أحدث المنشورات من Alisher Qodirov (@alisherqodir) على Telegram

منشورات Alisher Qodirov على Telegram  

Alisher Qodirov
PhD, PD, “Milliy tiklanish" DP MK raisi

fb.com/IQAlisher

https://instagram.com/alisherqodir.k

http://twitter.com/alisherQodir

Murojaat uchun: @alisherqodirov_bot
5,205 مشترك
646 صورة
279 فيديو
آخر تحديث 10.03.2025 22:46

قنوات مشابهة

Daryo | Rasmiy kanal
389,068 مشترك
ELTUZ
148,062 مشترك
Rasul Kusherbayev
125,029 مشترك

أحدث المحتوى الذي تم مشاركته بواسطة Alisher Qodirov على Telegram

Alisher Qodirov

27 Jan, 13:48

12,468

Bugun Xorazmda saylovchilar bilan uchrashuvlar o’tkazdik.

Kun tartibimizda turizm mavzusi bo’lgani sabab ishni uchoqni ichidan boshladik. Turizmni rivojlantirish faqat pul topish emas, o’zligimizni targ’ib qilish ham bo’lishi kerak.

“O’zbekiston havo yo’llari” nega yo’lovchilarga uch tilda xizmat qiladi?

Uchoqni 20 foizi ingliz, qolgan 75 foizi o’zbek tilini tushunadi. 5 foiz tasodiflar bo’lishi mumkin. Milliy aviakompaniya nima uchun bir uchoq odamni qo’shimcha vaqtini oladi?

Hamma joyda uchta tilda, lekin uchoqdan avariya holatida chiqish eshiklaridan foydalanish haqidagi juda muhim qo’llanma ikki: rus va ingliz tilida.

Milliy kompaniyanida biroz milliy g’urur bo’lishi kerak, davlat tili va keng qo’llaniladigan xalqaro tillardan bittasi ishlatilsa, vaqt ham tejalar edi.

Kompaniya davlat tili va vaqtga munosabatni o’zgartirishi kerak.

@alisherQodir
Alisher Qodirov

26 Jan, 13:31

12,938

Barpo etilgan dunyodagi eng yirik quyosh energiyasi ishlab chiqarish stansiyasining jami puliga biz bir mavsum uchun gaz sotib oldik…

Bu yildan boshlab stansiya uzoq yillar davomida Xitoy aholisi uchun 6 mlrd. kVt/soat elektr yetkazib beradi. Biz esa, eski narxlarga kelisha olsak, yana 1,7 mlrd. dollarga gaz sotib olamiz, aksincha ikki, hatto, uch barobar ko’proq sarf qilishimiz ham mumkin, chunki istemol uchun gazimiz yetarli emas…

Bosqichma-bosqich, gaz iste’molini kamaytirib, iste’molni elektrlashtirish kerakmasmi?

@alisherQodir
Alisher Qodirov

25 Jan, 15:46

14,555

Biz to’g’ri yo’lni topganmiz, lekin bu yo’lda ilgarilash uchun kamchiliklarimizni tan olishimiz, ularni bartaraf qilish uchun birlashishimiz kerak.

Odamlarga yoqadigan emas, o’sishimizga xalaqit berayotgan kamchiliklarimiz haqida gapirishni to’g’ri deb hisoblayman.

Men sabr qilishni o’rgandim, odamlar mulohaza qilishni o’rganadigan vaqt uzoq emas! Bundan 8-9 yil avval, hatto, muhokamani bilmas edik, hozir bilamiz, lekin mulohazada muammolarimiz bor. Trolling, bulling yoki shovqindan foyda izlaydigan bir hovuch shaxsiyati erib ketganlar, ikki og’iz fikri yo’q, lekin bir dunyo nafratga to’lalar o’zgarishlarga mutanosib zaiflashib, yo’q bo’lib ketadi, ishonchim komil.

To’g’rini topish uchun, avvalambor, muhokama kerak! Muloqot bilmaydigan olomon haqni ham, haqqini ham bosib ketaveradi, ikki yuz yildir aynan shu xatoga bo’g’ilyapmiz!

