آخرین پست‌های Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi (@abdullaoripov_ijodmaktabi) در تلگرام

پست‌های تلگرام Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
3,198 مشترک
12,333 عکس
1,254 ویدیو
آخرین به‌روزرسانی 09.03.2025 02:06

آخرین محتوای به اشتراک گذاشته شده توسط Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi در تلگرام

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi

08 Mar, 06:55

223

#tabrik

Muhtarama onaxonlar!
Munis opa-singillar!
Ilmga chanqoq, zukko o‘quvchi qizlarimiz!

Siz azizlarni bahorning ilk bayrami – 8-mart “Nafosat va go‘zallik” ayyomi bilan chin dildan tabriklaymiz. Sizlarga eng samimiy va ezgu tilaklarimizni izhor etib, baxt, mehr-muhabbat doim hamrohingiz bo‘lsin, deymiz!

Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, inson hayoti va jamiyat rivojida muqaddas Ona timsoli, munis ayollarimizning beqiyos o‘rnini oddiy so‘zlar bilan ifoda etish nihoyatda mushkul vazifa.

Aziz opa-singillar!
Bilimga chanqoq o‘quvchi qizlarimiz!

Yana bir bor sizlarni bayramingiz bilan samimiy muborakbod etib, Sizlarga sog‘lik-salomatlik, baxt-u saodat, tilaymiz.

Hurmat bilan,
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi jamoasi
Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi

08 Mar, 05:34

251

Bugun xalqaro xotin-qizlar kunida men ushbu chinakam bahoriy ayyom bilan barcha hamfikr opa-singillarimni tabriklayman.

Ayolni ojiza deymiz-ku, aslida ayol bo‘lish — ojizlik emas.

Ayol bo‘lish — bu, avvalo, mas’uliyat va matonat demak. Biz o‘zimizni o‘zgartirish, jamiyatni o‘zgartirish hamda siyosat, fan, biznesda erkaklar bilan tengma-teng o‘z so‘zimizni aytish uchun oson bo‘lmagan yo‘lni bosib o‘tdik. Biz ishonch bilan oldinga — orzularimiz tomon intilmoqdamiz.

Men sizga iroda, qat’iyat va salohiyatingiz munosib e’tirof etilishini tilayman. Oilangizga totuvlik va farovonlik, o‘zingizga sog‘lik va to'kis baxt yor bo‘lsin!

Sizlarni samimiyat ila bag‘rimga bosib qolaman.

__

Сегодня Международный женский день, и я хочу поздравить  с этим самым весенним праздником всех своих единомышленниц.

Быть женщиной — это не про слабость.

Быть женщиной — это, чаще всего, про ответственность и силу. Мы прошли непростой путь, чтобы изменить себя, изменить  общество, говорить с мужчинами на равных в политике, науке и бизнесе.
И сегодня мы с уверенностью смотрим вперёд — туда, где находятся наши мечты.

Я желаю вам стойкости и признания всех ваших талантов. Процветания и мира в семье. Здоровья и счастья.

Обнимаю.
Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi

08 Mar, 03:35

238

Hurmatli maktabgacha va maktab ta’limi tizimida mehnat qilayotgan ayol-qizlarimiz,
aziz ustozlar!


Sizlarni bahor ayyomi — “8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayrami bilan samimiy qutlayman.

Bugungi kunda yurtimizda ayol-qizlarimiz uchun ko‘plab imkoniyatlar yaratib berilmoqda. Har bir sohada ularning o‘z maqsadi tomon dadil ildamlayotganini ko‘rish esa insonga behad quvonch bag’ishlaydi.

Shu o’rinda, yurtimizda qizlarimizning ilm olishi uchun ham alohida e'tibor qaratilayotganini ta’kidlash joiz. Shubhasiz, qiz bolaga ta’lim berish butun millatga ta‘lim berish demakdir.

Fursatdan foydalanib, barchangizni go‘zallik bayrami — 8-mart bilan yana bir bor samimiy tabriklayman. Sihat-salomatlik, baxt-u saodat, xonadoningizga fayz-u baraka yor bo‘lishini tilayman.

