Talaba do'stimga | Dr. Alisher Umirdinov

@talaba_dostimga


Nagoya Iqtisodiyot Universiteti Biznes-huquq fakulteti Professori - Umirdinov Alisher Isoqjonovich "Talaba do'stimga tavsiyalar" kanali;

Telegram kanal - @aumirdinov

Rasmiy sayt - https://umirdinov.com

Talaba do'stimga | Dr. Alisher Umirdinov

21 Oct, 00:10


Assalam alaykum Ustoz yaxshimisz,

👨‍🏫"Orzudagi professor"kitobingizni o'qigan edim, juda ham foydali bo'libdi,katta raxmat❗️

Savolim:Kitobning bir sahifasida "Yangi yaponiya" nomli 📖 kitobni ham tayyorlanayotganligi yozilgan edi, u kitob tayyorlanmoqdami⁉️

Javobingiz uchun raxmat

Javobim: Savol uchun katta rahmat. Kitobni nomini biroz o'zgartirib♻️, Salom Yaponiya🇯🇵 deya nomladik. Kitob yozilib tugadi. Hozir do'stlarga o'qitib, eng ohirgi ishlarni bajarish bosqichidamiz. Keyingi yilda chop etiladi.

Sizlar ushbu kitobda📘 aynan qaysi mavzular yoritilishini ko'proq hohlagan bo'lardilaring

Talaba do'stimga | Dr. Alisher Umirdinov

19 Oct, 01:16


1⃣5⃣-Oktabr kuni Savol verish san'ati haqida yozgandim. Izohlarda bir o'quvchimiz quyidagicha savol qoldiribdilar:

Savol beruvchidagi hayajon va qo'rquv yokida berayotgan savolini o'zi ham yaxshi tushunmasligi, fikrlar noaniqligi, lug'at boyligi kamligi va h.k sabablar bo'lishi mumkindir balki⁉️

Javobim: bu holat albatta bo'lishi mumkin. Ehtimolini 💯% rad etish qiyin. Mana shunday holatda endi nima qilish kerak Javobim shuki, savolni yozish orqali fikrni tiniqlashtirib olish darkor. Ko'pgina yaponlar savollarini oldindan yozib, bexato gapirishga harakat qiladilar. Garchi, bu biroz nooddiydek chiqsada, fikrni tiniqlashi, o'zi savolda bizni nima xohlashimiz kabilar yozish orqali oydinlashadi.

O'zim ham turli konferensiyalarga borganimda iloji boricha savolimni yozib oldindan tayyorlab olishga harakat qilaman. Shunda, savolingiz haqiqatan ham berishga arziydi yoki yo'q, o'zingizga ham aniq ko'rinib qoladi.

Shunday ekan, mumkin bo'lsa (sharoit bo'lsa) savolni yozib, ♻️ bitta tekshirib olgach, keyin beraylik. Nima deysizlar, shu orqali qisqa, lo'nda va ma'noli savol berishga o'tarmikinmiz?..

Talaba do'stimga | Dr. Alisher Umirdinov

18 Oct, 06:51


Procrastination (qilinajak ishni sababsiz ortga surish) haqida...

🇬🇧Londonda ilmiy ish📋 qilib yurganimda bir professor👨‍🏫 shunday degandi:

“Agar magistrlik👨‍🎓 bosqichi talabasi bo’lsangiz, shunday qiling. Ertalab tongda turib, 6:30 dan 11:30 gacha 3⃣ ta ishlash sessiyasini tashkil qiling. Har bir sessiyani 3⃣5⃣ minutdan qiling. Bu davrda ishingizga to’liq yo’naling. O'rtada biroz dam ham oling. Kunning keyingi qismida esa bilganingizni qiling. Hohlagan filmingizni ko’ring.📽

Ertadan kechgacha ishlaydigan professor o’laroq, menda bunday lyuks imkoniyatim mavjud emas. Ammo, talabalar bu qoidaga yaxshi amal qilsa ham 2⃣ yillik magistrlik davrida juda yaxshi ilmiy ish yoza oladi deb o’ylayman.

Yuqoridagi qoidani bakalavrlar darajasida ham biroz o’zgarishlar ♻️ bilan moslashtirib tadbiq qilsa bo’lsa kerak.

