«Sharqshunos tahlilchilar» intellektual klubi

@sharqshunos_tahlilchilar


Sharq olamida sodir bo‘layotgan yangiliklar va voqealar siyosiy tahlili, tarixiy-falsafiy mushohadalar va ilmiy mulohazalarni biz bilan kuzatib boring!

Murojaat uchun: @TahlilchilargaMurojaat_bot
[email protected]

«Sharqshunos tahlilchilar» intellektual klubi

22 Oct, 15:16


🇨🇳🇨🇳📈 Xitoyning Markaziy Osiyo mintaqasidagi iqtisodiy manfaatlari

📈 Xitoy iqtisodiyotining jadal oʻsib  borishidagi asosiy omillardan biri qoʻshni mintaqalar bilan oʻrnatgan iqtisodiy va siyosiy aloqalaridir. Markaziy Osiyo Xitoy uchun muhim energiya manbai ega mintaqa hisoblanadi. Shu nuqtayi nazaridan Xitoyning Markaziy Osiyo bilan iqtisodiy aloqalarida energetika sohasi alohida ajralib turadi. Ma’lum boʻlishicha, ushbu davlatlardan Turkmaniston 2024-yil 1-yarmida 5,67 mlrd $lik gaz eksport qilib, Xitoyning eng yirik gaz yetkazib beruvchi hamkoriga aylandi. Misol uchun, Rossiya 4,69 mlrd $ bilan 2-o‘rinni egalladi. Rossiya va Xitoy tomonidan import qilinadigan energiyaning salmoqli qismini Markaziy Osiyo davlatlari bilan ta’minlashini hisobga olsak, Xitoyning ushbu davlatlarning energetika sohasiga sarmoya kiritishi har ikki tomon uchun ham o‘zaro manfaatli boʻladi.

🇨🇳 Markaziy Osiyo davlatlaridan toʻrttasi Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga aʼzo ekanligidan kelib chiqib aytish mumkinki, Xitoy mintaqaviy barqarorlikni saqlash, shuningdek, iqtisodiy va madaniy almashinuvlarni kengaytirish uchun mazkur tashkilot doirasida Markaziy Osiyoning barcha davlatlari bilan yaqindan hamkorlik qiladi.

📝 Qayd etish joizki, jahonda ro‘y berayotgan jiddiy o‘zgarishlar sharoitida ShHT eng yirik ko‘p tarmoqli mintaqaviy tashkilot sifatida “Shanxay ruhi”ni izchil targ‘ib etib, o‘zaro manfaat va teng huquqlilik tamoyillari asosidagi hamkorlikni amalga oshirib kelmoqda. ShHTga aʼzo davlatlar Hukumat rahbarlari (Bosh vazirlari) kengashining navbatdagi majlisi 2025-yilda Rossiya Federatsiyasida boʻlib oʻtadi.

📊 Xitoyning Markaziy Osiyo bilan o‘rnatayotgan yaxshi munosabatlari mintaqaning geografik joylashuvi orqali Yevropa va boshqa davlatlar bilan iqtisodiy bozorlarni kengaytirish hamda bu yo‘nalish bo‘yicha eksport hajmini oshirish imkonini beradi. Xitoyning Markaziy Osiyoga iqtisodiy sohada boshlangan sarmoyalarini siyosiy richag sifatida ham ko’rish mumkin, sababi bu mintaqa rahbarlari kelajakda Vashington va Pekin o’rtasidagi iqtisodiy raqobat sharoitida Xitoyga nisbatan yaqinroq munosabatda bo’lishga olib kelishi mumkin.

🇺🇿🤝🇨🇳O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2024-yil yanvar oyida Xitoy rahbari Si Szinpin taklifiga binoan Pekinga tashrifi yakunlari bo‘yicha Xitoy bilan munosabatlarni rivojlantirish O‘zbekiston tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanini ta'kidladi.

Darhaqiqat, Xitoy hozirda O‘zbekistonga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy sarmoya kiritish bo‘yicha 1-o‘rinda turadi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz 👇
📝 Twitter 📹 YouTube 📝 Facebook 📷 Instagram 📨 Telegram

«Sharqshunos tahlilchilar» intellektual klubi

22 Oct, 12:36


🟦🟦🟦 1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

🇪🇬🏢 Misr “Oktagon”i

"Oktagon" Misr Qurolli Kuchlarining kelajakdagi yangi shtab-kvartirasi boʻlib, rasmiylar uni Qohirada qurmoqchi.

