Oliy Majlis Qonunchilik palatasi

@qonunchilikpalatasi


Oliy Majlis Qonunchilik palatasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari bilan tanishishingiz (https://taplink.cc/oliymajlis) mumkin.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi

21 Jan, 00:21


Мamlakatimizda aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ularga chek qo‘yish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonunning qabul qilinishi, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi tashkil etilgani bu yo‘ldagi olamshumil ishlardan biri bo‘ldi.

👉 BATAFSIL

Veb-sayt| Telegram |Facebook |  YouTube| Instagram| X| ParlamentTV_RADIO

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi

21 Jan, 00:17


Ilgari surilgan muhim tashabbuslar parlamentlararo hamkorlikni yanada rivojlantiradi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri N. Ismoilov boshchiligidagi parlament delegatsiyasi Turkmaniston Respublikasi poytaxti Ashxobod shahrida Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi parlamentlari rahbarlarining “Tinchlik, farovonlik va o‘zaro ishonch yo‘lida hamkorlik” mavzusidagi ikkinchi yig‘ilishida qatnashdi.

Tadbir ishtirokchilari parlament diplomatiyasi hamkor davlatlar o‘rtasidagi aloqalarning muhim va samarali vositalaridan biri ekanligi sababli, Markaziy Osiyo mintaqasi davlatlari va Koreya o‘rtasida parlamentlararo aloqalarni yanada rivojlantirishda davlat rahbarlari tomonidan belgilangan vazifalarni hayotga tatbiq etishda parlament vakolatlaridan samarali foydalanish, qonunchilik va parlament faoliyati borasida o‘zaro tajriba almashish masalalarini muhokama qildilar.

👉 BATAFSIL

Veb-sayt| Telegram |Facebook |  YouTube| Instagram| X| ParlamentTV_RADIO

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi

21 Jan, 00:14


Parlamentlararo hamkorlik aloqalari yangi bosqichga chiqadi

☝️ Avval xabar berganimizdek, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri Nuriddin Ismoilov boshchiligidagi parlament delegatsiyasi Ashxobod shahrida bo‘lib turibdi.

🔹 Tashrif doirasida mamlakatimiz delegatsiyasi “Tinchlik, farovonlik va o‘zaro ishonch yo‘lida hamkorlik” mavzusidagi Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi parlamentlari rahbarlarining ikkinchi yig‘ilishida ishtirok etmoqda.

🔹 Tadbirning tantanali ochilish marosimida delegatsiya rahbarlari, jumladan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri Nuriddin Ismoilov ma’ruza qildi.

👉 BATAFSIL

Veb-sayt| Telegram |Facebook |  YouTube| Instagram| X| ParlamentTV_RADIO

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi

21 Jan, 00:14


Markaziy Osiyo va Koreya Respublikasi parlamentlari rahbarlarining ikkinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi

Joriy yilning 14-oktabr kuni Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida “Tinchlik, farovonlik va o‘zaro ishonch yo‘lida hamkorlik” mavzusida Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi parlamentlari rahbarlarining ikkinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

Parlamentlararo hamkorlikning “5+1” formatidagi mazkur platformadan ko‘zlangan asosiy maqsad mamlakatlar parlamentlari o‘rtasidagi ko‘p qirrali muloqotni yanada mustahkamlashga yangi sur’at va mazmun berishdan iborat.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri Nuriddin Ismoilov boshchiligidagi parlament delegatsiyasi ishtirok etadi. Tashrif doirasida ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazilishi ham rejalashtirilgan.

Markaziy Osiyo va Koreya Respublikasi parlamentlari spikerlarining birinchi yig‘ilishi 2023-yil 19-sentabrda Koreya Respublikasining poytaxti Seul shahrida bo‘lib o‘tgan.

Veb-sayt|Telegram |Facebook |YouTube|ParlamentTV

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi

21 Jan, 00:12


Mushtarak tarix va umumiy farovonlikka sodiqlik namunasi

Davlatimiz rahbarining “Buyuk turkman shoiri va mutafakkiri Maxtumquli Firog‘iy tavalludining 300 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi qarori xalqimizning shoir siymosida qardosh Turkmaniston xalqiga, uning boy tarixi va madaniyatiga yuksak hurmat va ehtiromining amaliy ifodasidir.

👉 BATAFSIL

Veb-sayt| Telegram |Facebook |  YouTube| Instagram| X| ParlamentTV_RADIO

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi

21 Jan, 00:10


Davlat boji to‘lashda imtiyozlar berilmoqda

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Budjet va iqtisodiy masalalar qo‘mitasi tomonidan “Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 8- va 9-moddalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi dastlabki tarzda ko‘rib chiqildi.

👉 BATAFSIL

Veb-sayt| Telegram |Facebook |  YouTube| Instagram| X| ParlamentTV_RADIO