Abituriyent (BMBA) | Rasmiy xabarlar @abiturinfo Channel on Telegram

Abituriyent (BMBA) | Rasmiy xabarlar

@abiturinfo


📚 @ABITURINFO - Абитуриент ва талабалар ахборот хизмати

☑️ Биз сизга тақдим этамиз:

🆕 Абитуриент янгиликлари
🗂 Тест саволлари
📝 Мақолалар
📺 Видеолавҳалар
📷 ️Фотолавҳалар

Abituriyent (BMBA) | Rasmiy xabarlar (Uzbek)

@ABITURINFO - Abiturient va talabalar axborot xizmatinnSizning abituriyentlik kunlaringiz emasmi? Siz uchun eng yangi va foydali xizmatni taklif etamiz - @ABITURINFO kanali! Bu kanalda siz abituriyentlar uchun eng aktual maqolalar, yangiliklar, test savollari, videolavhalar va fotolavhalar bilan ta’minlanadi. Sizga o’qish va o’rganishda yordam berish uchun, bizning kanalda qiziqarli va foydali materiallar mavjud.nnMaqolalar qo’shimcha bilimlar va so’nggi yangiliklar bilan to’ldirilgan. Uchta test savoli kuniga beriladi, har biri foydali bo’lishi kafolatlangan. Videolavhalar va fotolavhalar orqali, ta’limning ko’rsatilishi qulay bo’ladi.nnDemak, agar siz o’z o’qish yo’lingizni boshlashda yordam kerak bo’lsa, @ABITURINFO kanaliga a’zo bo’ling va eng so’nggi yangiliklardan xabardor bo’ling!

Abituriyent (BMBA) | Rasmiy xabarlar

21 Aug, 03:29


⚡️SAGA O‘QUV MARKAZIDA YANGI O‘QUV YILI UCHUN QABUL BOSHLANDI...

SAGA o‘quv markazi YANGI O‘QUV YILIGA BARCHA FAN YO‘NALISHLARI BO‘YICHA QABULNI boshladi. Bunda abituriyent va barcha yosh toifasidagi o‘quvchilar yangi noldan boshlanadigan guruhlarga, tayyorgarligi borlar esa o‘zlariga mos guruhlarga qabul qilinadi.

Nima uchun aynan SAGA o‘quv markaziga kelib o‘qishingiz kerak? Biz sizga quyidagi 6 ta sababni keltirib o‘tamiz:

➡️ 1. Markazimiz Angor tumanidagi eng ko‘p xalqaro va milliy sertifikatga ega o‘qituvchilar jamoasiga ega;
➡️ 2. To‘rt yillik tajriba va barqaror faoliyat;
➡️ 3. Har yili abituriyentlarimizning 85% dan ortig‘i talabalik baxtiga erishib kelayotganligi;
➡️ 4. Natijaga tezroq chiqish: o‘quvchilarning cefr, ielts va milliy sertifikatlarga nisbatan tezroq erishayotganligi;
➡️ 5. Doimiy ravishda DTM standartiga test va Mock imtihonlarining olinishi;
➡️ 6. Markazimizning qulay joylashuvi, yaxshi muhit va sharoitning mavjudligi.

Shoshiling: O‘z tengdoshlaringizdan orqada qolib ketmay, kurslarimizga ro‘yxatdan o‘ting.

⌛️ Kurslarimizga ro‘yxatdan o‘tish uchun o‘quv markazi qabulxonasiga murojaat qiling yoki quyidagi raqamlarga bog‘laning:

☎️ +998948960090
☎️ +998990632020

SAGA o‘quv markazidagi kurslarga onlayn ro‘yxatdan o‘tish uchun ➡️ MANA BU YERNI bosing.

📍Manzil: Surxondaryo viloyati Angor tumani Navro'z mahallasi At-Termiziy ko'chasi 29-uy, "SAGA" o‘quv markazi.

📍Mo'ljal: Angor tumani 1-sonli bog‘cha yoni (Marks chorrahasi).

