Sojida Karimova

@sojida_karimova


Hayotga real qarashni o'rgatamanโœจ
Siz qidirgan o'sha Ingliz tili ustozi MEN๐ŸŒ
Teaching blog @Sojida_Teacher
Reklama @Sojida_Ad

Mendan nima manfaat topsangiz ONAMni duo qiling๐Ÿซ‚

Sojida Karimova

22 Oct, 12:07


Og'zaki tarjimon (interpreter)

โ€” Kompaniya: Shinon Global (Hindistonda)
โ€” Ish turi: Tarjimonlik, to'liq stavka, haftada 6 kun, 9 dan 6 gacha. Viza xarajati, borish-kelish chiptasi, yotoqxona xarajatlari qoplanadi.
โ€” Talablar:  21 yoshdan oshgan, ingliz tilini C1 darajada biladigan, stressga chidamli (bemorlar bilan ishlash uchun) nomzod kerak! Tibbiy atamalarni bilganlarga imtiyoz beriladi.
โ€” Maosh: $600, yaxshi ishlashingizga qarab oshirilishi mumkin
โ€” Ish holati: #aktiv
โ€” Murojaat uchun: @shinonmedkadr (Avval mana bu videoni ko'rib, ota-onangizdan ruxsat olib keyin ishga topshiring:
https://youtu.be/UABDmNPBff0?si=ySWxPWOWmkpiVKeN)

P.s Meni shaxsan tanishlarim borib, bir yil ishlab travel qilib kelishgan๐Ÿ˜Ž

Sojida Karimova

22 Oct, 12:04


Kuz๐Ÿ‚โœจ

Sizga bitta zo'r ish taklifi bilan kelyapman tayyormisiz?

Sojida Karimova

18 Oct, 14:26


Aytgancha, mendagi eng katta va so'nggi o'zgarish endi jamiyatda muammolar va kamchiliklar haqida yozmayotganim va e'tiborimni qaratmayotganim bo'ldi.

Hamma jamiyatda doim o'ziga xos nimadir muammo bo'ladi va tabiiy. Bu yo'q bo'lishi uchun aqlimiz o'sishi, fikrlashimiz va yashash sharoitlarimiz o'zgarishi kerak. Meni qo'limdan keladigan narsa o'tirib buni muhokama qilish emas, ko'p odamlarga, minglab, millionlab odamlarga ilm berish, hayotni boshqa tomondan ham ko'rishga yordam berish.

Shuni anglab yettim va to'liq fokusimni o'zimni moddiy, ma'naviy va ruhiy o'sishimga qaratdim. Bu yil rostdanam ruhan judayam katta o'zgarish bo'lgan yil bo'ldi, Alhamdulillah. Bular haqida qachondir yozaman sizga.

Lekin shuni biling, hayot tarzingiz, qilayotgan ishingiz, qadriyatlaringiz o'zgarishi mumkin va bu KERAK. Yoshingiz kattalashgan sari, umuman boshqa qoidalar asosida yashashni istashingiz normal.

O'zgarishlar yaxshilik belgisi, bir joyda yillab qolgandan ko'ra yaxshiโ˜บ๏ธ

O'zgarishlardan qo'rqmang
@Sojida_Karimova

Sojida Karimova

18 Oct, 14:18


We Teach kursi tugadi. Bu bugun shunchaki o'qituvchilik haqida emas ancha ruhan o'sish payti ham bo'ldi har bir qatnashchi uchun..

Hamma fikrlarni jo'natolmas ekanman, judayam ko'p. Kurs haqida fikrlarni @weteachfeedbacks kanalida o'qing๐Ÿ”ฅ๐Ÿ˜

Menga bu ish yoqdi. Endi o'qituvchilar bilan ishlab davom ettiraman manimcha.

