Vatanparvar gazetasi

@mv_vatanparvar_uz


O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti Vatanparvar gazetasining telegramdagi rasmiy sahifasi

Murojaat uchun: https://t.me/Vatanparvargaxatbot
Tel: (71) 260-36-50
faks: (71) 260-32-29

Vatanparvar gazetasi

11 Oct, 05:45


Mutolaa uchun «VATANPARVAR» gazetasining 2024-yil 11-oktabr 41-sonini to‘lig‘icha elektron holda havola etamiz.

Ushbu elektron gazeta tahririyat tomonidan taqdim etildi.

Shuningdek, @mv_vatanparvar_uz Telegram kanali orqali ham tahririyat tomonidan tayyorlangan materiallar bilan tanishib borishingiz mumkin.

📌O‘qish uchun: https://online.anyflip.com/dwalh/zsrh/mobile/index.html

➡️ Yangiliklarni kuzatib boring:

Telegram | LIVE |Facebook | Youtube |Instagram | Twitter | TV

Vatanparvar gazetasi

14 Sep, 06:30


⚡️ XABARCHI QUSHLAR – QADIMDAN XIX ASRGACHA

Dunyo va albatta, turkiy xalqlar tarixiga oid manbalarda qushlar bilan bog‘liq hodisa va rivoyatlar shu qadar ko‘p, ularda qanotli jonzotlar odamning beminnat yordamchisi, do‘sti, elchisi, homiysi, odam ruhining timsoli ko‘rinishlarida namoyon bo‘ladi. Tur qushi Qaqnus, Semurg‘, Anqo, Humo, Bulbuligo‘yo, Davlat qushi, Kabutar, Baxt qushi… Ular orasida kabutarlar elchi, xabarchi vazifasini bajarib, bu sifat uning ixcham jussasiga to‘la mos. Quyida bo‘yni kalta, tanasi miqti, qanotlari baquvvat, erkin va tez uchadigan kabutarlar bilan bog‘liq rivoyat va hayotiy hikoyalar, ularning xabarchiligiga oid qiziqarli ma’lumotlar to‘plandi.


🌐Batafsil: https://mv-vatanparvar.uz/479/

Telegram | Facebook | Instagram | Twitter

Vatanparvar gazetasi

13 Sep, 09:15


⚡️ VATAN DЕB YONGAN YURAK

Muborak ayaning tug‘uruq vaqtida to‘satdan olamdan o‘tishi butun oilani esankiratib qo‘ydi. Ayniqsa, Omadjon aka gangib qoldi. Yangi tug‘ilgan chaqaloqdan tashqari yana beshta yosh bolani katta qilish, ularga ham ota, ham ona bo‘lish mas’uliyati… Shunday qiyin vaziyatda akaning joniga singlisi Karomatxon ora kirdi. “Men Yodgorjonni katta qilib beraman”, dedi u erkakning ko‘ngliga tegmaydigan ohangda. “Aka, siz ham eplashingiz mumkin lekin, chaqaloqqa ayol qarovi, parvarishi kerak. Xavotirlanmang, men uni o‘z bolamday ko‘raman. Hali ko‘rasiz, u pahlavonday o‘g‘il bo‘ladi. Shunday farzand bo‘lsinki, kamolidan faxrlanib yuraylik. Ilohim umri uzoq bo‘lsin. Qiyinchiliklarimiz ortda qolsin…”


🌐Batafsil: https://mv-vatanparvar.uz/482/

Telegram | Facebook | Instagram | Twitter

Vatanparvar gazetasi

13 Sep, 06:26


⚡️ SERJANTLAR KORPUSINI RIVOJLANTIRISH – DAVR TALABI

Serjantlar – armiyamiz tayanchi. Bu ibora o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmagan, albatta. Chunki turli murakkablikdagi o‘quv mashg‘ulotlarida ham, jangovar vazifalarni bajarishda ham serjantlar korpusining alohida vazifasi bor. Ularning fidoyiligini, jonkuyarligini butun dunyo armiyalarida kuzatish mumkin. Xususan, O‘zbekiston Qurolli Kuchlarida ham serjantlarning o‘z o‘rni va ahamiyati bor.