Talaba do'stimga | Dr. Alisher Umirdinov

16 Oct, 08:05


Universitetda kitoblarni boshidan ohirigacha o'qiy olish va murakkab matnlar bilan ishlay olish uchun maktab davrida kitob o'qishga o'rganish lozim ekan. Buni o'zimda ham sinaganman.

https://www.theatlantic.com/magazine/archive/2024/11/the-elite-college-students-who-cant-read-books/679945/

Talaba do'stimga | Dr. Alisher Umirdinov

15 Oct, 09:24


Savol berish san’ati

Yaqinda shuni sezib qoldim – umuman yaponlar va yapon talabalarining qisqa va lo’nda savol berishiga o’rganib qolibman. O’zbekistonlik talabalar orasida savol berishda uni qayta-qayta takrorlash bor ekan.

U quyidagicha yangraydi:
- A degani B deganimi? Aytqmochimanki, haqiqatan ham A degani B deganimi? Tushuntira oldimmi, siz rostdan ham Ani B deya o’ylaysizmi? ....kabi

Bu esa hammani vaqtini oladi. Manfaati esa deyarli bo’lmaydi. Bunday odatning biz O’zbekistonliklar orasida bekorga shakllanmagan bo’lsa ham kerak. Balki, savolimizning ahamiyatini yanada kuchliroq ta’kid ma’nosida aytgan bo’lishimiz ham mumkin.

Shunday bo’lsada, savol narigi tomon uchun ham aniq bo’lsa, nega uni takrorlamoq kerak?!

Talaba do'stimga | Dr. Alisher Umirdinov

13 Oct, 01:28


Nagoyadagi O’zbekistonlik vatandoshimiz do’konida yurtimizning mana shu mahsulotini ko’rib qoldim.

Made in Uzbekistan 🇺🇿 butun dunyoga tarqalishda davom etaversin. Bu ham yurtimiz va millatimiz uchun katta xizmatdir.

Talaba do'stimga | Dr. Alisher Umirdinov

11 Oct, 07:33


Portfel, suv idish va bento


(2) Suv idish
Bizning yurtlar juda quruq. Namlik kam. Yaponiyaga kelgach yaponlarlarning qay darajada suvni ko’p ichishlariga guvoh bo’ldim. Maktab bolachalari ham har kuni katta-katta suv idishlarini to’ldirib, keyin maktabga otlanishadi. Balki, ba’zan bular haddan oshirib ham yuborishar. Ammo, yurtimizda yurgan paytimda tez-tez qattiq chanqoqni his qilaman. Toza suv ichib yurish va olib yurish nihoyatda muhim. Ammo, talabalarimiz orasida bu ishni qiladiganlar qancha bilmadim. Ayniqsa, erta uydan chiqib kech qaytguvchi, qattiq mehnat qiluvchi talaba yigit-qizlarimizga suv idishni olib yurishni maslahat berardim.

(3) Bento
Bento bu – uyda tayyorlangan tushlik ovqati va u solingan idishdir. Yaponiyada juda ham mashhur bo’lib, yaqinda Gollandiyaga borganimda xatto shunday bento idishlarni u yerdagi supermarketlarda ham ko’rdim. Agar sharoit ko’tarsa, mevami-salatmi yoki pishirilgan taommi, albatta bento olib yuraylik. Ham arzon, ham sifatli. Tushlik uchun deya uzoqdagi tamaddixonaga borib, vaqt va pulingizni sarflab yotmaysiz. O’zim ham deyarli har kuni bento olib kelaman. Bu Yaponiyada va dunyoda uyat emas ortiq. Halol bo’lsa, oshimizni ko’chada ichsak ham bo’ladi. Uyalmaylik, teskarisiga, qattiq turib shunday sodda va ratsional odatlarni yoyaylik, talaba yigit-qizlar.

Talaba do'stimga | Dr. Alisher Umirdinov

11 Oct, 07:33


Portfel, suv idish va bento

Talaba yonida olib yurishi lozim uch narsa haqida yozsam.

(1) Portfel yoki ryuzak

Bu yil sentabr boshida yurtimizga borganim uchun talabalarning universitetlarga qaytishini ko’rdim. O’qishning ilk kunlari bo’lgani uchunmi, yigit-qizlarimizning qo’lida katta sumka yoki ryuzaklarni deyarli ko’rmadim. To’g’ri smartfonlarning funksiyasi oshib, ular bilan ko’p ishni qila olish imkoni tug’ilgan bo’lsada, talabada portfel albatta bo’lishi kerak. Chunki, unda kitobi, qalam-daftari, darsdan berilgan materiallar va keyingi nuqtalarda aytmoqchi bo’lgan suv idish va bento idishini olib yurish juda osonlashadi.

Talaba do'stimga | Dr. Alisher Umirdinov

10 Oct, 11:06


Tezkor xabar!

Adabiyot sohasidagi Nobel mukofotini ilk bor Koreyalik yozuvchi oldi.

Koreyaliklarning Nobel olgani o'ta nodir. Shu paytggacha 2000-yilda bir prezidentlari Tinchlik boyicha olgan xolos.

