Baxtiyor.uz @baxtiyoruz Channel on Telegram

Baxtiyor.uz

Baxtiyor.uz
Baxtiyor.uz saytining telegram kanaliga xush kelibsiz. Ushbu kanal orqali eng dolzarb talim yangiliklaridan boxabar bo'lib borasiz.

Murojaat uchun: @baxtiyoruzadminbot
3,955 Subscribers
390 Photos
66 Videos
Last Updated 13.02.2025 20:31

Baxtiyor.uz: Ta'lim Yangiliklari va Murojaatlar

O‘zbekiston ta'lim tizimi so‘nggi yillarda ko‘plab o‘zgarishlar va yangiliklarga guvoh bo‘lmokda. Ta'lim sifatini oshirish, o‘quv dasturlarini yangilash va texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar, albatta, mamlakatimiz kelajagi uchun muhim ahamiyatga ega. Shu maqsadda, Baxtiyor.uz sayti ta'lim sohasida eng dolzarb yangiliklarni taqdim etish uchun o‘zining telegram kanalini tashkil etdi. Ushbu kanal orqali foydalanuvchilar ta'lim yangiliklari, o‘quv dasturlari, imtihonlar va boshqa muhim mazmundagi ma’lumotlardan xabardor bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Kanalda, shuningdek, o‘zgarishlar, inshootlarning yangilanishi va ta'lim sohasidagi yutuqlar haqida qo‘shimcha materiallar ham taqdim etiladi. Bu esa, muntazam ravishda yangilanib turadigan ma'lumotlar, o‘quvchilar, o‘qituvchilar va ta'lim sohasida faoliyat yuritayotgan barcha shaxslar uchun katta yordam bo‘ladi.

Baxtiyor.uz telegram kanali nimani taklif etadi?

Baxtiyor.uz telegram kanali o‘quvchilar va ta'lim sohalarida faoliyat yuritayotgan shaxslar uchun eng dolzarb yangiliklar, maqolalar va taqdimotlarni taklif etadi. Kanalda ta'limga oid yangiliklar, o‘quv dasturlaridagi o‘zgarishlar, imtihonlar va boshqa muhim ma'lumotlar bilan tanishishingiz mumkin.

Shuningdek, kanalda o'qituvchilarga yordam beruvchi, ularning ishini yengillashtiruvchi materiallar ham taqdim etiladi. Bu esa, o‘qituvchi va o‘quvchilar o'rtasida samarali aloqa o‘rnatishga yordam beradi.

Kanalga qanday qilib a'zo bo'lish mumkin?

Kanalga a'zo bo‘lish juda oson. Siz telegram ilovasiga kirib, 'Baxtiyor.uz' kanali nomini qidirib topishingiz va a'zo bo'lish tugmasini bosishingiz mumkin. Bu jarayon juda tez va oson bo‘lib, siz bir necha soniya ichida yangiliklardan xabardor bo‘lasiz.

Shuningdek, agar sizda @baxtiyoruz admin boti orqali murojaatlar qilish imkoniyati ham mavjud. Bot orqali siz ko‘plab savollarga javoblar va ma’lumotlar olish imkoniyatini qo'lga kiritasiz.

Ta'lim yangiliklari qanchalik muhim?

Ta'lim yangiliklari har bir fuqaro, ayniqsa, o'quvchilar va o'qituvchilar uchun juda muhimdir. Yangiliklar orqali ta'limdagi o'zgarishlar va yangi imkoniyatlar haqida xabardor bo'lish mumkin. Bu, o'z navbatida, o'quvchilarning kelajakdagi muvaffaqiyatlariga bevosita ta'sir ko'rsatadi.

Shuningdek, yangiliklardan xabardor bo'lish, o'qituvchilarning pedagogik faoliyatini yangilash, yangi metodlarni qo'llash va ta'lim standartlarini tushunishiga yordam beradi.

Kanalda qanday xarakterli materiallar taqdim etiladi?