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib
boring
: 💬Telegram |  📹Instagram

Abituriyent (BMBA) | Rasmiy xabarlar

10 Jun, 10:34


⚡️Bugun @test_mandat_bot da original BMBA standartidagi asosiy blok INGLIZ TILI fanidan test boʻlib oʻtadi

Bizning telegram BOT orqali muntazam original BMBA (sobiq DTM) standartidagi testlar oʻtkazish yoʻlga qoʻyildi.

Mazkur botga kirib bugun, 10-iyun kuni asosiy blok INGLIZ TILI fanidan oʻz bilimingizni sinab koʻrishingiz mumkin boʻladi.

BOT MANZILI:

➡️ @test_mandat_bot
➡️ @test_mandat_bot
➡️ @test_mandat_bot

Shuningdek, @test_mandat_bot orqali:

📊 Oʻtgan yilgi oʻtish ballari;
🧰 Yoʻnalishlar boʻyicha oʻtish ballari;
🏛 OTM yoʻnalishlari roʻyxati.

❗️ENG ASOSIYSI, BALLARGA MOS UNIVERSITETLAR ROʻYXATINI BILISH MUMKIN.  (Siz kerakli ballni kiritsangiz kifoya bot sizga aynan oʻsha balga mos OTM ni taklif qiladi)

Barchasi ushbu yagona botda, foydalanish oson, sinab koʻring!

➡️ @test_mandat_bot
➡️ @test_mandat_bot
➡️ @test_mandat_bot

P.S.: Xabarni barcha oʻquvchi, abituriyent va oʻqituvchilarga yuboring, keyingi test asosiy blok BIOLOGIYA fanidan boʻlib oʻtadi.

Abituriyent (BMBA) | Rasmiy xabarlar

09 Jun, 04:50


⚡️Bugun @test_mandat_bot da original BMBA standartidagi asosiy blok MATEMATIKA fanidan test boʻlib oʻtadi

Bizning telegram BOT orqali muntazam original BMBA (sobiq DTM) standartidagi testlar oʻtkazish yoʻlga qoʻyildi.

Mazkur botga kirib bugun, 9-iyun kuni soat 23:59 ga qadar asosiy blok MATEMATIKA fanidan oʻz bilimingizni sinab koʻrishingiz mumkin boʻladi.

BOT MANZILI:

➡️ @test_mandat_bot
➡️ @test_mandat_bot
➡️ @test_mandat_bot

Shuningdek, @test_mandat_bot orqali:

📊 Oʻtgan yilgi oʻtish ballari;
🧰 Yoʻnalishlar boʻyicha oʻtish ballari;
🏛 OTM yoʻnalishlari roʻyxati.

❗️ENG ASOSIYSI, BALLARGA MOS UNIVERSITETLAR ROʻYXATINI BILISH MUMKIN.  (Siz kerakli ballni kiritsangiz kifoya bot sizga aynan oʻsha balga mos OTM ni taklif qiladi)

Barchasi ushbu yagona botda, foydalanish oson, sinab koʻring!

➡️ @test_mandat_bot
➡️ @test_mandat_bot
➡️ @test_mandat_bot

P.S.: Xabarni barcha oʻquvchi, abituriyent va oʻqituvchilarga yuboring, keyingi test ertaga, 9-iyun kuni asosiy blok MATEMATIKA fanidan boʻlib oʻtadi.

Abituriyent (BMBA) | Rasmiy xabarlar

08 Jun, 03:29


⚡️Bugun @test_mandat_bot da original BMBA standartidagi majburiy blokdan test boʻlib oʻtadi

Bizning telegram BOT orqali muntazam original BMBA (sobiq DTM) standartidagi testlar oʻtkazish yoʻlga qoʻyildi.

Mazkur botga kirib bugun, 8-iyun kuni soat 23:59 ga qadar MAJBURIY BLOKLAR (ona tili, matematika va Oʻzbekiston tarixi) dan oʻz bilimingizni sinab koʻrishingiz mumkin boʻladi.

BOT MANZILI:

➡️ @test_mandat_bot
➡️ @test_mandat_bot
➡️ @test_mandat_bot

Shuningdek, @test_mandat_bot orqali:

📊 Oʻtgan yilgi oʻtish ballari;
🧰 Yoʻnalishlar boʻyicha oʻtish ballari;
🏛 OTM yoʻnalishlari roʻyxati.

