Alisher Qodirov (@alisherqodir) के नवीनतम पोस्ट टेलीग्राम पर

Alisher Qodirov टेलीग्राम पोस्ट  

Alisher Qodirov
PhD, PD, “Milliy tiklanish" DP MK raisi

fb.com/IQAlisher

https://instagram.com/alisherqodir.k

http://twitter.com/alisherQodir

Murojaat uchun: @alisherqodirov_bot
5,205 सदस्य
646 तस्वीरें
279 वीडियो
अंतिम अपडेट 10.03.2025 22:46

समान चैनल

Daryo — LIVE
67,439 सदस्य
23.5° бурчак остида
29,732 सदस्य
67 studio
1,726 सदस्य

Alisher Qodirov द्वारा टेलीग्राम पर साझा की गई नवीनतम सामग्री

Alisher Qodirov

15 Feb, 05:10

6,254

O’zbekiston oltin fondi - yoshlar bilan uchrashuvdan xulosalarim:

- 10 yilga bormay iqtisodiyot, yoki boshqaruvning turli tarmoqlarida qaror qabul qilishga da’vogar, tafakkuri butun, fikrlashda erkin, sovet mafkuraviy qoliplari, ayniqsa, boqimanda “yordamga muhtoj”likdan qutulgan yigit-qizlarni ko’rdim. Bu xulosa faqat bu majlis emas, muntazam yoshlar bilan qilayotganim muloqotlarning ham natijasi;

- Davlat rahbari tomonidan yoshlarni ilm olishi, tadbirkorligini yo’lga qo’yishi, umuman hayotta o’rnini topishi uchun 400 mln. dollar mablag’ Milliy va Aloqabankda tashkil qilinadigan alohida loyiha ofislari orqali manzilli qo’llab-quvvatlanishi e’lon qilindi. Bu inson kapitaliga investitsiya va albatta karralarda qaytadi.

Masalan:
🇺🇿Rossiyada qora ishlardan qaytgan jizzaxlik yigit brokolli, rukkolo va salat bargi yetishtirib, ruslarga sotib 150 mln. so’m daromad qildi;

🇺🇿Loyihasi bor-u, shu vaqtgacha pul topolmagan namanganlik yigit tabiatda kapsula uylar bilan turistlarga xizmat ko’rsatmoqchi;

🇺🇿Garvardda grantga o’qishga kirgan yigitni endi Toshkentga qaytganida onasi kutib oladigan uyi bor. Bundan buyon top oliygohlarda ilmiy daraja himoya qilgan yoshlarga 800 mln. so’mgacha foizsiz ipoteka uylari beriladi;

🇺🇿Robotlar ustida ishlaydigan olim ukamning endi katta ustaxonasi va o’nlab shogirdlari bo’ladi;

🇺🇿Youtubeda muvaffaqiyatli biznes yuritayotgan toshkentlik singlimiz va marg’ilonlik ukamizning endi ishonchli investorlari bo’ladi.

… yana yuzlab startaplar, harakatlar, muvaffaqiyatga uzatilayotgan qo’llar. Intilganga nasib qilaveradi, intilmagan aybdor va bahona izlab qolib ketaveradi!

- O’zbekistonda yoshlar siyosati mamlakatning strategik taqdirini hal qiladi. Adolatni kuch bilan yaratish g’oyasiga ishonadiganlar ustunlik qilishni boshlagan bugun va tobora xavotirli bo’lib borayotgan kelajakda o’z so’ziga ega O’zbekistonni o’ziga ishonadigan avlodga ehtiyoji bo’ladi va Prezident buni juda chuqur his qilmoqda;

- yoshlar endi “shu bilan teng bo’lib o’tiramanmi” deb, yaxshini yashirib, yomonni oshirib shovqinlayotgan alamzadalarning g’alamisliklariga beetibor bo’lmoqchi emasdek… “trollar qirollari” faqat meni emas, yoshlarni ham joniga tegib ketibdi, shekilli.

