UrDU YOSHLAR | RASMIY

@urdu_yoshlar_rasmiy


Urganch davlat universiteti rasmiy telegram kanali

UrDU YOSHLAR | RASMIY

24 Sep, 13:03


👉 @UrDU_YOSHLAR_RASMIY

UrDU YOSHLAR | RASMIY

11 Sep, 12:33


📣Diqqat, kasting!

🕧Urganch davlat universitetining iqtidorli va notiqlik mahoratiga ega talaba o’g’il-qizlari diqqatiga!

Agar siz oliygoh madaniy-ma’rifiy tadbirlarida boshlovchi sifatida ishtirok etishni xohlasangiz, 18-sentabr kuni bo’lib o’tadigan kastingda ishtirok etishga chaqiramiz!

🔘Kastingda talabalarning notiqlik mahorati ega ekanligi, ovozi, sahna madaniyati, kiyinish odobi hamda imidjiga e’tibor qaratiladi.

🌟Kastingdan muvaffaqiyatli o’tgan ishtirokchilar iqtidorli talabalar safiga qo’shilib, tadbirlardagi faol ishtiroki uchun universitet tomonidan muntazam ravishda rag’batlantirilib boriladi.

🎙Kastingda ishtirok etish istagida bo’lganlar 18-sentabr kuni soat 15:00 da universitet ma’naviyat xonasi (216-xona) ga kelishlari so’raladi. Ishtirokchilar hakamlar hayati tomonidan sinovdan o’tkaziladi.

🗣Qo’shimcha ma’lumot uchun +998975117276 ga murojaat qilishingiz mumkin!

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐 Sayt| Telegram| Facebook|Instagram|  YouTube

UrDU YOSHLAR | RASMIY

29 Aug, 12:05


📱Talabalarni turar joy bilan ta’minlash masalalari yuzasidan ovozli chat tashkil qilindi

Bugun, 29-avgust kuni Urganch davlat universiteti Matbuot xizmatining rasmiy telegram sahifasida universitet talabalarini turar joy bilan ta’minlash yuzasidan ovozli chat tashkil etildi.

Unda UrDU birinchi prorektori D.Ibadullayev ishtirok etib, Urganch davlat universiteti 2024-2025 oʻquv yilida talabalarni turar joy bilan taʼminlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar, universitet talabalar turar joyi komplekslarining quvvati va qamrovi, talabalarning yotoqxonaga joylashtirish tartibi, yotoqxonalarda yaratilgan sharoitlar hamda ijara xonadonlari to’g’risida ma’lumotlar berdi.

🔘Ovozli chat davomida ishtirokchilarning bevosita savol va murojaatlariga tegishli javoblar berildi.

🗣️Hurmatli Urganch davlat universiteti talabalari, agar sizlarda talabalar turar joylari yuzasidan savollaringiz mavjud boʻlsa, quyidagi telegram bot orqali mas’ul xodimlar tomonidan javob olishingiz mumkin: https://t.me/UrDUTTJMurojaatBot

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐 Sayt| Telegram| Facebook|Instagram|  YouTube

UrDU YOSHLAR | RASMIY

28 Aug, 06:35


#BRIFING

🎙2024/2025-oʻquv yiliga tayyorgarlik: talabalarni turar joy bilan taʼminlash borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Urganch davlat universiteti birinchi prorektori Dilshod Ibadullayev ishtirokida brifing.

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐 Sayt| Telegram| Facebook|Instagram|  YouTube

UrDU YOSHLAR | RASMIY

28 Aug, 06:13


E’LON!

🎙Shu yilning 29-avgust kuni soat 15:00 da Urganch davlat universiteti talabalarini turar joy bilan ta’minlash yuzasidan ovozli chat o’tkaziladi.

Ovozli chat Urganch davlat universitetining rasmiy telegram sahifasida (https://t.me/URDU_PRESSA) o’tkaziladi. Unda siz talabalar turar joylari va ijara xonadonlariga joylashish borasida o’zingizni qiziqtirgan savollarga oliygoh mas’ul xodimlari tomonidan javob olishingiz mumkin.

Ovozli chatda ishtirok etish imkoniyatini qo'ldan boy bermang!

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐 Sayt| Telegram| Facebook|Instagram|  YouTube

UrDU YOSHLAR | RASMIY

28 Aug, 06:13


Diqqat, e’lon!

📣Urganch davlat universitetida yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik, talabalarni turar joy bilan taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan OAV vakillari ishtirokida universitet yotoqxonalari va qurilish obyektlariga press-tur tashkil qilinadi.

🎤Press-tur 2024-yil 28-avgust kuni soat 14.00 da Urganch davlat universiteti asosiy binosi hududida boʻlib oʻtadi.

