Últimas Postagens de FC ANDIJON (@andijonpfc) no Telegram

Postagens do Canal FC ANDIJON  

FC ANDIJON
Este canal do Telegram é privado.
Official channel FC Andijon Andijan\Uzbekistan.

• http://fcandijan.uz

• http://instagram.com/fcandijan

• http://youtube.com/@ANDIJANPRESS

• http://t.me/fcandijonpress

• e-mail: [email protected]
14,067 Inscritos
31,426 Fotos
2,451 Vídeos
Última Atualização 08.03.2025 23:39

O conteúdo mais recente compartilhado por FC ANDIJON no Telegram

FC ANDIJON

09 Feb, 00:50

5,529

Usmonali Ismonaliyevni tabriklaymiz !

🎊 Bugun “Andijon” jamoasining ahil oilasida yana quvonchli kun. Boisi, jamoamiz aʼzosi Usmonali Ismonaliyev oʻzining tavallud ayyomini nishonlamoqda!

🎂 27 yoshini qarshilayotgan Ismonaliyevni tugʻilgan kuni bilan “Andijon” futbol klubining barcha aʼzolari nomidan chin qalbimizdan muborakbod etamiz.

Tavallud kuni munosabati bilan Usmonaliga hamma vaqt oʻylagan ezgu maqsadlari roʻyobga chiqishini, shuningdek, oilaviy tinchlik, baxt-saodat, uzoq umr, sihat salomatlik, faoliyati davomida omad yor boʻlishini tilab qolamiz.

Tavallud ayyom muborak, Usmonali!

👍 @andijonpfc

😃😃😃😃😃😃  | 😁😁😁😁
FC ANDIJON

08 Feb, 14:48

6,011

Farg‘ona viloyati "Hokimi Kubogi" musobaqasi davom etmoqda.

"Hokim Kubogi-2025" musobaqasining 2-turdan keyingi turnir jadvali.
FC ANDIJON

08 Feb, 13:53

5,761

“Hokim Kubogi”. “A” guruhi. 2-tur

“Namangan FA” – “Andijon” U21 – 2:0 (2:0).

8-fevral. Toshloq. “Amir Temur” stadioni. 68 tomoshabin.

Hakamlar: Sanjar Rahmonov, Abbos Rustamov, Axmad Rustamov
Nazoratchi: Shuhrat Hamidov

“Namangan FA”: Bobur Maqsumov (Sanjar Salohiddinov, 60), Temur Sultonov, Kamron Temirov, Mirzohid Hakimov, Maʼmur Zokirjonov, Qahramon Turgʻunov (Firdavs Umaraliyev, 70), Azizbek Rahimjonov, Bahodir Qosimov (Alisher Ismonjonov, 25), Shoxjahon Ashuraliyev (Fozilbek Zokirov, 46), Shaxboz Shokirov (Muhammadrizo Parpiyev, 46), Abdugʻofur Abduhalilov.

“Andijon” U21: Asilbek Tojiddinov, Sirojiddin Solijonov, Asadbek Habibullayev, Muhammadrizo Rahimov, Abduqodir Neʼmatov, Xojimurod Asqarov, Akobir Axmadjonov (Omad Tursunaliyev, 46), Jamshid Koʻpaysinov, Miraziz Muhammadaliyev (Diyor Qobuljonov, 78), Xamidullo Karimov (Diyor Madaminov, 85), Aziz Usmonov (Bekzod Sulaymonov, 46). 

Gollar: Alisher Ismonjonov, 35 – 1:0. Maʼmur Zokirjonov, 38 – 2:0.

Ogohlantirishlar: Fozilbek Zokirov, 71 – Abduqodi Neʼmatov, 14. Xojimurod Asqarov, 28.
FC ANDIJON

08 Feb, 13:32

5,272

Bizda intervyu taym📹

🎙Suhbatdosh 👍Eldor Adhamov

👍 @andijonpfc
FC ANDIJON

08 Feb, 08:04

5,570

Antalya nazorat o‘yinlari 📹
Ikkitasi birda - kechagi o‘yinlardan Highlights

👍 @andijonpfc
FC ANDIJON

08 Feb, 07:12

5,889

Raqib jamoa murabbiylari qanday fikrda?

Maʼlumki, kecha “Andijon” Avstriyaning “Voytsberg” va Norvegiyaning “Raufoss” klublariga qarshi navbatdagi nazorat uchrashuvlarini oʻtkazdi.

Har ikkala uchrashuvdan soʻng “Andijon” matbuot xizmati raqib jamoa ustozlarining fikrlari bilan qiziqdi.

David Prays (“Voytsberg” bosh murabbiyi):

“8 kunlik tayyorgarlikdan keyin bu biz uchun yaxshi oʻyin edi. Uchrashuvda temp baland edi. “Andijon” ham yaxshi jamoa ekan. Uchrashuvda yutganimizdan xursandman. Endi bizda ligani boshlashimizga ikki haftadan oshiq vaqt bor va ushbu bellashuv ham biz uchun foydali boʻldi”.