Kanalda turli xarakterli materiallar, jumladan maqolalar, videolar, infografikalar va taqdimotlar orqali ta'lim sohasidagi dolzarb mavzularni yoritish mumkin. Ushbu materiallar o'quvchilarning bilim darajasini oshirishga xizmat qiladi.

Bundan tashqari, kanalda o'qituvchilarning tajribalarini o‘rganish va o'zaro fikr almashish imkoniyatlari ham mavjud. Bu esa o'qituvchilar uchun o'z bilimlarini yanada boyitishga yordam beradi.

Baxtiyor.uz sayti qayerda joylashgan?

Baxtiyor.uz sayti O‘zbekistonda ta'lim sohasidagi eng muhim resurslardan biridir. U o‘zbekistonlik foydalanuvchilar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ularni ta'lim tizimi haqida yangiliklar bilan xabardor qiladi.

Saytning maqsadi ta'lim sohasidagi o‘zgarishlarni, yangi yangiliklarni va muhim tadbirlarni ko‘rsatishdir. Bu, ayniqsa, o'quvchilar va ta'lim sohasida ishlovchi mutaxassislar uchun juda muhimdir.

Baxtiyor.uz sayti kimlar tomonidan boshqariladi?

Baxtiyor.uz sayti tajribali ta'lim mutaxassislari va journalistlar jamoasi tomonidan ishlab chiqilgan. Ular ta'lim sohasidagi yangiliklarni, oʻzgarishlarni va tadbirlarni tasvirlaydilar va foydalanuvchilarga yetkazadilar.

Shuningdek, sayt ma'muriyati o'quvchilarning va o'qituvchilarning fikrlarini inobatga olgan holda, yangiliklarning sifatini va xilma-xilligini ta'minlashga harakat qiladi.

Baxtiyor.uz Telegram Channel

Baxtiyor.uz telegram kanaliga xush kelibsiz! Bu kanal orqali eng dolzarb talim yangiliklaridan habardor bo'lishingiz mumkin. Baxtiyor.uz sayti talim sohasida yangiliklarni eng tez, eng to'g'ri va eng maqbul ko'rsatish maqsadida yaratilgan. Kanalda o'qilgan maqolalar, videolar va foydali materiallar orqali o'z bilim va ko'nikmalaringizni oshirishingiz mumkin. Xo'sh, qiziqarli va foydali ma'lumotlar orqali o'zingizni rivojlantiring! Kanalda barcha qiziqarli yangiliklardan xabardor bo'lish uchun @baxtiyoruzadminbot ga murojaat qilishingiz mumkin. Baxtiyor.uz telegram kanaliga obuna bo'ling va dunyoning yangi talim yangiliklari bilan tanishing!

Baxtiyor.uz Latest Posts

Post image

📘 Tafakkur olami 📘

Aziz kitobxonlar!

Mantiqiy savollarni sevuvchilar va tafakkur olamiga sho'ng'ishni istovchilar uchun ajoyib yangilik! 🧠

Sizlar uchun "Tafakkur olami" deb nomlangan kitobimizni taqdim etmoqdamiz. Ushbu kitobda sizni befarq qoldirmaydigan va zeriktirmaydigan 1000 ta qiziqarli mantiqiy savollar jamlangan. Ularning 100 tasining javoblari ham kitobda keltirilgan.

📚 Nega bu kitobni o'qishingiz kerak?

- 💡 Aqlingizni charxlaydi va fikrlash qobiliyatingizni oshiradi.
- 🤔 Har bir savol yangi bir sirli olamni kashf etishga yordam beradi.
- 🔍 Mantiqiy fikrlash va muammolarni hal qilish qobiliyatingizni rivojlantiradi.

Agar kitobning to'liq shakli sizni qiziqtirib qolsa, uni atigi 50 ming so'm evaziga to'liq sotib olishingiz mumkin. Ishonchimiz komilki, oladigan foydangiz bundan ancha katta bo'ladi! 📈

Fikr-mulohazalaringizni @baxtiyoruzadminbot boti orqali kutib qolamiz.

