📋 Odamlar hisobini yuritish amaliyoti ilk bor miloddan avvalgi 3-ming yillikdan boshlangan. Bu jarayon dastlab Osiyo va Afrika davlatlari, Misr, Mesopotamiya, Hindiston, Xitoy va Yaponiyani qamrab olgan.
🔸 Bu islohotdan ko‘zlangan maqsad soliq to‘lovchilar va askarlikka yaroqli aholi sonini aniqlash bo‘lgan. Ilk o‘rta asrlarda mazkur tartibot birmuncha takomillashgan. Aholini hisobga olish elementlari xo‘jaliklarning yozma kitoblar, kadastrlardagi tavsiflari bilan uyg‘unlashgan.
🔹 Ularda odamlar yoki oilalar emas, balki uy-joy kabi soliqqa tortish birliklari birinchi o‘ringa qo‘yilgan. Finlyandiyada XVI asrning o‘zidanoq aholi soni ro‘yxatini olib borishni boshlashgan.
🔸 Davlatning maqsadi birinchi o‘rinda soliqqa tortish va harbiy xizmatga chaqirish bilan bog‘liq bo‘lgan. O‘sha davrda Shvetsiya, o‘zining sharqiy qismi bo‘lgan Finlyandiyani qo‘shganda ham aholisi kam, kambag‘al davlat edi.
Andijon tumani hokimligi MATBUOT XIZMATI