❗️ENG ASOSIYSI, BALLARGA MOS UNIVERSITETLAR ROʻYXATINI BILISH MUMKIN.  (Siz kerakli ballni kiritsangiz kifoya bot sizga aynan oʻsha balga mos OTM ni taklif qiladi)

Barchasi ushbu yagona botda, foydalanish oson, sinab koʻring!

➡️ @test_mandat_bot
➡️ @test_mandat_bot
➡️ @test_mandat_bot

P.S.: Xabarni barcha oʻquvchi, abituriyent va oʻqituvchilarga yuboring, keyingi test ertaga, 9-iyun kuni asosiy blok MATEMATIKA fanidan boʻlib oʻtadi.

Abituriyent (BMBA) | Rasmiy xabarlar

05 Jun, 04:06


#Qabul2024 #Abituriyent2024
⚡️ 2024-2025-o‘quv yili uchun abituriyentlarni ro‘yxatga olish boshlandi

2024-2025-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi.

📱 Abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish my.uzbmb.uz saytining “Oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul” bo‘limi orqali amalga oshirilmoqda.

📆 Ro‘yxatga olish 2024-yil 5-iyundan 25-iyunga qadar (shu kunlari ham) amalga oshiriladi.

📹 Yuqoridagi videoqo‘llanma orqali ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha to‘liq ma’lumotga ega bo‘lish mumkin.

▶️ Youtube orqali ko‘rish (HD formatda)

➡️💬@ABITURINFO | Abituriyent axborot xizmatining telegram kanaliga ulanish uchun bosing 👇👇👇

https://t.me/joinchat/AAAAAFL6Lhk71hff8Z1m5Q

Abituriyent (BMBA) | Rasmiy xabarlar

30 May, 06:08


#Rasman
⚡️2024-2025-o‘quv yili uchun abituriyentlarni ro‘yxatga olish 5-iyundan boshlanadi

📌 2024-2025-o‘quv yilidan boshlab davlat oliy va professional ta’lim muassasalariga (kasb-hunar maktabi bundan mustasno) qabul qilish bo‘yicha imtihonlar “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq bir vaqtda o‘tkaziladi.

📝 Bunda abituriyentlar o‘z tanloviga ko‘ra test sinovi natijasida to‘plagan balidan kelib chiqib, dastlab oliy ta’limning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga, so‘ng professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tanlovda ishtirok etadi.

📆 Oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha kirish imtihonlari iyul-avgust oylarida o‘tkaziladi.

Davlat oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga qabul jarayoni quyidagi 2 bosqichda amalga oshiriladi:

1️⃣-bosqichda abituriyentlar har yili 5-iyundan 25-iyunga qadar test sinovi topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tadi hamda test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini hamda kirish imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘lsa, ushbu imtihonni topshiradigan davlat OTMni tanlaydi.

2️⃣-bosqichda abituriyentlar test sinovlari to‘liq yakunlanganidan so‘ng 15 kun davomida oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlaydilar.

🖥 Kollej va texnikumlarda o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar kollej va (yoki) texnikumni, kasb va mutaxassislikni hamda ta’lim shaklini OTMlariga qabulning yakuniy natijasi e’lon qilinganidan so‘ng 10 kun muddatda tanlaydi.

➡️💬@ABITURINFO | Abituriyent axborot xizmatining telegram kanaliga ulanish uchun bosing 👇👇👇

https://t.me/joinchat/AAAAAFL6Lhk71hff8Z1m5Q

Abituriyent (BMBA) | Rasmiy xabarlar

25 May, 05:46


⚡️Qabul 5-iyundan boshlanadi!!!