Kelajak - hisob-kitobi bor xalqlarniki! Nemislar va yaponlar qisqa davrda ikkita katta urushda mag’lub bo’ldilar, lekin 50 yil ichida dunyodagi qudratli mamlakatlarga aylandilar. Chunki muammolarini tan oldilar, to’g’ri yo’lni topdilar va bu yo’lda birgalikda harakat qildilar. Biz nafaqat, tugab borayotgan resurslarimizni, hatto qadrimizni isrof qilayotganimizni ham tan olgimiz kelmaydi.

Borimizni boshqacha ko’rsatish uchun qora mehnatda pul yig’ib, kamiga qarz qo’shib, bir soatlik to’yda sochamiz, yaqin yillarda ko’zimizga surtishga ham yetmay qolishi mumkin bo’lgan suvga mashina yuvamiz, yo’q malakani borligiga ishontirish uchun diplom sotib olib, jarrohlik, me’morlik, tarbiyachilikka da’vo qilamiz va oqibatiga aybdor izlaymiz…

Men qat’iy ishonaman, kuchli boshqaruv va odamlarning fidoiyligi davlatni qudratli qiladi! Faqatgina qudratli davlatda farovon xalq yashashi mumkin, insoniyat tarixi buni ko’p marta isbotlagan.

@alisherQodir
Alisher Qodirov

23 Jan, 17:27

51,061

Gaz qimmat resurs, 1 kub gazdan 10 ga yaqin yuqori qiymatli, eksportbop mahsulot ishlab chiqarish, xorijga sotish va uning puliga millionlab qorako’zlarimizga ish o’rni yaratish mumkin.

Tillaqatori milliardlab kub gazni uy isitish va ovqat pishirishga ishlatib yuboradigan xalqni kosasi oqarmaydi.

Elektr energiyasi ishlab chiqarishni ko’paytirib gaz o’rniga elektr energiyasi ishlatishni o’rganishimiz kerak.

Yangi quriladigan uylarda energiya manbasi sifatida faqat elektr energiyasini rag’batlantirish taklifini qo’llab-quvvatlaymiz.

Yashil energetika kelajagimiz.

@alisherQodir
Alisher Qodirov

22 Jan, 17:25

15,612

Timur Kapadzeni muvaffaqiyatiga menda shubha yo’q!

Eng to’g’ri yo’l, Timur jamoani JChga olib chiqadi, jamoani JChda o’zi boshqaradi va 2030 JChga jamoa tayyorlaydi…

Biz izlayotgan barqarorlik shu!

@alisherQodir
Alisher Qodirov

22 Jan, 07:25

14,099

R. Ermatov futbolni yaxshi tushunadi, bu yagona to’g’ri qaror edi.

Endi keyingi to’g’ri qaror kerak, milliy jamoamiz jang maydonida turibdi, eksperimentlarga vaqt yo’q. UFAni yangi murabbiy bo’yicha qarorini muhokama qilmaslik, jamoamizga yordam bo’ladi.

@alisherQodir
Alisher Qodirov

21 Jan, 05:01

12,821

“Milliy tiklanish” DP fraksiyasi qonunchilikka kiritilayotgan ayrim o’zgarishlarni ma’qulladi, jumladan:

- donorlik rag’batlantirilmoqda. Nishon, bir martalik mukofot va imtiyozlar ko’zda tutilmoqda;

- Milliy gvardiya faoliyati modernizatsiya qilinyapti. Gvardiyachilar qonunga muvofiq oldida rezina kaltakdan boshqa narsa olib yurishi mumkin emas edi. Bu kaltakni zamonaviysi avariyada eshikni ochadi, oynani sindiradi va insonga yordam berish uchun foydali bo’ladi. Endi maqsad ham, kaltak ham o’zgarishi kerak;

- Garov mulkiga nisbatan fuqaro huquqi ustuvorligi ta’minlanmoqda. Qarzni 15 foizigacha miqdorida kechiktirilishi garovni sotishga asos bo’lmaydi;

- Iste’molchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimi takomillashtirilyapti. Fuqaroga ko’rsatilmagan xizmat uchun jazo kuchaytirilmoqda. Gaz, energiya, avtomashina…;

- Mahbus kitob o’qisa va uni uqsa hamda tegishli komissiyaga imtihon topshira olsa, jazo muddati qisqaradi.