☎️Murojaat uchun: 97 513-84-64
📍Manzil: Urganch shahri, H.Olimjon koʻchasi, 14-uy.


©️UrDU Matbuot xizmati
🌐 Sayt| Telegram| Facebook|Instagram|  YouTube

UrDU YOSHLAR | RASMIY

01 Aug, 11:02


Talabalar turar joyi uchun ariza yuborish jarayonlari 1-avgustdan boshlandi!

Vazirlar Mahkamasining 376-son qarori (14.08.2023-y.) bilan tasdiqlangan reglamentga asosan 1-avgustdan boshlab talabalar arizalarini my.gov.uz portali orqali yuborishlari mumkin.

Reglamentga muvofiq dastlab imtiyoz va ustuvorliklarga ega talabgorlar talabalar turar joylariga qabul qilinadi.

Shundan so‘ng, umumiy ro‘yxatdagi talabalar uchun yotoqxonada ortib qolgan o‘rinlar soniga nisbatan navbat asosida quyidagicha taqsimlanadi:
▪️1-kurs talabalari uchun 55 — 65 foiz;
▪️2-kurs talabalari uchun 15 — 20 foiz;
▪️3-kurs va undan yuqori kurs talabalari uchun 20 — 25 foizgacha ajratiladi.

Arizalar qabuli 1-avgustdan boshlab o‘quv yili yakuniga qadar davom etadi.

Batafsil ma’lumot: 👉https://lex.uz/uz/docs/-6568679

❗️Ma’lumot uchun, 2024/2025-o‘quv yilida OTM 1-bosqichiga tavsiya etilgan abituriyentlar yakuniy natija chiqqandan so‘ng ariza yuborishlari mumkin bo‘ladi. Ular uchun ham joylar yuqoridagi tartib asosida ajratiladi.


👉 @xushnudbek 👈

UrDU YOSHLAR | RASMIY

21 Jul, 14:05


#Rasman ⚽️
🏆 "DXX KUBOGI"

⚽️ DAVLAT XAVFSIZLIK XIZMATI KUBOGI MUSOBAQASINING TANTANALI YAKUNIY FINAL UCHRASHUVIGA BARCHANI CHORLAB QOLAMIZ!

⚽️ Viloyatimizning barcha hududlaridan barcha yoshlarni, jumladan, sportga befarq boʻlmagan qizlar va uyushmagan yosh iqtidorli sportchilarni tanlab olish va ularning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish maqsadida tobora nufuzi oshib borayotgan "DXX Kubogi" musobaqasining ham yakuniy final bahsi va tantanali taqdirlash marosimiga yetib keldik.
📑Aytish joizki, Viloyatimizning barcha mahalla va sektorlarini qamrab olgan mazkur musobaqa barcha yoshlarni birlashtirib, sportga boʻlgan qiziqishlarini yanada oshirib, futbol va mini-futbol sport turlari ommaviyligi hamda nufuzi ortishiga olib keldi.
🏆 Ushbu tadbirda musobaqaning gʻolib va sovrindorlari, bir necha yoʻnalishlarda eng yaxshi deb topilgan ishtirokchilar hamda
🎵yurtimizning eng sara sanʼatkorlari ishtirokida galakansert dasturi ham boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan.
Barcha sport va sanʼat muxlislarini muhtasham Xorazm sport majmuasiga chorlab qolamiz!

22-IYUL, SOAT 18:00
📌 Xorazm sport majmuasi (Olimpiya stadioni)

🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🖋 Telegram 🖋 Instagram 🖋 YouTube 🖋 Facebook

UrDU YOSHLAR | RASMIY

19 Jul, 12:04


Ўзбекистон ва Қирғизистон Президентларининг самимий мулоқоти Хивада давом этди

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

UrDU YOSHLAR | RASMIY

18 Jul, 08:58


#kibermadaniyat_oyligi #cyber102 #xorazm

✈️Telegram ilovasida virusli dasturlar tarqalmoqda. Ma’lumot uchun videoqo‘llanmani ko‘rib chiqing.

⛔️Telegramda tarqalgan dasturlarni o‘rnatmang!
⛔️Noma’lum havolaga bosmang!

Xorazm viloyatida o‘tkazilayotgan 1-30 iyul "Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi" da faol ishtirok etishga chaqirib qolamiz.

Videoni yaqinlaringizga tarqating!

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐 Sayt| Telegram| Facebook|Instagram|  YouTube

UrDU YOSHLAR | RASMIY

09 Jul, 06:46


#kibermadaniyat_oyligi #xorazm

1-31-iyul kunlari Xorazm viloyatida oʻtkazilayotgan "Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi"da faol ishtirok etishga chaqirib qolamiz.