2024/2025 o‘quv yilidan boshlab davlat oliy va professional ta’lim muassasalariga (kasb-hunar maktabi bundan mustasno) qabul qilish bo‘yicha imtihonlar “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq bir vaqtda o‘tkazilishi belgilansin. Bunda:

a) abituriyentlar o‘z tanloviga ko‘ra test sinovi natijasida to‘plagan balidan kelib chiqib, dastlab oliy ta’limning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga, so‘ng professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tanlovda ishtirok etadi;

b) davlat oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga qabul jarayoni quyidagi ikki bosqichda amalga oshiriladi:

birinchi bosqichda abituriyentlar har yili 5-iyundan 25-iyunga qadar (25-iyun kuni ham) test sinovi topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tadi hamda test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini hamda kirish imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘lsa, ushbu imtihonni topshiradigan davlat oliy ta’lim muassasasini tanlaydi. Bunda bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha yagona kasbiy (ijodiy) imtihonlar dasturlari va baholash mezonlari tegishli vazirliklar (idoralar) tomonidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi;

o‘qishga qabul qilish bo‘yicha kirish imtihonlari iyul–avgust oylarida o‘tkaziladi;

ikkinchi bosqichda abituriyentlar test sinovlari to‘liq yakunlanganidan so‘ng 15 kun davomida oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlaydi.

➡️💬@ABITURINFO | Abituriyent axborot xizmatining telegram kanaliga ulanish uchun bosing 👇👇👇

https://t.me/joinchat/AAAAAFL6Lhk71hff8Z1m5Q

Abituriyent (BMBA) | Rasmiy xabarlar

24 May, 04:26


⚡️Matematika hamda rus tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat natijalari e’lon qilindi

📝 2024-yil 28-aprel kuni o‘tkazilgan matematika hamda rus tili va adabiyot fanlari bo‘yicha milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi.

📱 Talabgorlar o‘z natijalarini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limi orqali bilishlari va sertifikatni elektron tarzda yuklab olishlari mumkin.

Test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblangan bo‘lib, talabgorlarga to‘plagan bali asosida quyidagicha sertifikat taqdim etiladi:

🔹 70 balldan yuqori ball — A+ daraja;
🔹 65 - 69,9 ball — A daraja;
🔹 60 - 64,9 ball — B+ daraja;
🔹 55 - 59,9 ball — B daraja;
🔹 50 - 54,9 ball — C+ daraja;
🔹 46 - 49,9 ball — C daraja.

Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarning bakalavriatiga kirish test sinovlarida quyidagi tartibda ball beriladi:

🔸 A+, A darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan maksimal ball;
🔸B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan proporsional ball;
🔸 A+, A, B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli majburiy fandan maksimal ball.

Imtihon natijalarining statistik tahlili Agentlikning rasmiy veb-saytiga joylashtirildi.

➡️💬@ABITURINFO | Abituriyent axborot xizmatining telegram kanaliga ulanish uchun bosing 👇👇👇

https://t.me/joinchat/AAAAAFL6Lhk71hff8Z1m5Q

Abituriyent (BMBA) | Rasmiy xabarlar

22 May, 04:15


⚡️ Kimyo va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

📆
2024-yil 26-may (yakshanba) kuni bo‘lib o‘tadigan kimyo va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi.

📱 Test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limidan olishlari mumkin.

📌 Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.

❗️ Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida 1-smenada 07:30 dan boshlab (test sinovi 09:00 da), 2-smenada 12:30 dan boshlab (test sinovi 14:00 da) kiritiladi.

❗️Test sinoviga kechikkan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.

➡️💬@ABITURINFO | Abituriyent axborot xizmatining telegram kanaliga ulanish uchun bosing 👇👇👇

https://t.me/joinchat/AAAAAFL6Lhk71hff8Z1m5Q

Abituriyent (BMBA) | Rasmiy xabarlar

04 Nov, 03:51


Ўқувчилар бир йилда 365 куннинг 190 кунини ўқишда, 175 кунини дам олишда ўтказиб юборяпти

Баъзида мактаб ўқувчилари дарсга боришдан бош тортиб, турли баҳоналар ўйлаб топади. Одатда улар ўқишдан чарчаганликларини айтиб, “таътил” сўзини эшитиши билан қувончдан “дўпписини осмонга отади.”

Чунки кўпчилик одамлар мактаб ўқувчилари тўққиз ой тинимсиз ўқиб, атиги уч ой дам олади, деб ўйлашади.

QALAMPIR.UZ эса Ўзбекистонда мактаб ўқувчилари аслида неча кун ўқиши ва неча кун дам олишини ҳисоблаб чиқди.

Унга кўра, 2021-2022 ўқув йили мобайнида мактаб ўқувчилари жами 175 кун дам олишган.

