UrDPI Pedagogika fakulteti

@urdpi_pedagogika_fakulteti


UrDPI Pedagogika fakulteti kanali

Dekan: Nabiyev Elyor,

UrDPI Pedagogika fakulteti

23 Oct, 05:50


#saylov_2024
#saylov_demakratiya_ko'zgusi

Bugun, Pedagogika fakultetida Urganch davlat pedagogika instituti Filologiya va tarix fakulteti “Tarix va geografiya”kafedrasi katta o‘qituvchisi, Hududiy saylov kamissiyasi treneri Yunusxo‘jayev Habibulla ishtirokida "Saylov demokratiya ko‘zgusi" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbati davomida talabalarga saylovlar fuqarolarning davlat boshqaruvidagi ishtirokini ta’minlovchi siyosiy huquqi ekanligi, hozirda erkin saylov tashkil qilinishi va o‘tkazilishini ta’minlash sohasida 20 dan ortiq universal va mintaqaviy xalqaro shartnomalar mavjudligi haqida ma’lumotlar berib o‘tildi.
Talabalar saylov jarayonlari to‘g‘risida yetarlicha bilimga ega bo‘lishdi.
@UrDPI_Pedagogika_fakulteti

UrDPI Pedagogika fakulteti

22 Oct, 04:16


#Talaba_Creative |
#Creative_2_new🍁
#til_bayrami🇺🇿
#Creative_ko'rsatuv🎬

Kecha 21-oktabr O'zbek tili bayrami kuni munosabati bilan UrDPI Creative jamoasi davlat tilimizga oid kichik so'rovnoma tashkillashtirdi.
Savollarga to'g'ri javob bergan ishtirokchilar shirinliklar 🍫 bilan taqdirlandilar, noto'g'ri javob egalari esa limon 🍋 bilan siylandilar.

🎤Dastur boshlovchisi:
Jumanazarova Sarvinoz

🎥Zafarova O'g'iloy va Masharipova Sevinchoy

@UrDPI_CREATIVE🔸

UrDPI Pedagogika fakulteti

21 Oct, 13:08


#qadring_baland_bo'lsin_ona_tilim
#pedagogika
Fotorepartaj @UrDPI_Pedagogika_fakulteti

UrDPI Pedagogika fakulteti

21 Oct, 13:01


#til_bayrami
#pedagogika
Bugun Pedagogika fakultetida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 35 yilligi hamda “21-oktabr - O‘zbek tili bayrami kuni”  munosabati bilan  “QADRING BALAND BO'LSIN, ONA TILIM!” shiori ostida  adabiy badiiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni  fakultet dekani E.Nabiyev tabrik so‘zi bilan ochib berdi.
Tadbirning badiiy qismida talabalar tilimizni ulug‘lovchi she’r va qo‘shiqlarni mahorat bilan ijro qilishdi.
Ayniqsa, mavzuga mos sahna ko’rinishi yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi.
Tadbir so‘ngida barcha faol qatnashgan talabalar fakultet dekani tomonidan tashakkurnomlar bilan taqdirlandi.                                                    @UrDPI_Pedagogika_fakulteti