---

Kitobni o'qing va tafakkur olamiga sho'ng'ing! 🌟

20 Jul, 16:16
11,033
Post image

Hozirda o‘qituvchilar qanday ustamalar olmoqda?

⚡️Hozirda o‘qituvchilar quyidagi ustamalarni olmoqda:

Prezident qarori bo‘yicha👇

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-yanvardagi “Olis hududlardagi byudjet tashkilotlariga malakali mutaxassislarni jalb qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ – 4940-son qaroriga muvofiq:

bir ma’muriy-hududiy birliklar doirasida boshqa tuman va shaharlardan kelib faoliyat yuritayotgan o’qituvchi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga 50 foiz;

boshqa ma’muriy-hududiy birlikdan kelib faoliyat yuritayotgan o’qituvchi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga 100 foiz ustama;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-maydagi “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ – 4306-son qaroriga muvofiq:

xalqaro olimpiadalar g’oliblarini tayyorlagan o’qituvchilar va ta’lim muassasasi direktorlariga navbatdagi o’quv yili uchun direktor jamg’armasidan oltin, kumush va bronza medallari bo’yicha tegishincha 150, 175, 200 foiz;

Ta’lim muassasalarida o’qituvchi bo’lib faoliyat yuritayotgan:

xalqaro olimpiadalar g’oliblari lavozim maoshiga 150 foiz;

asosiy olimpiadalar respublika bosqichi g’oliblari lavozim maoshiga 100 foiz ustama;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 1-apreldagi “Qishloq joylardagi bolalar sporti ob’ektlarida band bo’lgan ayol sport ustozlari mehnatini rag’batlantirish chora-tadbirlari to‘g’risida”gi PQ – 1315-son qaroriga muvofiq:

qishloq joylardagi umumta’lim maktablarida jismoniy tarbiya o’qituvchisi hamda sport ustozi bo’lib ishlayotgan ayollarning tarif stavkalariga har oyda 15 foiz ustama;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi “2022 — 2026 yillarda xalq ta’limini rivojlantirish bo’yicha milliy dasturni tasdiqlash to’g’risida”gi PF – 134-son qaroriga muvofiq:
a) umumta’lim fanlari bo’yicha tegishli darajadagi sertifikatga ega bo’lgan pedagog kadrlarga har oylik qo’shimcha ustama quyidagi tartibda to’lanadi:
xalqaro tan olingan sertifikatga ega bo’lgan pedagog kadrlarga — ularning tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida;
xalqaro standartlar talablariga javob beradigan milliy baholash tizimida olingan sertifikatga ega bo’lgan pedagog kadrlarga — ularning tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida.
Bunda, milliy baholash tizimining xalqaro standartlar talablariga javob berishi vakolatli xalqaro tashkilotlar tomonidan tasdiqlangan bo’lishi lozim;
mazkur bandning to’rtinchi xatboshisida ko’rsatilgan talablarga muvofiq bo’lmagan Davlat test markazining milliy baholash tizimida olingan sertifikatga ega bo’lgan pedagog kadrlarga — ularning tarif stavkasiga nisbatan 20 foiz miqdorida (chet tili bo’yicha sertifikatlar bundan mustasno);
B) mazkur bandning to’rtinchi xatboshisida ko’rsatilgan talablarga muvofiq bo’lmagan Davlat test markazining milliy baholash tizimida chet tili bo’yicha olingan sertifikatga ega bo’lgan pedagog kadrlarga har oylik qo’shimcha ustama:
2025-yil 1-yanvarga qadar — ularning tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida;
2025-yil 1-yanvardan boshlab — ularning tarif stavkasiga nisbatan 20 foiz miqdorida to’lanadi;
v) har oylik qo’shimcha ustama sertifikat amal qilish muddati davomida, lekin uch yildan ko’p bo’lmagan vaqt mobaynida to’lanadi;
g) umumta’lim fanlari bo’yicha bir nechta sertifikatga ega bo’lgan pedagog kadrlarga har oylik qo’shimcha ustama yuqoriroq ustama olish huquqini beruvchi sertifikat bo’yicha to’lanadi.
Bunda har yili 1-avgustga qadar xalqaro tan olingan va milliy baholash tizimida berilgan sertifikatlar (ularning kombinatsiyasi) ro’yxatini hamda har oylik ustama olish uchun ularning eng kam darajasi tasdiqlanadi.