Garantiya beraman, bugun Koreya aholisi uxlamaydi: Bayram!

Tabriklayman, Koreyaliklar. Bizning yurtga ham nasib etsin!

Talaba do'stimga | Dr. Alisher Umirdinov

10 Oct, 00:13


Times Higher Education saytida World University Rankings 2025 e'lon qilinibdi. Britaniya va AQSh universitetlari birinchi 10 talikni band qilib ulgurgan bo'lsalarda, Xitoyning 2 universiteti va Singapur Milliy Universiteti keyingi 10 talikdan joy olgan.

Xitoyning boshqa universitetlari ham keyingi yillarda shitob bilan kuchli 100 talikka kirib kelishmoqda. Bir muncha yillardan keyin ular kuchli 10 talikka kirib olishsa ham kerak. Zotan uning ostonasi oldida turibdilar.

Rossiyaning Lomonosov universiteti esa 'haqli' ravishda 170-orinni egallab turibdi. Bu ham davlatning qay darajada ta'limga investitsiyasini bildiradi.

Yapon universitetlaridan faqatgina Tokyo va Kyoto universitetlarigina 100 talikka kira olganlar. Xatto, ozim bitirgan va bir vaqtlar kuchli 100 talik ichida bo'lgan Nagoya universiteti ham 201-250 orinlar ichiga tushib qolgan. Dunyoda raqobat juda qattiq. Siz qaysi universitetda kelajakda o'qimoqchisiz?

https://www.timeshighereducation.com/world-university-rankings/latest/world-ranking#

Talaba do'stimga | Dr. Alisher Umirdinov

06 Oct, 04:09


Muammo shundaki, LDP ichida turli moliyaviy skandallar avj olganligi ushbu partiyaning so'nggi yillardagi obro'siga jiddiy zarar berdi. Buni tuzatish uchun esa Bosh vazir Ishiba parlamentni tarqatib yuborib saylovga chiqmoqchi. Maqsad - uning davrida yangi bir pok davr boshlanayotganligini bildirish, xalq ishonchini yana bir bor qo'lga kiritish va o'zining siyosiy maqomini yanada mustahkamlash.

Biroq, bu asoslarga tayanib Parlamentni tarqatib yuborish 1947-yilgi Yaponiya Konstitutsiyasida aniq-tiniq belgilanmagan. Buni esa raqib partiyalarhaqli ravishda jiddiy tanqid ostiga olmoqda. Chunki, Konstitutsiyaning tegishli 7-moddasida ham, 69-moddasida ham aynan ushbu asoslarga ko'ra Parlamentni tarqatib odil saylovlarga ketish uchun Vazirlar Mahkamasiga aniq-tiniq shaklda mandat berilmagan. Amalda esa Vazirlar Mahkamasi o'zining bir tomonlama sharxi asosida doimo 7-moddaga asoslangan holda Parlamentni tarqatib kelmoqda.

Ne tongki, O'zbekiston Oliy Majlisiga saylov bo'ladigan 27-oktabr kuni yaponlar ham saylov punktlariga borib, siyosiy hohishlarini ifodalashadi. Qiziq-a?

Talaba do'stimga | Dr. Alisher Umirdinov

06 Oct, 04:08


Yaponiyada ham Konstitutsiyaga zid ishlar bo'lib turadi.

Yaponiyadagi hukmron Liberal demokratik partiyasi(LDP) yaqinda o'ziga yangi rais sayladi. Bu esa yangi Bosh vazir yuzaga kelganini ham bildiradi. Shigeru Ishiba iqtidordagi partiya ichida ham rost gapni ayta olgan, kam sondagi vijdonli deputatlardan hisoblanadi. U 1-oktabr kuni Yaponiyaning 102-bosh vaziri (sizni ko'zingiz adashmadi!) sifatida Parlamentda saylandi.

Talaba do'stimga | Dr. Alisher Umirdinov

05 Oct, 03:11


Vatanni sevish masalasi ko'p gapiriladi-yu, u nimani bildirishi ko'pincha noma'lum qoladi. Zamonaviy turk jumhuriyati quruvchisi Otaturk unga mana shunday ta'rif bergan ekan. Qo'shilasizmi?

Talaba do'stimga | Dr. Alisher Umirdinov

04 Oct, 00:09


(davomi)

Yana bir e’tiborni tortgan narsa bu – yaponlarning hamma narsani oldindan bajarib, tayyor turishlaridir. Rasmdagi sahna va uning yonidagi yerdagi chodir deyarli bir hafta oldin tam-taxt qilingan. Atrofi esa o’ralgan. Bu orqali universitetning yillik festivali – daigakusai yaqinlashayotganidan darak berish bo’lsa, boshqa tomondan esa oldindan tayyorgarlikni tom ma’noda bajarish bo’lgan.