Zafar va muvaffaqiyatlar yo‘lingizda hamisha hamroh bo‘lsin!

Bayramingiz muborak bo‘lsin!

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri


@hilola_umarova
Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi

07 Mar, 14:40

519

"Ona - oilamiz quyoshi, timsoli va mehr bulog'i" mavzusida o'tkazilgan ma'naviy-ma'rifiy tadbirldan fotoreportaj
2-qism
Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi

07 Mar, 14:37

527

"Ona - oilamiz quyoshi, timsoli va mehr bulog'i" mavzusida o'tkazilgan ma'naviy-ma'rifiy tadbirldan fotoreportaj
1-qism.
Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi

07 Mar, 14:30

486

#Ayolga_ehtirom

🇺🇿Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida "Ayolga ehtirom" haftaligi doirasida 8-mart "Xalqaro xotin-qizlar kuni" bayrami munosabati bilan  "Ona - oilamiz quyoshi, timsoli, mehr bulog'i" mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi.

Tadbirda viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i Ubaydulla Oripov ijod maktabi xotin-qizlari jamoasini bayram bilan samimiy tabriklab,  Tashakkurnoma topshirdi.

💐Musiqa to‘garagi a‘zolari tomonidan iqtidorli o'quvchilar ijrosida badiiy-musiqiy chiqishlar taqdim etildi. Onalar va ayollarni sharaflovchi adabiy, musiqiy kompozitsiya, jonli ijro etilgan kuy-qo'shiqlar, ustozlarga bildirilgan samimiy tilaklar barcha ishtirokchilarga  zavq-shavq ulashdi.
Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi

06 Mar, 12:57

370

#Ayolga_ehtirom

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida joriy yilning 3-10- mart kunlarida "Ayolga ehtirom " haftaligini o'tkazish bo'yicha qator tadbirlar rejalashtirilgan.

❇️Haftalik doirasida intellektual turnirlar, nuroniy onaxonlar bilan uchrashuvlar, davra suhbatlari bo'lib o'tmoqda.

Shuningdek, ijod maktabi xotin-qizlari o'rtasida "Sport- nafislik va salomatlik manbai" shiori ostida sport musobaqalari o'tkazilmoqda.
🔵Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi

06 Mar, 09:02

231

Vazir Hilola Umarova:

Hurmatli yig`ilish ishtirokchilari!


Barchamiz vatan taraqqiyoti, el-yurt farovonligi uchun javobgar bo‘lgan kelajak avlodni tarbiyalashdek sharafli maqsad uchun birlashganmiz. Shuni hamma anglab, tushunib olishi kerak.

Chunki, ta’limda faoliyat olib borishning o‘z mashaqqati va mas’uliyati bor. Ta’lim davlat yoki xususiy sektorda bo‘lishi mumkin, lekin har qanday holatda bu bolalar bizning farzandlarimiz hisoblanadi, shuni yodda saqlashingizni so‘rayman.

Bu siyosatni to‘g‘ri tushunmagan, bunga amal qilmagan har qanday xodim tizimdan butunlay chetlatiladi, har qanday tadbirkor bilan hamkorlikni to‘xtatishga majbur bo‘lamiz. Litsenziya talablariga hamda oilaviy bog‘chalarning bitimlariga bunday holatlar bo‘yicha qat’iy talablar kiritiladi.

Biz har bir bola o‘zini bog‘chasida erkin, xavfsiz va quvnoq his qilishini, unga barcha sharoitlar yaratilishini xohlaymiz. Har bir bola uchun bog‘chalarda “xavfsiz va qulay muhit” bo‘lishini talab qilamiz.

Zero, ertangi kunimiz, Yangi O‘zbekistonni barpo etishdek oliyjanob maqsadlarimizga yetishish, eng avvalo farzandlarimizga to‘g‘ri va sifatli ta’lim-tarbiya berishimizga bog‘liq. Buni har birimiz doimo yodda saqlashimiz zarur va shart.

