ANONS.uz 🇺🇿

@anonsuzbek


Oʻzbekiston va jahonda roʻy berayotgan voqea hamda yangiliklardan birinchilardan boʻlib xabardor boʻling.

📄OAV litsenziyasi 0492.

🇷🇺ANONS.uz rus tilida:
@anonsuz

Reklama boʻlimi:
+99899 813 69 99 @uznewsads
+99894 649 57 77 @uznews_ads

ANONS.uz 🇺🇿

14 Oct, 10:38


💫Toshkentda rossiyalik figuristlarning “Kichik shahzoda” shousi oʻtkaziladi

4-5 yanvar kunlari “Humo Arena” majmuasida oʻtkaziladigan shouda figurali uchish ishqibozlari kosmik muhitga shoʻngʻishlari mumkin boʻladi.

💰Chiptalar narxi: 30 000 – 100 000 soʻm. Chiptalarni iTicket.uz saytida xarid qilish mumkin.

@anonsuzbek

ANONS.uz 🇺🇿

13 Oct, 14:14


Toshkentda reper Konstaning “Insonlar” nomli konserti bo’lib o’tdi

Konsertni Anons.uz jamoasi tayyorlagan reportaj orqali ko’rishingiz mumkin.

Unda o’ziga xos yo’nalishga ega xonanda unga bo’layotgan “hujumlar”, konsertoldi qiyinchiliklar va treklari haqida ma’lumot berdi

To’liq video: https://youtu.be/zDjiu7S0u2w?si=ZnPOXCfUjw2Ydwmw

@anonsuzbek

ANONS.uz 🇺🇿

13 Oct, 14:12


Bravo jamoasining 2024 yilgi konsert dasturi bo‘lib o‘tdi

Kecha 12-oktyabr kuni Xalqlar do‘stligi san’at saroyida Bravo jamoasining bu yilgi konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.

Jamoa asoschisi Otabek Mirzaxolov nima uchun ketgani, konsertga 3 kun qolganda ayrim ishtirokchilar kotsertda qatnasha olmasligini aytgani va qo‘shiqchi Umida Mirxamidova Bravo a’zosi bo‘lishi mumkinligi haqida Anons.uz ijodkorlari reportaj tayyorladi.

To‘liq video: https://youtu.be/U7j2AayBYfw?si=NYMr_vm5QUZJls54

@anonsuzbek

ANONS.uz 🇺🇿

11 Oct, 09:16


🤩Toshkentda Alessandro Safinaning konserti oʻtkaziladi

13-dekabr kuni Xalqaro anjumanlar saroyida Oʻzbekiston Milliy orkestri hamrohligida italiyalik mashhur tenorning konserti boʻlib oʻtadi.

💰Chiptalar narxi: 300 000 – 1 600 000 soʻm. Chiptalarni iTicket.uz saytida xarid qilish mumkin.

@anonsuzbek

ANONS.uz 🇺🇿

10 Oct, 04:43


🎭Toshkentda “Bal maskarad” operasi boʻlib oʻtadi

31-oktyabr kuni A. Navoiy nomidagi DAKT sahnasida Juzeppe Verdining “Bal maskarad” operasi namoyish qilinadi.

💰Chiptalar narxi: 40 000 – 110 000 soʻm. Chiptalarni iTicket.uz saytida xarid qilish mumkin.

@anonsuzbek

ANONS.uz 🇺🇿

08 Oct, 17:41


Toshkentda “Zamin yulduzlari-2024” milliy mukofotini topshirish marosimi o’tkazildi

2 yilda bir marta o’tkaziladigan kechada ta’lim, siyosat, sport, arxitektura hamda san’at va madaniyat sohasi fidoiylari taqdirlandi.

Anons.uz jamoasi ushbu marosimdan maxsus reportaj tayyorladi.

To’liq video: https://youtu.be/wqXSfxgtXTo?si=6cVoO5RIEdvFISy_

@anonsuzbek

ANONS.uz 🇺🇿

08 Oct, 06:43


🎶🎻Toshkentda “Baxdan Eynaudigacha” konserti boʻlib oʻtadi

13-oktyabr kuni “Turkiston” sanʼat saroyida oʻtkaziladigan konsertda Rossiyaning “Simple Music” jamoasi Iogann Sebastyan Bax, Vivaldi, Hans Zimmer, Lyudoviko Eynaudi va boshqa mashhur bastakorlarning musiqalarini ijro etadi.

💰Chiptalar narxi: 100 000 – 450 000 soʻm. Chiptalar saroy kassasi va iTicket.uz saytida mavjud.

@anonsuzbek

ANONS.uz 🇺🇿

08 Oct, 04:30


🪐Toshkentda koinotni oʻzlashtirish tarixiga bagʻishlangan koʻrgazma boʻlib oʻtmoqda

10-oktyabrga qadar “Tashkent City Mall” majmuasida oʻtkaziladigan koʻrgazmada mehmonlarni koinotning ahamiyatli voqealarini aks ettirgan 30 ta surat kutmoqda.

💰Kirish bepul.

@anonsuzbek

ANONS.uz 🇺🇿

04 Oct, 05:02


💃🏻Toshkentda “Tumor” raqs ansamblining konserti boʻlib oʻtadi

Tomoshabinlarga xalq raqslari anʼanalari va madaniyatiga shoʻngʻish imkonini beradigan konsert 11-oktyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi DAKTda oʻtkaziladi.

💰Chiptalar narxi: 50 000 – 165 000 soʻm. Chiptalar teatr kassasi va iTicket.uz saytida mavjud.

