Sun'iy intellekt bilan (Ai with) @ai_with Channel on Telegram

Sun'iy intellekt bilan (Ai with)

@ai_with


Kanalda Sun'iy intellektga oid so'nggi yangiliklardan xabardor bo'lasiz.

Kanalni kuchaytirish:
t.me/boost/Ai_with

Boshqa 3d ga oid kanallarimiz:
https://t.me/+BChUEyq0VrE3NzAy

Sun'iy intellekt bilan (Ai with) (Uzbek)

Sun'iy intellekt bilan (Ai with) kanali - bu, sun'iy intellekt sohasidagi so'nggi yangiliklardan xabardor bo'lish uchun yaratilgan Telegram kanalidir. Bu kanal orqali siz sun'iy intellekt sohasidagi eng so'nggi vaqtinchalik yangiliklardan xabardor bo'lib, so'nggi rivojlanishlardan xabarni olishingiz mumkin. Kanalga a'zo bo'lib, muhim ma'lumotlardan mahrum bo'lmang! nnAi_with kanalini kuchaytirish uchun quyidagi havolaga murojaat qiling: t.me/boost/Ai_with nnAyni paytda, boshqa sun'iy intellekt sohasiga oid 3 ta kanalimiz ham mavjud: https://t.me/+BChUEyq0VrE3NzAy

Sun'iy intellekt bilan (Ai with)

10 Mar, 10:27


Assalomu alaykum do'stlar.

Yuqoridagi kanallar orqali ham Ai ga oid so'nggi yangiliklar va foydali ma'lumotlardan habardor bo'lishingiz mumkin.

Vada qilganimdek Promt haqida qisqacha aytib o'taman.

- Sun'iy intellektdan, sizga kerakli rasm yoki savollarga javobni olishingiz uchun unga matn ko'rinishida so'rov yuborasiz. Mana shu Promt deb ataladi. Promt (so'rov) ni qanchalik aniq va batafsil yozsangiz, Sun'iy intellektdan oladigan natijangiz, ancha yaxshi va sifatli bo'ladi.

Sifatli promt yozish bo'yicha internetda juda ko'p BEPUL manbalar izlab topishingiz mumkin.

Sun'iy intellektdan to'g'ri foydalanib, ishingizning samaradorligini oshirishingiz mumkin. Hamda ishdagi bazi yechimi topilmayotgan muammolarga, Inshaallah qisqa vaqt ichida yechimini topishingiz mumkin.

Barchaga salomatlik, hamda ishingizga rivoj tilab qolaman.

Salomat bo'ling.


Bizning yangi manzil: @Ai_With

Sun'iy intellekt bilan (Ai with)

10 Mar, 08:52


#voice #TTS
VoiceBox bu Meta tomonidan yaratilgan nutq uchun generativ AI

Bir necha soniya ovoz yordamida, VoiceBox turli xil ovoz va intonatsiyalar bilan tabiiy TTS yaratishi mumkin. Ushbu misollarning ba’zilarini eshitishingiz mumkin.

@naxalov

Sun'iy intellekt bilan (Ai with)

10 Mar, 08:50


⚡️Videolarni 140 dan ortiq tillarga tarjima qilib beruvchi neyrotarmoq — Vidnoz. Dublyajni asl nusxadan ajratib bo’lmaydi! Vidnoz'da juda ko’p imkoniyatlar mavjud — u tembr va intonatsiyani saqlagan holda videoni tahrirlab, kerakli tilda subtitrlarni qo’yib beradi.

Foydalanish oson — videoni saytga yuklab, kerakli tilni tanlab, bir necha daqiqa kutish kifoya!

👉 Bepul sinab ko’rish uchun havola.

📟 DigiTech

Sun'iy intellekt bilan (Ai with)

07 Mar, 05:41


🏙O'zingizning interyer yoki ekstryer loyihangizni, Sun'iy intellekt bilan yasab ko'rishga nima deysiz?

💡Ideogram.ai - bu sayt aynan siz uchun. Agar siz Brend yoki Grafik dizayner bo'lsangiz ham, bu sayt aynan siz uchun mos keladi.

Saytni ishlatish uchun ro'yxatdan o'tish kifoya. Eng asosiysi sayt mutlaqo BEPUL. Faqat kunlik limit mavjud.

💫Oramizda o'ta ijodkor insonlar bo'lsa, o'z hayollaridagi g'oyalarni, Promt ko'rinishida yozib, natijani komentariya qismiga jo'natishligi mumkin.

