Baytul ilm

@arabictadriys


Maqsadimiz:
✔️Arab tiliga doir darslar
✔️Arab tiliga oid foydali kontentlar va materiallar
✔️Ko'proq arabcha kitob o'qish va unga targ'ib qilish
✔️Shaxsiy fikr va tajribalarni bo'lishish
Murojaat uchun: @Mutarjimarabiy
Manba ko'rsatilsin!

Baytul ilm

21 Oct, 19:06


Bir piyola choy

O‘zimcha qilgan xulosalarimdan.

Kichik kuzatishlarimdan shu ma'lum bo‘ldiki, ulug‘ zotlarga, katta ustozlarga talabaning nechog‘lik o‘qib tashlagani, yorvorgani, suv qilib ichib tashlagani unchalik muhim emas.

Balki, ularga talabaning birinchi o‘rinda axloqi + tirishqoqligi muhim.

Alloma Muhammad Avvoma hazratlari: "Keladigan talaba odobli bo‘lsin. Ilmi o‘rtacha bo‘lsa, ilmli qilib olaman. Faqat axloqi bo‘lsin" - degan ekanlar.

Darhaqiqat, odob-axloq, davomiylik, tirishqoqlik bilan inson qancha marralarni zabt etgay.

Talabaning o‘ta darajada tez qabul qilishi ham emas, balki muttasillik bilan qiynalsa-da, to‘xtatmasdan ta'limni davom ettirishi muhim.

Yaxshi olim bo‘lish uchun, albatta, ko‘p bilish muhim.

Lekin undanda ahamiyatlirog‘i bilganiga qancha bo‘lsa ham amal qilishi muhim.

To‘rtta, beshta kitobni ko‘rib qo‘yib olimu zamon, allomayi vallomat yasab olish, uncha-muncha odam bilmaydigan kitoblarni nomini qaytarib yurish emas, bir piyola choyni samimiyat bilan ichib, ko‘rishganda chiroyli tabassum bilan gaplashish muhim.

Gaplashayotgan insonning saviyasiga monand chiroyli, sunnatga munosib muomala qilish muhim.

Dunyoda ketayotgan moda (ijtimoiy tarmoqdan olindi) deymizmi, trend deymizmi, ustuvor qadriyat deymizmi, avvalo, hazrati inson bo‘lish muhim.

Yaxshi olim bo‘lish uchun ixlosli amal muhim.

Sof qalb, toza niyat, muhabbat, samimiyat muhim.

Alloh barchamizni qalblarimizni g‘illi-g‘ashlik, qalbiy xastaliklardan poklasin.

Ilm va amalga oshiq, ixlosli bandalaridan qilsin.

Nabiydan so‘rdi bir so‘rg‘uvchi banda,
Yomonlarning yomoni qaysi inson?

Javobin bermadi anga o‘shal on.
Uch ayg‘on so‘ng javobin berdi oniy,
Yomon olim yomonlarning yomoni.

Yana aydi o‘sha hamrozi mahbub,
Ki xo‘blarni xo‘bi ham olimi xo‘b?

Dedi Payg'ambari olamgʻa hodiy,
Erur do‘zaxda bir shiddatli vodiy.

O‘shal vodiyni huznul jubb ato der,
Riyolik qorilar joyi u vodiy.

Jahannam to‘rtla yuz qatli andin,
Panoh istar Xudoye zul manandin.

Xudovando yirogʻ etgin riyodin,
Ayirma sidqi ixlos-u rizodin.

@arabictadriys

Baytul ilm

19 Oct, 17:30


Allohni qattiq sev.

Unga chinakam bog‘lan.

Bandalarini sevdirib qo‘yadi.

Allohga qul bo‘l, bu dunyoda podshoh bo‘lasan.

Allohni muhofaza qil, U seni muhofaza qiladi.

Allohga do‘st bo‘l, Uni ro‘parangda topasan.

Allohning huzurida o‘rningni top.

Alloh o‘zi odamlar huzurida o‘rningni belgilab qo‘yadi.

Sen bir marta Robbim degin.

U o‘n marta bandam deydi.

Sen u tomon bir qadam tashlagin.