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi

06 Mar, 09:02

249

#muloqot

Bugun maktabgacha taʼlimga masʼullar bilan keng masshtabda yigʻilish oʻtkazdik. Muloqotimizda markaziy va hududiy studiyalardan respublikamizdagi 38 mingdan ortiq davlat va nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdi. Muloqotda MTTdagi holatlar, muammolar, ularni oldini olish haqida gaplashdik.

Soʻnggi yillarda maktabgacha taʼlim sohasiga berilgan katta eʼtibor natijasida bogʻchalar soni 8 barobarga oshib, 38 mingdan ortdi va bolalarning qamrov darajasi 2017-yildagi 27 foizdan 77 foizga yetkazildi. Tashkil etilgan bogʻchalarning qariyb 7 mingtasi davlat bogʻchasi boʻlsa, qolgan 31 mingdan ortigʻi nodavlat bogʻchalar hisoblanadi. Nodavlat bogʻchalarda hozirda qariyb 1 millionga yaqin bolalarimiz tarbiyalanmoqda.

Afsuski, muammolar ham yoʻq emas. Kunora ijtimoiy tarmoqlarda bogʻchalarda ayrim tarbiyachilar tomonidan bolajonlarga nisbatan ishlatilgan qoʻpollik, tarbiyasizlik holatlari aks etgan videolavha va turli xabarlar tarqatilmoqda. Birgina oʻtgan yilning oʻzida ayni shu masalada vazirlikka yuzlab murojaatlar kelib tushgan. Biz bunday vaziyatlarni tizimli oʻrganib, nazoratga olyapmiz. Aslo befarq emasmiz. Oʻrganishlar natijasida 32 nafar rahbar va tarbiyachi lavozimidan ozod etildi, 3 nafari javobgarlikka tortildi, 15 nafariga intizomiy chora koʻrildi, 15 ta xususiy bogʻchaga berilgan litsenziya bekor qilindi.

Yigʻilishda aytilganidek, bir muhim jihatni unutmaylik: biz kelajagimizni bilimli, dunyoqarashi keng va mustaqil fikrlaydigan yoshlar bilan tasavvur qilamiz. Bola bilan munosabatda boʻlayotgan har bir mutaxassis mana shu masʼuliyatni his qilishi lozim. Har bir bolaning sogʻlom va barkamol voyaga yetishiga davlat kafil! Bu xususiymi, davlat va xususiy sheriklikmi yoki oilaviy bogʻcha boʻladimi, qonun talabi, tartiblar hamma uchun bir!

Taʼlim-tarbiya kuch ishlatishdan holi boʻlishi lozim. Bolalarga nisbatan qoʻpollik qilgan yoki shafqatsizlarcha munosabatda boʻlgan tarbiyachi, pedagogga qonun doirasida chora koʻriladi. Uzr, ogohlantirishlar bilan qutilib qolish yoʻq, bu oʻrinda MTT rahbariyatining shaxsiy javobgarligini ham kuchaytiramiz. Buni tizimda ishlayotgan har bir rahbar, pedagog, tarbiyachi va yordamchi xodimlar birdek tushunishi, shu tartibga rioya etishlari shart!

Yigʻilishda faol rahbarlar tomonidan bildirilgan har bir muammo, takliflarni yozib oldik, muammolarni hal etish, tashabbuslarni amalga oshirish boʻyicha ishni esa allaqachon boshladik. Biz bunday formatdagi uchrashuvlarni yana tashkil etib boramiz. Jamoamiz taklif va muammolarni eshitishga hamisha tayyor.

@hilola_umarova
Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi

21 Feb, 12:53

222

#Toʻgaraklar_faoliyatidan
#Aktyorlik_mahorati
#Tanlov_ĝoliblari

Abdulla Oripov nomidagi ijod
maktabining 9-sinf o'quvchisi Shodimurodov Farid Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligiga bag'ishlab o'tkazilgan tanlovning videorolik yo'nalishida g'olib bo'ldi.

Rollarda:

Navoiy- 10-sinf o‘quvchisi Abdurasulov Javohir ;
Guli - 9-sinf o'quvchisi Nuriddinova Sevinch
.

 🔵Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram