Postagens do Canal FC ANDIJON

Este canal do Telegram é privado.
Official channel FC Andijon Andijan\Uzbekistan.
• http://fcandijan.uz
• http://instagram.com/fcandijan
• http://youtube.com/@ANDIJANPRESS
• http://t.me/fcandijonpress
• e-mail: [email protected]
• http://fcandijan.uz
• http://instagram.com/fcandijan
• http://youtube.com/@ANDIJANPRESS
• http://t.me/fcandijonpress
• e-mail: [email protected]
14,067 Inscritos
31,426 Fotos
2,451 Vídeos
Última Atualização 08.03.2025 23:39
Canais Semelhantes

333,002 Inscritos

52,205 Inscritos

48,874 Inscritos

13,355 Inscritos

10,457 Inscritos

5,173 Inscritos

2,423 Inscritos

1,636 Inscritos

1,585 Inscritos
O conteúdo mais recente compartilhado por FC ANDIJON no Telegram
Antalya nazorat o‘yini 📹
Andijon - Boras Banya-Luka (Bosniya va Gersegovina) 0:1. Highlights
👍 @andijonpfc

Mladen Jijovich: “Andijon” yaxshi taassurot qoldirdi”
“Andijon” – “Boras Banya-Luka” (0:1) uchrashuvidan keyin bosniyaliklar bosh murabbiyi Mladen Jijovich “Andijon” matbuot xizmatiga oʻz fikrlarini aytib oʻtdi:
“Biz uchun muhim kun edi. Biz barcha futbolchilarimizni 90 daqiqa mobaynida oʻynatdik va bir hafta tayyorlangandik. Umid qilamizki, Yevropa Konferensiya ligasida ham shunday oʻynashda davom etamiz.
“Andijon” klubiga kelsak, men uchun bu kuchli raqib. Fikrimcha, ajoyib jamoa va qanday oʻynashni biladi. Yaxshi taassurot qoldirdi. Ularda ham gol urish uchun yaxshi imkoniyatlari boʻldi. Kelajakda “Andijon”ni yanada yaxshiroq holatda boʻlishini xohlayman”.
👍 @andijonpfc
😃 😃 😃 😃 😃 😃 | 😁 😁 😁 😁

Artyom Petrosyan: “Yigitlar oʻyindan-oʻyinga qoʻshib borishmoqda”
“Andijon”ning “Boras Banya-Luka” (Bosniya)ga qarshi uchrashuvidan keyin jamoamiz murabbiyi Artyom Petrosyan bellashuv borasidagi fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.
- Artyom Aramaisovich, oʻyin haqida nima deya olasiz?
- Juda mos raqib bilan oʻynadik. Raqib jamoa Konferensiya Ligasida oʻynab guruhdan chiqqan va oʻz chempionatida ikkinchi oʻrinda bormoqda. Qoʻshimchasiga biz tayyorgarlikning turli bosqichidamiz. Hozirda yuklamalarning yuqori bosqichidamiz. Raqibimiz esa yigʻinini tugallash bosqichida edi. Sababi Konferensiya Ligasi pley-off bosqichida oʻynaydi. Shu nuqtai nazarda olib qaraganda, yomon oʻynamadik. Yetarlicha vaziyatlar yarata oldik. Afsuski, gol kirita olmadik. Oʻtgan oʻyinga nisbatan olsak, tarkibda rotatsiyalar qilib boryapmiz. Doim bir xil tarkib bilan oʻynamayapmiz. Optimal tarkibni tuzishga harakat qilyapmiz. Bunday davrda oʻyinlar bir maromda oʻtmaydi. Albatta, yigitlarda individual harakatlar borligi xursand qilmoqda. Oʻyindan-oʻyinga qoʻshib borishmoqda. Shunday ishlashda davom etamiz.
- Jamoaga yangi qoʻshilgan futbolchilarning moslashuv jarayoni borasida fikringiz qanday?
- Hammaga ham qandaydir vaqt kerak boʻladi. Har qanday chet davlatdan oʻzga chempionatga kelgan futbolchida moslashuv uchun agar jamoaga eski jamoadoshi yoki yaqin doʻsti boʻlsa, bularni moslashishi oson boʻladi. Oʻyindan-oʻyinga moslashib, bir-birini tushunib borishmoqda. Ular qanday raqiblar yonida turganini his qilib kelishmoqda. Umumiy olganda, hammasidan qoniqyapmiz.
- Birinchi va ikkinchi boʻlimdagi oʻyin yuzasidan qarashlaringiz qanday?
- Bizda birinchi yoki ikkinchi tarkib degan narsa yoʻq. Bu yigʻindagi uchinchi oʻyinimiz boʻlsa, hammasi teng yuklamada ishlashmoqda. Bugun 30 daqiqa harakat qilganlar “Vorskla” bilan uchrashuvda 60 daqiqa harakat qilishgan. Barchaga bir maromda yuklama berib boryapmiz. Oʻyin jarayonini tushunib borishlari yaxshilanyapti. Ikkala tarkib ham bir xil harakatlanishdi. Har ikki taymda ham bir qator vaziyatlar yarata olishdi. Har ikkisida ham bir xil balansda oʻynashmoqda.

Qishki seleksiyada oʻz ishini davom ettirayotgan jamoamiz yana bir yangi futbolchi bilan shartnoma imzoladi.
Chernogoriyalik futbolchi Luka Uskokovich yangi mavsumda “Andijon” sharafini himoya qiladi.
Ushbu himoyachi 1996-yilning 10-aprel sanasida tavallud topgan. Lukaning oxirgi klubi Latviyaning “Liyepaya” jamoasi hisoblanadi. U yerda 11 ta uchrashuvda maydonga tushgan.
Umumiy hisobda shu paytgacha 92 ta oʼyinda maydonga tushgan. 1 ta gol urgan va 2 ta golli pas uzatgan.
Shuningdek, Uskokovich faoliyati davomida Sloveniyaning “Zarisa Kranj” hamda “Maribor” klublarida ham toʻp surgan.
Eʼtiborlisi, u “Maribor” bilan uch marta – 2016\17, 2019\19 va 2021\2022-yilgi mavsumlarda Sloveniya chempionligini qoʻlga kiritgan.
Umid qilamizki, Uskokovich 2025-yilgi mavsumda “Andijon” jamoamizning gʻalabalariga munosib hissasini qoʻshadi.
Luka, “Andijon”ning ahil oilasiga xush kelibsan!❤️