أحدث المنشورات من Anvar Baxtiyorov (@anvar_bakhtiyorov) على Telegram

منشورات Anvar Baxtiyorov على Telegram

Anvar Baxtiyorov
Shunchaki boy bo’lishni emas, balki boylikka olib boradigan yo’lni sevgan inson ko’proq pul topadi.

Ushbu sahifada shaxsiy rivojlanish, biznes, marketing va sotuv haqida gaplashamiz.
2,307 مشترك
59 صورة
4 فيديو
آخر تحديث 08.03.2025 23:39

قنوات مشابهة

Shohruh Yusupov
1,975 مشترك
Ravshan Komilovich
1,802 مشترك

أحدث المحتوى الذي تم مشاركته بواسطة Anvar Baxtiyorov على Telegram

Anvar Baxtiyorov

11 Jan, 18:03

3,523

“Yo’q ekan” deb qaytib kelma.

Man yoshligimdan asosan bobom va buvijonim bilan yashaganman.

Ular asosan manga tarbiya berishgan va o’qitishgan.

Esimda. Bir kuni buvijonim dori olib kelish uchun mani dorixonaga yubordilar.

Man dorixonaga bordim. Lekin aytgan dorilari yo’q ekan.

Keyin boshqa dorixonaga kirdim. U yerda ham yo’q.

Keyin esa uyga qaytdim va buvimga aytgan dorilari yo’qligini aytdim.

Shunda buvim manga aytgan maslahatlari hozirgacha esimdan chiqmaydi.

“O’g’lim, sanga nimadir olib kel deyildimi, hech qachon yo’q ekan deb qaytib kelma. Har doim boshqa yo’lini qidir va aytilgan narsani olib kel.

Boshqa ishlarda ham xuddi shunday. Nimadir qil deyildimi. Qila olmadim deb qaytib kelma. Har doim o’sha ishni bajarish uchun oxirigacha harakat qil.”


Bu nasihatlari hozirgacha manga yordam beradi.

Har doim nimadir qila olmasam yoki qanday muammoga duch kelsam - u ishni shunchaki tashlab qo’ymayman.

Yechimini topish uchun oxirigacha harakat qilaman.
Anvar Baxtiyorov

11 Jan, 17:04

2,777

Bugun mentorlik o’quvchilar bilan “Zapusk boshqaruvi” mavzusini chuqur ko’rib chiqdik

Mehmon spiker ta’lim loyihalarida O’zbekistondagi man bilgan eng kuchli proyekt menejer va jamoamiz a’zosi - Javokhir Abdufattokhov.

Bugungi darsda:

🏃‍♂️ Zapuskning har bir qadamidagi vazifalarni aniqlash va tartibga solish

💵 Zapuskni rejalashtirish, byudjet va boshqa resurslarni to’g’ri boshqarish

👨‍💻 Zapusk jarayonini oson boshqarishga yordam beradigan va boshqaruvchi ishlatishi shart bo'lgan instrumentlarni to’liq ko’rib chiqdik.

Zapuskdagi eng muhim ishlardan biri bu – har bir jarayonni to’g’ri rejalashtirish va boshqarish.

Agar sizda aniq reja, muddat, resurs, monitoring va nazorat bo’lsa - katta sotuvlar qilish qiyin bo’lmaydi.

Lekin bular bo’lmasa va jarayonni yuqoridan ko’ra olmasangiz yoki oldindan risk hamda muammolarni oldini olishni bilmasangiz - zapuskni boshlagandan to tugagunicha faqat bosim, stress va xavotir bilan o’tkazasiz.

Shuning uchun “project management” juda ham muhim.
Anvar Baxtiyorov

08 Jan, 16:44

2,260

Yuqoridagi video diqqat bilan ko'ring👆

Shu paytgacha foydali kontentlar qilishga va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimga ko'p fokus qilmaganman.

Lekin endi sizlar uchun foydali bo'ladigan kontentlar qilmoqchiman.

Shu maqsadda sizlar bilan suhbatlar o'tkazmoqchiman.

Suhbatda sizdagi muammolar va mavzular haqida gaplashamiz.

Sizni qiynayotgan savollarga ham suhbatda javob berib o'taman.

Suhbatga yozilish uchun quyidagi formani to'ldiring, siz bilan o'zim bog'lanaman.

