Latest Posts from Armiya va yoshlar (@armiya_va_yoshlar) on Telegram

Armiya va yoshlar Telegram Posts

Armiya va yoshlar
2,262 Subscribers
259,005 Photos
2,598 Videos
Last Updated 06.03.2025 20:14

Similar Channels

Yangi Navoiy
1,648 Subscribers

The latest content shared by Armiya va yoshlar on Telegram

Armiya va yoshlar

06 Mar, 12:00

219

#Markaziy_harbiy_okrug

⚡️Kattaqo'rg'on shahridagi 49-maktabida o'quvchi yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda aholi o'rtasida milliy armiyamizga g'urur va iftixor tuyg'ularini yanada oshirish maqsadida "Milliy armiyamiz - yoshlar nigohida" shiori ostida harbiy-vatanparvarlik festivali o'tkazildi.

Unda so'z olganlar milliy armiyamiz kuch-qudrati, unda yaratilayotgan keng imkoniyatlar, Qurolli Kuchlarimiz saflarida xizmat qilish va oliy harbiy ta’lim muassasalarida tahsil olish to‘g‘risida ma'lumotlar berildi.

Festival davomida ko'rgazmali qo'l jangi aks etgan sahna ko'rinishlari yoshlar qalbida Vatanga muhabbat tuyg'ularini yanada oshirdi.

✔️Yangiliklarni kuzatib boring:

➡️
TelegramFacebook I Youtube
Armiya va yoshlar

06 Mar, 12:00

139

#Markaziy_harbiy_okrug

⚡️Inson xotira bilan tirik, qadr bilan barhayot. Xotira va qadrlash tushunchalari zaminida insonga, uning hayoti, sha'ni va qadr-qimmatiga cheksiz ehtirom tuyg‘usi mujassam. Bugungi tinch-osoyishta hayot, to‘kinlik va farovonlikka qanday og‘ir sinov va mashaqqatlar evaziga hayolimizdan o‘tadi. Shu yo‘lda qurbon bo‘lgan millionlab yurtdoshlarimiz xotirasiga ta'zim qilamiz. Bizga nasib etgan mustaqillik, tinchlik va osoyishtalikning ahamiyatini yanada teranroq anglaymiz.

Navoiy garnizonidagi harbiy qism tomonidan xizmat burchini bajarish vaqtida vafot etgan kapitan Rahimov Aziz Nuraliyevich hamda Xojamov Shokirjon Sadriddinovich xonadoniga borib oila azolarini 8-Mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami tabriklab safdoshlarining yorqin xotirasi yodga olindi.

✔️Yangiliklarni kuzatib boring:

➡️
Telegram I Facebook I Youtube
Armiya va yoshlar

06 Mar, 11:52

134

#Markaziy_harbiy_okrug

Oila har bir jamiyatning boshlang‘ich bo‘g‘ini hisoblanadi. Oila mustahkam, tinch, halol va pok bo‘lsa, jamiyat ham osoyishta, mustahkam, farovon bo‘ladi.

Navoiy viloyati mudofaa ishlari boshqarmasida 8-mart "Xalqaro xotin-qizlar bayrami" munosabati bilan "Eng pazanda beka" va "Mohir qo'llar" ko'rik-tanlovi o'tkazildi. Tanlovda oila bekalarining mohirligi, pazandaligi yaqqol namoyon bo'ldi.

✔️Yangiliklarni kuzatib boring

➡️ TelegramFacebook I Youtube
Armiya va yoshlar

06 Mar, 11:46

204

#Toifalangan_obyektlarni_qòriqlash_qòshinlari_qòmondonligi

⭕️ Mudofaa vazirligiga qarashli Zarafshon shahrida joylashgan harbiy qism harbiy xizmatchilari uchun Qo‘shilma komandiri va Navoiy harbiy prokuraturasi tomonidan harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida Ommaviy sayyor qabul bòlib òtmoqda.

👉 @armiya_va_yoshlar 👈
Armiya va yoshlar

28 Feb, 15:35

280

#Markaziy_harbiy_okrug

⚡️Jangovar tayyorgarlikning nazariy mashg‘ulotlari harbiy xizmatchilarning jangovar shayligini oshirish, taktik va strategik bilimlarini mustahkamlash, intellektual va ilmiy jihatdan yuksaltirish, bilim va ko‘nikmalarini takomillashtirish orqali harbiy xizmatchnining real jangovar sharoitlarda tezkor qaror qabul qila olish va strategik tafakkuri va irodasini shakllantiriladi.

Jizzax garnizonidagi harbiy qismda batareya va guruh komandirlari o'rtasida Jangovar metodikalarni takomillashtirish, jangovar tayyorgarlik bilimlarini yuksaltirish borasida harbiy xizmatchilarning tahliliy fikrlash qobiliyatlari, vaziyatni to‘g‘ri baholash va strategik rejalashtirish mavzusida uslubiy mashg'ulotlar o'tkazilmoqda.

✔️Yangiliklarni kuzatib boring:

➡️
Telegram I Facebook I Youtube
Armiya va yoshlar

28 Feb, 15:35

140

#Markaziy_harbiy_okrug

"Zulfiya - so'z sa'natining betakror malikasi"

⚡️Markaziy harbiy okrugining Navoiy va Samarqand garnizonidagi O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Kichik mutaxassislar tayyorlash markazida o‘quvchi yoshlar va muddatli harbiy xizmatchilar ishtirokida o‘zbek xalqining sevimli shoirasi, taniqli jamoat arbobi Zulfiya Isroilovaning tavallud ayyominga bag‘ishlangan ma'naviy va ma'rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda harbiy xizmatchilar va O'zbekiston Jurnalistlar uyishmasi a'zolari hamda o'quvchi yoshlar ishtrok etdi.