🌐Batafsil: https://mv-vatanparvar.uz/474/

Telegram | Facebook | Instagram | Twitter

Vatanparvar gazetasi

13 Sep, 04:18


Mutolaa uchun «VATANPARVAR» gazetasining 2024-yil 13-sentabr 37-sonini to‘lig‘icha elektron holda havola etamiz.

Ushbu elektron gazeta tahririyat tomonidan taqdim etildi.

Shuningdek, @mv_vatanparvar_uz Telegram kanali orqali ham tahririyat tomonidan tayyorlangan materiallar bilan tanishib borishingiz mumkin.

📌O‘qish uchun https://online.anyflip.com/dwalh/scox/mobile/index.html

➡️ Yangiliklarni kuzatib boring:

Telegram | LIVE |Facebook | Youtube |Instagram | Twitter | TV

Vatanparvar gazetasi

09 Sep, 16:52


“Vatanparvar” gazetasining 2024-yil 6-sentabr sonida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, elimizning sevimli shoiri Azim Suyunning turkum she’rlari berildi. Harbiylarimizning Vatan oldidagi muqaddas burchlarini bekamu ko‘st ado etishlarida ulug‘ shoirimizning o‘tli satrlari kuch-quvvat, g‘ayrat-shijoat bag‘ishlashi, shubhasiz.

Vatanparvar gazetasi

06 Sep, 12:45


⚡️ NOLA QILAR DARSHABOT ARIQ

“1920-yilning marti. Qo‘mondon Frunze boshchiligidagi qizil armiya askarlari vodiydagi qo‘rboshilik harakatini tugatish, istibdodga qarshi bosh ko‘tarayotgan xalq qo‘zg‘olonlarini bostirish maqsadida Qo‘qonga keldi. Ularga Rajabgardi va O‘qchi qishloqlarida qo‘rboshilarning uyasi joylashgani haqida xabar yetganligi sababli asosiy kuch shu tomonga qaratildi…”


🌐Batafsil: https://mv-vatanparvar.uz/467/

Telegram | Facebook | Instagram | Twitter

Vatanparvar gazetasi

06 Sep, 09:15


⚡️ MANGUBERDINING MUNOSIB IZDOSHLARI

Mamlakatimiz mustaqilligining 33 yillik bayramiga hamohang ravishda Urganch shahrida o‘tgan yili faoliyatini boshlagan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga qarashli Jaloliddin Manguberdi nomidagi harbiy akademik litseyining birinchi bosqich o‘quvchilari yurtimiz va millatimiz faxri, xalqimizning buyuk farzandi, mardlik va jasorat timsoli, el-yurt istiqloli uchun kurashgan bobokalonimiz, ulug‘ sarkarda Jaloliddin Manguberdiga munosib izdosh, vatanparvar va jasur voris bo‘lishga tantanali va’da berishdi.


🌐Batafsil: https://mv-vatanparvar.uz/464/

Telegram | Facebook | Instagram | Twitter

Vatanparvar gazetasi

06 Sep, 07:18


⚡️ OLIMPIADA CHEMPIONLARI SHARAFLANDI

Mudofaa vazirligi markaziy apparatida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan “Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz” shiori ostida tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda Mudofaa vazirligi rahbariyati, davlat tashkilotlari mas’ul vakillari, harbiy xizmatchilar va faxriylar, Qurolli Kuchlar xizmatchilari hamda harbiy sportchilar ishtirok etdi.


🌐Batafsil: https://mv-vatanparvar.uz/461/

Telegram | Facebook | Instagram | Twitter

Vatanparvar gazetasi

06 Sep, 07:03


Mutolaa uchun «VATANPARVAR» gazetasining 2024-yil 6-sentabr 36-sonini to‘lig‘icha elektron holda havola etamiz.

Ushbu elektron gazeta tahririyat tomonidan taqdim etildi.

Shuningdek, @mv_vatanparvar_uz Telegram kanali orqali ham tahririyat tomonidan tayyorlangan materiallar bilan tanishib borishingiz mumkin.

