Live Quds | Breaking

@falastin


Live Quds rasmiy kanali

@Falastin — Falastinda roʻy berayotgan eng soʻnggi yangiliklar, siyosiy tahlillar, sharhlar, statistik va tarixiy maʼlumotlarni biz bilan kuzatib boring!

Reklama uchun: @Ghazo

Zahira kanalimiz: ➡️ t.me/FaIastin

Live Quds | Breaking

22 Oct, 17:31


G‘azo sektorining shimolidagi Shayx Zayd hududida yer ostida 15 metr chuqurlikdagi teshikda qolib ketgan 130 dan ortiq falastinlik ayollarni oziq-ovqat va ichimliksiz qutqarish uchun barcha xalqaro tashkilotlarga shoshilinch murojaat qilinmoqda.

Isroil kuchlari ayollarni yer ostida qamab izolyatsiya qilgan va bolalarini noma’lum joylarga jo‘natgan. Ayni damda ayollar jiddiy xavf ostida va zudlik bilan qutqarilmasa, ularning ko‘pchiligi shahid deb e’lon qilinishi mumkin.


https://t.me/FaIastin

Live Quds | Breaking

22 Oct, 17:27


G’azo Kamol Udvan kasalxonasi direktori Dr. Husam Abu Sofiya G‘azo shimolidagi vaziyatni quyidagicha izohladi:

“Ovozim insoniylik ruhiga ega bo‘lgan har bir kishiga yetsin. Bir necha soat ichida bu shifoxona ommaviy qabrga aylanadi. Bizni butun dunyo ko‘z o‘ngida o‘ldirishmoqda.”

https://t.me/FaIastin

Live Quds | Breaking

22 Oct, 15:31


Isroil armiyasi zobit Sa'ar Eliad Norski Livanda Hizbulloh tomonidan o'ldirilganini tan oldi.

https://t.me/FaIastin

Live Quds | Breaking

22 Oct, 15:11


🔥 Livan chegarasida isroillik mayor halok bo‘ldi va yana uch nafari og‘ir yaralangan — Hizbulloh OAV

https://t.me/FaIastin

Live Quds | Breaking

22 Oct, 15:09


HAMAS: “Arablarning sukut saqlashi Isroilning jinoyatlar sodir etishiga turtki bermoqda”

Falastinning HAMAS harakati arab davlatlari va xalqaro hamjamiyatni keskin tanqid qilib, ularni harakatsizlikda aybladi. Tashkilotga ko‘ra, bu befarqlik Isroilning G‘azo sektorida yangi jinoyatlar va ommaviy qotilliklar sodir etishiga rag‘batlantirmoqda.

Kecha e’lon qilingan bayonotda HAMAS “arablarning sukut saqlashi va xalqaro harakatsizlik” Isroilning qirg'in hujumini davom ettirishiga va G‘azoning shimoliy qismini mahalliy aholidan tozalash urinishlariga yo‘l ochayotganini ta’kidladi.

Ularning ta’kidlashicha, “sionistik dushman” sifatida tilga olingan Isroil Falastin xalqiga qarshi jinoyatlarini tezlashtirmoqda. Shunday jinoyatlardan biri G‘azo sektorining shimolida, Bayt Lahiyadagi ko‘chirilgan aholining yashash hududiga qilingan zarba bo‘lib, unda o‘nlab odamlar halok bo‘ldi, ko‘plari yaralandi.

HAMAS arab va islom davlatlari, BMT va boshqa xalqaro tashkilotlarni Isroilning ommaviy qotilliklarini to‘xtatish uchun samarali chora-tadbirlar ko‘rishga chaqirdi. Harakat bunday hujumlar davom etishi mintaqaviy xavfsizlik va tinchlikka jiddiy ta’sir ko‘rsatishi haqida ogohlantirdi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Isroilning Bayt Lahiyadagi butun bir turar-joy kvartalini yo‘q qilgan havo hujumi oqibatida 109 kishi halok bo‘lgan, 40 kishi yaralangan.


https://t.me/FaIastin

Live Quds | Breaking

22 Oct, 15:05


Isroil samolyotlari G‘azo sektori shimolidagi Al-Saftaviy tumani yaqinidagi hududlarda tinch aholini bombardimon qilishda davom etmoqda.

https://t.me/FaIastin

Live Quds | Breaking

22 Oct, 15:05


Kadrlar Isroilning G’azo shimolidagi Bayt Lahiyadagi havo hujumi paytida falastinlik tinch fuqaroni to’g’ridan-to’g’ri nishonga olgan lahzani aks ettiradi.

G'azo shimolidan chekinishni istamagan tinch aholi mana shunday tarzda qatliom qilinmoqda.

https://t.me/FaIastin

Live Quds | Breaking

22 Oct, 14:58


🔴 Isroil askarlari shimolda asir olgan tinch aholiga tahdid qilib, ularni videoga olishga majbur qilmoqda

Videoda gapirgan shaxs: “Hamas bizga suv bermadi. "Biz Isroilga suv uchun rahmat", deydi u.

Video uch kun oldin tasvirga olingan bo'lib, hozirda ularning taqdiri haqida ma'lumot yo'q.

https://t.me/FaIastin

Live Quds | Breaking

22 Oct, 14:57


G’azo shimolidagi janglarda og’ir jarohat olgan isroillik terroristlar kasalxonalarga olib kelinmoqda.

https://t.me/FaIastin

Live Quds | Breaking

22 Oct, 14:10


Al-Qassam brigadalari tomonidan G'azo sektori shimolidagi Jabaliya lagerining sharqidagi Tel al-Zaatar shahrida Isroilning "Merkavah" tanki kuchli portlovchi qurilma bilan yo'q qilindi.

https://t.me/FaIastin

Live Quds | Breaking

22 Oct, 13:14


Isroilning hujumi Bayrutdagi Dahiya shahridagi binoni vayron qildi.

https://t.me/FaIastin

Live Quds | Breaking

22 Oct, 12:22


Kecha Hizbullohning bir guruh Isroil askarlariga boshqariladigan raketa bilan hujumidan keyin olingan suratlar.

Hizbulloh barcha qayd etilgan bosqinchilar halok bo'lganini bildirgan bo'lsa-da, Isroil bu mavzuda rasmiy xabar berishni taqiqladi.

https://t.me/FaIastin

Live Quds | Breaking

22 Oct, 12:19


Muhammad Afifning matbuot bayonotidagi asosiy jihatlar:

• Hizbulloh AQShni Livanga qilingan hujumda Isroilning to‘liq sherigi deb biladi.
• Hizbulloh Nabih Berriga to‘liq ishonch bildiradi va hujumlar davom etayotgan paytda hech qanday muzokaralar bo‘lmasligini e’lon qiladi.
• Hizbulloh Netanyaxuning Kesariyadagi uyiga qilingan hujumlar uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi.

https://t.me/FaIastin

Live Quds | Breaking

22 Oct, 10:17


Al-Qassam brigadalari G'azo shahri shimolidagi Al-Saftaviy ko'chasida D9 harbiy buldozerini kuchli bombasi bilan nishonga oldi.

https://t.me/FaIastin

Live Quds | Breaking

22 Oct, 09:44


Isroil harbiy samolyotlari Livan janubidagi Tir shahridagi al-Xush mahallasini nishonga olgan lahza.

https://t.me/FaIastin

Live Quds | Breaking

22 Oct, 09:43


Al-Qassam brigadalari G‘azo sektori shimolidagi Jabaliya lagerining g‘arbidagi Al-Faluja mahallasida Al-Yasin 105 snaryadlari va Shavaz qurilmasi bilan yana ikkita D9 harbiy buldozerini nishonga oldi.

https://t.me/FaIastin

Live Quds | Breaking

22 Oct, 09:41


Isroil kuchlari Livan janubidagi Tir shahriga bir qator havo hujumlarini uyushtirdi.

https://t.me/FaIastin

Live Quds | Breaking

22 Oct, 09:40


Al-Qassam brigadalari G‘azo sektori shimolidagi Jabaliya lagerining g‘arbidagi Al-Faluga hududida Isroilning yana bir “D9” harbiy buldozeri “Tandum” snaryadlari bilan nishonga olingani haqida xabar berdi.

https://t.me/FaIastin

Live Quds | Breaking

22 Oct, 09:37


CNN xabariga ko’ra, G’azodan qaytgan isroillik harbiylar o’z joniga qasd qilish xavfi ostida ekan. Bu harbiylar orasida o’z joniga qasd qilish holatlarining ko’payishi G’azodagi davom etayotgan genotsidning og’ir psixologik ta’sirlarini ko’rsatmoqda. Ba’zi tarmoq foydalanuvchilari esa bularning aksariyati urushgacha ham ruhiy jihatdan muammolarga ega bo’lganlar deb sharhlamoqda.

https://t.me/FaIastin