ILMNUR

@saudiya_universitetlari_ilmnur


ILMNUR

17 Oct, 02:24


Makka shahridagi Ummul-Quro universiteti haqida

🇸🇦 Ushbu universitet sizga yangilik bo'lyatganidan qati'y nazar, bu oliygoh 1950 yilda qirol Abdulaziz ibn Abdurrahmon al-Saud farmoni bilan tashkil etilgan. Va u Arab qirolligidagi birinchi universitet muassasasi bo‘ladi. Va Ummul-Quro universiteti Saudiya Arabistonidagi talabalar soni bo'yicha eng yirik universitet va mutaxassisliklar bo'yicha eng keng qamrovli universitetlardan biri bo'lib, joylashuvi va merosi bilan ajralib turadi.

📍Ushbu universitet Makka shahrida joylashgan bo'lib, u bilan Masjid al-Haram, Kaaba orasidagi masofa bor-yog'i 20 kilometr.

Va u erkak kishilarni ham, ayol kishilarni ham birdek qabul qiladi. Ularga alohida alohida shariat mezonlariga mos holatda, chiroyli uslubda ta'lim berib kelmoqda.

📚Bas siz ushbu universitetga ariza, hujjat topshirar ekansiz, sizdan hech qaysi tilni bilish talab etilmaydi! Balki universitetda arab tilini bilmaydiganlar uchun xos, 2 yillik mahad, arab tili instituti mavjud.


🎓Ushbu institutni tugatgach, sizga diplom berilib, quydagi yo'nalishlardan birida, bakalavr darajasida ta'limni davom ettirish ixtiyori ham taqdim qilinadi:

🖤SHARI'Y FAKULTETLAR
⚫️Shariyat va Islomshunoslik
⚫️Da'vat va Usuliddin (Aqida)
⚫️Marifatni rivojlantirish yaxshilikka targ'ib yomonlikdan qaytarish
⚫️Qozilik va Nizomlar
⚫️Islom iqtisodiyoti va Moliya
⚫️Arab tili

🖤FAN VA MUHANDISLIK FAKULTETLARI
⚫️Amaliy fanlar
⚫️Muhandislik va Islomiy arhitektura
⚫️Kompyuter va Axborot tizimlari
⚫️Biznes boshqaruvi

🖤TIBBIYOT BO'LIMI
[Eslatma: Tajribaga ko'ra tibbiyot bo'limiga xorijdan talab qabul qilishmaydi]
⚫️Tibbiyot
⚫️Stomatologiya
⚫️Jamoat Salomatligi va sog'liqni saqlash informatikasi
⚫️Farmatsiya
⚫️Hamshiralik

🖤GUMANITAR VA TA'LIM FANLARI
⚫️Ta'lim
⚫️Ijtimoiy fanlar
⚫️Arab tilida so'zlashmaydiganlar uchun arab tili (Arab tili instituti)
⚫️Jamoat xizmati va uzluksiz ta'lim
⚫️Makka jamoaviy
⚫️Dizayn va san'at
⚫️Ingliz tili markazi


💡Endi esa universitet imtiyozlariga kelsak, ulardan:
Bepul ta'lim (grant)
Ikki tarflama avia-chiptalar
Har oy 220$ miqdorida stipendiya
Turarjoy
Tibbiy sug'urta beriladi, yani talabalarga barcha tibbiy yordamlar bepuldir
Bepul haj va umra imkoniyatlari
(Umra ibodatiga kelsak, Ummul-Quro universitetining talabalari umra amalini xo'hlagan paytda bajara oladilar)
Va yuqoridagilarga qo'shimcha, Talaba oz oilasini ham o'zi bilan birga olib ketish imkoniga ega. Tasavvur qiling-a oilangiz bilan Musulmonlarning qiblagohi bo'lmish Makka shahrida istiqomat qilsangiz, bu naqadar baht!

Ushbu universitetga hujjat topshirish yosh chegarasi Saudiya Arabistonining boshqa universitetlari kabi 1⃣7⃣yoshdan 2⃣5⃣yoshgacha.


🗂Va ariza topshirishda talab etiladigan hujjatlar quydagilar:
Pasport
Otasining pasporti
Onasining pasporti
11-sinf Atestati / Diplom
Tug'ilganlik haqidagi guvohnoma
Sudlanmaganlik guvohnomasi
Tibbiy ko'riknoma 086
Surat

Universitet haqida qo'shimcha ma'lumot: https://t.me/saudiya_universitetlari_ilmnur/913

🤲Alloh taolo barchangizga anashu universitetlarda ta'lim olib, islom ahliga hizmat qilishingizni nasib etsin, va bizni bunga sababchilardan qilsin, Allohumma amiyn.