Sojida Karimova

15 Oct, 06:02


We Teach kursini birinchisi tugadi ๐Ÿ˜

Lekin o'zimam qanaqadir tugashini istamadim shu kursni. O'qituvchilar bilan ishlash menga rosssa yoqdiiii. Men ruhan o'sdim ular bilan๐Ÿ˜

O'zim mazza qilyapman shu loyihamdan. Qanaqa zo'r qizmanaaaaaaa๐Ÿ˜‡

Sojida Karimova

14 Oct, 10:37


Chet elda yashagan inson sifatida, chet elda zo'r, chiroyli tabiatni, inson uchun yaratilgan sharoitlarni hammasini sevgan inson sifatida chet elda doimiy yashashni tanlamasligimni, nima uchun shundayligini bugun sizga aytmoqchiman.

Turkiyada bir muddat o'qishim yuzasidan yashadim. Hammasi zo'r, dengiiiiz, tariiix, tabiaaat mazza edi.

Hozir Koreyada ham men va oilam uchun yashash sharoitlari, ishlash va pul topish imkoniyatlari juddayam ko'p. Hammasini yozsam vaqt yetmaydi.

Ammo lekin biroq men doim chet elda jamiyatni bir qismidek his qilolmaslikdan qiynalaman. Tilni bilsang ham, o'qib ishlasang ham, tarix va qadriyatlar, ayniqsa dining har xilligi uchun hech qachon sen shu jamiyatni bir qismi bo'lolmaysan.

Sen doim tashqaridan kelgan bo'lib qolaverasan. Bolalaring ham shunday, ularni bolalari ham shunday.

O'qish, vaqtincha ish, sayohat uchun kelish kerak. Dunyo ko'rish kerak, mazza qilish kerak, keyin uyga qaytish kerak.

@Sojida_Karimova

Sojida Karimova

14 Oct, 02:13


Shu kunlarda eng katta muammoying nima?

Men: Kutubxonaga ertaroq chiqib shu joyni egallash๐Ÿ˜…๐Ÿ˜‚

Manga shu joy yoqadi, lekin doim odam bo'lardi. Bugun ertalabdan shipillab chiqib o'tirvoldim๐Ÿ˜๐Ÿ˜๐Ÿ˜

Hammani hayotidagi eng katta g'ami shunchalik kichkiiina bo'lsiiiiin๐Ÿฅฐ

Sojida Karimova

12 Oct, 00:05


Avvallari Instagramda Amira Rashidovani kuzatardim. "Mening yangi go'zal tongim... Baxtlilarim..." kabi so'zlar ishlatsa qanaqadir g'ashim kelardi. Shunchaki sun'iy gapiryapti shekilli derdim.

Hamma o'zi qanaqa o'ylasa, qanaqa fikrlasa qolganlarniyam shunaqa deb o'ylaydi degan fikrga yana isbot bu. Men o'sha paytda kichkina oddiy narsalarga, quyoshni ko'rganimga, uyg'onganimga shukr qiladigan darajada emas edim. Shuning uchun uni fikrini qabul qilolmasdim.

Aslida inson o'zi qaancha baxtli bo'lsa, baxtini his qilsa, shuncha boshqalarga ham ilinarkan. Atrofdagilar ham u ko'rgan narsani ko'rishini istarkan. Endi endi yanayam anglayapman.

Hozir uyg'oniboq hayotimda shukr qilishim kerak bo'lgan yaxshi va chiroyli narsalarni qidiraman. O'ylayman, shukr qilaman.

Tartibsiiiz uyga e'tibor bermayman, shu uyni borligiga shukr. Shunaqa sovuuuqda ko'chada emasmiz.

Yeyishga narsa borligi, pulim borligi, farzandim borligi, uni sog'lomligi, turmush o'rtog'im borligi, telefonim, kiyimim, sog'lomligim... Hammasi uchun shukr deyman.

To'g'ri men bundanam ko'pini, yaxshirog'ini istayman. Unga harakat qilaman. Lekin berilganlariga shukr qilib, keyin yangilarini so'rash kerakligini angladim. Senga bergan narsalarini qadrlamasang Alloh ham so'raganlaringni bergisi kelmaydi.

Uxlashdan oldin ham hayotimda bo'lgan eng yaxshi narsalar, eng yaxshi ne'matlarni eslab keyin uyquga ketaman.