U sen tomon o‘n qadam tashlaydi.

Sen u tomon emaklab borgin. U sen tomon yurib keladi.

Sen u tomon yurib borgin. U sen tomon yugurib keladi.

San agar bir martaba Alloh desang,

San agar sidqing ila bir martaba Alloh desang,

Nechchayu labbayka deb ha deguncha qo‘ymag‘ay.

Kechalar bedor o‘lub qo‘rqib Xudo deb yig‘lasang,

Tong-la ul diydorini ko‘rsatmagʻuncha qo‘ymag‘ay.

Oxiratni vahmidin qo‘rqib nadomat peshaqil,

Tong-la mahsharda rahm etmag‘uncha qo‘ymag‘ay.

Ittisolu amri haq qilsang hayoting boricha,

Ul sirot ko‘prigidin o‘tqazmag‘uncha qo‘ymag‘ay.

Ey birodar, san ishingni Tangriga tafvizi qil,

Har na ishing bo‘lsa sani bitkazmaguncha qo‘ymag‘ay.

@arabictadriys

Baytul ilm

13 Oct, 17:29


Do‘stimiz @muhiddinshoshiy Qatar haftaligi mas’ul tashkilotchilaridan biri Roshid Salimeyn bilan qiziq suhbat o‘tkazibdilar.

@arabictadriys

Baytul ilm

02 Oct, 02:38


Fransuz yozuvchisi Aleksandr Dumaning "Uch mushketyor" romani.

Kitob hajmi: 332 bet.

Kitob ingliz va arab tillarida ekan. Zul lisonayn do‘stlarga ulashishni unutmang.

@arabictadriys

Baytul ilm

02 Oct, 02:37


Fransuz yozuvchisi Aleksandr Dumaning "Graf Monte-Kristo" romani.

Kitob hajmi: 200 bet.

Maroqli mutolaa tilab

@arabictadriys

Baytul ilm

02 Oct, 02:26


Yangi kurslarga qabul.

🆕 Arab va jahon adabiyotiga doir arab tilida yozilgan 10 dan ziyod asarlar tarjimasi va tahlili uchun kurs. (Ushbu kursda diniy adabiyotlar o‘qitilmaydi!)

Kursdan qilingan maqsad:

badiiy tarjima ko‘nikmasini shakllantirish;

grammatik ko‘nikmalarni o‘qib tushunish asnosida mustahkamlash;

kitobxonlikni targ‘ib qilish.

Ishtirokchilarning takliflaridan kelib chiqib o‘qib tushunish uchun yana adabiyotlar ro‘yxati kengaytirilishi mumkin.

Kurs muddati: 1-1.5 oy

📅 Boshlanish sanasi: 03.10.2024

🆕 Umumiy arab tili salohiyatini rivojlantirish uchun B2/C1 darajadagi quyidagi kitoblardan kurs:

١. العربية للحياة (القسم الخامس)
٢. العربية للناشئين (القسم الخامس)
٣. العربية للناشئين (القسم السادس)
٤. العربية لغة العالم (القسم الثالث)
٥. القراءة للجميع (القسم الثالث)
٦. السلسلة الذهبية (القسم الخامس)

Kursdan qilingan maqsad:

o‘qib tushunish ko‘nikmasini rivojlantirish;

lug‘at boyligini oshirish;

grammatikadan fundamental bilimlarni mustahkamlash;

tarjima salohiyatini yuksaltirish;

Kurs muddati: 1-1,5 oy.

📅 Boshlanish sanasi: 04.10.2024

Kursda ishtirok etish uchun quyidagi savollarga aniq javoblarni @Mutarjimarabiy manziliga yozib qoldiring.

1. Ism-sharif, tug‘ilgan joy va sana.
2. Arab tilida(n) nimalarni o‘qigansiz? (Batafsil yozing. Qaysidir kitobdan bir bet o‘qigan bo‘lsangiz shuni ham)
3. Qayerda o'qiysiz/ishlaysiz?
4. Telegram raqamingiz.
5. Kursda o‘qishdan maqsadingiz nima?

Baytul ilm

11 Sep, 18:41


https://t.me/ahmedeskander4

Balog‘at ilmi bo‘yicha كيف تتقن البلاغة؟ kitobi muallifi ushbu qo‘llanma asosida bepul darslar qilayotgan ekanlar.

Ustoz tavsiyalaridan keyin qiziqib ko‘rgandim. Haqiqatda ancha sifatli bo‘lyapti ekan.

Baytul ilm

01 Sep, 05:16


Sizni bugungi bayram bilan muborakbod etamiz. Mustaqillik bayrami barchamizga qutlug‘ bo‘lsin!

نهنئكم جميعا بعيد الاستقلال المبارك! الله يبارك فينا وفيكم! أخلد الله لنا هذه النعمة العظيمة المرموقة.
@arabictadriys

Baytul ilm

25 Aug, 18:05


Siyosiy menejment bo‘yicha ma'ruzachi, biznesmen, yozuvchi Doktor Iyhab Fikriyning (إيهاب فكري) "So‘z san'ati" kitobi.

Ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan noyob fikrlar jamlanmasi.

Ozgina sheva aralashganini hisobga olmasa, tili ham ancha tushunarli ekan.

@arabictadriys

Baytul ilm

25 Aug, 18:05


لقد تم التساؤل عمن يقوم بتعليم الدورات التدريبية في هذه القناة.

لمقتضى الحال ولعدة أسباب رأينا أنه يجوز الإخبار عن البيانات الشخصية عن أنفسنا.

الأستاذ: محمدجانوف فتح الدين نور الدين محيي الدين أوغلي.

حامل بكالوريوس في أكاديمية أوزبكستان الإسلامية الدولية في تخصص فقه اللغة (اللغة العربية).

ماجستير في أكاديمية أوزبكستان الإسلامية الدولية في تخصص دراسة اللغة (اللغة العربية).

التخصص: مستشرق/لغوي.

منذ عدة سنوات يعمل كمترجم ويقوم بتدريس اللغة العربية في المؤسسات التعليمية الثانوية والإعدادية الخاصة.

مدرس في قسم ترجمة اللغة العربية العملية والنظرية في جامعة اللغات العالمية.

يعمل حاليا في معهد العلوم الاجتماعية والسياسية.

إجادة اللغة الأجنبية: C1.

سيتم تقديم الدبلومات والشهادات لمن يطلب للمعلومة.

Bu blogdagi kurslarni kim o‘tadi degan savol bo‘libdi.

Noqulay bo‘lsa-da, sharoit taqozosi va ba'zi bir sabablar tufayli o‘zimiz haqimizdagi ma'lumotlarni ochiqlab qo‘yishni joiz deb topdik.

Ustoz: Fathiddin Nuriddin Muhyiddin o‘g‘li.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi bakalavriat filologiya (arab tili) yo‘nalishi bitiruvchisi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Lingvistika (arab tili) mutaxassisligi magistranti.

Mutaxassisligi: arabshunos/tilshunos.

Bir necha yillardan beri tarjimonlik faoliyati bilan shug‘ullanib, rasmiy-xususiy o‘rta va o‘rta-maxsus ta'lim muassasalarida arab tilidan ta'lim berib kelmoqda.

O‘zbekiston Davlat Jahon tillari universiteti Arab tili tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi stajyor-o‘qituvchisi.

Joriy yildan Ijtimoiy-siyosiy fanlari instituti Chet tillar kafedrasi arab tili o‘qituvchisi.

Chet tilini bilish darajasi: C1.

@arabictadriys

Baytul ilm

25 Aug, 07:19


لو خيروك...

Baytul ilm

25 Aug, 07:19


📢 ❤️‍🔥❤️‍🔥❤️‍🔥 📢

⭐️ 💛💛💛  ⭐️

🆕 Boshlang'ich nahv yangi ko'rinishda

Kurs muddati: 4 oy

💸 Kurs narxi: 99,000 so'm

📅 Boshlanish sanasi: 01.09.2024

ℹ️ Batafsil ma'lumot

📞 Ro'yxatdan o'tish

📱 Telegram 💬Chat
📱 Instagram 📱 YouTube

Baytul ilm

23 Aug, 06:47


الطلاقة في مهارات اللغة العربية

Arab tilida sarf, nahv, balog‘at, imlo qoidalari, qisman adab, so‘zlashuv, o‘qib tushunish kabi ko‘nikmalarni shakllantirishda yordam beradigan o‘zi kichik adadli bo‘lsada, ajoyib kitob hisoblanadi.

