Xayrulla Sattarov

@xayrullasattarov


Tadbirkorlik sohasidagi eng dolzarb mavzular

“Yoshlar — kelajagimiz” jamgʻarmasi ijro etuvchi direktori - O’zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi v.v.b

Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz:
http://myurls.co/xayrulla_fayzullayevich

Xayrulla Sattarov

22 Oct, 13:15


“Saylov uchastkasi manzilini aniqlash” xizmatidan foydalanish tartibi

👉 Batafsil ma’lumot

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram

Xayrulla Sattarov

22 Oct, 11:20


👥 Yoshi 60 dan oʻtib qolgan bir doʻstimdan oʻzida qanday oʻzgarishlarni his qilayotganini soʻradim...

U menga quyidagilarni aytdi:

💬 Ota-onam, aka-uka, turmush oʻrtogʻim, farzandlarim va doʻstlarimni seva-seva, endi oʻzimni seva boshladim.

💬 Dunyo mening yelkamda emasligini angladim.

💬 Meva-sabzavot sotuvchilar bilan savdolashishni toʻxtatdim. Yana bir necha ming soʻm meni sindirmaydi, lekin bu pullar kambagʻal dehqonga qizining oʻqishi uchun pul toʻlashga yordam beradi.

💬 Ofitsiantga ham choychaqa qoldiraman. Qoʻshimcha pul uning yuziga tabassum olib kelishi mumkin. Axir uning tirikchiliki menikidan koʻra qiyinroq.

💬 Keksa odamlarga bitta voqeani necha marta takrorlagani haqida aytishni toʻxtatdim. Xotira ularni umr yoʻllaridan qayta yurib, oʻtmishni eslashga majbur qiladi.

💬 Odamlarning notoʻgʻri gapirganini bilsam ham, ularni tuzatmaslikni oʻrgandim. Hammani mukammal qilish yuki mening zimmamda emas. Dunyo mukammallikdan qimmatroqdir.

💬 Barchaga saxiylik bilan iltifot koʻrsataman. Yaxshi gaplar nafaqat ularni eshituvchining, balki mening ham koʻnglimni koʻtaradi.

💬 Koʻylakdagi burma yoki dogʻga eʼtibor bermaslikni oʻrgandim. Shaxsiyat tashqi koʻrinishdan koʻra aniqroq koʻzga tashlanadi.

💬 Meni qadrlamaydigan odamlardan uzoqlashishga harakat qilaman. Ular mening qadrimni bilishmaydi, lekin men bilaman.

💬 His-tuygʻularimdan uyalmaslikni oʻrganyapman. His-tuygʻularim meni odam qiladi.

💬 Munosabatlarni toʻxtatgandan koʻra, xudbinlikdan voz kechish yaxshiroqligini tushundim. Xudbinligim meni cheklaydi, undan voz kechsam men hech qachon yolgʻiz qolmayman.

💬 Har kunni oxirgi kunimdek yashashni oʻrgandim. Axir u chindan ham oxirgi boʻlishi mumkin.

💬 Meni baxtli qiladigan ishni qilyapman. Men baxtim uchun javobgarman va qarzdorman. Baxt bu tanlovdir. Siz xohlagan vaqtda baxtli boʻlishingiz mumkin, shunchaki baxtni tanlang!

— Entoni Xopkins
.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram

Xayrulla Sattarov

22 Oct, 02:29


☀️ Assalomu alaykum! Seshanba tongi muborak boʻlsin, azizlar!

🌼 Tongda uygʻonishning oʻzi bir moʻjiza! Bugungi kuningiz ana shunday mo‘jizalarga boy bo‘lsin!

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram

Xayrulla Sattarov

21 Oct, 15:22


🔺 19 oktabr kuni siyosiy partiya vakillari ishtirokida navbatdagi teledebat o‘tkazildi. Unda partiya vakillari uy-joy masalasiga ham to‘xtaldi.

O‘zLiDeP vakili arzon uy-joylar qurish va kvartiralar sotib olish uchun uzoq muddatli kreditlar ajratish bo‘yicha rejalarni taklif qildi. “Milliy tiklanish”, Ekologik partiya, XDP, “Adolat” sotsial demokratik partiyasi ham bu bo‘yicha o‘z yondashuvi, aniq rejalari borligini maʼlum qildi.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram

Xayrulla Sattarov

21 Oct, 13:46


💸 2025-yilda “Yashil makon” dasturi uchun 100 milliard so‘m ajratiladi.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram

Xayrulla Sattarov

21 Oct, 13:11


Oktyabr-noyabr oylarida mahallalarda 40 million dona manzarali va mevali daraxt yangi tizim asosida ekilishi belgilandi

💬 “Mahalla yettiligi” har bir mahallada 30 tadan kambagʻal oila xonadoniga 20 tupdan, 20 ming yakka yolgʻiz keksalar xonadoniga 10 tupdan mevali daraxtlar tarqatadi. Shuningdek, yettilik oʻziga biriktirilgan koʻchalarda jami 6 million dona manzarali daraxt, koʻchalar, uylar, koʻp qavatli uylar atrofiga jami 3 million mevali va manzarali daraxt ekishni tashkillashtirishi muhimligi qayd etildi.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram

Xayrulla Sattarov

21 Oct, 11:39


🇺🇿 Birozdan soʻng Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida "Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar natijadorligi va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yigʻilishi boshlanadi

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram