Men Talaba

@mentalaba_uz


🎓 MenTalaba.uz - orzuingizdagi universitet talabasi bo’ling!

👇 Hujjat topshirish sayohatingizni boshlang
🌐 https://mentalaba.uz

Aloqa markazi: +998781132083
Telegram: @mentalaba_help

Men Talaba

23 Oct, 06:03


📣 O’qituvchi bo‘lib ishlaydigan talabalarga ham sertifikat uchun ustama to‘lanadi

◼️ Bu haqida Maktab vazirligining o'zi ma'lum qilgan.

Milliy sertifikat olgan uchinchi kursdan yuqori talaba-o‘qituvchilarga ham boshqa o‘qituvchilarga to‘langani kabi sertifikat uchun ustama to‘lanadi. Talaba bo‘lgani uchun ularga alohida qoida qo‘llanilmaydi.

Demak, sertifikat abituriyentlardan tashqari ped yo‘nalishlarda o‘qiyotgan talabalarga ham foyda berishi mumkin.

❗️ Eslatib o‘tamiz, umumta'lim fanlaridan milliy sertifikatlar uchun o‘qituvchilarga 20 foiz, xalqaro sertifikatlar uchun esa 50 foiz ustama to‘lanadi.

Sayt | Telegram | Telegram bot | Instagram

Men Talaba

22 Oct, 06:02


📣 Oliy ta’lim va unday keyingi ta’limdagi darajalar qanday nomlanadi?!

🎓 Bakalavr va magistr bu akademik daraja;
🎓 PhD (falsafa doktori) va DSc (fan doktori) bu ilmiy daraja;
🎓 Dotsent, professor va akademik esa ilmiy unvonlar hisoblanadi.

🎓 Bakalavrda yo‘nalish;
🎓 Magistraturada mutaxassislik;
🎓 Doktoranturada ixtisoslik o‘qitiladi.

❗️ Ayrim holatlarda mana shu jihatlarni koʻpchilik adashtiradi yoki bilmaydi.

Sayt | Telegram | Telegram bot | Instagram

Men Talaba

21 Oct, 12:01


📣 2025-yil 1-yanvardan boshlab milliy sertifikatga ega bo‘lgan o‘zbek tili o‘qituvchilariga maoshining 50 foizi miqdorida oylik ustama haq to‘lanadi

Shavkat Mirziyoyev O‘zbek tili bayrami hamda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 35 yilligi munosabati bilan bayram tabrigida barcha ta’lim muassasalarida o‘zbek tili va adabiyoti fanlarini o‘qitish tizimini yanada takomillashtirish orqali ta’lim sifatini oshirishga erishish muhim ahamiyatga ega ta'kidlandi.

Shuningdek, 2025-yil 1-yanvardan boshlab umumta’lim maktablarida milliy sertifikatga ega bo‘lgan o‘zbek tili o‘qituvchilariga maoshining 50 foizi miqdorida oylik ustama haq to‘lanishi ona tilimiz fidoyilarining sharafli mehnatini rag‘batlantirishga xizmat qilishi ma'lum qilindi.

Sayt | Telegram | Telegram bot | Instagram

Men Talaba

21 Oct, 09:00


📣 Kadrlar tayyorlaydigan yagona TEXNIKUMlar tarmog‘i tashkil etiladi

Kasbiy ta’limda malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va xalqaro ta’lim dasturlarini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF-158-son, 16.10.2024 y.) qabul qilindi.

📌 Farmonga ko‘ra, kasbiy ta’lim tashkilotlarining amaldagi turlari maqbullashtirilib, kasbiy ta’limning barcha darajalari bo‘yicha kadrlar tayyorlaydigan yagona texnikumlar tarmog‘i tashkil etiladi.

Texnikumlarda:

kadrlar tayyorlash Ta’limning xalqaro standart tasniflagichi va O‘zbekiston milliy malaka tizimi talablariga mos ravishda tashkil etiladi;
boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus kasbiy ta’lim dasturlari bo‘yicha kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi, shuningdek, malaka va kompetensiyalar bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kurslari tashkil etiladi;
boshlang‘ich kasbiy ta’lim dasturlari bo‘yicha kadrlar tayyorlash umumiy o‘rta ta’lim tashkilotining 9-sinfini tamomlagan o‘quvchilar uchun – davlat granti asosida amalga oshiriladi;
o‘rta va o‘rta maxsus kasbiy ta’lim dasturlari bo‘yicha kadrlar tayyorlash davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida tashkil etiladi;
o‘rta maxsus kasbiy ta’lim dasturlarining bitiruvchilariga o‘zlashtirgan modullari, to‘plagan kreditlari va oliy ta’lim tashkiloti tomonidan belgilangan ballar o‘rtacha qiymatidan (GPA) kelib chiqib, bakalavriatning tegishli bosqichidan o‘qishni davom ettirishga ruxsat etiladi.