📌O‘qish uchun: https://online.anyflip.com/dwalh/pfdj/mobile/index.html

➡️ Yangiliklarni kuzatib boring:

Telegram | LIVE |Facebook | Youtube |Instagram | Twitter | TV
Yangiliklarni kuzatib boring:

Vatanparvar gazetasi

01 Sep, 02:31


Mustaqilligimizning 33 yilligi muborak bo‘lsin, aziz yurtdoshlar!

➡️ Yangiliklarni kuzatib boring:


Telegram | LIVE |Facebook | Youtube |Instagram | Twitter | TV

Vatanparvar gazetasi

30 Aug, 04:40


Mutolaa uchun «VATANPARVAR» gazetasining 2024-yil 30-avgust 35-sonini to‘lig‘icha elektron holda havola etamiz.

Ushbu elektron gazeta tahririyat tomonidan taqdim etildi.

Shuningdek, @mv_vatanparvar_uz Telegram kanali orqali ham tahririyat tomonidan tayyorlangan materiallar bilan tanishib borishingiz mumkin.

📌O‘qish uchun: https://online.anyflip.com/dwalh/rgdt/mobile/index.html

Yangiliklarni kuzatib boring:

Telegram | LIVE |Facebook | Youtube |Instagram | Twitter | TV

Vatanparvar gazetasi

24 Aug, 06:35


⚡️ NAVOIY ASARLARI HAMDA XALQ DOSTONLARIDA VATANPARVARLIK VА MILLIY QADRIYAT

JANGCHI BO‘LIB TUG‘ILISH, mardona kurashish, qahramonlarcha o‘lish aksar ajdodlarimizning bebaho hayot tarziga aylangan. Fikrimizni “Yusuf bilan Ahmad” va uning uzviy davomi sanalgan “Alibek bilan Bolibek” jangnoma dostonlari, Alisher Navoiyning “Risolayi tiyr andoxtan” risolasi tahlillarida ko‘rib chiqamiz.


🌐Batafsil: https://mv-vatanparvar.uz/454/

Telegram | Facebook | Instagram | Twitter

Vatanparvar gazetasi

23 Aug, 11:54


⚡️ VIRTUAL O‘YINLARGA QARAMLIK VA ULARGA QARSHI KURASH

Ta’lim sohasining mutaxassisi sifatida davrimiz kichkintoylarining kompyuter dasturlari va mobil telefonlari funksiyalarini juda tez o‘zlashtirib olishlarini ko‘rib, hayratlanganlarni ko‘p uchrataman. Kompyuter o‘yinlarini bir ko‘rishdayoq tushunib, berilib o‘ynayotgan bolakaylar kattalarni ham hayron qoldiradi, ham tashvishga soladi. Shunday bo‘lsa-da, ko‘pchilik farzandlariga go‘daklik chog‘idayoq elektron o‘yinchoq olib beradi. Turli yoshdagi bolalarga mo‘ljallangan bunday o‘yinchoqlarni bugungi kunda yurtimizning istalgan nuqtasidan topish mumkin.


🌐Batafsil: https://mv-vatanparvar.uz/457/

Telegram | Facebook | Instagram | Twitter

Vatanparvar gazetasi

23 Aug, 06:35


⚡️ KO‘NIKMA VA MAHORAT SHAKLLANDI, TAJRIBA BOYITILDI

– Bugungi o‘tkazilayotgan dala-o‘quv mashg‘ulotlarimizda asosiy e’tiborni har bir harbiy xizmatchi bilan individual ishlashga qaratganmiz. Qolaversa, “Ustoz-shogird” an’anasiga sodiq qolgan holda, yosh harbiylarimizning nazariy bilimlari amaliyotda toblanishi, ko‘nikma hosil bo‘lishi uchun tajribali ofitserlar bilan birgalikda harakatlar olib borilmoqda, – deydi podpolkovnik Farhod Ro‘ziqulov. – Bunday mashg‘ulotlar harbiy xizmatchilarning moslashuvchanligini mustahkamlash bilan bir qatorda, jangovar qurollardan mohirona foydalanish mahoratini oshiradi.


🌐Batafsil: https://mv-vatanparvar.uz/450/

Telegram | Facebook | Instagram | Twitter

Vatanparvar gazetasi

23 Aug, 06:11


Mutolaa uchun «VATANPARVAR» gazetasining 2024-yil 23-avgust 34-sonini to‘lig‘icha elektron holda havola etamiz.

