🇺🇿 2024 yilning 4-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 733-sonli qarori qabul qilindi.
🔮 Unga ko‘ra O‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar tanloviga ko‘ra temir yo‘l yoki shaharlararo avtobusda borish va qaytish uchun bepul chiptalardan bir yilda faqat bir marta foydalanishi mumkin.
👍Ularni kuzatib borayotgan bir nafar shaxs ham borish hamda qaytish uchun bepul chipta olish huquqiga ega.
💵 Ularning bepul yurishi uchun Chiptalar esa Ijtimoiy himoya milliy agentligining ijtimoiy himoya davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi.
📝 Telegram
Ijtimoiy himoya milliy agentligi Jizzax viloyati boshqarmasi Axborot xizmati.