Telegram ilovasida sizni kuzatishlari mumkin. Tekshirish uchun videoqoʻllanmani koʻrib chiqing. Siz ham buni oʻzingizning telegramingizda sinab koʻring.

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐 Sayt| Telegram| Facebook|Instagram|  YouTube

UrDU YOSHLAR | RASMIY

30 Jun, 05:44


#tabrik

🇺🇿"30-IYUN - YOSHLAR KUNI” MUNOSABATI BILAN URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI REKTORINING BAYRAM TABRIGI

Aziz yoshlar!

Bugun universitetimiz talabalari o‘z bilimlari va iqtidorlari bilan o‘z tengdoshlari orasida o‘z o‘rniga ega bo‘lib, azm-u shijoatli, navqiron yigit-qizlarimiz o‘z sohalarida, jamoat ishlarida yutuqlarga munosib bo‘lishmoqda. Talabalarimizning turli jabhalarda faoliyat yuritib kelayotganligi va ularning ulkan natijalarga erishayotganligi, albatta, bizni quvontiradi.

Biz talabalarimizga nafaqat o‘z sohalari bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarni, balki mamlakatimiz hayotidagi demokratik jarayonlarda faol ishtirok etishiga, ularning siyosiy va ijtimoiy salohiyatini oshirishga alohida e’tibor qaratmoqdamiz. Kuni kecha davlatimiz rahbari Yoshlar kuni arafasida bir guruh yoshlar bilan uchrashuvida yoshlarimiz uchun yanada keng imkoniyatlarni yaratish uchun ko‘plab yangi tashabbuslarni ilgari surdi. Bunga javoban, universitetimizning har bir talabasi O‘zbekistonning buyuk kelajagini barpo etishdek ulug‘ ishga o‘z hissasini qo‘shishi, shuningdek, yoshlarning orzu-intilishlari, ilg‘or g‘oya va tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish maqsadida Muhtaram Prezidentimiz boshlagan xayrli ishlarga o‘zlarining chuqur bilim va salohiyati, intilishlari bilan labbay deya javob berishi zarur.

Hurmatli talabalar!

Ishonchim komilki, Sizlar zamonaviy bilim va taraqqiyot cho‘qqilarini egallab, o‘z amaliy ishlaringiz, g‘ayrat-shijoatingiz bilan jonajon Vatanimizga munosib, sadoqatli farzandlar bo‘lasiz. Yana bir bor Siz, aziz talabalarni "Yoshlar kuni" bilan qutlab, barchangizga sihat-salomatlik, hayotingizda yangi yutuq va omadlar tilayman.


💐Yangi O‘zbekiston yoshlari, "30-iyun – Yoshlar kuni" muborak bo'lsin!

Baxrom Abdullayev
Urganch davlat universiteti rektori, professor.


🌐Telegram|Facebook|Instagram

UrDU YOSHLAR | RASMIY

27 Jun, 12:04


🔥 Magistratura va tayanch doktoranturaga xujjat topshirmoqchi bo'lganlar uchun ITEP yana Urganchda!!!

ITEPni 24 soatda javobi chiqadi va imtixon boshqa imtixonlarga nisbatan metodik osonroq.

💰 Imtixon narxi: 1.700.000 so'm

Imtixon kuni: 4-iyul

⚙️ Mavjud o'rinlar: 11 ta

Qisqa muddatda til bilish sertifikati kerakmi? Unda bizga murojaat qiling!

👉 Ro'yxatdan o'tish👈

Ro'yhatdan o'tgandan keyin operator 📞 +998770111008 bilan bog'laning!

📞 +998770111008
📍 Manzil lokatsiyasi

Xorazmdagi ITEPning rasmiy sahifasiga ulaning:
//Telegram//Instagram//

UrDU YOSHLAR | RASMIY

26 Jun, 06:33


🔥Yozish natijasi: 75 dan 73
🔥 Umumiy natijasi: 75 dan 73

Ingliz tili va adabiyoti o'qituvchisi Jasur Nurmetov oldin ham CEFR bo'yicha Respublikada eng yuqori ballni to'plab, DTM tomonidan taqdirlangan edi. Bu safar ham Multilevel ning yangi baholash tizimida Respublikada eng yuqori natijani qo'lga kiritdi. Uni tabriklab qolamiz.

Sertifikat Berilgan Sana: 20.06.2024

🤩Eslatma: Quyida uning kanaliga link berilgan. IELTS va Multilevel bo'yicha eng kerakli va ishonchli materiallar shu yerda.

@ALL_OR_NOTHING_LC
@ALL_OR_NOTHING_LC
@ALL_OR_NOTHING_LC