Qo‘llanma arab tili ilmlarining turli tarmoqlariga doir mo‘jaz va kerakli ma'lumotlar taqdim qilgani bilan o‘ziga xosdir.

Fikri ojizimizcha, At-tanal al-arobiy (التنال العربي)‌‌ imtihoniga tayyorlanayotgan talabalar uchun turli ko‘nikmalarni rivojlantirishda muhim sanaladigan, zaruriy kitoblardan ekan.

@arabictadriys

Baytul ilm

23 Aug, 06:47


Tanalning nahv/sarf/balog‘at qismida balog‘atdan ham savollar bo‘ladimi? degan savol bo‘libdi.

Yo‘q. Balog‘atdan savol bo‘lmaydi.

Unda nega balog‘at ham qo‘shib qo‘yilgan?

Tanal imtihoni (للناطقين بها ولغير الناطقين بها) arab va arab bo‘lmaganlar uchun o‘tkaziladi.

Asl til egasi arablar balog‘atdan ham imtihon topshiradilar. Biz bo‘lsa yo‘q. Lekin shunday bo‘lsada albatta o‘zimiz uchun o‘qib-o‘zlashtirganimiz foyda.

Tanal uchun grammatik testlardan tashqari maxsus qo‘llanma bor. Lekin hali bizda mavjud emas.

Shunday bo‘lsada, o‘zim foydali deb bilgan, avval ham ulashilgan kitobni qayta ulashib qo‘ymoqdaman.

Qaniy tafaddol qilinorsinchi...

@arabictadriys

Baytul ilm

22 Aug, 07:06


⚡️Yangi kursga qabul. Kurs shakli: O‘qib tushunish va grammatik ko‘nikmalarni takomillashtirish uchun maxsus kurs.

Kursdan qilingan maqsad:

arab tilida yozilgan arab yoki jahon adabiyotining sara 30 dan ziyod asarlarini o‘qib tushunish;

badiiy tarjima ko‘nikmasini shakllantirish;

grammatik ko‘nikmalarni o‘qib tushunish asnosida mustahkamlash;

kitobxonlikni targ‘ib qilish.

Ishtirokchilarning takliflaridan kelib chiqib mutolaa uchun yana adabiyotlar ro‘yxati kengaytirilishi mumkin.

Kimlar uchun: Darsda qatnashish uchun o‘rta bosqichdagi kitoblarni o‘qib tushuna oladigan;

o‘qib tushunish ko‘nikmasini rivojlantirishni xohlovchilar;

nahvdan fundamental bilimlarga ega;

keyinchalik faoliyatini ta'lim va tarjima sohasida davom ettirmoqchi bo‘lganlar;

arab tili ixlosmandlari;

Arab tili o‘qitiladigan ta'lim muassasalari va C1 sertifikatini qo‘lga kiritgan talabalarga qatnashish uchun ustunlik beriladi.

Dars kunlari: Dushanba, chorshanba, juma kunlari.

Kursda qatnashish uchun quyidagi savollarga aniq javob bergan holda @Mutarjimarabiy manziliga yozib qoldiring.

1. Ism-sharif, tug‘ilgan joy va sana.
2. Arab tilida(n) nimalarni o‘qigansiz? (Batafsil yozing. Qaysidir kitobdan bir bet o‘qigan bo‘lsangiz shuni ham)
3. Qayerda o'qiysiz/ishlaysiz?
4. Telegram raqamingiz.
5. Kursda o‘qishdan maqsadingiz nima?

@arabictadriys

Baytul ilm

14 Aug, 12:15


#iqtibos

Turmushimizning sifati odatlarimizning sifati bilan bog‘liq.

إنما جودة حياتنا تعتمد على جودة عاداتنا.

@arabictadriys

Baytul ilm

13 Aug, 12:05


😅😁😅