📃 Murojaat uchun:
Erkaklar uchun - @ilmnur_876
Ayollar uchun - @Ilmnur_878

📹Bizning instagramimiz:
https://instagram.com/ilmnur_ksa
💬Bizning telegramimiz:
https://t.me/saudiya_universitetlari_ilmnur
📹Biz endilikda YouTubeda:
https://youtube.com/@ILMNUR_ksa

ILMNUR

16 Oct, 06:12


📥 Hujjatlarni tarjima qilish va topshirish bo'yicha murojaat uchun adminlar:
Erkaklar uchun: @ilmnur_876
Ayollar uchun: @Ilmnur_878

ILMNUR

15 Oct, 11:44


Keyingi qismda nega Buxoroda ta’lim bepul bo‘lganligi haqida gaplashamiz. Shunda balki, nega ayni damda ta'lim Saudiya Arabistonida bepul ekanini tushunib olarsiz, inshaAlloh!

ILMNUR

15 Oct, 11:16


Hozirgi Saudiya oldin Buxoro bo'lgan!

1-Qism:
Buxoroda tarixning turli davrlarida bepul ta’lim beruvchi ta’lim muassasalari mavjud bo‘lgan. Xususan, o‘rta asrlarda, IX asrdan XIX asrgacha Buxoroda madrasalar - islom ta’lim muassasalari mavjud bo‘lib, ularda ta’lim, odatda, talabalar uchun bepul edi.

Madrasalar boy homiylar, hukumat va diniy tashkilotlarning xayr-ehsonlari hisobiga qo‘llab-quvvatlangan. Talabalar madrasada yashash va o‘qishlari uchun barcha sharoitlar bo'lgan. Bunday muassasalarda ta’lim teologiya, falsafa, adabiyot, astronomiya va boshqa fanlarni o‘rganishni o‘z ichiga olgan.

Ayniqsa, Buxoro Shayboniylar sulolasi va o‘zbek xonlari davrida islom ta’limi markazi sifatida muhim ahamiyatga ega bo‘lib, shahar mintaqaning muhim madaniy va diniy markaziga aylandi.
Davomi bor..

https://t.me/saudiya_universitetlari_ilmnur

ILMNUR

15 Oct, 07:34


🤎Yuqorida ko'rib turganingiz, ushbu universitet Madina shahrida joylashgan, Islom universitetidir. Va u faqat erkak kishilar uchun xosdir.

🤎Ushbu universitet bilan Payg'ambarimiz Muhammad ♥️ masjidi orasidagi masofa 5 km bo'lib, mashinada 7-9 daqiqalik yo'ldir.

Ushbu universitet xorijdan ko'p talaba qabul qilish taraflama ham qolgan Saudiya universitetlaridan ustun turadi. Talabalarining 85 foizi xorijlik talabalarni tashkil etadi.

📒Hamda Qur'on fakulteti, Qur'on yo'nalishi Saudiya Arabistoni universitetlaridan birgina anashu, Madina islom universitetida mavjud ekanligi bilan ham ajralib turadi.

📚Bas agar siz diniy ta'limga, diniy yo'nalishlardan biriga ariza, hujjat topshirar ekansiz, sizdan hech qaysi tilni bilish talab etilmaydi! Balki universitet ichida 2 yillik arab tili instituti bor. Ular sizga noldan o'rgatishadi. Qanday deysizmi,
Institut haqida batafsil ma'lumot olish uchun - [menga bosing]

Endi agar, siz dunyoviy yo'nalishga topshirsangiz, ingiliz tilini bilishingiz va sizda IELTS sertifikati bo'lishi shart. (IELTS sertifikati sizda yo'q bo'lsa, uni hujjat topshirgandan so'ng, qabul bo'lgandan kegin ham yuklash mumkin)

😀➡️Ushbu universitet imtiyozlari:
https://t.me/saudiya_universitetlari_ilmnur/288

Va yana yuqoridagi imtiyozlarga qo'shimcha, universitetda talabalarga qulaylik yaratish maqsadida, hatto ularni Payg'ambarimiz ♥️ning masjidiga tashuvchi buslar qo'yilgan. Buslar har-kuni Asr namozida talabalarni Payg'ambarimiz ♥️ masjidiga olib borib, Hufton namozidan so'ng qayta olib kelib qo'yadi.

💭Va imtiyozda aytilganidek, talabaga barcha qulayliklarga ega turarjoy beriladi, siz ushbu havola orqali talaba yotoqxonalaridan birini ko'rishingiz mumkin⬇️
https://t.me/saudiya_universitetlari_ilmnur/261

📚➡️Universitet yo'nalishlariga kelsak, Madina Islom universitetida ham diniy, ham dunyoviy yo'nalishlar talaygina, siz ular haqida ushbu havola orqali ma'lumot olishingiz mumkin:
https://t.me/saudiya_universitetlari_ilmnur/345


🤎Menimcha shuncha ma'lumot yetarli bo'lsa kerak. Ammo, O'zbek halqimiz bejizga "Ming martta eshitgandan ko'ra, bir bora ko'rgan afzal" deyishmagan☺️
Siz bu universitetni ko'rmoqchimisiz?
➡️Marhamat, quydagi havola orqali siz ushbu universitetda hatto-ki sayohat qilishingiz ham mumkin:
https://iu.edu.sa/iuvr/islamic-univ.html

✔️ Universitet haqida yanada qoshimcha ma'lumotlar olish uchun esa - [menga bosing]


📝Savol yo'llash uchun adminlar:
Erkaklar uchun: @ilmnur_876
Ayollar uchun: @Ilmnur_878

Hayotingizga ilm va nur kirsin, deya, sizlar bilan ILMNUR

ILMNUR

14 Oct, 14:24


Live stream finished (54 minutes)

ILMNUR

14 Oct, 13:30


Live stream started

ILMNUR

14 Oct, 13:29


🎙️Jonli efir boshlandi!