@anonsuzbek

ANONS.uz 🇺🇿

03 Oct, 04:58


🎪🇺🇸Toshkentda Amerika sirkining namoyishlari boʻlib oʻtadi

12-oktyabrdan 24-noyabrgacha Toshkent sirkida oʻtkaziladigan namoyishlarda golografik effektlar qoʻllaniladi.

💰Chiptalar narxi: 70 000 – 250 000 soʻm. 3 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun – bepul. Chiptalar sirk kassasi va iTicket.uz saytida mavjud.

@anonsuzbek

ANONS.uz 🇺🇿

02 Oct, 06:08


❗️”Yangi Oʻzbekiston” bogʻining ish tartibi oʻzgardi

Bogʻ maʼmuriyatining xabar berishicha, bogʻ oktyabrdan boshlab soat 10:00 dan 22:00 gacha tashrif buyurish uchun ochiq boʻladi.

@anonsuzbek

ANONS.uz 🇺🇿

02 Oct, 05:26


🎸Toshkentda Leonid Agutinning konserti boʻlib oʻtadi

Konsert 2025-yilning 14-mart kuni “Xalqlar doʻstligi” sanʼat saroyida oʻtkaziladi.

💰Chiptalar narxi: 320 000 – 2 500 000 soʻm. Chiptalarni iTicket.uz saytida xarid qilish mumkin.

@anonsuzbek

ANONS.uz 🇺🇿

30 Sep, 11:01


👩🏻‍🏫“Magic City” bogʻida Oʻqituvchi va murabbiylar kuni nishonlanadi

1-oktyabr kuni “Magic City” bogʻida Oʻqituvchi va murabbiylar kuni nishonlanadi.

👉Dasturda quyidagilar bor:

• 16:00 – qoʻgʻirchoq teatri;
• 18:00 – animatorlar shousi;
• 18:00 – Muhammadziyo va Dj Macarella ishtirokida konsert dasturi, sovrinli oʻyin;
• 19:00 – fokuschi shousi;
• 19:00 – koʻpikli shou, kimyoviy shou;
• 22:45 – “Suv moʻjizasi” shousi.

💰Kirish bepul.

@anonsuzbek

ANONS.uz 🇺🇿

30 Sep, 09:00


🌦Bu hafta qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi va haroratning tushishi kutilmoqda

Oʻzgidromet xabariga koʻra, bugun, 30-sentyabr kuni Oʻzbekiston boʻyicha havo bulutli boʻladi va ayrim joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi. Harorat +18…+23 daraja atrofida boʻladi.

1-4 oktyabr kunlari respublika boʻyicha oʻrtacha iliq va asosan quruq ob-havo kuzatiladi.

2-oktyabr kuni Toshkent viloyati va Fargʻona vodiysi viloyatlarining ayrim joylarida, 3-4 oktyabr kunlari respublika shimolida va choʻl hududlarining baʼzi joylarida qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi mumkin.

@anonsuzbek

ANONS.uz 🇺🇿

28 Sep, 10:13


🎤Lola 10 yildan so’ng yana Toshkentda konsert berdi

Katta tanaffusdan keyin namoyish etilgan konsertdan Anons.uz jamoasi maxsus reportaj tayyorladi

Konsertda Lolaning “Gold hit” taronalari yangicha talqinda namoyish etildi.

To’liq video: https://youtu.be/j0sdmsJfcaU

@anonsuzbek

ANONS.uz 🇺🇿

27 Sep, 06:10


🎤“Yangi Oʻzbekiston” bogʻida konsert dasturlari boʻlib oʻtadi

Bogʻda 28-sentyabr kuni “Dizayn” jamoasi va 29-sentyabr kuni Dilnoz Hakimovaning konserti oʻtkaziladi.

🕔Boshlanish vaqti – 20:00.

💰Kirish bepul.

@anonsuzbek

ANONS.uz 🇺🇿

26 Sep, 08:07


🇯🇵Ikuo Xirayama xalqaro madaniyat karvonsaroyida origami boʻyicha mahorat darsi oʻtkaziladi

29-sentyabr kuni sizni origami sanʼati bilan tanishuv va uchta shaklda qush yasash kutmoqda.

💰Qatnashish narxi: 50 000 soʻm

Oldindan roʻyxatdan oʻtish kerak – +998935403990 (Telegram).

@anonsuzbek

ANONS.uz 🇺🇿

24 Sep, 06:01


💃🏻Toshkentda hindcha filmlardan saundtreklar konserti boʻlib oʻtadi

27-sentyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi kino saroyida “Bollywood Show” konserti oʻtkaziladi.

Konsertda “Bravo” orkestri tomonidan taniqli hindcha filmlardan saundtreklar ijro etiladi.

💰Chiptalar narxi: 147 000 soʻmdan boshlanadi. Chiptalarni showgo.uz saytida xarid qilish mumkin.

@anonsuzbek

ANONS.uz 🇺🇿

23 Sep, 09:59


🏺Ikuo Xirayama xalqaro madaniyat karvonsaroyida arxeologik koʻrgazma ochildi

Ekspozitsiyada Uzundara qalʼasidan topilgan arxeologik topilmalar, shuningdek, ekspeditsiyalardan olingan suratlar namoyish etilgan. Koʻrgazma 29-sentyabrgacha davom etadi. Kirish bepul.

👉 Batafsil: https://anons.uz/ru/events/arheologicheskaya-vystavka-v-karavan-sarae-do-29-sent

@anonsuzbek

ANONS.uz 🇺🇿

23 Sep, 04:40


🎙️Toshkentda “Stand Up” konserti boʻlib oʻtadi

Bugun, 23-sentyabr kuni “Beerkovich” restoranida komik Umid Hayitovning “Stand Up” konserti oʻtkaziladi.

💰Chiptalarni showgo.uz saytida xarid qilish mumkin.

@anonsuzbek