Bu mening bolalikdagi orzuim edi.
O'quv markazida dars bergan vaqtlarimda, Pinterestda kuzatgan markazlarning ichki dizaynlarini, bir kun kelib o'zimning markazimda amalga oshiraman degan umidda saqlab yurardim.
Va shu orzuim 1 haftadan so'ng amalga oshadi.
O'quv markazining barcha qulayliklarining 70% tayyor. Faqatgina yangi va katta doska, bir nechta proektor hamda kirish qismiga chiroyli logotip o'rnatish qoldi xolos. Shuningdek mening eng asosiy vazifam bu - o'quv jarayonini qiziqarli qilib yaratish. Bu atmosferadan har bir talaba o'quv jarayonidan ketgisi kelmay, o'qishni bor vujudi bilan yaxshi ko'rishi kerak😍.
Shuning uchun o'quv markazi o'z faoliyatini boshlashidan oldin, shaxsan o'zim o'qituvchlarimiz uchun treninglar o'tkazaman.
Ochilish marosimiga qanday tayyorgarlik ko'rayotganimizni siz bilan ulashishimni xohlaysizmi?