@alisherQodir
Alisher Qodirov

19 Jan, 06:03

9,669

Seni rad etganlarga ham daromad keltiradigan darajada foydali bo’lish uchun hech kimga hech narsani isbotlashga harakat qilmasdan maqsadga intilish kerak.

Atrofingda shovqin qilayotganlarni har biriga vaqt sarflasang, maqsadingga yetolmaysan”… Shu gapni aytgan inson bo’lmaganida, bugun balki APL ham Mancity ham bo’lmas edi.

Muvaffaqiyat aybdor emas, yo’l izlaydiganlarnikidir.

@alisherQodir
Alisher Qodirov

16 Jan, 15:25

9,489

Toshkentdan boshlab barcha shaharlarimizda tashqi yozuvlar, e’lonlar, ko‘rsatmalar boshqa tillarda, hatto boshqa alifbolarda yozilayotgani achinarli muammo!

O‘zbekistonda barcha tashqi yozuvlar, e’lon, ko’rsatmalar o‘zbek tilida bo‘lishi shart. Zaruratga qarab boshqa tillarda takrorlanishi mumkin.

Tayanch qadriyatimiz sifatida o’zbek tiliga munosabatimiz tubdan o’zgarishi kerak. Birinchi navbatda tadbirkorlar, mulkdorlar va boshqaruv idoralari o’zbek tiliga hurmat, qonunga itoatda namuna bo’lishlari kerak. Jamoatchilik bu masalada murosasiz bo’lishi kerak.

“Milliy tiklanish” partiyasida “Tashqi yozuvlar to‘g‘risida”gi qonun loyihasini tayyorlash ishlari boshlangan.

Urush holatida bo’lishiga qaramasdan, Rossiya dumasida so‘nggi oyda rus tili bilan bog‘liq uchinchi jiddiy, majburiyatlarga to’la qonun qabul qilinmoqda. Bu masalada o’rnak olishimiz mumkin va zarur deb o’ylayman.

@alisherQodir
Alisher Qodirov

15 Jan, 05:27

10,755

O’zbekistonda tavakkalchilikka asoslangan o’yinlarga ruxsat beradigan qonun loyihasi ikkinchi o’qishdan o’tdi.

Virtual reallik qonundagi taqiqlarni osongina oshib, sog’lom hisobni yo’qotib qo’ygan yosh-u kattani tovlamachilar oviga aylantirmoqda, huquqiy asosi bo’lmagani uchun ularni himoya qilishni ham imkoni yo’q edi.

Qonunda sohani litzenziyalash, ishtirokchilarni ro’yxatga olish, voyaga yetmaganlarga taqiq, miqdorga cheklovlar belgilash, ota-onani farzandiga taqiq so’rash huquqini berish kabi normalar bilan birga tartibni buzganlarga jazo choralari kuchaytirilmoqda. Sohaning rasmiy ishtirokchilariga mas’uliyat va majburiyat yuklash bilan birga, tovlamachilar ishi jiddiy qiyinlashadi, deb umid qilyapmiz.

Daromadni har qanday shaklini to’g’ri deb biladiganlar tarbiyada boy berilgan insonlar ekani, ularni taqiq to’xtatmasligi, ular uchun qadr yoki qadriyat bo’lmasligini yana bir bor tushundik.

Bu illat bilan chiroqni o’chirib qo’yib kurashishdan foyda yo’qligiga tashabbuskorlar ishontirishdi. Lekin biz ko’zi bor-u ko’rmaydiganlarga chiroq yorug’ligidan foyda yo’qligiga ishonishda davom etamiz.

Inson o’zgarsa jamiyat o’zgaradi.

@alisherQodir