👉 https://forms.gle/RViJrQpnrNzhtfd3A
Anvar Baxtiyorov

08 Jan, 06:17

1,934

O’qish, o’qish va yana o’qish!
Anvar Baxtiyorov

31 Dec, 20:23

2,441

Mani jamoamizga yozgan xabarim👇

"Hurmatli jamoamiz a'zolari.

Bugun yangi yilning birinchi kuni va sizlarga o'tgan yildagi fikrlarim bilan bo'lishmoqchiman.

2024-yil fevral oyi inson sifatida, tadbirkor sifatida, rahbar sifatida yangi bosqichga chiqishim kerakliginini tushundim. Va hozirgi holatim umuman to'g'ri kelmasligini tushundim.

Man bir narsaga ishonaman. Sani ichki hayoting qanday bo'lsa, tashqi hayoting buni aks ettiradi. San qanday inson bo'lsang, atrofingga shunday insonlar yig'iladi.

Hayotingni o'zgartirmoqchimisan — oldin o'zingni o'zgartir.

Bu haqida uzoq o'ylab yurdim. Keyin esa o'zimga bo'lgan talabni kuchaytirdim. Ko'proq ishlashni boshladim. Ko'proq o'qishni boshladim. Sport bilan shug'ullanishni boshladim.

Oxirgi 3 oy o'zimga bo'lgan bosimni yanada kuchaytirdim. Va buni sizlar birga bilan qilishni boshladim. Oldin hammaga gapirib yurgan natijalarimni, kamroq gapirishni boshladim. Chunki oldinlari ZO'R bo'lgan natijalar, endi man uchun shunchaki NORMAL holat bo'lishni boshladi. Yangi va man xohlayotgan ZO'R - bu juda katta natijalar edi. Buning uchun o'zgarish va ancha o'sish kerak.

Man bilan yaqindan ishlaydigan jamoamiz a'zolari sezgan bo'lsa kerak. Sizlarga ko'proq bosim, ko'proq ma'suliyat berishni boshladim. Ko'p marta ishingiz uchun qattiq va yomon feedbacklar bergan bo'lishim va sizni xafa qilgan bo'lishim mumkin.

Lekin bir narsani bilishingizni xohlayman. Bularning hammasi sizlarni yaxshi ko'rganligim uchun. Esimda bundan 3 oy, 6 oy, 1 yil oldin - birinchi marta kelganingizda oyiga 100-200$ topardingiz, a hozir esa 500, 1000, 2000, 3000$ va undan ko'proq. Va bu endi boshlanishi.

Bizning jamoa doimiy o'sishi va rivojlanishi kerak. Bir-birimizga potensialimizni ko'rsatishga yordam berishimiz kerak.

Bundan keyin ham o'zimdan va sizlardan kattaroq narsani talab qilaman.

Manga sizlardan dinamika kerak. Maksimum bor kuchingiz bilan natija uchun harakat qilish, ma'suliyatni olish, keyin esa yaxshi dam olish va yana natija, ma'suliyat.

2025-yil biz butunlay yangi darajaga chiqamiz. Bu katta kuch, mehnat, qat'iyat, bilim va tajriba talab qiladi. Va bir narsani esdan chiqarmang. Bundan keyin biz kuchsiz va o'rtacha insonlar bilan ishlay olmaymiz. Bizga kuchli insonlar kerak.

Hammani yangi yil bilan tabriklayman.

- Anvar Baxtiyorov"
Anvar Baxtiyorov

31 Dec, 19:01

1,777

2024-yil sarhisobi.

1. Birinchi online produktimni zapusk qildim. Ya’ni Masshtab.

2. Fevral oyidan ustoz Axad Xudayarov yordamida sport bilan shug’ullanishni boshladim.

3. Shaxzod Baxodirov bilan zapusk qildik. Ta’lim sohasidagi biznes egalari uchun eng katta 600 kishilik trening o’tkazdik.

4. Barno Daily loyihasi ustida ishladik. Loyiha o’zim kutgandek katta bo’lmadi. Lekin juda katta tajriba oldim.

5. 3 marta deyarli 200 ga yaqin insonlarga offline trening o'tkazdim.

6. O'zim eng yoqtirgan shahar Dubaiga ikkinchi marta sayohat qildim.

7. Vanihoyat balandlik qo'rqish fobiyasidan qutildim va dunyodagi eng xavfli attraksionida uchdim.

8. Zapusk bo'yicha ikkinchi mentorligimni o'tkazdim. O'quvchilarim O'zbekistondagi eng katta natijalarni ko'rsatishni boshlashdi. (Natijalarni instagram sahifamdagi "Mentorlik 2.0" highlightsda ko'rishingiz mumkin)

9. Jamoamizga o'z ishini ustalari va kuchli mutaxasisslarni yig'a oldik.

10. 30+ kishidan iborat sotuv jamoamizni tashkil qildik.