💥Ideogram.ai - Saytdan yaxshiroq natija olishingiz uchun, unga aniq va to'g'ri Promt yozishingiz kifoya!

📝Promt haqida batafsilroq keyingi postlarda ma'lumot olasiz.

🚀Foydali ma'lumotlarni do'stlaringizga ulashish esingizdan chiqmasin!

🔥Bizning yangi manzil: @Ai_With

Sun'iy intellekt bilan (Ai with)

07 Mar, 05:03


🤝Assalamu alaykum aziz do'stlar. Biz o'z faoliyatimizni qayta boshladik.

🤖Vada qilganimizdek, endi asosiy e'tiborimizni Sun'iy Intellektga qaratamiz. Bizdan uzoqlashmang.

⚡️Dunyoni e'tiborini o'ziga qaratgan mavzuni birga o'rganamiz va kuzatamiz.

🚀Foydali ma'lumotlarni do'stlaringizga ulashish esingizdan chiqmasin!

🔥Bizning yangi manzil: @Ai_With

Sun'iy intellekt bilan (Ai with)

22 Jan, 05:28


Assalamu alaykum aziz do'stlar. Yaqinda nasib qilsa, sizlar uchun kanalda, yangilik qilish niyatidamiz. (Sun'iy intellekt)

Xabaringiz bor, kundan - kunga AI (artificial intelligence - Sun'iy intellekt) shiddat ila rivojlanib bormoqda. Xattoki juda ko'plab sohalarga o'z ta'sirini o'tkazishni boshlagan. Agar biz hozirdan undan to'g'ri foydalanib, o'z sohamizda, undan to'g'ri foydalana olsak, uni (AI) bizga ancha foydasi tekkan bo'lardi.

Sun'iy intellekt bilan biz - qilayotgan ishlarimizni samaradorligini oshirishimiz, biror xorijiy tillarni o'rganishimiz, ish jarayonlarimizdagi xato-kamchiliklarni to'g'irlashimiz, biror sohani mustaqil ravishda o'rganishimiz va yana ko'plab boshqa ishlarda qo'llashimiz mumkin. Bu esa albatta bizga juda manfaatli bo'ladi deb o'ylayman.

Umid qilamizki, bizning kanal Sun'iy intellekt bo'yicha faoliyatini davom ettirishni boshlaganidan so'ng, barcha do'stlarimiz bundan albatta manfaat olishadi.

Siz qanday fikrdasiz? Izohlarda fikringizni kutib qolaman.

Bizning manzil: @ai_with

Sun'iy intellekt bilan (Ai with)

18 Jan, 17:37


To'liq holatda o'qib bo'lganingizdan so'ng, albatta o'z fikr mulohazalaringizni komentariya qismida qoldirish esdan chiqmasin. Barchangizdan, qimmatli vaqtingizni ayamasdan, ushbu postlarni o'qimoqchi bo'lganingiz uchun minnatdorman👍. Inshaalloh albatta, eng kamida, oz miqdorda bo'lsa ham foyda olasiz.

Sun'iy intellekt bilan (Ai with)

18 Jan, 17:34


Mana shu joydan boshlab o'qishni boshlasangiz maqsadga muvofiq bo'ladi.

Yuqoridagi post asosan yangi va o'rta darajadagilar uchun. Osonroq tushunarli bo'lishi uchun, Juda ham maydalab, detalniy qilib tushuntirishga harakat qildim. Balkim Professionallarga bu narsalar qizu ko'rinmas, lekin bir o'qib chiqishsa balkim manfaat olishmasligi ham mumkin inshaalloh)))

Yuqoridagi postlarni yozishga va ularni tahrirlashga adashmasam 1-2 yoki 3 soat vaqt ketdi. Balkim kimgadir foydasi tegar yoki aksi. Man o'zimda va boshqa insonlarning tajribasida ko'rib kelgan hulosalarimdan kelib chiqib, hamda birozgina tajribadan foydalanib, shaxsiy kuzatuvlar asosida shularni subyektiv fikrm bilan yozdim. Barchani ishiga rivoj tilab qolaman. Yuqoridagi gaplarda imloviy belgilarda xatoliklar yoki gaplarda ko'p imlo xatolar bo'lgan bo'lsa, mazur tutasizlar.

