Baxrom Abdullayev

@urdurektor


UrDU rektorining rasmiy sahifasi

Facebook: https://www.facebook.com/bakhrom.abdullayev.77/

Instagram: https://www.instagram.com/urdu_rektor/

Baxrom Abdullayev

23 Oct, 04:24


🔘NO COMMENT | Urganch davlat universiteti

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐 Sayt| Telegram| Facebook|Instagram|  YouTube

Baxrom Abdullayev

21 Oct, 11:54


🟦🟦🟦 🟦🟦🟦🟦

🎊Konferensiya yakunida Urganch davlat universiteti talaba-yoshlari oʻrtasida oʻtkazilgan "Ona tili - millat ruhi" mavzusidagi rasmlar tanlovi, “Qadring baland bo'lsin, ona tilim" mavzusidagi insholar tanlovi hamda "O'zbek tili - qalbim tarjimoni" mavzusidagi o'zbek tilini madh qiluvchi video va audio shaklda ifodali o'qilgan she'rlar va qo'shiqlar tanlovi gʻoliblari universitet rektori B.Abdullayev tomonidan munosib taqdirlandi.

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt| Telegram| Facebook|Instagram|  YouTube

Baxrom Abdullayev

21 Oct, 11:36


🟦🟦🟦🟦🟦

🖋“O‘zbek tili taraqqiyoti va targ‘ibotining dolzarb masalalari” mavzusidagi VI ilmiy-amaliy konferensiya bo’lib o’tdi

🟣Bugun Urganch davlat universiteti Madaniyat saroyida Filologiya va san’at fakulteti tashabbusi bilan O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligi hamda “O‘zbek tili bayrami kuni” munosabati bilan “O‘zbek tili taraqqiyoti va targ‘ibotining dolzarb masalalari” mavzusidagi VI ilmiy-amaliy konferensiya bo’lib o’tdi.

🟣Konferensiyani Urganch davlat universiteti rektori B.Abdullayev kirish so’z bilan ochib berib, O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilishi xalqimiz uchun katta tarixiy voqea bo’lganligi haqida so’z yuritdi va barchani bugungi bayram bilan samimiy tabrikladi.

🟣Ilmiy-amaliy konferensiya Filologiya va san’at fakulteti dekani D.Gʻayipov moderatorligida bo’lib o’tdi. Unda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist, O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Kamol Matyoqubov hamda Turkiyaning Sakarya universiteti professori Dr.Kemal Yavuz Ataman mehmon bo’lib, bugungi bayramning xalqimiz hayotidagi ahamiyati to’g’risida so’z yuritishdi. Shuningdek, konferensiyada “Oʻzbek tilshunosligi” kafedrasining bir guruh olimlari ham oʻzlarining maʼruzalari bilan nutq soʻzladilar.

🟣Anjumanda so‘zga chiqqanlar tilimizning qadr-qimmatini asrash, ona tilimizning o‘ziga xosligi, davlat tili nufuzi va maqomini oshirish borasida qilinayotgan islohotlar, shu vatanning har bir farzandi ona tilini sevishi, uning qadr-qimmatini joyiga qo‘yishda faol ishtirok etishi lozimligi haqida atroflicha fikr yuritdilar.

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt| Telegram| Facebook|Instagram|  YouTube