أحدث المنشورات من Anvar Baxtiyorov (@anvar_bakhtiyorov) على Telegram

منشورات Anvar Baxtiyorov على Telegram

Anvar Baxtiyorov
Shunchaki boy bo’lishni emas, balki boylikka olib boradigan yo’lni sevgan inson ko’proq pul topadi.

Ushbu sahifada shaxsiy rivojlanish, biznes, marketing va sotuv haqida gaplashamiz.
2,307 مشترك
59 صورة
4 فيديو
آخر تحديث 08.03.2025 23:39

أحدث المحتوى الذي تم مشاركته بواسطة Anvar Baxtiyorov على Telegram

Anvar Baxtiyorov

21 Dec, 16:45

934

Mijozlaringizni chuqur o’rganishga, analiz qilishga ko’proq vaqt sarflang.

Bu sizga mijozlarni miyasini o’qishga yordam beradi.

Odamlar - ularni holatini tushunadigan, unga nima kerakligini biladigan insondan sotib olishadi.

Anvar Baxtiyorov
Anvar Baxtiyorov

20 Dec, 14:43

985

Kimningdir maslahatini eshitishdan va qilishdan avval shu ikki narsaga ishonch hosil qiling.

1. U maslahatni o'zini tajribasidan aytyaptimi?
2. O'zida shu natija bormi?

Agar javob "yo'q" bo'lsa, vaqtingizni va pulingizni bekorga sarflamang.

Bundan tashqari miyangizni yolg’on ma’lumotlar bilan to’ldirmang.

Anvar Baxtiyorov
Anvar Baxtiyorov

19 Dec, 11:12

906

Yangi zapuskga tayyorgarlik🔥
Anvar Baxtiyorov

18 Dec, 14:43

1,068

Ekspert, prodyuser va digital sohadagi mutaxasisslari uchun muhim e'lon!

Bugun zapusk bo'yicha mentorlikni yangi guruhiga qabul ochdim.

Bu mentorlik faqat ekspert, prodyuser va digital sohadagi mutaxasisslar uchun.

Mentorlikda har bir o'quvchiga zapusk summasini 2X-10X oshirishga yordam beraman.

Biz hozirda mentorlik dasturini yangilayapmiz va yanada kuchaytiryapmiz. Bu shu paytgacha bo'lgan eng kuchli dastur bo'ladi.

Asosiy maqsad — zapuskingizni masshtablashtirish uchun eng zo'r ishlaydigan instrumentlarni berish, fikrlashingizni ustida ishlash va kuchli insonlar muhitida daromadingizni keyingi darajaga olib chiqish

Biz 3 oy davomida haftada 2 martadan offline tarzda uchrashamiz va ushbu mavzularni chuqur o’rganamiz.

- Fikrlash va 10 barobar moliyaviy o'sish
- Kuchli analiz qilish
- Produkt va kuchli taklif yaratish
- Sotuv voronkalarini qurish
- O'zbekistonda rekord traffiklar olib kelish
- Kuchli progrev yozish va copywriting sirlari
- Sotuvchi webinar o'tkazish
- Kuchli sotuv bo'limi qurish
- Kuchli jamoa yig'ish va boshqarish
- Moliyani boshqarish va tizimli ishlash

20 ta joy. 15 ta joy allaqachon band. Atigi 5 ta joy qoldi.

Mentorlikga yozilish uchun hoziroq ushbu formani to'ldiring:👉 https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSe158_mHc0ET6W5yTF056zvj4NNHN-zS7ALywNbgPscOjt10Q/viewform?usp=dialog

Har bir ishtirokchini shaxsan o'zim suhbat asosida tanlab olaman.
Anvar Baxtiyorov

17 Dec, 19:54

1,031

Muammo va xatolarga duch kelganda nima qilish kerak?

Audioni diqqat bilan eshiting!👆
Anvar Baxtiyorov

15 Dec, 04:42

1,546

Siz hamma narsani bilasiz.

Bilim, tajriba va harakat bor.

Lekin natija yo’q bo’lsa, katta ehtimol bilan sizda fokus bilan muammo bor.

Yechim 👇

1. Barcha sizni cha’lg’itayotgan narsalar ro’yxatini tuzing va ulardan qutilish yo’lini yozing.

2. Natijaga olib boradigan aniq vazifalar ro’yxatini va vazifaning muvaffaqiyat ko’rsatkichini aniqlab oling.

3. O’zingiz uchun sizni hech kim va hech narsa chalg’itmaydigan ish muhitini yarating.

4. Keyingi 3-6 oy shu natija uchun harakat qiling.

Hamma narsa oddiy. Lekin ko’pchilik jarayonni qiyinlashtiradi.

Dunyoga boshqacha ko’z bilan qarang.

Qiyin deb o’ylasangiz, qiyin bo’ladi. Oson deb o’ylasangiz, oson bo’ladi.

Asosiysi boshlang!
Anvar Baxtiyorov

14 Dec, 17:21

1,306

Avval siz million dollar topadigan inson bo‘lishingiz kerak. Keyin esa million dollar topasiz!

Ko‘pchilik katta daromad haqida orzu qiladi.

Lekin bir narsani tushunish kerak. Pul — bu o‘z-o‘zidan keladigan narsa emas.

Bu sizning bilimlaringiz, tajribangiz va fikrlashingizning natijasi.

1000$ topmoqchimisiz?
10,000$ topmoqchimisiz?
100,000$ topmoqchimisiz?
1,000,000$ topmoqchimisiz?

Birinchi navbatda o'zingizga savol bering.

Shu daromadga chiqish uchun inson qanday bo‘lishi kerak?

Qanday bilimlarga ega bo‘lishi kerak?
Qanday tajribasi bo'lishi kerak?
Qanday xarakter bo‘lishi kerak?
Qanday fikrlash tarzi bo‘lishi kerak?

Keyingi qadam esa shu daromadga erishish uchun o‘zingizda - o‘sha darajadagi insonda bor bo'lgan sifatlarni shakllantiring.

Oxirgi 2 yildan beri jamoamiz bilan yillik $1,000,000 dan ortiq sotuvlar qilib kelyapmiz.

Keyingi yilga maqsadim kamida $3,000,000 dan ortiq sotuvlar qilish.

O'zim ham hozir shu jarayondaman. Ya'ni $3,000,000 dan ortiq daromad qiladigan insonlar qanday fikrlaydi, qanday bilimlari bor, qanday ko'nikmalari bor?

Shularni o'rganishga alohida vaqt ajratyapman.
Anvar Baxtiyorov

14 Dec, 16:24

1,143

Videoni ko'ring.👆

Muammoni tez aniqlash va yechim topish bo'yicha haqida qisqacha tushuntirdim.
Anvar Baxtiyorov

05 Dec, 12:38

614

Muhim e'lon!

Ayniqsa ekspert, prodyuser va infobiznesdagi marketing mutaxasisslari uchun muhim.

8-dekabr yakshanba kuni soat 9:30 da Toshkent shahrida MFAKTOR binosida offline formatda razbor o'tkazyapman.

Razborda yaqinda bo'lib o'tgan "Supermiya" zapuskini to'liq qadam-baqadam razbor qilamiz.

"Supermiya" produkti misolida:

- Auditoriyani analiz qilish bosqichlari

- Analiz natijalari asosida produkt va taklif yaratish jarayoni

- Samarali sotuv voronkalarini ishlab chiqish

- Qisqa vaqt ichida 120,000 traffik jalb qilish qadamlari

- Zapuskda foydalanilgan barcha progrev usullari

- Qanday qilib jonli efirga traffikning 25% ini olib kirdik

- Webinarda qilingan rekord konversiyaning detalniy tahlili

- Noldan 50 kishilik sotuv bo'limi qurish va katta jamoani boshqarish haqida gaplashamiz.

Razborda qatnashish narxi 297,000 so'm!

8-deakbr. 9:30 da. Atigi 3 kun qoldi.

Joylar soni ham cheklangan. Oxirgi 20 ta joy qoldi!

Razborda qatnashish uchun hoziroq ushbu formani to'ldiring: https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLScs-Fce0BLczWlo34GPdiGNQZ8jovmkgPZ_eoHC_ZHgn7m48A/viewform?usp=sf_link

24 soat ichida siz bilan bog'lanishadi.
Anvar Baxtiyorov

29 Nov, 15:18

1,401

Istalgan narsani boshqalardan 10 barobar tezroq o'rganishga yordam beradigan usul.

Bu usuldan shaxsan o'zim foydalanaman.

Juda ham ko'p holatlarda, boshqa odamlar bir necha yillab o'rgangan narsasini - bir necha oyda o'rganishimga yordam bergan.

Bu 70-20-10 qoidasi.

70% - bu praktika
20% - tajribali insonlar bilan suhbat
10% - teoriya

Ko'p o'rganish, o'qish bu juda ham yaxshi. Lekin agar kecha o'rgangan narsangizni bugun praktikada bajarmayotgan bo'lsangiz, demak bu bilimdan hech qanday foyda yo'q.

Shuning uchun man nimanidir o'rganishni boshlasam, vaqtimning 70% qismini praktika bilan o'tkazaman.

20% vaqtimni esa allaqachon bu yo'lni bosib o'tgan, allaqachon man xohlagan natijaga erishgan inson bilan suhbatlashish bilan o'tkazaman.

Mani taniydiganlar juda yaxshi bilishadi. Qandaydir idea keldimi? 🤔

Birinchi navbatda o'zimga beradigan savolim - bu ishni kim allaqachon muvaffaqiyatli bajargan. Kim shu yo'nalishda eng zo'ri. 2 yoki 3-o'rindagilar kerak emas. Bu sohada birinchi raqamli insonni topishga harakat qilaman.

U inson mani xatolar qilishimni oldini oladi. Manga qisqa yo'lni ko'rsatadi. Kamroq vaqt va kamroq pul bilan shu natijaga erishishimga yordam beradi.

10% vaqtimni esa doimiy shu soha bo'yicha yangi nazariy bilimlar olishga sarflayman. Bu yerda doimiylik muhim.

Bitta yangi narsani o'rgandingizmi, darhol uni amaliyotda ishlatishni boshlashingiz kerak.

O'rganasiz, bajarasiz. O'rganasiz, bajarasiz.

Shu tartibda istalgan narsani boshqalarda 10 barobar tezroq o'rganishingiz mumkin.

Biznes, zapusk, marketing, sotuv, sport, chet tili - umuman farqi yo'q.

Post foydali bo'lgan bo'lsa, 🔥 esdan chiqmasin.