Bu yerda eng muhim anjuman va uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. "Oktagon" loyihasining aksariyat qismi allaqachon yakunlangan. Butun majmua 189 ming kvadrat metr maydonni egallaydi. Inshoot qadimgi Misr uslubida qurilgan 8 qirrali 8 ta binodan iborat.

Ma'lumot uchun Misr harbiy qudrati bo‘yicha dunyoda 14-o‘rinni, Yaqin Sharqda Turkiyadan keyingi 2-o‘rinni, arab davlatlari orasida esa eng qudratlisi hisoblanadi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz 👇
📝 Twitter 📹 YouTube 📝 Facebook 📷 Instagram 📨 Telegram

«Sharqshunos tahlilchilar» intellektual klubi

22 Oct, 10:14


🟦🟦🟦 1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣
1️⃣2️⃣4️⃣4️⃣5️⃣6️⃣

Xalqaro shartnomalarning turlari

1️⃣. Ishtirokchilar soniga koʻra:

Ikki taraflama xalqaro shartnomalar.

Xalqaro shartnomalar, asosan, ikki taraflama boʻlib, bir tarafda bir davlat, ikkinchi tarafda bir necha davlat ishtirok etuvchi shartnomalar ham ikki taraflama shartnomalar hisoblanadi (masalan, 1947 yilgi tinchlik shartnomalari);

Koʻp taraflama xalqaro shartnomalar.

Koʻp taraflama shartnomalarga barcha davlatlar ishtirok etishiga moʻljallangan universal (umumiy) shartnomalar va ishtirokchilari soni cheklangan shartnomalar kiradi. Shartnomalarning birinchi turiga, masalan, Vena konvensiyalari (1969-yil), (1986-yil), ikkinchi turiga - Yevropa Iqtisodiy hamjamiyatini tuzish toʻgʻrisidagi Rim shartnomasi (1957-yil) kiradi.

2️⃣. Tartibga solish obyektlariga koʻra:

● Siyosiy xalqaro shartnomalar (ittifoq tuzish, hujum qilmaslik, betarafligi toʻgʻrisida, qurolsizlanish sohasida va h.k.);

● Iqtisodiy xalqaro shartnomalar (savdo bitimlari, zayomlar, kreditlar va h.k. toʻgʻrisidagi bitimlar);

● Maxsus xalqaro shartnomalar (harbiy, transport boʻyicha, aloqa sohasida va h.k.).

3️⃣. Hududiy taʼsiriga koʻra:

● Universal xalqaro shartnomalar.

Vena konvensiyasiga (1969 yil) binoan, xalqaro huquqni kodekslashtirish va rivojlantirish masalalariga tegishli yoki obʼekti va maqsadi xalqaro hamjamiyat ahamiyatiga molik boʻlgan xalqaro shartnomalar universal xalqaro shartnomalar hisoblanadi;

● Mahalliy xalqaro shartnomalar.

Ishtirokchi davlatlar soni cheklangan xalqaro shartnomalar (masalan, bir geografik mintaqa davlatlari ishtirok etuvchi shartnomalar).

4️⃣. Xalqaro shartnomada ishtirok etish imkoniyatiga koʻra:

● Ochiq xalqaro shartnomalar, yaʼni boshqa (uchinchi) davlatlar qoʻshilish huquqiga ega boʻlgan shartnomalar;

● Yopiq xalqaro shartnomalar. Qoʻshilish uchun ishtirokchilarining roziligi talab etiladigan shartnomalar yopiq shartnomalar hisoblanadi. Masalan, Vena konvensiyasi (1986 yil) ochiq, Rim shartnomasi (1957-yil) yopiq shartnomadir.

5️⃣. Amal qilish muddatiga koʻra:

● Muddatli xalqaro shartnomalar, yaʼni muayyan muddatga tuziladigan shartnomalar;

● Muddatsiz xalqaro shartnomalar (masalan, SSSR va AQSh oʻrtasida tuzilgan 1973-yilgi Yadro urushining oldini olish toʻgʻrisidagi bitim).

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz 👇
📝 Twitter 📹 YouTube 📝 Facebook 📷 Instagram 📨 Telegram

«Sharqshunos tahlilchilar» intellektual klubi

22 Oct, 07:07


🟦🟦🟦 1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

📰 Peshmerga. Kurdlarning harbiy kuchi.