Бу эса йилнинг қарийб ярмини ўқувчилар дам олиш билан ўтқазганликларини англатади.

Бу маълумот қаердан келди деган саволга, биз қуйидаги дам олинган ва таътил кунлари ҳисоб-кииобини келтиришимиз мумкин:

🔰Ёзги уч ойлик таътил- 92 кун;
🔰Дарслар 3 сентябрь эмас 6 сентябрдан бошланганини ҳисобга олсак, сентябрь ойида – 5 кун;
🔰Ўқитувчи ва мураббийлар куни муносабати билан 1 октябрь куни– 1 кун;
🔰Ўқув йилининг II чораги тугаши муносабати билан 4-9 ноябрь кунлари таътил кунлари – 6 кун;
🔰8 декабрь Конституция қабул қилинган кун муносабатига – 1 кун;
🔰Ўқув йилининг II чораги тугаши ва Янги йил байрами учун 28 дееабрдан 24 январгача – 28 кун;
🔰8 март Халқаро хотин-қизлар куни муносабати билан – 1 кун;
🔰Ўқув йилининг III чораги тугаши ва Наврўз байрами муносабати билан 21-26 март кунлари – 6 кун;
🔰Рамазон ҳайити кунини нишонлаш учун 3 май куни – 1 кун;
🔰9 май Хотира ва қадрлаш куни муносабати билан – 1 кун;
🔰Ўқувчиларга якшанба куни дарс ўтилмаслигини ҳисобга олсак 2021 йил сентябрь ойидан 2022 йил май ойигача жами якшанба кунлари сони – 33 кун.

Юқоридаги ҳисоб-китоблар кўпчиликни ҳайратга солган бўлиши аниқ.

1 йилда 365 кундан иборат эканлигини инобатга олсак, мактаб ўқувчилари йил давомида атиги 190 кун таълим олишган. Бу эса бор-йўғи олти ойдан бироз кўпроқни ташкил қилади.

Бошланғич синф ўқувчилари учун бу таълим муддати етарли бўлиши мумкин. Лекин, юқори синф ўқувчиларига бу муддат кераклигича билим олиш учун етармикан?

Айниқса, Олий таьлим муассасаларига кириш учун тайёргарлик кўраётган битирувчи синф ўқувчилари учун.

Маълумот учун, жорий йилда олий таълим муассасаларида ўқиш учун имтиҳон топширган абитуриентларнинг ярмидан ортиғи ўтиш балининг энг қуйи чегараси – 56 баллни ҳам тўплай олмаганди.

Буни гарчи уларнинг ҳаммаси бу йилги мактаб битирувчиси эмаслигини айтиб ўзини оқлаб чиққан бўлса ҳам, 56 баллдан паст тўплаганларнинг барчаси қачондир мактабни битиргани ҳеч ким учун сир эмас.

“Барчани эътиборини қаратган асосий кўрсаткич, яъни ўтиш баллини тўплай олмаган 514 624 нафар абитуриент ичида жорий йил мактаб битирувчилари салмоғига эътибор қаратсак. Улар ичида 108 минг нафар абитуриент жорий йил битирувчилари ҳисобланади, яъни ҳар беш нафардан бири”,- дейилган вазирлик хабарида.


👉 @ABITURINFO | Абитуриент ахборот хизматининг телеграм каналига уланиш учун 👇👇👇

https://t.me/joinchat/AAAAAFL6Lhk71hff8Z1m5Q

Abituriyent (BMBA) | Rasmiy xabarlar

27 Sep, 08:43


9-синфни битириб тиббиёт академиясига грантга кирган, бироқ ўқишга қабул қилинмаган 16 ёшли қиз ҳикояси

Ўрта мактабнинг 11 синфи ёки академик лицейни битирмасдан ДТМ имтиҳонига қатнашиш мумкин эмас. Аммо қизиғи, ДТМ базаси 16 ёшли Нафисанинг 9-синф шаҳодатномасини қабул қилган ва у Тошкент тиббиёт академиясига давлат гранти асосида ўқишга кирган.