Yana bir gap formula o'sha-o'sha:
Duo + Sabab(Tavakkal) + Sabr = Nasib qilsa inshaalloh albatta natija bo'ladi
Sizlar bilan doimgidek yaxshi narsalar tavisya qiluvchi do'stingiz: CG_3dLessons admini

Bizning manzil: CG_3dLessons

Sun'iy intellekt bilan (Ai with)

18 Jan, 17:33


3-savolning javobi:
3. Top Xatolar: (shaxsiy fikrlar hammasi + biroz miqdorda ozmi-ko'pmi tajriba)

3.1) Shoshqalolik
3.2) Faqat bir xil video darslik ko'rib, takrorlab portfolioga joylash
3.3) Izlanuvchanlik yo'qligi

3.1) Shoshqalolik - Afsuski bu holatni ko'pchiligimiz doimiy guvohi bo'lamiz. Ya'ni yaqinda ish boshlaganlar shoshqalolik qilib, portfolio qilishga tushib ketishadi va bu ularga ancha salbiy qarashlarni olib keladi. Masalan: Siz hali modeling yoki interyer ilmini boshlangich, yetarlicha o'rganmasdan turib, darhol bilgan ilmingiz bilan: biror ishni qilib portfolioga joylab keturasiz yoki portfolio deb ommaga elon qilib qo'yasiz. Lekin bu shashqolik sizga eng kotta minuslarni olib keladi (vohtinchalik). Ya'ni ommaga siz o'zingizni huddi shunaqa ishlar egasi - deb tanitib qo'yasiz.

3.2) Faqat bir xil video darslik ko'rib, takrorlab portfolioga joylash. Bu esa juda katta mavzu. Afsuski bir necha yildan beri ko'pchilik boshlang'ichlar yoki ma'lum natijaga yetganlarda, bir xil ishlarni takrorlab portfolioga yig'ib borishadi. Bu esa ish beruvchi yoki sizi ishizga qiziqmoqchi bo'lgan odamga, siz haqizda yomon signal bo'ladi. Ya'ni o'zini ishimas degan. (Adashmasam modelingda ham shu holat, ya'ni 3ddd.ru ga yuklashda bir xil videolarni ko'rib). Lekin bu narsani to'g'ri ishlatish evaziga, juda kotta plyuslarga erishish mumkin. Masalan: oramizda deyarli ko'pchikligimiz bilgan Render Camp (youtube va instagramdan topishingiz mumkin) haqida gapirsam. Siz doimigide Render Campni kuzating va uni qilgan ishini ko'rib, orqasidan takrorlang, faqat boshqa sahnani. Ya'ni hozir u sanuzel qivoti deb hisoblasak, siz Pinterest va behance yoki instaga kirsez sanuzelga refrenslar juda ko'p. SHularni orasida sifatli va nisbatan ozgina o'xshashrog'ini olib, uni sifatini Render Camp o'rgatgan ilmlar orqali, o'zingizni ishingizda qo'llang (yorug'lik, joylashish, atmosfera).

Yoki bunday qilish qo'lingizdan kelmasa, boshlanishiga 3 bosqichli ishni qiling:
1) Render Campni orqasidan ko'rganizni takrorlab qiling, 1 ga 1 bo'lsin.
2) Bir nechta ishdan keyin youtube da kam ko'rilgan, deyarli hech kimi e'tiboriga tushmagan sifatli video darsliklarni topib, ularni yuqoridagidek etilganidek qilishni boshlang, Orqasidan bir xil qilib takrorlasangiz ham bo'ladi, faqat boshlanishiga.
3) Man boshida etganimdek, boshqa refrenslar topib, olgan ilmlaringizni, endi shularda qo'llashni boshlang. Ma'lum miqdorda tajriba oshirganizdan song, internetdan tayyor planirovkalarni topib, huddi buyurtmaga ish qilganingizdek, ularga o'zingiz 0 dan idea qilib ish qilishni boshlang. Boshiga deyarli bu narsa o'xshamidi. Ko'p asabiylashasiz, ko'p vaqtingiz ketishi mumkin ehtimol. Axiri inshaalloh natijaga erishasiz. (Yoki kurs sotib olsangiz ham bo'ladi. Lekin aynan kimnidir kursi deb aytmayman)))