Sizga ham tavsiya qilamanโค๏ธ๐Ÿ˜

Hamma baxtni his qilsin. Baxt aslida ichida ekanligini his qilsin. Aslida hech kim seni baxtli qila olmasligini, faqat va faqat o'zing ichingdagi baxtni kashf qilishing kerakligini hamma anglasin. Shukr qiladiganlaringiz ko'p bo'lsinโค๏ธ

Love you all๐Ÿ˜‡
@Sojida_Karimova

Sojida Karimova

11 Oct, 12:49


Bugun bir tadqiqot haqida o'qidim:

Suvga turli so'zlarni qayta-qayta gapirib, ularni kristal holatini kuzatishgan ekan. Samimiy va yaxshi so'zlar eshitgan suv kristallari chiroyli va tiniq, yomon so'zlar eshitganlari qoraroq va sochilib ketgan tarzda bo'lgan ekan.

Xuddi shunday rock musiqasi ham suvni xunikroq kristalga aylantirgan. Tadqiqot Yapon olimi Masaru Emotoniki qiziqqanlar o'qishi mumkin.

Xulosa shundaki, inson tanasini katta qismi suvdan iborat. Inson ham tashqaridan kelayotgan yaxshi va yomon so'zlarga xuddi shunday yoki bundanam kuchliroq reaksiya bildiradi. Tanamizdagi turli kasalliklarning sababi ham stress va eshitgan yomon gaplarimizda.

Shuning uchun ham bolangizga, oilangizga, do'stlaringizga faqat va faqat yaxshi gapiring.
- Sizni yaxshi ko'raman.
-Siz bilan har doim baxtliman.
-Yaxshiyam borsiz.
-Rahmat hammasi uchun. Minnatdorman.

Kabi iliq gaplarni yaqinlarimizga aytaylik. O'zimizga ham aytaylik. So'zlaringizga ehtiyot bo'lingโค๏ธ

@Sojida_Karimova

Sojida Karimova

08 Oct, 11:49


Siz ham o'zingizga rahmat aytib turing. Har kuni, har bir ishda. O'ziga chiiin dildan minnatdor bo'lib rahmat aytolmagan inson, boshqalarga ham samimiy, dildan rahmat aytolmaydi.

Yana siz bilan doimo birga bo'ladigan inson bu siz, yaxshi va yomon kunlaringizda boshingizdan nimalar o'tishi, nimalarni his qilganingiz faqat o'zingizga ayon.

@Sojida_Karimova

Sojida Karimova

08 Oct, 11:45


Shu 3 yil uchun o'zimga rahmat aytmoqchimanโค๏ธ

Sojida, asalim, san shunaqa ajooyib, aqlli, Zo'r qizliging uchun rahmat. Shu 3 yilda orzuyingdagi sevgi ustiga qurilgan, tinch-totuv oila qurish uchun zo'r harakat qilding.

22 yil yashagan uyingni, oilangni, yaqinlaringni tashlab umuman begona joyga, begona insonlarga ko'nikding, moslashding. Bilmaganlaringni o'rganding. Xatolaringdan xulosalar qilding.

Ajoyib, samimiy, chaqqongina kelin, sevimli rafiqa va mehribon ona bo'la olding. Hali bundanam zo'r bo'la olasan, vaqt kerak.

Oilang tinchligi uchun jahling chiqsa jahl bilan ish qilmay, turmush o'rtog'ingga og'zingga kelgan gapni gapirib keyin afsuslanmading. Toqatidan ortiq talab qilmading. Uning qadriyatlari, fikrlariga moslashding.

Sen ajoyib qizsan va hozirgidanam million barobar ortiq baxtlarga loyiqsan๐Ÿ˜โค๏ธ

Doim shunaqa hayotingga shukr qilib, olg'a intil. Seni hali buyuk ishlar, o'zing ham tasavvur qilmagan baxtlar kutyapti๐Ÿ˜‡

Xurmat bilan ichingdagi odamcha๐Ÿ˜Œ
@Sojida_Karimova

Sojida Karimova

08 Oct, 10:55


My happiest 3 years with you๐Ÿ™ƒ