Uzedu.uz saytidagi ma’lumotlar asosida tayyorlandi

Mavzuga doir:
Qanday tanlov, musobaqa va tadbirlar ustama tayinlashda inobatga olinadi?
Ustama beriladigan sertifikatlar ro’yhati
Har oylik ustama uchun test topshiriqlari spetsifikatsiyasi

@baxtiyoruz

01 Feb, 12:19
53,371
Post image

O‘qituvchilar qancha vaqt ish joyida bo‘lishi kerak?

Maktablarda ish vaqtiga oid qoidalar maktabning ichki mehnat tartib qoidalarida belgilanadi. Chunki Mehnat kodeksining 174-moddasiga asosan korxonada mehnat tartibi ish beruvchi kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib tasdiqlaydigan ichki mehnat tartibi qoidalari bilan belgilanadi.

Shuningdek, bunda o‘qituvchining ish vaqti uning ish yuklamasidan kelib chiqib aniqlanadi. 1 stakva miqdorda (yuqori sinflarda 20, boshlang‘ich sinflarda 18 soat) ishlaydigan o‘qituvchi Mehnat kodeksining 118-moddasiga ko‘ra haftasiga 36 soat (yuqori sinf o‘qituvchisi bir kunda 6 soat, boshlang‘ich sinf o‘qituvchi 7.2 soat) ishlashi kerak.

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining pedagogik mutaxassisliklari bo‘yicha namunaviy yillik ish rejasini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi Yo‘riqnomaga (ro‘yxat raqami 3058) 4-bandiga asosan umumiy o‘rta ta’lim muassasasi pedagog xodimining yillik ish yuklamasi quyidagicha hisoblab chiqiladi:

🔹 1-4-sinflar uchun belgilangan bir stavka miqdoridagi ish yuklamasi haftalik hajmini 1 koeffitsiyentga ko‘paytirish orqali, ya’ni:

18×1=18+18=36×4,3(hafta)=154
8×43 (hafta)=1548 soat;

🔹 5-11-sinflar uchun belgilangan bir stavka miqdoridagi ish yuklamasi haftalik hajmini 0,8 koeffitsiyentga ko‘paytirish orqali, ya’ni: 20×0,8=16+20=36×4,3(hafta)=154
8×43 (hafta)=1548 soat.

Ta’kidlash kerakki, yuqoridagi meyor faqat to‘liq stavkada ishlaydigan xodimlar uchun taalluqli. Agar o‘qituvchi 10 soat dars bersa, unda hech kim unga kun bo‘yi maktabda bo‘lishi kerakligini haqida talab qo‘ya olmaydi.

O‘qituvchi necha soat dars bersa, uning kunlik ish vaqti dars va pedagogik yuklamasi meyoridan kelib chiqib belgilanadi.

Misol uchun 10 soat dars beradigan yuqori sinf o‘qituvchisi haftasi 18 soat (dars va pedagogik yuklamani qo‘shgan holda) ishlashi kifoya. Yoki 30 soat darsi bor o‘qituvchi haftasiga 54 soat ishlashi lozim.

Mavzuga doir:
O’qituvchi bir kunda necha soat ishlashi kerak?
O’qituvchi uchun to’garak o’tish majburiymi?
Pedagog xodimlar dars tahlil qilishi kerakmi?