Ushbu elektron gazeta tahririyat tomonidan taqdim etildi.

Shuningdek, @mv_vatanparvar_uz Telegram kanali orqali ham tahririyat tomonidan tayyorlangan materiallar bilan tanishib borishingiz mumkin.

📌O‘qish uchun https://online.anyflip.com/dwalh/xsiq/mobile/index.html

Yangiliklarni kuzatib boring:

Telegram | LIVE |Facebook | Youtube |Instagram | Twitter | TV

Vatanparvar gazetasi

17 Aug, 12:45


⚡️ QUROLLARNING TURKIYCHA NOMLARI QANDAY BO‘LGAN?

O‘q-dori – poroxning Xitoyda kashf etilishi sekin-asta o‘qotar qurollar erasini boshlab berdi. Amir Temur davrida manjaniq, ra’dandoz, naftandoz kabi tosh va olovotar qurollardan foydalanilgani ma’lum, ammo miltiq yoki tufak Temur o‘rdusida bo‘lmagan. “Boburnoma”da esa biz tufak, tufang, miltiq, to‘p, qazon, ulug‘ qazon, zarbzan, farangiy kabi ko‘plab o‘qotar qurollar nomlarini uchratamiz. Demak, Bobur o‘z o‘rdusini zamonasining eng ilg‘or qurollari bilan qurollantirishga harakat qilgan. Bu davrga kelib Usmonli davlati, Safaviylar Eronida ham o‘qotar qurollar bor edi. Eron va Usmonli davlatida foydalanilgan Ovro‘po rusumidagi to‘plarni Bobur “farangiy” deb ataydi.


🌐Batafsil: https://mv-vatanparvar.uz/440/

Telegram | Facebook | Instagram | Twitter

Vatanparvar gazetasi

17 Aug, 06:30


⚡️ “PARIJ – 2024” YOZGI OLIMPIYA O‘YINLARIDA O‘ZBEKISTON TARIXIY NATIJA QAYD ETDI

Fransiya poytaxti Parij shahri mezbonlik qilgan XXXIII yozgi Olimpiada o‘yinlari yakunlandi. O‘zbekiston delegatsiyasi “Parij – 2024” yozgi Olimpiya o‘yinlarini o‘z tarixidagi eng zo‘r natija bilan tugatdi! Ushbu muvaffaqiyatga Mudofaa vazirligi Oliy sport natijalarini rivojlantirish markazi (MVSM) vakillari ham katta ulush qo‘shdi – 3 nafari oltin, bir nafari kumush medalni qo‘lga kiritdi. Xususan, Ulug‘bek Rashitov ikki karra Olimpiya o‘yinlari chempionligiga erishgan ilk o‘zbek taekvondochisiga aylandi!


🌐Batafsil: https://mv-vatanparvar.uz/443/

Telegram | Facebook | Instagram | Twitter

Vatanparvar gazetasi

16 Aug, 13:35


⚡️ MAYDONDA TAJRIBALILAR BELLASHDI

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugga qarashli dala-o‘quv maydonlarining birida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari kuch tuzilmalarining qo‘shma qarori asosida harbiy xizmatchilar o‘rtasida “Taktik o‘qchi” musobaqasi o‘tkazildi.


🌐Batafsil: https://mv-vatanparvar.uz/434/

Telegram | Facebook | Instagram | Twitter

Vatanparvar gazetasi

16 Aug, 11:50


⚡️ YUKSAK PARVOZDAGI USTOZ-SHOGIRDLAR

Xabaringiz bor, avgust oyining uchinchi yakshanbasi “O‘zbekiston Respublikasining Havo floti kuni” etib belgilangan. Sana munosabati bilan Xonobod aerodromida Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugdagi Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va Harbiy havo kuchlariga qarashli harbiy qism shaxsiy tarkibi hamda O‘zbekiston Respublikasi harbiy aviatsiya instituti kursantlari ishtirokida amaliy parvoz mashqlari o‘tkazildi.


🌐Batafsil: https://mv-vatanparvar.uz/431/

Telegram | Facebook | Instagram | Twitter