Peshmerga o'zi nima? U qanday guruh
🟢 Peshmerganing tashkil topishi
🟠 Kurdlarning siyosiy mojarodagi ishtiroki
🔴 Zamonaviy Peshmerga

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz 👇
📝 Twitter 📹 YouTube 📝 Facebook 📷 Instagram 📨 Telegram

«Sharqshunos tahlilchilar» intellektual klubi

22 Oct, 05:16


🟦🟦🟦🟦 #iqtibos 🟦🟦🟦

Ertaga oʻladigandek yasha, butun umr yashaydigandek oʻrgan.

© Mahatma Gandi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz 👇
📝 Twitter 📹 YouTube 📝 Facebook 📷 Instagram 📨 Telegram

«Sharqshunos tahlilchilar» intellektual klubi

22 Oct, 00:56


🟦🟦🟦 🟦🟦🟦 1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣


Dunyoning eng boy mamlakatlari
(1963-2023)
[Aholi jon boshiga yalpi milliy daromad]

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz 👇
📝 Twitter 📹 YouTube 📝 Facebook
📷 Instagram 📨 Telegram

«Sharqshunos tahlilchilar» intellektual klubi

21 Oct, 12:35


🟦🟦🟦 1️⃣2️⃣4️⃣4️⃣5️⃣6️⃣

Xitoyda aholi qaysi tillarda muloqot qiladi?


Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz 👇
📝 Twitter 📹 YouTube 📝 Facebook
📷 Instagram 📨 Telegram

«Sharqshunos tahlilchilar» intellektual klubi

21 Oct, 10:24


1️⃣2️⃣4️⃣4️⃣5️⃣6️⃣

Zangezur yo’lagining Turkiy Respublikalar uchun ahamiyati

🇹🇷 Turkiy tilli davlatlar mustaqillikka erishganiga 30 yildan oshgan bo'lsa-da, juda qisqa muddat ichida TDTni tashkil eta olgani bu katta muvaffaqiyatdir. Albatta, bu muvaffaqiyatni davomi va turk dunyosi o'rtasida uzluksiz quruqlik aloqasini o'rnatish uchun Zengezur yo'lagining ochilishi ahamiyatli. Xususan, Turkiyaning oxirgi yillarda Armaniston tomonidan bosib olingan Ozarbayjonga tegishli Qorabog‘ning ozod etilishini qo‘llab-quvvatlashi va ikki davlatning yagona davlat sifatida siyosiy va harbiy sohadagi hamkorligi Markaziy Osiyodagi turkiy respublikalariga ham yaqindan ta’sir ko‘rsatdi deyishimiz mumkin.

Rossiyaning sobiq ittifoq respublikalaridan biri bo'lgan Ukrainaga qarshi urush e'lon qilishi ham turk davlatlari o'rtasidagi hamkorlikni tezlashtirdi. XXI asrda iqtisodiyotning og'irlik markazi Osiyoga ko'chdi, Covid-19 epidemiyasi tufayli Xitoy bilan bog'liq bo'lgan ta'minot zanjirining uzilishi va iqtisodiy inqiroz tufayli butun dunyoda inflyatsiyaning o'sishi, logistika va transport narxlarining oshishi, sharq-g‘arbiy yo‘nalishda zamonaviy ipak va ziravorlar yo‘llarining qaytadan yo‘lga qo‘yilishi istagi bu jarayonni tezlashtiruvchi xalqaro omillardan biri hisoblanadi. Oxirgi bo’lib o’tgan G20 Liderlar Sammitida Xitoy, Turk dunyosi va Turkiyani chetlab o'tgan Hindiston-Yaqin Sharq-Yevropa iqtisodiy yo’lagi loyihasi kontekstida Zangezurni Turk dunyosi uchun shunday koridor urushlarida, deylik holatlarda ahamiyatini oshiradi.