💻—Efirga kirish uchun havola:
https://t.me/saudiya_universitetlari_ilmnur?livestream

💻—Savol yo'llash uchun bot:
Jonli efir vaqtida berildi.


https://t.me/saudiya_universitetlari_ilmnur

ILMNUR

14 Oct, 13:30


Live stream scheduled for

ILMNUR

10 Oct, 01:42


Saudiya Arabistoni universitetlarning imtiyozlari

● Talim mutlaqo tekin🎓
● Stipendiya 220$
💸
● Yangi kelgan talabaga yordam puli 450$
💸
● Bepul haj va umra
👑
● Yozgi ta'til uchun ikki tomonlama avia-chiptalar
✈️
● Turarjoy bilan ta'minlaydi
📍
● Bepul tibbiy sug'urta

● Ikki semestrni a’lo baholar bilan tugatgan talaba 265$ oladi
💸
● O‘qishni tamomlagandan so‘ng talabaga 665$ rial beriladi

● Talabaga Saudiya Arabistoni ichidagi avia-chiptalar 50% arzonlashtirilgan narxda beriladi
👨‍💼
● Har yili 4 yil davomida talabaga kitob sotib olish uchun 225$ miqdorida kompensatsiya to'lanadi.
💸

💬@saudiya_universitetlari_ilmnur

ILMNUR

09 Oct, 08:48


🎁ILMNUR YANADA QULAY!

Ba’zan xorijda istiqomat qilayotgan O‘zbekiston fuqarolari uchun tibbiy ma'lumotnoma va sudlanmaganlik to‘g‘risidagi hujjat olish mashaqqat yoki ko‘p vaqt talab etmoqda. Biz esa bunga chora topdik! Agar siz xorijda istiqomat qilsangiz, ushbu ikki hujjatni ILMNUR orqali tez va oson qildirishingiz mumkin!

Muhimi barchasi rasmiy, va original bo‘ladi!

Murojaat uchun:
Erkak kishilar uchun - @ilmnur_876
Ayol kishilar uchun - @ilmnur_878

💬https://t.me/saudiya_universitetlari_ilmnur

ILMNUR

07 Oct, 21:34


Saudiya Arabistoni universitetlariga hujjat topshirishmoqchi bo'lgan birodar va opa-singillarimiz uchun qabullarimizni ochiq deb, e'lon qilamiz!

🟦🟦🟦🟦🙌

Erta qabulga yozilish sizga nima beradi?
– Qabuldan qolib ketmaysiz!
– Pulingiz tejaladi, chegirmaga ega bo'lasiz!
– Birinchilardan bo'lib topshirasiz!

🎓Yosh chegaralari:
Institut va bakalavr uchun - 25 yosh
Magistratura uchun - 30 yosh
Doktorantura uchun - 35 yosh
Arab tili akademiyasi uchun - yosh chegarasiz!

🎁Universitet imtiyozlari:
– Ta'lim mutlaqo bepul
– Ikki taraflama avia-chiptalar
– Turarjoy bilan ta'minlaydi
– Tibbiy sug'urta
– Bepul haj va umra amaliga imkoniyat
– Va boshqa imtiyozlar

📖Ta'lim dargohlari haqida batafsil ma'lumot joylangan fayllar tayyorlaganmiz:
– Saudiya universitetlari haqida ma'lumot
– Institut haqida ma'lumot
– Arab tili akademiyasi haqida ma'lumot
– Va boshqa ma'lumotlar

🤝Murojaatlar uchun:
Erkaklar — @ilmnur_876
Ayollar — @ilmnur_878

https://t.me/saudiya_universitetlari_ilmnur

ILMNUR

05 Oct, 05:15


✉️Madina Islom universitetidan yangilik!

Bu yangilik faqat Madina universitetiga qabul qilingan va o'qishga kelolmagan talabalarga yoki Madina universitetida tahsil olib, ta'tildan Saudiyaga qaytolmagan talabalarga tegishli. Yuqorida zikr etilgan talabalar vizani yangilash uchun 23-oktabrgacha ariza topshirishlari mumkin.

🤝Qo'shimcha:
Oldin talaba Madina Islom universitetiga qabul qilinib kelolmasa, unga 3 yilgacha vaqt berilar edi. Endi esa faqat bir yil berilishi ma'lum bo'ldi. So'ngi qabuldan kegin bir yil o'tib ketsa, qabul qilingani bekor bo'lishi mumkin!

🕹@saudiya_universitetlari_ilmnur