Sayt | Telegram | Telegram bot | Instagram

Men Talaba

21 Oct, 05:30


📣 1989-yil 21 oktyabr kuni Davlat tili to‘g‘risidagi qonun qabul qilingan, unga muvofiq o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan.

🇺🇿 Har bir xalqning ona tili uning bebaho boyligi va milliy iftixori sanaladi.

🇺🇿 Barchaga O‘zbek tili kuni muborak bo‘lsin!

Sayt | Telegram | Telegram bot | Instagram

Men Talaba

20 Oct, 13:18


📣 So‘nggi 2 yilda 2 ta OTMga litsenziya berilgan, 7 tasining litsenziyasi bekor qilinganvazirlik

2023-yilda 6 ta, 2024-yilda 5 ta nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarini litsenziyasini bekor qilish bo‘yicha tegishli Sudlarga da’vo arizalari kiritilgan.

Sud jarayonlarida 2023-yilda jami 6 ta oliygohning litsenziyasi bekor qilindi. 2024-yilda esa 1 ta oliygohning litsenziyasi bekor qilingan. 4 ta holatda tegishli Sudlar tomonidan vazirlik kiritgan davo arizalarni qanoatlantirmasdan qoldirgan.

Sayt | Telegram | Telegram bot | Instagram

Men Talaba

20 Oct, 07:10


📣 Agar ish beruvchi bilan mehnat shartnomasi tuzmasdan ishlasangiz:

👉 Mehnat stajingiz bo‘lmaydi va pensiya ololmaysiz;
👉
Ish beruvchi sizni istalgan payt ishdan bo‘shatishi yoki oylik maoshingizni bermasligi mumkin;
👉
Noqulay mehnat sharoitlariga duch kelasiz;
👉
Bola parvarishi, homiladorlik, tibbiy va mehnat ta’tili pullaridan mahrum bo‘lasiz;
👉
Uy, mashina yoki boshqa ehtiyojlar uchun kredit ololmaysiz;
👉 O‘zgaruvchan oylik maoshi;
👉 Mehnat ta’tilisiz faoliyat;
👉 Karyeraning o‘smasligi.

Shunday ekan norasmiy mehnatga rozi bo‘lmang!

Sayt | Telegram | Telegram bot | Instagram

Men Talaba

19 Oct, 09:08


📣 Farg'onada davlat oliygohlari tugatilishi kutilyapti!

Prezidentning «Fargʻona viloyatidagi oliy taʼlim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

Unga ko'ra, Fargʻona politexnika instituti va Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Fargʻona filiali negizida Fargʻona davlat texnika universiteti tashkil etilishi rejalashtirilmoqda.

Shu bilan birga Qoʻqon davlat pedagogika instituti, Toshkent davlat texnika universiteti Qoʻqon filiali hamda Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti Fargʻona mintaqaviy filiali negizida
Qoʻqon davlat universiteti tashkil etiladi.

Bundan tashqari, Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Fargʻona filiali Fargʻona davlat universiteti tasarrufiga oʻtkaziladi.

Sayt | Telegram | Telegram bot | Instagram

Men Talaba

19 Oct, 06:00


📣 Pedagoglar o‘zbek, rus va qoraqalpoq tilida diagnostika testlarini bepul bajarishlari mumkin

2024-yilning ikkinchi yarmida oʻtkaziladigan attestatsiya oldidan pedagoglarni qoʻllab-quvvatlash hamda sinovlarga tayyorgarlik uchun sharoit yaratish maqsadida umumtaʼlim fanlari boʻyicha diagnostika testlari tashkil etilmoqda.

Ushbu test topshiriqlari Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan eʼlon qilingan pedagoglar attestatsiyasi boʻyicha malaka toifasi sinovlari topshiriqlarining mavzulari va qoʻllanilgan adabiyotlar roʻyxati asosida shakllantirilgan.

Diagnostik testda pedagogning mutaxassislik fani boʻyicha 35 ta, kasb standartidan 5 ta hamda pedagogik mahoratni aniqlash maqsadida ilgʻor pedagogik uslub va texnologiyalarni qoʻllash boʻyicha 10 ta topshiriq beriladi. Yaʼni haqiqiy attestatsiya jarayonlariga oʻxshash formatdagi va miqdordagi topshiriqlar beriladi.

Sayt | Telegram | Telegram bot | Instagram

Men Talaba

18 Oct, 12:00


📣 Farg‘onalik o‘quvchi qiz Microsoft kompaniyasining O‘zbekistondagi ilk Ambassadori bo‘ldi

🌍 Ambassadorlar uchun Amerikaga viza olish va sayohat qilish qilish imkoniyatlari yaratiladi.

🇺🇿 'Farg‘onalik o‘quvchi qiz Microsoft kompaniyasining O‘zbekistondagi ilk Ambassadori bo‘ldi. Farg‘ona viloyati 10-maktabning 11-sinf o‘quvchisi 16 yoshli Dilafruz Jo‘raboyeva Microsoft kompaniyasining yoshlarga mo‘ljallangan Microsoft Learn Student dasturi Ambassadori bo‘ldi.