Tadbirda so'z olganlar Zulfiyaxonimning ijodiy kamolotida o‘zbek va rus mumtoz adabiyoti, xalq og‘zaki ijodiyoti va jahon adabiyoti an’analarining roli benihoya katta ekanligini takidlab o'tishdi. Shoiraning «She’rlar» va «Qizlar qo‘shig‘i» kabi poetik asarlarini o‘quvchi yoshlar tomonidan ijro etildi.

✔️Yangiliklarni kuzatib boring:

➡️
TelegramFacebook I Youtube
Armiya va yoshlar

28 Feb, 15:35

142

#Markaziy_harbiy_okrug

⚡️Oila – jamiyatning eng kichik, ammo eng muhim bo‘g‘ini hisoblanadi. Sog‘lom va mustahkam oilaning barqarorligi va farovonligi oilada, sadoqat, hurmat, mehr-oqibat kabi tuyg‘ular mujassamligini namoyon etib, jamiyatda sog‘lom turmush tarzining targ‘ibotchisi bo‘lib xizmat qiladi.

Samarqand garnizonidagi harbiy qismda harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida "Biz sog‘lom turmush tarafdorimiz" mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Davra suhbati davomida mutaxassis psixologlar tomonidan ishtirokchilarga foydali tavsiyalar berdilar. Shuningdek, sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va harbiy xizmatchilar oilalarida mustahkam muhit yaratish bo‘yicha fikr almashildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘z tajribalari bilan bo‘lishib, turli savollarga javob oldilar hamda sog‘lom turmush targ‘ibotiga oid qo‘llanma va batafsil ma'lumotlarga ega bo'ldi.

✔️Yangiliklarni kuzatib boring:

➡️
Telegram I Facebook I Youtube
Armiya va yoshlar

28 Feb, 15:35

235

#Markaziy_harbiy_okrug

⚡️Navoiy garnizonidagi harbiy qism harbiy xizmatchilari va Navoiy shahar jamoatchilik tashkilot xodimlari, viloyat Yoshlar ittifoqi hamkorlikda Karmana tumani 7-umumta'lim maktabi o‘quvchi yoshlarini Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning qalbi va ongiga ona Vatanni sevish va uni ardoqlash muqaddas burch ekanini chuqur singdirish maqsadida "Yangi O'zbekiston armiyasi - mamlakat tayanchi xalqimiz faxri" shiori ostida "Orkestrlar sadosi" tadbiri o'tkazildi.

Tadbirda so'z olganlar milliy armiyamiz kuch-qudrati, unda yaratilayotgan keng imkoniyatlar, yoshlarni barkamol kamol topishidagi olib borilayotgan islohotlar haqida batafsil ma'lumotlar berib o'tdi.

Bayramona tadbir davomida Vatanni madh etuvchi kuy-qo'shiqlari, faxriy qorovulning ko‘rgazmali chiqishlari, harbiy xizmatchilar tomondan tayyorlangan qurol-aslaha ko'rgazmasi yoshlar qalbida Vatanga muhabbat, harbiylik kasbiga hurmat tuyg'ularini yanada oshirdi.

✔️Yangiliklarni kuzatib boring:

➡️
Telegram I Facebook I Youtube
Armiya va yoshlar

26 Feb, 13:49

277

#Markaziy_harbiy_okrug
⭕️#Live

⚡️Jizzax garnizonidagi harbiy qismda o'tkazilayotgan Jasorat maktabi o'quv yig'in ishtrokchilari bilan Jizzax viloyat faxriylar kengash a'zolari tomonidan "Avlodlar uchrashuvi" o‘tkazildi.Tadbirda so'z olgan faxriylar o'zlarinig xizmat qilgan yillari va hozirgi harbiy sohadagi imkonyatlar haqida batafsil ma'lumotlar berib o'tdi.

👉@armiya_va_yoshlar.
Armiya va yoshlar

26 Feb, 13:44

203

#Markaziy_harbiy_okrug

Yig'indagi yoshlarni qo'llab-quvvatlash yo'lida

⚡️Xabaringiz bor Jizzax garnizonidagi harbiy qismda 100 nafar yoshlar ishtirokida 10 kunlik "Jasorat maktabi" o'quv yig'inining ilk mavsumi bo'lib o'tmoqda.

Yosh vatanparvarlar bilan uchrashish, ularni ijtimoiy qo'llab-quvvatlash, qiziqtirgan savollariga javob berish maqsadida viloyat mudofaa ishlar boshqarmasi, ichki ishlar boshqarmasi, O'zbekiston yoshlar ittifoqi Jizzax viloyat Kengashi hamda bank xodimlari va Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi vakillari tomonidan uchrashuv o‘tkazildi.

Yoshlar harbiy xizmat, tadbirkorlik, kasb-hunarga o'qish, subsidiya asosida uy-joy qurish, ta'mirlash, sotib olish masalalari yuzasidan savollarga atroflicha javob olib, tegishliligi bo'yicha biriktirildilar.

✔️Yangiliklarni kuzatib boring:

➡️
TelegramFacebook I Youtube