chma mashg’ulot o’tkazish uchun tashrif buyurdilar.
Ko’chma mashg’ulot vaqtida tinglovchilar toshdan qog’oz olish texnologiyasi va SAMUda zamonaviy kimyoviy laboratoriya bilan tanishdilar. Shu bilan birga ular universitetning zamonaviy texnologiyalaridan samarali foydalanish bo’yicha o’zaro tajriba almashdilar.
t.me/fardu_mm
bimm.uz

25 Dec, 10:18

959

#seminar
2024-yil 24-dekabr kuni Samarqand davlat universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazida “Kimyo” yoʻnalishi tinglovchilari uchun Qozon (Rossiya) Milliy texnologiya universiteti, fizikaviy va kolloid kimyo kafedrasi mudiri k.f.d., professori Galyametdinov Yuriy Genadevich “Kvant nuqtalar sintezi, xossalari va qo‘llanilishi” mavzusi hamda dotsenti, k.f.n. Galeeva Aliya Ilgizovna “Kimyoda sun’iy intellekt” mavzusida zoom platformasi orqali masofaviy tarzda seminar-trening o‘tkazildi.
Mashg’ulot mobaynida tinglovchilar bilan qiziqarli savol javoblar hamda mavzu doirasidagi dolzarb muammolarning yechimlari haqida fikr-mulohazalar bo‘lib o‘tdi.

✔️ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

🌐Samdu-hmm.uz | Telegram | 🌐Instagram
bimm.uz

24 Dec, 09:20

872

⚡️Navbatdagi rahbar xodimlarni qayta tayyorlash va malaka oshirish kursi tinglovchilari uchun tajriba almashish amaliyoti tashkil etildi.

🏛TDYU huzuridagi Professional o'qitish markazi bilan hamkorlikda Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti tinglovchilari uchun tajriba almashish amaliyoti tashkil etildi.

🔰Joriy yilning 24-dekabr kuni Toshkent davlat yuridik universitetida tashkil etilgan mazkur tajriba almashish amaliyotida tinglovchilar Toshkent davlat yuridik universiteti o'quv jarayonlari, ularni raqamlashtirish, kafedra va bo'limlar faoliyati, ARM faoliyati, yuridik klinika va boshqa faoliyat yo'nalishlari bilan tanishildi.

♻️TDYU imkoniyatlari, ta'lim sifatini oshirish, bu boradagi muammo va yutuqlar yuzasidan tajriba almashildi.

👉@centertsul
bimm.uz

28 Nov, 03:34

471

#xorijiy_hamkorlik

Joriy yilning 26-noyabr kuni Toshkent kimyo-texnologiya instituti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi hamda Latviya davlat universitetining “Pedagogika fanlari” kafedrasi bilan imzolangan qo’shma dasturga muvofiq kafedra professori Agnese Rusakova tomonidan markazning “Biotexnologiya” yo’nalishi tinglovchilari uchun “Методы оценки обеспечения качества образования” va “Развитие профессиональных компетенций педагога” mavzularida onlayn shaklda o’quv mashg’ulotlari tashkil etildi. O’quv mashg’ulotlarida Toshkent kimyo-texnologiya instituti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi mutasaddilari taklifiga binoan Toshkent davlat agrar universiteti qoshidagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi tinglovchilari ham ishtirok etishdi.

Kanalga_ulanish
https://t.me/tktitm
bimm.uz

20 Nov, 13:25

796

#Xorijiy_hamkorlik

Oliy ta’limda qayta tayyorlash va malaka oshirish sohasida xorijiy hamkorlikni yanada yaxshilash maqsadida joriy yilning 18-noyabr kuni Toshkent kimyo-texnologiya instituti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi “Biotexnologiya” yo’nalishi tinglovchilari uchun Ozarbayjon oliy ta’lim muassasalaridan tashrif buyurgan pedagoglar tomonidan “Ta’lim tizimidagi innovatsion usullar” mavzusida mahorat darsi olib borildi. Ushbu mahorat darsi davomida tinglovchilar Ozarbayjon ta’lim muassasalaridagi o’qitish tizimi va undagi yutuqlar bo’yicha kerakli ma’lumotlar olishdi.

Kanalga_ulanish
https://t.me/tktitm