Нафиса Равшанова Kun.uz’га имконсиздек кўринган ишлар қанчалик имконли экани, нейрохирургия ва генетикага оид орзулари ва қисқа муддатда балли энг юқори «юрадиган» тиббиёт олийгоҳига кириш йўли ҳақида сўзлаб берди.

Батафсил қуйида ўқишингиз мумкин.


👉 @ABITURINFO | Абитуриент ахборот хизматининг телеграм каналига уланиш учун 👇👇👇

https://t.me/joinchat/AAAAAFL6Lhk71hff8Z1m5Q

Abituriyent (BMBA) | Rasmiy xabarlar

27 Sep, 03:44


Олий таълим муассасаларининг умумий рейтинги

Энг юқори натижа қайд этган ОТМлар:

🔹 "Тошкент ирригация ва қишлоқ хўжалигини механизациялаш муҳандислари институти" Миллий тадқиқот университети
🔹 Ўзбекистон миллий университети
🔹 Тошкент молия институти
🔹 Самарқанд давлат университети
🔹 Навоий давлат кончилик институти

Энг қуйи натижа қайд этган ОТМлар:

♦️Термиз муҳандислик технология институти
♦️Ўзбек миллий мусиқа санъати институти
♦️Фарғона жамоат саломатлиги тиббиёт институти
♦️Термиз агротехнологиялар ва инновацион ривожланиш институти
♦️Қарши давлат университетининг педагогика институти


👉 @ABITURINFO | Абитуриент ахборот хизматининг телеграм каналига уланиш учун 👇👇👇

https://t.me/joinchat/AAAAAFL6Lhk71hff8Z1m5Q

Abituriyent (BMBA) | Rasmiy xabarlar

26 Sep, 04:52


​#Диққат_эълон
Таълим соҳасида ечимини кутаётган масалаларни ўрганган ҳолда жойида, тезкор ҳал этиш мақсадида фуқаролар оммавий қабули ўтказилади

Хабарингиз бор, Давлатимиз раҳбарининг ташаббуси билан фуқаролар муаммолари билан ишлаш тизимини самарали ташкил этиш, таълим соҳасида ечимини кутаётган масалаларни ўрганган ҳолда жойида, тезкор ҳал этиш мақсадида Халқ қабулхоналари, вазирлик, идора ҳамда маҳаллий ҳокимликлар раҳбарлари иштирокида оммавий қабуллар ўтказилмоқда.

2022 йилнинг 27 сентябрь куни соат 10:00 да Ўзбекистон Миллий университети боғи ҳудудида мазкур турдаги навбатдаги фуқаролар қабули бошланади. Унда Вазирлар Маҳкамаси ҳамда таълим тизимига доир қатор вазирлик ва ташкилотлар мутассадди вакилларининг иштирок этиши режалаштирилган.

🏫Манзил: Тошкент шаҳри, Олмазор тумани Талабалар шаҳарчаси.


👉 @ABITURINFO | Абитуриент ахборот хизматининг телеграм каналига уланиш учун 👇👇👇

https://t.me/joinchat/AAAAAFL6Lhk71hff8Z1m5Q

Abituriyent (BMBA) | Rasmiy xabarlar

25 Sep, 14:45


#ибрат
Ҳар бир идорада шунақа ходимлар бўлади...

Менимча ҳар бир таълим муассасасида ҳам бор.


👉 @ABITURINFO | Абитуриент ахборот хизматининг телеграм каналига уланиш учун 👇👇👇

https://t.me/joinchat/AAAAAFL6Lhk71hff8Z1m5Q

Abituriyent (BMBA) | Rasmiy xabarlar

12 Sep, 17:03


5 йил педагоглик стажига эга ўқитувчилар қабули ҳақида

Аввал хабар берганимиздек, Давлат қабул комиссиясининг 1-сон баёни билан 2022-2023-ўқув йилида умумтаълим муассасаларида фаолият юритаётган ва олий педагогик маълумотга эга бўлмаган ҳамда камида 5 йил педагоглик стажига эга бўлган ўқитувчилар педагогика ОТМларида бакалавриатнинг сиртқи таълим шаклига тўлов-контракт асосида қабул қилиниши белгиланган.

