来自 Andijon tumani hokimligi matbuot xizmati (@andregionpress) 的最新 Telegram 贴文

Andijon tumani hokimligi matbuot xizmati Telegram 帖子

Andijon tumani hokimligi matbuot xizmati
Andijon tumanida amalga oshirilayotgan yangiliklarni ushbu kanalda kuzatib boring!

https://www.facebook.com/share/18xMDbwmdr

https://www.instagram.com/andijon_tuman?igsh=YzljYTk1ODg3Zg==
2,445 订阅者
53,773 张照片
5,070 个视频
最后更新于 10.03.2025 14:00

Andijon tumani hokimligi matbuot xizmati 在 Telegram 上分享的最新内容

Andijon tumani hokimligi matbuot xizmati

10 Mar, 12:17

295

Ҳафтанинг энг муҳим воқеалари шарҳи: Президент алоҳида ўрнак кўрсатган хотин-қизларга давлат мукофотларини топширди. Коррупцияга қарши курашиш бўйича устувор вазифалар белгилаб олинди. Янги тайинланган хорижий элчилардан ишонч ёрлиқларини қабул қилишга бағишланган тантанали маросим бўлиб ўтди.

Facebook|Instagram|X
Andijon tumani hokimligi matbuot xizmati

04 Mar, 13:34

416

👨 Сизнинг овозингиз муҳим, сўровномада иштирок этинг!

🔝 Ҳар бир кўча кесимида ичимлик суви, канализация ва йўллар қопламаси ҳолати бўйича аниқ маълумотларни тўплаш мақсадида онлайн хатловга старт берилди.

Мазкур хатлов 10 мингта мактаб, 7 мингта болалар боғчалари, 3 800 та тиббиёт муассасалари, 880 та спорт иншоотлари ва бошқа ижтимоий объектлар инфратузилмасига оид геопорталини яратишда муҳим аҳамият касб этади. Геопортал келгусида давлат инвестиция дастурларини ишлаб чиқиш учун асос бўлиб хизмат қилади.

Нима учун хатлов муҳим?

🎤Ҳар бир маҳалла бўйича аҳолининг ичимлик суви, канализация ва аҳоли пунктларидаги йўллар қопламасининг сифати бўйича бирламчи маълумотлар тўпланди.

🎤Сўровнома орқали аҳоли иштирокида техник хатоларни бартараф этиш ҳамда тўпланган маълумотлар қайта текширилади.

🎤Ижтимоий объектлар геопортали Стратегик ислоҳотлар агентлигининг “Деливерй Унит” гуруҳи ҳамда Иқтисодиёт ва молия вазирлиги томонидан “Ўзбекистон — 2030” стратегияси ҳамда Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2024 йил 24 декабрдаги ПҚ-454-сонли қарори билан тасдиқланган "йўл харитаси"нинг 6-бандига асосан шакллантирилмоқда.

Қай тарзда иштирок этиш мумкин?

🎤Сўровнома @real_holat_bot Телеграм-боти орқали онлайн тарзда ўтказилади. Ушбу платформага Телеграм иловасида @real_holat_bot ҳавола орқали тўғридан-тўғри ўтиш мумкин. Сўровномада иштирок этиш учун шахсий маълумотлар киритиш ва шахсни тасдиқлаш талаб қилинмайди.

Сўровнома қачон ўтказилади?

🎤Сўровнома 2025 йил 3–15 март кунлари ўтказилади. Сўровномада иштирок этиш вақтида маҳалла жойлашуви, кўча номи, сув таъминоти, канализация ва йўллар қопламаси ҳолатини кўрсатиб ўтиш лозим. Агар кўчангизда мактаб бўлса, унда ичимлик суви бор ёки йўқлигини белгиланг. Маълумотларни тўғри ва аниқ киритишни ҳамда сўровномани охиригача ўтишни унутманг.

🎤Оммавий ахборот воситалари қўшимча маълумот учун Телеграм орқали @DeliveryUnitTashkent билан боғланишлари мумкин.

https://t.me/hudud_inform
Andijon tumani hokimligi matbuot xizmati

04 Mar, 12:37

482

Andijon tumani IIB JXX Probatsiya xodimlari tomonidan nazorat ostida turuvchi yoshlarni ijtimoiy moslashtirish, ularni bandligini ta'minlash hamda qayta jinoyatlar sodir etilmasligini borasida hamkor tashkilotlar bilan birgalikda bir qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

Jumladan bugun "Baxt" mahallasi hududida bo'sh ish o'rinlari yarmarkasi tashkil etildi va 5 nafar yangi hisobga olingan shaxslarga ishga joylashtirilgan bo'lsa 5 nafarini Andijon shahrida joylashgan MONO markazida kasbga o'qitish uchun hujjatlari taqdim etildi.

Telegram
Andijon tumani hokimligi matbuot xizmati

04 Mar, 12:17

423

Assalomu alaykum aziz mahalladoshlar!

🔍Yurtimizda bahor nafasi hukmron. Bu yil qalblarimizdagi shukronalik, shukuh ikki hissa ko‘pdir. Boisi, ko‘klamning ilk kuni muqaddas ramazon oyi bilan boshlandi.

🔍Barchangizni avvalo, bahorning kirib kelgani, bu yilgi yasharish fasli ezgulik, xayr-u saxovat va mehr-oqibat oyi bo‘lgan Ramazoni sharifni ham boshlab kelgani bilan chin dildan qutlaymiz.

🔍Xalqimizda "Obodlik ko‘ngildan boshlanadi" degan naql bor. Aslida har bir ezgulik, yasharishlar, yangilanishlar qalbdan boshlanadi, amallarimizda esa aks etadi. Shu bois tabiat ham bor go‘zalligini ko‘rsatib, olamni yashillikka, gullarga burkaydi. Bu jarayonda har bir inson ham ona tabiat bilan monand harakat qilib, xonadoni, mahallasiga obodlik olib kirsa, gullar eksa, saramjon-sarishtalikni kanda qilmasa, yurt ham farovon, ko‘ngillar ham obod bo‘ladi.

🔍Ayniqsa, bunday kunlarda xalqimizga xos an’ana va qadriyatlarimiz, urf-odat va an’analarimiz yanada yaqqolroq namoyon bo‘ladi, bo‘y ko‘rsatadi. Azaldan xalqimiz uyini obod, ko‘nglini pok tuyg‘ular, ezgu amallar bilan bog‘laydi, sarishtalikni xush ko‘radi, go‘zallikdan ko‘zi quvnaydi.

Hurmatli mahalladoshlar, kelinglar, obodlikni xonadonimizdan, mahallamizdan boshlaylik. Uyimizga ko‘chalarimizga fayz, mahallaga kirgan har bir inson qalbiga esa yasharish ruhini olib kiraylik!

Qahramon Quronboyev
O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi


💬 @Kuranbayev_K
📹
Instagram.com/Kuranbayev_K
Andijon tumani hokimligi matbuot xizmati

04 Mar, 04:56

505

Yangi hisob raqamingizni aniqlay olmayapsizmi?

Uydan chiqmasdan turib ichimlik va oqova suv xizmati uchun to'lovlarni amalga oshirishni xohlaysizmi?

Suv o'lchagich ko'rsatkichini jo'natishning eng maqbul usulini bilasizmi?

🔍 Shu va boshqa barcha xizmatlarni amalga oshirish uchun eng maqbul usul haqida mazkur videolavhadan bilib olishingiz mumkin.

Telegram
Andijon tumani hokimligi matbuot xizmati

04 Mar, 03:40

548

Mutolaa...

Kimlar bilan yurganingizga, kim bilan doʻst boʻlganingizga eʼtiborliroq boʻling, chunki bulbul gulga, qargʻa axlatga olib boradi.

Telegram
Andijon tumani hokimligi matbuot xizmati

04 Mar, 02:50

543

Sport vaqti

Андижон тумани ҳокимлиги МАТБУОТ ХИЗМАТИ


Telegram
Andijon tumani hokimligi matbuot xizmati

03 Mar, 17:04

639

MART OYI PENSIYA TOʻLOVLARI AMALGA OSHIRILMOQDA

Tumanimizdagi pensiya toʻlovlarini naqd pulsiz (bank plastik karta) shaklda oluvchi fuqarolarning joriy yil mart oyi uchun jami 27200 nafariga 33 287 448 103 soʻm miqdorida pensiya pullari 2025 yil 4 mart kuni bank plastik kartalariga toʻliq yuklab berildi.

Mart oyi uchun pensiya toʻlovlarini naqd pul shaklida oluvchi 5354 nafar fuqarolarga 6 608 574 793 soʻm miqdoridagi pensiya pullari esa joriy yilning 4 martdan boshlab AT Xalq banki Andijon tuman filiali sayyor kassalari orqali tasdiqlangan grafiklar asosida toʻlovlar amalga oshirilishini Byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi Andijon tuman boʻlimi maʼlum qiladi.

Telegram
Andijon tumani hokimligi matbuot xizmati

03 Mar, 13:42

693

Andijon tumani 24-maktabda yana bir quvonchli yangilik!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun o‘tkazilgan
"Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab" tanlovida faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritishdi!

Maktab direktori Nasretdinov Sarvarbek g‘oliblarni tantanali ravishda mukofotladi.

Ushbu yutuqqa erishgan o‘quvchilarga ulkan tashakkurlar bildiramiz va kelgusida ilm cho‘qqilarini zabt etishda yanada yuksak muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!

Telegram
Andijon tumani hokimligi matbuot xizmati

21 Feb, 12:27

503

Andijon tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli 3-Oilaviy polkinikasi xodimlari ish kunini milliy libos va milliy do'ppa kiyib boshlashdi.

Tibbiyot sohasida xalqning urf-odatlari va an'analari bilan bog'lanish, milliy madaniyatni qadrlashni targ'ib qilish maqsadida amalga oshirildi.

Milliy liboslar va do'ppa kiyish nafaqat shifokorlar o'rtasida jamoaviy ruhni kuchaytirishga yordam beradi, balki bemorlar bilan muloqotda ham ijobiy tasir ko'rsatishi mumkin.

Shuningdek, bu yurtimizdagi tibbiyot sohasida milliy madaniyatni rivojlantirish va mustahkamlashga qo'shilgan kichik, ammo muhim qadamdir.

Telegram