Paramadaniy 📣

@paramadaniy


Men — san'atshunos, madaniyatshunos va mutaxassis emasman, shunchaki zamonaviy madaniyatni yaxshi ko'raman. Kuzataman, qiziqaman, o'qiyman... endilikda esa bular haqida shu yerga yozaman ✍🏼

Канал на русском: @paracultural

Hamkorlik: @profsoyuz_influence

Paramadaniy 📣

22 Sep, 11:05


👉 https://youtu.be/fXA0Yk8ZtwU

Susambil podkastining navbatdagi sonida sanʼatshunos va PR boʻyicha mutaxassis Sardor Boboyev, marketolog Mirzo Zominiy hamda book-bloger Jasurbek Bozorboyev bilan professor J.R.R.Tolkin ijodi, Piter Jekson suratga olgan “Uzuklar hukmdori” va “Hobbit” trilogiyalari, Amazon Prime yaratgan “Qudrat uzuklari” va yana koʻplab qiziqarli narsalar haqida koʻp va hoʻp suhbat qurdik. Kuz faslida tinglashli, doʻstona va asosiysi sehr-joduga boy podkast boʻlgan. Izohlarda fikrlaringizni kutamiz.

@insusambil

Paramadaniy 📣

07 Sep, 13:00


Teplo Fest nomli mahalliy ustalarning kuzgi yarmarkasi Yapon bog‘ida. Agar bu yorqin festival haqida eshitmagan bo‘lsangiz, mana bu yerda batafsilroq 👈🏼

@paramadaniy

Paramadaniy 📣

07 Sep, 12:59


HLMRDV Gallery'da yosh rassom Jahongir Boboqulovning shaxsiy ko‘rgazmasi ochildi👌🏼 Juda erkin va noan’anaviy rangtasvir. Birinchi posterda batafsil ma’lumotlar bor 👆🏼

Bu yerda esa an’anaga sodiq qolgan holda ko‘rgazmadan qisqa video: instagram.com/reel/C_nbNbLKwUh

@paramadaniy

Paramadaniy 📣

07 Sep, 12:59


Dam olish kunlari uchun ikkita tavsiya ✌🏼

Paramadaniy 📣

04 Sep, 08:23


Tavsiya qilaman. Bugun va ertaga. Kirish bepul. O‘ziga xos atmosfera. Juda yaxshi asarlar bor. Tadbir rejasi 👆🏼

Paramadaniy 📣

01 Sep, 12:20


Toshkentda 4-5-sentyabr kunlari O‘zbekiston yosh rassomlarini birlashtirgan RE/GENERATION san’at festivali bo‘lib o‘tadi
 
RE/GENERATION — O‘zbekiston yangi avlod ijodkorlari va rassomlarining ijod namunalarini taqdim etuvchi keng qamrovli art-loyiha. Undagi ko‘rgazma san’atning rangtasvir, grafika, fotografiya, installyatsiya kabi turlari, hamda zamonaviy musiqa vakillarini yagona ekspozitsion maydonda jamlagan
 
Festival dasturida:
• 600 dan ortiq san’at asarlari ko‘rgazmasi
• San’atshunos va kuratorlar ishtirokidagi ma’ruzalar
• Mahalliy musiqiy guruhlar chiqishlari
 
O‘tkazilish joyi: Toshkent, Anxor parki, Axelon karting-klubi
Ishlash vaqti: soat 10:00 dan 22:00 gacha
Kirish bepul


Taklif uchun rahmat 🙏🏼

Yanada batafsil bu yerda 👈🏼

@paramadaniy

Paramadaniy 📣

17 Aug, 09:37


Mocfest'ga bir hafta qolibdi 🔥 Yilning eng yorqin va katta madaniy tadbirlaridan biri. Albatta borishni tavsiya qilaman. Barcha muhim savollarga mana bu rasmlarda javoblar bor 👆🏼

Yana batafsilroq mana bu havolada: instagram.com/mocfest24