Turkiyalik Prof. Dr. Cengiz Tomarning fikriga ko’ra: Covid-19 epidemiyasi ortidan dunyoda yuzaga kelgan iqtisodiy inqiroz, Rossiyaning-Ukraina urushi va Rossiyaga qo'yilgan sanksiyalari natijasida Xitoy va Markaziy Osiyodan Yevropaga qadar cho'zilgan Shimoliy koridor yopilgan edi. Janubroqda Afg'oniston va Eron orqali ochilishi mumkin bo'lgan Janubiy koridor esa barqaror emas. Zangezur yo‘lagi ochilishi bilan Qozog‘iston va Ozarbayjon o‘rtasidagi Kaspiy dengizi orqali bog‘lanishni ta’minlovchi Markaziy yo‘lakdan quruqlik orqali o‘tish mumkin bo‘ladi va ular orasidagi masofa ancha qisqaradi. Bu aloqa hozirda Gruziya orqali amalga oshirilmoqda. So‘nggi paytlarda logistika va transport xarajatlari sezilarli darajada oshganini hisobga olsak, yo‘lakning ochilishi xalqaro savdo va jahon iqtisodiyoti uchun muhim imkoniyat yaratadi. Bu esa o’z navbatida, Naxechivan-Ozarbayjon quruqlik aloqasini ham ta'minlab beradi.

📊 Zangezurning iqtisodiy ta'siri

Zengezur koridorining turkiy davlatlar va Turkiya o'rtasidagi aloqaga eng muhim ta'siri iqtisodiy ma'noda bo'ladi. TDTning so'nggi sammitlarida qabul qilingan qarorlarga nazar tashlaydigan bo'lsak, eng muhim bandlar a'zo mamlakatlar o'rtasidagi iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash bilan bog'liq ekanligini ko’ramiz. Ayniqsa, Turk sarmoya jamg'armasining tashkil etilishi Zengezur bilan bo’lgan aloqaga ma'no kasb etadi. Aʼzo davlatlar oʻrtasida qabul qilingan qarorlar esa, iqtisodiy hamkorlik va savdo hajmini oshirish, Kaspiy dengizi orqali oʻtadigan xalqaro Sharq-Gʻarbiy markaziy koridor va Zamonaviy Ipak yoʻlini qayta tiklash bilan bogʻliq masalalar yuzasidan muhim ahamiyatlidir. Qozog‘iston yaqinda bu yo‘lakning muhim chorrahalaridan biri bo‘lgan Turkistonni muhim markazga aylantirdi va “TURANSEZ” nomli iqtisodiy erkin hududni tashkil etmoqda.

Bugungi kunda Markaziy yo‘lak ham avtomobil, ham temir yo‘l liniyalari jihatidan Gruziya orqali amalga oshirilishini hisobga olsak, Ozarbayjonning Zangezur koridorini xalqaro Sharq-G‘arb markaziy yo’lagiga integratsiya qilish borasidagi sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlash TDTga a’zo davlatlar tomonidan qabul qilingan qarorlari ham mavjud. Agarda Zangezur koridori ochilsa, Markaziy koridorda muqobil tanlov sifatida yo’l qisqaradi va Turk dunyosi o’rtasida uzluksiz quruqlik aloqasi o’rnatiladi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz 👇
📝 Twitter 📹 YouTube 📝 Facebook
📷 Instagram 📨 Telegram

«Sharqshunos tahlilchilar» intellektual klubi

21 Oct, 07:14


1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣ 🟦🟦🟦🟦
🟦🟦🟦 #iqtibos 🟦🟦🟦

O‘zbek tili kambag‘al emas, balki o‘zbek tilini kambag‘al deguvchilarning o‘zi kambag‘al. Ular o‘z nodonliklarini o‘zbek tiliga to‘nkamasinlar.

© Abdulla Qodiriy

Har bir millatning dunyoda borligini koʻrsatadurgan oynai hayoti til va adabiyotidur. Milliy tilni yoʻqotmak millatning ruhini yoʻqotmakdur.

© Abdulla Avloniy

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz 👇
📝 Twitter 📹 YouTube 📝 Facebook
📷 Instagram 📨 Telegram

«Sharqshunos tahlilchilar» intellektual klubi

21 Oct, 04:02


🟦🟦🟦 1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣
🟦🟦🟦 🧭

🇺🇿📃 Oʻzbek tili bayrami munosabati bilan xorijliklar "Oʻzbegim" qasidasini oʻqishdi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz 👇
📝 Twitter 📹 YouTube 📝 Facebook 📷 Instagram 📨 Telegram

«Sharqshunos tahlilchilar» intellektual klubi

21 Oct, 01:43


🟦🟦🟦 1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣ 1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣
1️⃣2️⃣4️⃣4️⃣5️⃣6️⃣ 🟦🟦🟦

🇺🇿🗣 "Dunyo" AA: O‘zbek tilida so‘zlashuvchilar soni 60 milliondan ortiq.