Tom Dent (“Raufoss” bosh murabbiyi):

“Juda quvnoq oʻyin boʻldi, biz uchun. Oʻzbekistondagi katta jamoalardan biriga qarshi oʻynadik. Albatta, bu biz uchun biroz qiyinchilik tugʻdirdi. Ammo bunga ahamiyat bermaslikka harakat qildik. Ushbu raqobatdan zavqlandim. Dastlabki 20-25 daqiqada “Andijon”ning ustunligi boʻldi va oxirgi daqiqalarda biz qarshi hujumlarni oʻtkazib yubordik. Umuman, bu adolatli oʻyin boʻldi. “Andijon” esa ajoyib taassurot qoldirdi”.

👍 @andijonpfc

😃😃😃😃😃😃  | 😁😁😁😁
FC ANDIJON

08 Feb, 05:56

5,409

Aleksandr Xomyakov: “Qoʻrqinchli joyi yoʻq, ishlar reja asosida ketmoqda”

“Andijon”ning “Voytsberg” (Avstriya) hamda “Raufoss” (Norvegiya) klublariga qarshi oʻyinlaridan soʻng jamoamiz bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov klub matbuot xizmati uchun oʻz taassurotlari bilan oʻrtoqlashdi.

“Tigʻiz kun boʻldi. Biz buni “dabl geym” deb ataymiz. Bir kunda ikkita oʻyinni oʻtkazish oson emas. Maydonga tushgan futbolchilarimiz 90 daqiqa mobaynida toʻliq kuch bilan oʻynadilar. Bevosita uchrashuvlarga kelsak, ikkalasi ham bir-biridan qiziqarli kechdi va har ikki bahsda ham vaziyatlar yarata oldik. Bu oddiy oʻyinlar boʻlmadi.

Avstriya jamoasi zamonaviy futbol namoyish etdi. Rostini aytsam, raqibdan bunday oʻyinni kutmagan edim, menga yoqdi. Garchi, ularga hisobda yutqazgan boʻlsak-da, oʻyin borasida koʻp jabhalarda raqibdan ustunlik qildik. Oʻzimizning klub haqida tanqidiy xulosa chiqara olmayman. Chunki safimizga yangi futbolchilar kelib qoʻshilgan va bir-birlarini tushunib olishlari uchun vaqt kerak boʻladi. Muhimi, hammasi reja asosida ketyapti va oʻyindan qoniqdim.

Ikkinchi oʻyinga kelsak, Norvegiya futboli vakili butunlay boshqacha – jismoniy kuchga tayangan holda toʻp surdi. Raqib bu jabhada ustunroq ekanligini namoyish eta oldi. Meni uchrashuvning dastlabki 20-30 daqiqasida yomon oʻynamaganimiz quvontirdi. Biz yaratmoqchi boʻlgan oʻyinni koʻrsata oldik, lekin hammasi ham oʻxshamadi. Ammo bundan fojea yasash kerak emas. Chunki boya aytganimdek, hammasi reja asosida ketmoqda. Har ikkala jamoa navbati bilan hujumlarga oʻtishdi. Toʻgʻri harakatlanib, toʻpga egalik qildik. Ha, imkoniyatlar boʻldi, ammo u qadar koʻp emas. Nazorat bellashuvlarida hisob unchalik katta ahamiyat kasb etmaydi. Asosiysi, futbolchilar bir-birini tushunib, oʻz oʻyinimizni topish ustida ishlashga kirishganlar.

Umuman olganda, biz deyarli yangi jamoa tuzmoqdamiz. Toʻgʻri, bunga hali vaqt kerak. Xullas, men bu magʻlubiyatlardan fojea yasamoqchi emasman. Qoʻrqinchli joyi yoʻq. Yuqorida aytib oʻtganimdek, ishlar reja asosida ketmoqda. Ishlashda davom etamiz. Oʻz oʻyinimizni topib boryapmiz va shu ruhda harakatni olib boramiz”.

👍 @andijonpfc

😃😃😃😃😃😃  | 😁😁😁😁
FC ANDIJON

08 Feb, 03:56

5,318

Shahrom Samiyevni tabriklaymiz !

🎊 Bugun “Andijon” jamoasining ahil oilasida quvonchli kun. Boisi, Jamoamiz aʼzosi Shahrom Samiyev oʻzining tavallud ayyomini nishonlamoqda!

🎂 24 yoshini qarshilayotgan Samiyevni tugʻilgan kuni bilan “Andijon” futbol klubining barcha aʼzolari nomidan chin qalbimizdan muborakbod etamiz.

Tavallud kuni munosabati bilan Shahromga hamma vaqt oʻylagan ezgu maqsadlari roʻyobga chiqishini, shuningdek, oilaviy tinchlik, baxt-saodat, uzoq umr, sihat salomatlik, faoliyati davomida omad yor boʻlishini tilab qolamiz.

Tavallud ayyom muborak, Shahrom!

👍 @andijonpfc

😃😃😃😃😃😃  | 😁😁😁😁
FC ANDIJON

07 Feb, 20:34

5,705

Andijon-Raufoss bellashuvidan fotogalereya📸

👍 @andijonpfc
FC ANDIJON

07 Feb, 13:02

1,113

Jamoamiz ikkinchi oʼyin uchun stadion tomon yoʼlga chiqdi📹

👍 @andijonpfc