- Vatanni sevish faqat erkin gapirish emas, Vatan uchun biron ish qilish, biron qiymat yaratish bilan ham o’lchanishi kerak.

Bu gaplar kimlar uchundir balandparvoz so’zlardek tuyulayotgandir, menimcha, bundaylar maqsadimiz rostdan ham baland parvoz qilish ekanligiga ishonmaydiganlar bo’lsa kerak.

Kamchiliklar va muammolar qaysi davlatda yo’q? Ular doimo bo’lgan, bor va bundan keyin ham bo’ladi. Taraqqiyot - ularni birgalikda hal qilib, ilgarilay oladigan xalqlarga nasib qiladigan natijadir!

@alisherQodir
Alisher Qodirov

13 Feb, 03:55

5,359

Millionlab oddiy odamlar fojiasiga aylangan Ukraina inqirozidan chiqarilishi shart bo’lgan xulosa: o’zimizdan boshqa hech kimga suyanmaslik, o’zligimizdan boshqa hech narsaga tayanmasligimiz kerak!

Badnafs maqsadlar – birligi yo’q xalqlarning qoni bilan sug’oriladi.

@alisherQodir
Alisher Qodirov

11 Feb, 15:16

6,228

Hukumatning 2024 yilgi Davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosi bo’yicha hisobotini eshitdik.

Qilingan ishlar juda ko’p, ularni odamlarga yetkazishda masala bor. Odamlar hayoti o’zgarayotganini sezadi, yanada yaxshirog’ini tezroq bo’lishini talab qiladi va yaxshiga tez ko’nikib, yomonni tez unutishga moyil bo’ladi.

Vazirlik-idoralarning bu masalaga e’tiborsizligi chala surishtiruv va malakasiz taxminlarga tayanib, ijtimoiy tarmoqlarda shovqin qilishdan manfaat izlaydigan ayrim soxta qahramonlarni o’ziga bo’lgan ishonchini orttirib, xalqimiz nigohida erishilayotgan ko’lamli natijalarni qadrsiz qilmoqda. Bunga yo’l qo’yilmasligi kerak!

Xalqimiz barcha axborot vositalarida, ayniqsa ijtimoiy tarmoqlarda qilingan, qilinayotgan va qilinishi rejalashtirilayotgan barcha ishlar haqida bevosita mas’ul idoralardan malakali, ochiq va tushunarli ma’lumot olib borishini muhim ekanligiga e’tibor qaratdik.

@alisherQodir
Alisher Qodirov

11 Feb, 11:31

7,256

Tashqi mehnat migratsiyasi va Yoshlar ishlari agentliklari Rossiyadagi vatandoshlarimizni ingliz, nemis, yapon va boshqa tillarni o’rganishga targ’ib qilishi kerak.

Bu uchun juda qulay dastur ishlab chiqilgan.

Qolaversa, Rossiya mehnat bozori o’zbekistonliklar uchun borgan sari noqulay, foydasiz va xavfli bo’lib bormoqda.

@alisherQodir
Alisher Qodirov

09 Feb, 09:17

6,435

Kamol et kasbkim olam uyidin,
Senga farz oʻlmagʻay gʻamnok chiqmoq,

Jahondin notamom oʻtmak biaynih,
Erur hammomdin nopok chiqmoq.



Behuda g’amga botib, umringni befoyda ishlarga ko’mib tashlama. Dunyodan mavjudliging mazmunini anglamay o’tib ketishing, hammomdan toza bo’lmay chiqib ketishga o’xshaydi.

@alisherQodir
Alisher Qodirov

08 Feb, 16:21

6,105

To’yga va to’yda pul sochayotganlar nafaqat o’zini, balki mehnati, farosati va albatta davlat ramzlarini ham beqadr qilayotgan bo’ladi. Bu uchun javobgarlik bor, lekin yetarli emasdek…

Resurslar qadrini anglash uchun inson avvalo o’z qadrini anglashi zarur.