📖📝 "Dunyo" Axborot agentligining ma'lumotlariga ko‘ra, hozirda xorijiy davlatlardagi 50 dan ortiq o‘quv yurtida o‘zbek tili o‘rgatilmoqda.

🇺🇿 Dunyoning eng ko‘p so‘zlashuvchi til reytinglari ko‘rsatkichlari bo‘yicha O‘zbek tili 54-o‘rinni egallaydi. Bunga ko‘ra, o‘zbek tilimizda mahalliy so‘zlashuvchilar soni 25 milliondan ortiq deb ko‘rsatilgan.

🇺🇿🇺🇿 Agarda O‘zbek tili nufuzini nafaqat milliy, balki xalqaro miqyosda oshirish bilan bog‘liq kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqilsa va buni amalga oshirish bilan bog‘liq sa'y-harakatlar aynan til bayrami arafasida emas, balki muntazam tarzda olib borilsa, shuningdek, umumiy so‘zlashuvchilar sonini hisobga olib taxmin qilish mumkinki, O‘zbek tili jahon reytingi bo‘yicha Top 30 talik o‘rinlarga da'vogarlik qila oladi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz 👇
📝 Twitter 📹 YouTube 📝 Facebook 📷 Instagram 📨 Telegram

«Sharqshunos tahlilchilar» intellektual klubi

20 Oct, 17:29


🟦🟦🟦 🟦🟦🟦 1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣
1️⃣2️⃣4️⃣4️⃣5️⃣6️⃣ #iqtibos 🟦🟦🟦

"Qaysi bir millatning ona tili oʻz hojatini oʻtay olmay, boshqa yot tillar oldida magʻlubiyatga uchrab tiz bukar ekan, unday millat koʻp uzoqlamayoq, insoniy huquqlaridan ajragan holda hayot daftari ustiga inqiroz qalami chekilishi shubhasizdir. Unday millatlar yolgʻizgina Vatanlaridan emas, balki butun borligʻi bilan tarix yuzidan yoʻqolishga majbur boʻladilar."

📚 “Turkiston qaygʻusi”
✍️ Alixontoʻra Sogʻuniy

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz 👇
📝 Twitter 📹 YouTube 📝 Facebook 📷 Instagram 📨 Telegram

«Sharqshunos tahlilchilar» intellektual klubi

20 Oct, 13:30


🇾🇪🇨🇳 Xitoyning "Anakonda strategiyasi”da Misrning o‘rni

🇨🇳 Xitoyning Misr bilan munosabatlarini mustahkamlashga intilishi Xitoyning “Bir kamar, bir yoʻl” tashabbusida yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. Afrikaning shimoli-sharqiy qismida joylashgan Misr Afrika qit'asining muhim "darvozasi" bo'lib xizmat qiladi. Uning Suvaysh kanali O'rta yer dengizini Qizil dengiz va Hind okeani bilan bog'laydigan muhim suv yo'lidir. Misrning 100 milliondan ortiq aholisi Xitoy tovarlari uchun muhim iste'mol bazasini ta'minlaydi. Xitoy BRI bilan bevosita bog'langan bir nechta infratuzilma loyihalariga katta miqdorda sarmoya kiritganligi ajablanarli emas. Masalan, 2008-yilda tashkil etilgan Suvaysh Iqtisodiy va Savdo Hamkorlik Zonasi (SETC-Zone) joylashuvi va logistika imkoniyatlari tufayli BRIga sezilarli darajada xizmat qiluvchi asosiy loyiha hisoblanadi. Xitoy Milliy taraqqiyot va islohotlar komissiyasi ma'lumotlariga ko'ra, SETC zonasi Xitoy mahsulotlari uchun asosiy markaz bo'lib, 102 ga yaqin Xitoy kompaniyalari, 1,2 milliard dollarlik AQSH sarmoyasi, 30 ming yangi ish o'rinlari va 2,5 milliard dollardan ortiq savdo hajmi bilan muvaffaqiyatli natijalarni ko‘rsatib kelmoqda. Bundan tashqari, Misr va Xitoyning dengiz sanoati sohasidagi hamkorligi so'nggi yillarda ularning ikki tomonlama munosabatlarining muhim jihati bo'ldi.