3.3) Izlanuvchanlik yo'qligi aslida boshqa mavzuga o'xshab ko'rinsada, lekin bu mavzuga ham aloqasi bor. Biz portfolio qilishda izlanuvchan bo'lmaganimiz uchun, qanday ishlarni portfolioga qilishni aniq bilmaymiz. Shuning uchun, ubu joyda ko'rib qolgan narsamiz ko'zimizga yoqsa, srazu refrens qilib, portfolio qilamiz (adashmasam paytida manda ham bo'lgan bo'lishi mumkun). Izlanuvchan bo'lsak hozirda aynan nimalar trend bo'layotganini, kimlar nimalar hoxlashini, so'nggi yangiliklardan kelib chiqib, aynan nimalarga ko'proq e'tibor qaratishimiz kerakligini bilib olamiz. Hamda o'zimiz yo'nalishimizdagi, Top mutaxasislarni kuzatib, hamda texnologiyalardagi so'nggi yangiliklarni birinchilardan bo'lib ishlatib, ancha o'zimizga yaxshi natija qilib olsak bo'ladi. Ya'ni deyarli hali hech kim qo'llamagan biror yangilikni o'z ishimizda ko'rsatib o'tishimiz mumkin,

Bizning manzil: CG_3dLessons

Sun'iy intellekt bilan (Ai with)

18 Jan, 17:33


2-savolning javobi:
2. Portfolio yig'ayotganda, eng asosiy muhim jihatlarga e'tibor berish kerak. Masalan: (interyer misolida)

2.1) Portfolio qilishdan oldin - aniq maqsad va rejalarni to'g'ri va mukammal qilib olish kerak. Afsuski deyarli bu holatga hech kim boshida e'tibor bermaydi va bir muncha (oy va yillardan keyin) vaqtdan keyin, nima uchun bu kerakligini tushunib yetishadi. Agar aniq reja asosida harakat qilinsa, boriladigan manzil inshaalloh aniq bo'ladi. Lekin rejasiz yo'lga (portfolio boshlagandan keyin) chiqqandan keyin, bir muddatdan so'ng afsuslanishdan narisiga o'tilasligi mumkin. Uja ancha vaqt va mehnat samarasiz ketgan bo'lish ehtimoli yuqori. Nu hammada ham bir xolat kuzatilinmaydi. Shuning uchun oldindan aniq maqsad va reja asosida, intizom ila harakat qilishni o'rganish kerak.

2.2) Ish sifati - bu mavzu yangi sohaga kirib kelayotganlarda uchraydigan muammolardan biri. Ya'ni portfolio qilishayotganda, ba'zilar o'zi qilgan ishini o'zi baholab o'z kanaliga darhol joylab yubora qoladi. Lekin bu xato. Oldin mutaxasislar yig'ilgan yoki boshqa insonlarga har bir qilingan ishlarni ko'rsatishdan tortinish kerak emas. Lekin ko'rsatishdan oldin, o'zingiz har bir jihatini (ya'ni bazi narsalar real hayotga mos kemidi, ba'zi narsalar qurilish qoidalarini qopol buzgan bo'ladi, bazilari e'tiborsizlik oqibatida xatolar ko'rinmi ketgan bo'ladi) sinchikovlik bilan tekshirsangiz maqsadga muvofiq bo'ladi. Undan keyin kattalardan Feedback olib, ishingizni to'g'irlab, bemalol portfolioga joylashingiz mumkin

2.3) Maqsadli auditoriyaga mos portfolio qilish - Siz interyer dizaynerligizni unutib ora-orada boshqacha (eksteryer yoki modeling) yo'nalish bo'yicha ham portfolio qilishiz mumkin. Bu narsa sizi maqsadli auditoriya toplashda, ma'lum miqdorda qiyinchiliklarga duch kelishizga sabab bo'ladi. (aytishingiz mumkin buni ham foydasi bor db, - tog'ri foydasi tegadi, lekin doim hammaga ham emas)

2.4) Intizom - agar siz doimiy portfolio ustida ishlab, doimiy uni kengaytirib borsangiz, siz ham auditoriyaga ham mijozlarga ega bo'la olasiz.

2.5) Feedback (qilgan ishingizga boshqalar tomonidan etilgan fikr mulohazalar) bilan ishlashga alohida urg'u berishni o'rganish kerak. Ustozlar sizga aniq va tushunarli qilib bergan feedback lar bo'yicha ishlansa, bir oz muddatdan so'ng (ya'ni tajribez oshganida) to'g'ri ish qilganizga o'zingiz guvoh bo'lasiz. Yoki qaysarli qilib, feedback larga bee'tiborsizlik qilib, ularni e'tiborga olmasangiz, bu faqat portfolioni sizga minusga ishlashiga sabab bo'ladi holos.