Inson o’zgarsa jamiyat o’zgaradi!

@alisherQodir
Alisher Qodirov

01 Feb, 05:13

12,943

Yaqin tariximizda inson erkinligi, erkin fikr, iqtisodiy erkinliklar, jumladan e’tiqod erkinligi va milliy qadriyatlar tahqirlangan va taqiqlangan jamiyatda yashadik. Inson tabiatiga zid qarashlarga tayangan sovet mafkurasi o’zligimizga juda ko’p zarar yetkazdi va yetkazishda davom etmoqda: ma’rifat va jaholat, ma’naviyat va qadriyat, manfaat va qanoatni anglamaydigan, aksincha, bunday muqaddas mezonlarni tahqirlashni erkinlik deb hisoblaydigan qatlam paydo bo’ldi.

E’tiqod insonni hayvonlashib ketishdan to’xtatib turadigan qudratli mezon. Bu qudratli mezon ma’rifat, saodat va qanoat poydevorida mustahkam turishi, fitnachi johillarning g’araz maqsadlaridan zarar ko’rmasligi kerak. Qudratli davlat bu murakkab vazifasini ta’minlashga majbur.

Shu maqsad yo’lida muhim hujjat, “O’zbekistonda fuqarolarning vijdon erkinligini ta’minlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasi”ning muhokamasini boshladik.

Hujjat Oliy Majlis Qonunchilik palatasining rasmiy sahifasida muhokamaga qo’yildi.

@alisherQodir
Alisher Qodirov

30 Jan, 08:01

18,171

Intizomsizga marhamat qilib jamiyatda nizomni beqadr qilayotganimizni tushundik.

Erkin jamiyat milliy taraqqiyotning o‘zagidir. Erkinlik – farosati borlar uchun imkoniyat, farosati yo‘q notavonlar uchun zahmat olib keladi.

Tanqidlarga ochiqmiz, muloqot va muhokama vazifamiz, lekin ommaviy chiqishlarda haqorat ishlatadigan farosatida nuqsonlilarni jazolash orqali jamiyatni o‘zgarishiga hissa qo‘shmoqchimiz.

#haqoratjazolanadi

@alisherQodir
Alisher Qodirov

28 Jan, 14:34

16,181

Xorazmda yana bir kun…

Mamlakatimizning barcha viloyatlarida dunyo musulmonlari uchun muborak ziyoratgohlar juda ko’p. Ularni targ’ib qilishdan avval qiladigan ishlarimiz bor. Takliflarimizni beramiz.

Xalqimizga xos bo’lgan qanoat va tadbirli turmushni yaqqol na’munasini ko’rdik.

Qo’shko’pir tumanidagi kichik bir xonadonda dehqonchilik, chorvachilik, tovuqxona va baliqchilikni yo’lga qo’ygan oddiygina o’qituvchi Qamarjon Yoqubova va usta Bahodirjon Ibrohimovlar xonadonidagi barakadan hayratlandim.

Biz shunday xalqmiz aslida. Uyg’onishimiz biroz qiyin bo’lyapti xolos.

@alisherQodir
Alisher Qodirov

27 Jan, 16:58

13,265

Xorazmda faqat Ichan-qal’a emas, Xazoraspdagi Sulaymon qal’a va Bog’otdagi Qalajik qal’alar ham jozibali turizm mahsulotiga aylanishi mumkin.

Bog’ot tumanida yo’l ustida bir mahallaga kirib, eshik oldida turgan yoshulliga gaz istemoli bo’yicha fikrini so’radim: gazni issiqxonasidan uzganini, uyda esa qimmatga tushayotgani uchun uzishga tayyorgarlik ko’rayotganini aytdi: “…daromad xarajattan ko’p bo’lmasa kallani ishlataverish kerak, birov kelib yukingni ko’tararmidi”.

Haqiqat ham shu, xarajatlar o’zini oqlashi kerak.

@alisherQodir