@baxtiyoruz

01 Feb, 06:09
44,369
Post image

Ona tili Milliy sertifikat imtihoniga kirgan ustozning fikrlari

Imtihon savollarini o‘qirkanman , noto‘g‘ri ish qilganimni tushundim.Bu testlarni ustozimiz Omonullo Madayev aytganlaridek bolasi yo‘q(befarzand)  odam tuzgani aniq edi.Qo‘liga qalam berib ,»Test tuzing» desa,yeng shimarib butun «ilm»-u «tajribalari»dan foydalanib, o‘qituvchi-yu abituriyentni «ko‘karmasligini» niyat qilib, «ilohi yecholmagin» deb dam solib,»,yechsang,rozimasman» deb qarg‘ab(astag‘firulloh) tuzganmi,deb o‘ylab qoldim.

Savollar kitobi-yu javoblar varaqalarini yirtib,mayda-mayda qilib axlat paqirga tashlab chiqib ketmoqchi bo‘ldim-u,bunday qilolmadim.Qilolmayman ham-da.Men ingliz tili yoki rus tili kabi tuzukroq fan o‘qituvchisi ekanmanmi,bunday qilib.Biz qatori o‘qib,ishlab yurgan do‘stlarimiz ozgina tayyorgarlik bilan Ielts yoki S1 sertifikat olib 50 foizli ustama bilan ishlab,ba’zida «chet»ga ketsammikan,axir imtiyozim bor ,deyishadi.

Aytishlaricha,informatika o‘qituvchisi (o‘tirgan joyida) imtihon topshirib,ustama olayotgan ekan.Shunday paytda «Nima,ona tili yerdan chiqqanmi,-deging keladi.

Ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi sifatida shuni aytamanki,maktabda biror tadbir sizsiz o‘tmaydi.Ora kunda insho,ora kunda bayon.Birov yo‘talsa «grippga qarshi»,birov sariq bo‘lsa «sariqqa qarshi»,giyohvanlig-u yong‘inga qarshi…Birovning tug‘i lgani-yu birovning o‘lgani sizga tegishli…

Ona tili o‘qituvchisi- qaymoq o‘qituvchi,
Yuguraverib oyog‘i — maymoq o‘qituvchi.

Men ahmoq shu paytgacha millat bolalarini aldaganimga afsuslanib ketyapman.Nima emish,yaxshi o‘qib,yaxshi mutahassis bo‘lib,ta’lim,tibbiyot,bank va boshqa sohalarda(o‘z yurtimizda) faoliyati yuritadigan kadrlar bo‘lishga intiling,yurtimiz iqtisodiyotini baquvvat qiladigan,uni rivojlangan mamlakatlar qatoriga qo‘shadiganlar,albatta,siz bo‘lasiz.( tavba)

Bizda «imkon ber, yuksalsin» degan gap yo‘q.

Qo‘limga mikrofon berib,mana shu bolalarining(ko‘proq qizlarining) ortidan kelib turgan ota-onalarga «nima deysiz» desangiz «Aziz ota -onalar, farzandlaringizga rus tili,ingliz tili,axborot texnologiyalari kabi muhim fanlarni o‘qiting,ilojini topsangiz eng rivojlangan mamlakatlarda o‘qitib,ishlating»- degan bo‘lardim.

Bechora qizlar.( sertifikatni qo‘lga kiritsam,keyin boshqa fanlardan bemalol tayyorgarlik ko‘raman, deb o‘ylashganda).Qizlarim, bu hali boshlanishi,hali kech emas.Siz o‘zingizni o‘zgartiring,siz fikringizni o‘zgartiring…

Bu nolish emas(nolishdan Alloh asrasin).Bir aytdim — qo‘ydim-da…

Siddiqali To‘xtasinov

Mavzuga doir:
Milliy sertifikat Ona tili namunaviy savollar javobi bilan
Barcha fanlardan milliy sertifikat namunaviy test savollari javobi bilan
Ona tili haqida topishmoq, eng sara topishmoqlar

@baxtiyoruz

01 Feb, 03:47
35,800