Bizning manzil: CG_3dLessons

Sun'iy intellekt bilan (Ai with)

18 Jan, 17:33


1.2) Endi qo'shimcha mavzu bu interyer dizayn.

1.2.1) Interyer dizaynerlar uchun platformalar juda ko'p. Masalan: Ko'pchilik bilgan eng yaxshilaridan: Behance, Instagram, 3ddd ru, Pinterest va boshqalar. (ko'p platformalar mavjud, man qisqaroq qilib, aytib o'tib ketmoqdaman) Instagram o'zilar bilganingizdek shunchaki super Platforma. U yerda portfolioni yig'ish uchun ham foydalansa bo'ladi, ham o'zini ishini ommaga tanitish uchun ham foydalansa bo'ladi. U yerda kichik bir keys bor. (buni balkim barcha bilishi mumkin yoki aksi). Qilgan ishlaringizni profilingizga joylaganingizdan so'ng, faqat eng mashhur dizayner yoki qaysidir onlayn o'quv markazini belgilab qo'yish bilan kifoyalanib qolasiz. Bu mening fikrimcha sal noto'g'ri. U yerda juda ko'p TOP ishlarni jamlab keladigan, o'zining: 100K+, 200K+, 500K+ va 1M+ obunachisiga ega profillar bor. Ularga o'zingizni ishingizni yuborib yoki ularni belgilash orqali, ishingizni ularning kanaliga bepul qo'ydirishingiz mumkin, Inshaalloh shu orqali ham qanchadir miqdor auditoriyaga ega bo'lish mumkin.

1.2.2) OLX - Asabi toshdan bo'lgan do'stlarimizga ushbu platformani tavsiya qilaman. Lekin ko'p gap aytmiman. Tajriba yaxshigina bo'lsa ham))
(o'zimda bo'lgan qiziq holat: Instagram profil yurgazadigan, Qozog'istonlik dizaynerlar bilan ishlaganman. Ularga savol bergandim. Mani qattan toptila deb so'raganimda OLX dan topdik - deb javob berishgan)) Asosiy suhbatimiz telegramda bo'lgan)

1.2.3) Behance - bu shunchaki premium klasdegi platformalarda biri desam adashmagan bo'laman. Sifatli va jozibali kamyob nusxada interyer uchun refrens izlaganlarga, shunchaki super platforma. Behanceda ancha gap kotta. U yerda asosan kompaniyalarga va hamda Instagramdek Top dizaynerlarga duch kelish mumkin. Bu yerda sifatli qilingan ishingiz bilan yaxshigina maqsadli auditoriyaga erishish mumkin. Undan tashqari ish bo'limida doimiy ravishda yangi ishlar chiqib turadi. (Adashmasam 2021 oxiri yoki 2022 boshlarida katta kompaniya bilan yaxshigina kelishuv imzolanvotganimizda, bizdagi tajriba kerakli miqdorda yetarli bo'lmagani uchun bekor qilingandi tuzilayotgan kelishuv. U paytda hali bizada tajriba juda kamidi. Boshiga test rejimida adashmasam 500+ kv atrofida proekt bervotudi. (9-10$ atrofida to'g'ri eslagan bo'lsam) Hammasi Allohdan. Rizqimiz qo'shilmaganakan.

1.2.4) 3DDD.ru - bu haqida ko'p tohtalishga hojat yoq) Oramizda yoki tanishlarimiz orasida, sifatli ishlarni joylab, bu joydan yaxshigina zakaz olib ishlab yurgan bo'lsa kerak). Ma'lumot o'rnida interyer dizaynerlar uchun portfolio jamlashga va uni to'g'ri ishlatib buyurtma olish yaxshigina joy desak maqsadga muvofiq bo'lardi,

1.2.5) Telegram - Maxsus interyer dizaynerlar uchun, Rus va boshqa millatga mansub auditoriyaga ega, guruh va kanallar bor. Bazilariga portflio va xizmatiz haqida ma'lumot yozasiz, bazisiga qilingan ishlardan tashab borasiz. Bu joydan o'zimiz ham zakazga ish olib ishlaganmiz) Lekin mashenikka duch keganmiz) Nu rizqimiz ekan ammallab pulimizni oganmiz)) Lekin insoflilar ham borligiga ishonchim komil)

Bu ro'yxatni davom ettisam juda uzun bop ketadi. Ha aytgancha UpWork va Fiver ham yaxshigina daromad manbai. Ular bo'yicha hayotiy ko'nikmalar bor, boshqalar misolida ham)

Bizning manzil: CG_3dLessons