🎋 Xitoyning o'sib borayotgan yumshoq kuchi

🎎 So'nggi paytlarda Xitoyning Misrdagi ishtiroki faqat qurilish loyihalari bilan cheklanib qolmadi, aksincha, madaniy sohani qamrab oldi. Masalan, Misr xavfsizlik xodimlari Misrda bir qancha uyg‘ur talabalarni hibsga oldi va bu ularni Xitoy rasmiylariga topshirmaslik uchun xalqaro inson huquqlari bo‘yicha chaqiriqlarga sabab bo‘ldi. Tayvan masalasida Sisi va davlat matbuoti Misr siyosatining o'zgarmasligini qayta-qayta ta'kidlagan.

🏯 Qohira universitetida Konfutsiy institutining tashkil etilishi Xitoyning Misrdagi yumshoq kuchiga yana bir misoldir. 2007-yilda tashkil etilgan institut misrlik olimlarga xitoy tilini o‘rgatish va xitoy madaniyatini o‘rtoqlashishni maqsad qilgan. Yaqinda Qohiradagi Konfutsiy instituti direktori dunyo boʻylab Konfutsiy institutlarining 500 ta filiali va 3600 ta xorijiy direktorlari orasidan eng yaxshi direktor sifatida tanlandi.

🇺🇲 Biroq, Misr va Xitoy o'rtasidagi hamkorlik Misrning o'nlab yillar davomida mamlakatning asosiy ittifoqchisi bo'lgan Qo'shma Shtatlar bilan munosabatlariga ham bir qancha ta'sir ko'rsatadi. Misr Xitoy va AQSh o'rtasidagi raqobatdan foyda ko'rmoqchi bo'lsa-da, bu ikki global kuch bilan munosabatlarida muvozanatni saqlay olmaslik uzoq muddatli muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Shu nuqtai nazardan, Misrning Xitoy bilan hamkorligidan kelib chiqadigan imkoniyat va xavflarni diqqat bilan ko‘rib chiqish va Xitoy va AQSh bilan munosabatlarida muvozanatli yondashuvni qo‘llash muhim ahamiyatga ega.

⁉️ Xitoy Misrning 4-yirik kreditoriga aylandi, uning to'lanmagan qarzlari qariyb 8 mlrd $ni tashkil etadi, bu Misrning 155,7 mlrd $lik umumiy tashqi qarzining taxminan 5 %ini tashkil qiladi.

Xulosa qilganda, Xitoyning Misr strategik portlari va Suvaysh kanalida ortib borayotgan ishtiroki imkoniyatlar va murakkabliklarni keltirib chiqaradi. Pekin iqtisodiy o'sishni va aloqani yaxshilashni va'da qilgan bo'lsa-da, Misr potentsial salbiy tomonlarni ham ko'rib chiqishi kerak. Misrning moliyaviy zaifligi, Xitoy bilan nisbatan zaif savdo pozitsiyasi va hukmronlik xavfi bularning barchasi e'tiborni talab qiladi.

🔅Iqtisodiy nuqtai nazardan, Misr kanal atrofidagi iqtisodiy zonani rivojlantirishi zarur. Shu bilan birga, Misr kanal hududiga Xitoy sarmoyalaridan xabardor bo'lishi va bu investitsiyalar kanalning Xitoy tomonidan nazorat qilinishiga olib kelmasligini ta'minlashi kerak.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz 👇
📝 Twitter 📹 YouTube 📝 Facebook 📷 Instagram 📨 Telegram

«Sharqshunos tahlilchilar» intellektual klubi

20 Oct, 09:58


🇺🇳 ​​BMT: tinchlikni ta’minlolma(yot)gan “tinchlik elchisi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti aʼzolari — mustaqil davlatlardir. BMT aʼzosi boʻlgan davlat xalqaro munosabatlarning asosiy tamoyillari aks etgan BMT Nizomida bayon etilgan majburiyatlarni qabul qiladi. Nizomga binoan, BMT 4 ta asosiy maqsadga amal qiladi:
1️⃣ xalqaro tinchlik va xavfsizlikni taʼminlashga koʻmaklashish;
2️⃣ millatlar oʻrtasida doʻstona aloqalarni rivojlantirish;
3️⃣ xalqaro muammolarni hal etishda va inson huquqlarini hurmatlashni ragʻbatlantirishda;
4️⃣ xalqaro hamkorlikni barqaror etish hamda ushbu umumiy maqsadlarga erishishda millatlar saʼy-harakatlari, kelishuvlari uchun markaziy rolni oʻynash.