11. Enga katta rekord Supermiya zapuskini o'tkazdik. Traffik va webinar bo'yicha rekordimizmi yangiladik. 10 kun ichida 120,000 traffik va bir vaqtning o'zida 30,000 ga yaqin inson webinarni kuzatdi.

11. Bu yil uchun ikkinchi marta sayohat va dam olish uchun Sharm el Sheyxga bordim.

12. Vanihoyat mualliflik kitobimni yozib tugatdim.

13. Bir nechta multimillioner insonlar bilan tanishdim.

14. Yangi yil uchun ustozim Davron Turdiev bilan yangi "Mening Ideal Yilim" zapuskini o'tkazdik.

15. Oxirgi zapuskimiz uchun 100,000 dan ortiq traffik jalb qildik. Ya'ni 3-marta bu natijani qaytara oldik. Uchinchi marta!

16. Va 10 yoshligimidan orzu qilgan ishimni amalga oshirdim. Bu haqida keyingi yil aytaman.

2025-yil uchun jamoamiz bilan maqsadlarimiz va rejalarimiz katta. Ular amalga oshadimi yoki yo'q. To'g'risi bilmayman.

Lekin bir narsani aniq bilaman. Bu yil man uchun challenge bo'ladi. Bor fokus va diqqatimni ishga qarataman.

Bu yilda man bilan birga bo'lgan, manga ishonch bildirgan, mani qo'llab quvvatlagan va mani kuzatib kelgan hammaga rahmat.

Yangi yilda ko'rishguncha!
Anvar Baxtiyorov

28 Dec, 07:07

1,135

Yangi podkast👆

Yaqinda "Ketmoni uchganlar" podkastiga taklif qilishgan edi.

1 soat davomida qanday qilib katta zapusklar qilish, marketing, sotuv bo'limi, kuchli jamoa yig'ish va qisqa vaqt ichida tez o'sish haqida gaplashdik.

Podkast youtubega chiqdi.

Shu havola orqali kirib ko'rishingiz mumkin:👉 https://youtu.be/XTM82G2l7gY?si=xBJmYYNYhHKTka6K

Yoqimli tomosha.
Anvar Baxtiyorov

28 Dec, 06:03

1,028

Sotuv bo’limimizdagi ish jarayoni👆
Anvar Baxtiyorov

22 Dec, 07:52

2,080

Miyangizga sig’magan pul, cho’ntagingizga sig’maydi.

Nima uchun katta pul topish qiyin bo’ladi?

Chunki ko’pchiligimiz katta pulni miyamizga sig’dira olmaymiz.

Ya’ni tasavvur qila olmaymiz. Miyamiz buncha pul topish mumkinligiga ishonmaydi.

Kimdir $1000 topishi mumkinligini tasavvur qila olmaydi.

Kimdir $10,000.
Kimdir $100,000.
Kimdir $1,000,000.

Tasavvur qiling, bir million dollar foyda qildingiz.

U pulni nima qilasiz. Qayerga ishlatasiz? Nima sotib olasiz? Nimaga investitsiya qilasiz?

Hayotingiz qanday o’zgaradi?

Tasavvur qilish qiyin, to’g’rimi?

Shuning uchun ham bir million dollar topish ko’pchilik uchun qiyin.

Yana bir marta.

Avval katta pulni miyangizga sig’dirasiz, keyin cho’ntagingizga kelishni boshlaydi.

Anvar Baxtiyorov
Anvar Baxtiyorov

21 Dec, 18:52

1,024

7 kunda 70,000 traffik.👆

Target reklamada yangi yil oldi ko’pchilikda narxlar ko’tarilgan.

Bizda esa o’sha eski narx va kunlik traffik planni hozirgi kungacha yopib kelyapmiz.

Katta daromad qilish uchun katta sotuv qilish kerak.

Katta sotuv uchun ko’p lidlar kerak.

Ko’p lid uchun ko’p traffik kerak.

Qanday qilib katta traffik jalb qilishni, ularni lidlarga va lidlarni esa sotuvga aylantirishni o’rganing.

Shunda katta pul topishni boshlaysiz.

Traffik ➡️ Lid ➡️ Sotuv

Juda ham oddiy.

Anvar Baxtiyorov