Унга кўра камида 5 йил педагоглик стажига эга бўлган ўқитувчилар учун 14 та педагогика ОТМларида жами 1000 та мақсадли квота ажратилган.

Бу қабул қандай бўлиши ҳақида мана бу ерда батафсил тушунтирган эдим. Бунда энг асосий жойи шундаки, ушбу мингта квота ўқишга кира олмаган педагоглар учун. Агар ўзининг кучи билан ўқишга кирганлар бўлса, улар ўша кирган ОТМда ўқийверади.

Кўпчилик ўқитувчилар ушбу масалада мурожаат қилиб, биздан ҳеч ким ҳеч нарса сўрамаяпти, мана шу мингта квотага қабул қачон бўлади, деб сўрашмоқда.

Шу сабабли яна бир марта қисқа тушунтиришга ҳаракат қиламан. Демак, ушбу қабул қуйидагича ташкил этилади:

➡️ 5 йил стажга эга ўқитувчилар ҳеч қаерга ҳужжат топшириши ёки ариза бериши шарт эмас;
➡️ Халқ таълими вазирлиги 5 йил стажга эга педагоглар рўйхатини шакллантирган. ДТМдан ўша рўйхат асосида ўқишга кира олмаган ўқитувчилар неча балл олганининг маълумотини олишган. Ҳозир энди ушбу маълумотларни саралаш ва яна бир марта текшириш жараёни кетмоқда;
➡️ Йиқилган ўқитувчилар мақсадли квота доирасида баллар кетма-кетлигида ўқишга тавсия қилинади. Яъни жайдари тилда айтганда, ўқишдан йиқилган ўқитувчилар орасида энг кўп балл олган 1 минг нафар 5 йил стажли педагоглар қўшимча квотага ўқишга қабул қилинади.

Яна қайтараман, бу жараёнлар тугагунга қадар ўқитувчилар ҳеч қаерга ҳужжат топшириши, кимларнингдир эшигида сарғайиши, кимлардандир илтимос қилиб ялиниши шарт эмас. Барчасини Халқ таълим вазирлиги ва Давлат тест марказининг ўзи қилади.

Жавоблар қачон аниқ бўлади?

Кимлар кирганининг жавоблари сентябрь ойининг охири - октябрь ойининг бошларида чиқиб қолса керак. Ушбу мингта квота фақат сиртқи таълим шакли учун берилишини ҳисобга олсак, бу ҳеч қандай муаммо туғдирмайди. Сиртқидагиларнинг ўқиши бошлангунча жавоблар албатта эълон қилинади.


👉 @ABITURINFO | Абитуриент ахборот хизматининг телеграм каналига уланиш учун 👇👇👇

https://t.me/joinchat/AAAAAFL6Lhk71hff8Z1m5Q

Abituriyent (BMBA) | Rasmiy xabarlar

11 Sep, 04:15


​​Хитойда ўқувчиларга уларнинг таълим олиши учун ота-оналари қандай оғир ишлар қилиши кўрсатилар экан

Буни "Жуда самарали усул",- деб ёзмоқда Девонайи Ҳақгўй телеграм канали:

"Шунингдек, яҳудлар ҳам фарзандларига бутун умр қавмлари қандай хорликларга учраганини айтиб беришар экан.

Биз ҳам ўтган тарих мобайнида жоҳиллигимиз, илмсизлигимиз, тарқоқлигимиз ва фитналарга учганимиз сабаб жуда кўплаб хорлик ва зулмга учрадик. Хусусан, мўғул ва рус босқинчиларининг биз туркийларга қилган адоқсиз зулмларини фарзандларимизга кўп-кўп эслатиб туришимиз керак. Токи улар билишсинки, илмсизликнинг бадали мана шундай азобли бўлади! Токи улар билишсинки, бундан буёғига хато қилишга ҳаққимиз йўқ!"


👉 @ABITURINFO | Абитуриент ахборот хизматининг телеграм каналига уланиш учун 👇👇👇

https://t.me/joinchat/AAAAAFL6Lhk71hff8Z1m5Q

Abituriyent (BMBA) | Rasmiy xabarlar

10 Sep, 14:32


❗️Таълим кредити олиш учун talim-krediti.uz онлайн платформаси ишга туширилди

Платформа орқали барча олий, ўрта махсус ва профессионал таълим ташкилотларида ва қўшма таълим дастурлари бўйича бакалавр ҳамда магистратуранинг кундузги, сиртқи ва кечки таълим шаклида тўлов-контракт асосида таҳсил олаётган талабалар таълим кредити олиш учун аризаларини онлайн йўллашлари мумкин.