Buni biz hayotimizga ham tadbiq etsak bo’ladi. Oldindan harakat qilaylik. Kech qolmaylik. Orqaga surmaylik muhim ishlarni. Aqlimiz aytayotgan, qalbimiz esa tasdiqlayotgan ishni amalga oshiraylik. Kam bo’lmaymiz. Huddi yaponlardek.

Talaba do'stimga | Dr. Alisher Umirdinov

04 Oct, 00:09


Yaponiyadagi universitetlarda ajoyib an’ana bor. U ham bo’lsa, har yilgi universitet festivalidir. Unda hafta ba’zi darslar hatto bekor qilinadi va talabalar bir yil davomida andarmon bo’lib kelgan ishlarini universitet va tashqaridan kelgan mehmonlarga namoyish qilishga imkon beriladi. Katta yapon universitetlarida yuzlab chodirlar tikilib, turli davlat taomlari tayyorlanadi, qoshiqlar-raqslar va turli namoyishlar qilinadi. Xullas, universitet haqiqiy ma’noda talabalar qarorgohiga aylanadi.

Oktabr 12-13kunlari bizni universitetda ham huddi shunday kun. Umid qilaman, u kunlar bugungidek yomg’irli bo’lmaydi. Ahir shuncha talabalarning mehnati bor-a!

Talaba do'stimga | Dr. Alisher Umirdinov

03 Oct, 08:25


“Xudo bir insonni boshqa insondan ustun yoki quyi qilib yaratmagan” deb ishoniladi. Boshqacha qilib aytganda, xudo insoniyatni yaratganda barcha insonlar bir xil huquqqa ega bo’lib yaratilgan, hech kim tug’ma yuqori va quyi tabaqaga bo’linmagan. Xudo, butun mavjudotlarning gultojisi bo’lgan insonga o’z tanasi va qalbni ato etdi. Xudo insonga bu olamdagi turli xil ne’matlardan foydalanib o’zining oziq-ovqat, kiyim-kechak va boshpanaga bo’lgan ehtiyojlarini qondirib, o’zi istaganidek erkin, boshqalarga xalaqit qilmasdan, farovon yashay oladigan hayotni taqdim etgan. Lekin, insoniyat dunyosiga nazar tashlaydigan bo’lsak, aqlli va nodon, kambag’al va boy, yuqori va past mavqega ega insonlarga duch kelamiz. Insonlar orasida bu kabi osmon bilan yerchalik farq qanday qilib yuzaga kelishi mumkin?! Aslida buning sababi kundek ravshan. Jitsugo-kyo kitobida “Inson o’rganmasa, johilligicha qolib ketadi. Johil inson esa nodondir” deb yozib qo’yilgan. Boshqacha qilib aytganda, dono va nodon odamning farqi ular qay darajada ilm o’rganganligiga qarab belgilanadi.

Yukichi Fukuzawa "Ilmga chaqiriq"(1876-yil) kitobidan (tez orada chop etiladi. )

Talaba do'stimga | Dr. Alisher Umirdinov

01 Oct, 02:01


Men uchun eng yaxshi bayram so'zlari bo'ldi.

Assalomu alaykum va rohmatulloh. Sizga minnatdorchiligimni bildirib yozmoqdaman . 1oy avval kitob dokonida "Xorijda magistratura" kitobingizni korib qoldim. Meni etiborimni tortdi.

Hozirda 4 kursman, tabiiyki magistrga tayyorlanib yurgandim. Robbim menga sizni kitobingizni sabab qilib yo'limdan chiqardi. Keyin darhol sotib oldim. Mana hozir o'qib tugatdim.

O'qigan kitoblarim ichida eng ko'p ma'lumot olgan kitoblarimdan biri bo'ldi. Kitob o'qish jarayonida o'zim uchun kerakli bo'lgan muhim qarorlarni qabul qildim. Har bir narsani detallarigacha tushuntirgansiz. Kitob oxirida boshqa insonlarning tajribalari bilan bo'lishingiz alohida rahmatga loyiq. Kitobni o'qish orqali o'zimga katta ishonch buni qila olishim mumkinligini tushunib yetdim. Allohim rozi bo'lsin. Qilgan mehnatlaringizni ajrini to’liq qilib bersin. Tashakkur bildirib qolaman. Albatta magistraturaga grand yutib olsam yana xabar yozaman.

Xabarimni shu joyigacha o'qiganingiz uchun tashakkur!