• BMT butunjahon hukumati emas va u qonunlar qabul qilmaydi, biroq xalqaro mojarolarni bartaraf etishga va barcha davlatlarga daxldor boʻlgan masalalarni hal etish siyosatini ishlab chiqish uchun yordam bera oladigan mablagʻga ega. Taassufki, mazkur tashkilot faoliyati mobaynida o‘z funksiyalarini amalda to‘liq bajara olmayotganini guvohimiz. Shuningdek, a’zolarning vakolatlari taqsimotida tenglik yo‘qligi, ya’ni faqatgina BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy 5 a’zosi – AQSh, XXR, Rossiya, Buyuk Britaniya va Fransiyada veto huquqi mavjudligi ularning tashkilotdagi rolini sezilarli darajada oshiradi. Shu boisdan ayrim davlat rahbarlari, xususan, Turkiya Prezidenti Rejeb Tayyib Erdog‘an ham BMT sammitlarida “dunyo beshdan buyukdir” deya tashkilotni isloh qilishga chorlamoqda.

• BMT dunyodagi yagona universal tashkilot hisoblansa-da, asosiy maqsad – jahonda tinchlikka erisha olgani yo‘q. Voqeliklar shundan dalolat bermoqdaki, BMT dunyoning turli mintaqalaridagi qurolli mojarolarni oldini oluvchi emas, balki u alanga olgandan keyin shunchaki unga munosabat bildiruvchi tashkilotga aylanib qolmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz 👇
📝 Twitter 📹 YouTube 📝 Facebook 📷 Instagram 📨 Telegram

«Sharqshunos tahlilchilar» intellektual klubi

20 Oct, 07:00


🟦🟦🟦 1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣
1️⃣2️⃣4️⃣4️⃣5️⃣6️⃣

✝️☪️🕉☯️🪯✡️ Eng keng tarqalgan dinlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz 👇
📝 Twitter 📹 YouTube 📝 Facebook 📷 Instagram 📨 Telegram

«Sharqshunos tahlilchilar» intellektual klubi

20 Oct, 04:47


🟦🟦🟦 1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣ 🟦🟦🟦 🟦🟦🟦 ​​📌📌📌📌📌

Ekspertlarning fikricha, HAMAS yetakchiligiga Yahyo Sinvarning o'rniga ukasi Muhammad Sinvar kelishi kutilmoqda. HAMAS rahbariyatni tanlashda nafaqat o‘zining asosiy homiysi Eronning istagini, balki hozirda siyosiy byuro rahbari lavozimiga asosiy nomzodlar istiqomat qilayotgan arab davlati Qatar manfaatlarini ham inobatga olishi zarur bo‘ladi.

Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyahu Sinvarning o‘ldirilishini muhim bosqich deb e’lon qilgan bo‘lsa-da, urush hali tugamaganligini ta’kidlab, garovdagilar ozod etilmaguncha janglar davom etishini bildirdi.

HAMAS 1987-yilda tashkil topgan bo‘lib, "Musulmon birodarlar" harakatining bir tarmog‘i hisoblanadi. Uning qarorlari odatda HAMAS tashkilotlari doirasida kelishuv asosida qabul qilinadi.

Y.Sinvarning o‘limidan so‘ng, HAMASning G‘azodagi rahbarligi vaqtincha Y.Sinvarning o‘rinbosari, Qatarda istiqomat qiluvchi Hayyaga o‘tdi.

HAMAS manbasini ta’kidlashicha, Hayya "G‘azo yetakchisi" sifatidagi rolini amalga oshirishda hech qanday muammoga duch kelmaydi.

Falastinlik siyosiy tahlilchi Akram Attalloh, qurolli qanot Hayyaning vakolatini hatto uzoqdan turib ham tan olishini kutayotganini bildirdi. U, shuningdek, Muhammad Sinvarning qurolli qanotida va umuman HAMASda yanada nufuzli shaxs sifatida namoyon bo‘lishini taxmin qildi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz 👇
📝 Twitter 📹 YouTube 📝 Facebook 📷 Instagram 📨 Telegram

«Sharqshunos tahlilchilar» intellektual klubi

20 Oct, 02:20


🟦🟦🟦🟦 #iqtibos 🟦🟦🟦

Buyuk rahbar o‘z so‘zlari orqali atrofdagilarni ilhomlantira oladi.

© Nelson Mandela

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz 👇
📝 Twitter 📹 YouTube 📝 Facebook 📷 Instagram 📨 Telegram