Мазкур сайт Ўзбекистон Марказий банки томонидан ишлаб чиқилган.


👉 @ABITURINFO | Абитуриент ахборот хизматининг телеграм каналига уланиш учун 👇👇👇

https://t.me/joinchat/AAAAAFL6Lhk71hff8Z1m5Q

Abituriyent (BMBA) | Rasmiy xabarlar

09 Sep, 14:22


Вазир олий таълимдаги муаммолар учун алоҳида Telegram-рақам ёзиб берди

Абдуқодир Тошқулов олий таълим муассасаларидаги индивидуал масалалар учун +998970362896 Telegram-рақамига мурожаат қилишни сўради. Муаммо ўрганилиши учун мурожаат қилган шахс аноним бўлмай, ўз исм-фамилия, манзили ва телефон рақамини қолдириши талаб қилинади.


👉 @ABITURINFO | Абитуриент ахборот хизматининг телеграм каналига уланиш учун 👇👇👇

https://t.me/joinchat/AAAAAFL6Lhk71hff8Z1m5Q

Abituriyent (BMBA) | Rasmiy xabarlar

08 Sep, 02:23


❗️Контрактни 4 га бўлиб тўлаш ҳам мумкин

2020-2021 ўқув йилидан бошлаб, олий таълим муассасалари талабаларига тўлов-контракт миқдорларини ўқув йили давомида тенг улушларда тўрт бўлиб тўлаш имконияти берилган эди.

Талабалар контрактни қуйидаги муддатларда бўлиб тўлашлари мумкин:

👉 белгиланган тўлов миқдорининг камида 25 фоизини талабаликка тавсия этилган абитуриентлар учун 15 сентябргача (ёки Давлат қабул комиссияси белгилаган муддатгача) ҳамда иккинчи ва ундан кейинги босқич талабалар учун 1 октябргача (ёки ОТМ раҳбарияти узайтирган муддатгача);

👉 белгиланган тўлов миқдорининг камида 50 фоизи 1 январгача, 75 фоизи 1 апрелгача ва 100 фоизи 1 июлгача (ёки ОТМ раҳбарияти узайтирган муддатларгача);

⚠️ Асос: Ўзбекистон Республикаси Президентининг ПФ-5953 сонли фармони.(18-банд)

Кимдир сизга контрактни 4 бўлиб тўлашингизга қаршилик қилса, «Аввал 50% тўлайсан» деса мана шу хабарни кўрсатинг!


👉 @ABITURINFO | Абитуриент ахборот хизматининг телеграм каналига уланиш учун 👇👇👇

https://t.me/joinchat/AAAAAFL6Lhk71hff8Z1m5Q

Abituriyent (BMBA) | Rasmiy xabarlar

06 Sep, 02:45


Ўзбекистонда олий таълим инқирози: иллюзия ортидаги абсурдлар (видео)

Бугун олийгоҳ остонасига илк марта қадам қўйган минглаб билимли ёшларни тез кунларда катта руҳий зарба кутяпти. Улар олий таълим жар ёқасида тургани: ҳуқуқлар бўғилгани, эркин фикр қувилгани, илм ўрнида эса фақат кўзбўямачилик эканини яқин ҳафталар ичида тушуниб етишади.

Жамиятдаги жуда кўп муаммоларнинг илдизи таълимга бориб тақалади.

SUBYEKTIV'нинг янги сони – 35 миллион аҳолига эга Ўзбекистон қандай қилиб амалда олий таълимсиз қолгани ҳақида.

Youtube орқали сифатли фооматда томоша қилиш:

👉 https://youtu.be/eGp6VIVzyIk


👉 @ABITURINFO | Абитуриент ахборот хизматининг телеграм каналига уланиш учун 👇👇👇

https://t.me/joinchat/AAAAAFL6Lhk71hff8Z1m5Q