TDAU YOSHLAR ITTIFOQI

@tdau_yi


O'zbekiston Yoshlar ittifoqining Toshkent davlat agrar universitetidagi Boshlang'ich tashkiloti rasmiy telegram kanali.

TDAU YOSHLAR ITTIFOQI

22 Oct, 19:39


#zakovat

Qishloq xo’jaligi mahsulotlarni saqlash va qayta ishlash fakulteti Yoshlar ittifoqi tomonidan fakultetlar oʻrtasida "ZAKOVAT" intellektual oʻyini oʻtkazildi

BATAFSIL

✍️ Toshkent davlat agrar universiteti birinchi prorektori rasmiy kanali https://t.me/soxib_islamov

🌐WEB-SITE | 🌐TELEGRAM |     🌐INSTAGRAM 🌐FACEBOOK | 🌐TWITTER |  🌐YOUTUBE

TDAU YOSHLAR ITTIFOQI

22 Oct, 15:37


✔️Saylov tizimisaylov oʻtkazish tartiblarining hamda ularni oʻrnatuvchi huquqiy normalarning majmui. Saylov tizimi davlat vakillik organlarini shakllantirish yuzasidan mavjud bo‘lgan va fuqarolarni saylovga jalb etish, saylovlarni tashkil qilish va deputatning saylovchilar bilan oʻzaro munosabatlarini belgilaydigan tartibini, fuqarolarning barcha saylov huquqlarini oʻz ichiga oladi.

#kelajakuchun #saylov24 #saylovgaboraman #ovozberaman #tdau #koordinatorlarfaoliyati

🇺🇿Bizning ijtimoiy tarmoqlar:
🌐Telegram 🌐Facebook
🌐 Instagram 🌐Youtube

TDAU YOSHLAR ITTIFOQI

22 Oct, 15:20


#TTJ_xabarlari

💥Toshkent davlat agrar universiteti "O'simliklar himoyasi, agrokimyo va tuproqshunoslik" fakultetiga qarashli 7-sonli talabalar turar joyida yashovchi talaba-yoshlar uchun ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari X.Raximov, Tarbiyachi pedagogi A.Ro'ziyev, fakultet tyutori A.Nasimov va fakultet koordinatori M.Boboqulovalar tashabbusi bilan 21-oktabr "O'zbek tiliga Davlat tili maqomi" berilgan kuningiz 35 yilligi munosabati bilan “Qadring baland bo'lsin, ona tilim!” mavzusida adabiy-badiiy tadbir o'tkazildi. Shu bilan bir qatorda talabalarga bayramona kayfiyatni ulashib "Yoshlar oqshomi" ham tashkil qilindi.

🇺🇿Bizning ijtimoiy tarmoqlar:
🌐Telegram 🌐Facebook
🌐 Instagram 🌐Youtube

TDAU YOSHLAR ITTIFOQI

22 Oct, 15:14


#Saylov_2024

📌Joriy yilning 22-oktabr sanasida Toshkent davlat Agrar universiteti „Agrologistika va biznes” fakulteti Yoshlar ittifoqi koordinatori U.Xolyigitov va uning jamoasi 636-saylov uchastkasida ro'yxatdan o'tgan barcha fuqarolarning xonadonlariga borib saylov varaqalarini tarqatdi.

✔️U.Xolyigitov va uning jamoasi saylov jarayonlariga befarq emas va tayyor.

⚡️"Yoshlar ittifoqi orzularingiz kaliti"

🇺🇿Bizning ijtimoiy tarmoqlar:
🌐Telegram 🌐Facebook
🌐 Instagram 🌐Youtube

TDAU YOSHLAR ITTIFOQI

22 Oct, 15:12


🟦🟦🟦 🟦🟦

👍 Toshkent davlat agrar universitetida talabalarning ijtimoiy faolligini oshirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida talaba-yoshlar o'rtasida tanlovlarga start beriladi.

👩‍🎨Talaba-yoshlar o'rtasida "Men terrorizm xavfini qanday tushunaman?" mavzusida insholarlar tanlovi
😀 28-oktabr kuni soat 14:30da universitetning axborot-resurs markazida;

✍️Talaba-yoshlar o'rtasida "Ajdodlarga munosib avlod bo‘laylik" mavzusida she'rlar tanlovi
😀 28-oktabr kuni soat 14:30 da

🎨 "Jaholatga qarshi ma'rifat" mavzusida rasmlar tanlovi (barcha rasmlar bir vaqtda chiziladi)
😀 28-oktabr kuni 14:30 da bo’lib o’tadi

Tanlov g‘oliblari quyidagi miqdorda moddiy rag‘batlantiriladi:
1-o‘rin - bazaviy stipendiyaning 1,5 barobari
2-o‘rin - bazaviy stipendiyaning 1 barobari
3-o‘rin - bazaviy stipendiyaning 0,5 barobari

Tanlovlarda ishtirok etmoqchi bo‘lgan talabalar o‘zlari tahsil olayotgan fakultet
Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlariga murojaat etishlari mumkin.

✍️
Toshkent davlat agrar universiteti axborot xizmati

🌐WEB-SITE | 🌐TELEGRAM |     🌐INSTAGRAM 🌐FACEBOOK | 🌐TWITTER🌐YOUTUBE