Microsoft Student Ambassador bo‘lish nima beradi?

Ushbu maqomga ega bo‘lgan talaba texnik va yetakchilik bo‘yicha treninglar, Microsoft'ning keng ta’lim resurslariga kirish va kelajakni yaratishga ishtiyoqi baland bo‘lgan yoshlarni birlashtirish imkoniga ega bo‘ladi.

🎓 Talaba tomonidan yoshlar uchun o‘tkaziladigan tadbirlarga uchun xomiylik beriladi. Kompaniyaning barcha mahsulotlari premium talqinlari bepul taqdim etiladi.

📌 Ayni damda Dilafruz Yandex uchun o‘qish va stajirovkaga topshirgan, sinovlardan yaxshi o‘tsa Yandexning katta loyihalariga qo‘shilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Sayt | Telegram | Telegram bot | Instagram

Men Talaba

18 Oct, 09:15


📣 O‘rganishni o‘rganing!

Qancha o‘qisa ham yangi bilim ololmaslikning 4 sababi

📚 Shunchaki darslikni o‘qish yetarli emas. Hammasi ravshandek ko‘rinadi: ma'lumotlar tayyor, ularni o‘qiysiz-u, yangi bilim va malakaga ega bo‘lasiz.

📌 Ayniqsa o‘quv qurollari — kitob, mashg‘ulot, onlayn servislar yetishmasligidan shikoyat qilishga hojat yo‘q. Ammo, biz gigabaytlab ma'lumot olamiz va ko‘p kuch, pul va vaqt sarflaymiz-u, ammo ko‘pi bilan yuzaki bilimnigina egallay olamiz.

Buning sabablari va yechimlari haqida ma'lumot beramiz.

Siz bilimlaringizni amaliyotda qo‘llamaysiz
Siz ta'lim olishni o‘yinga aylantirishni istaysiz
Siz nomunosib darslik tanlaysiz
Siz o‘rganishning faqat bitta usuliga e'tibor qaratasiz

Sayt | Telegram | Telegram bot | Instagram

Men Talaba

18 Oct, 06:11


📣 Keyingi yil imtihonda qaysi darsliklardan savol tushishi e'lon qilindi

2025–2026-o‘quv yilida oliy ta'lim muassasalarining bakalavriat ta'lim yo‘nalishlariga qabul qilishda qo‘llanadigan test topshiriqlari shakllantiriladigan o‘quv dasturlari Bilimni baholash agentligining uzbmb.uz rasmiy saytida e'lon qilindi.

🇺🇿 Fanlar bo‘yicha o‘quv dasturlari O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan taqdim etilgan.

❗️O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 6-noyabrdagi PQ-4884-son qaroriga asosan test sinovi topshiriqlari davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlari asosida tuziladi, test sinovi materiallarining ma’no-mazmuni umumiy o‘rta ta’lim tizimidagi fanlarning o‘quv dasturlariga moslashtiriladi.

Sayt | Telegram | Telegram bot | Instagram

Men Talaba

17 Oct, 12:01


📣 Abituriyentlarga eslatma!

📚 2025/2026 o‘quv yili qabulidan boshlab fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikat asosida amalga oshiriladi.

❗️Bunda fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul qilishda ushbu fandan test sinovi o‘tkazilmaydi. Abituriyentlardan belgilangan darajadagi sertifikatni taqdim etish talab etiladi.

Bilimni baholash agentligi abituriyentlarga qulaylik yaratish maqsadida har oyda xorijiy tillarni bilish darajasini aniqlash va sertifikat berish bo‘yicha imtihonlar o‘tkazib kelmoqda. Imtihonda ishtirok etish uchun my.gov.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘tiladi.

Sayt | Telegram | Telegram bot | Instagram

Men Talaba

17 Oct, 09:04


📣 Kredit - modul tizimida o'lchov birliklari qanday?

📌 - 1️⃣ KREDIT :
- 3️⃣0️⃣ soatni tashkil etadi.

🗓 Talaba 1 semestr davomida jami 30 kredit, 1 o'quv yili davomida jami 60 kredit to'plashi zarur!

Sayt | Telegram | Telegram bot | Instagram

Men Talaba

17 Oct, 06:00


📣 Talabalar amaliyot o‘tagani uchun pul olishi mumkin

📌 Faqat, hamma talabalar emas. Tanlab olingan bitiruvchi kurs amaliyotchi talabalari.

📆 Joriy yilning yanvar oyida e'lon qilingan hukumat qaroriga ko'ra, bitiruvchi talabalar bir oydan uch oygacha iqtisodiyot tarmoqlari korxonalarida haq to‘lanadigan ishlab chiqarish amaliyotida bo‘lishi mumkin.

Batafsil 👉 havola orqali 👈 o'tib tanishishingiz mumkin.

Sayt | Telegram | Telegram bot | Instagram

Men Talaba

16 Oct, 12:10


📣 Toshkentda Markaziy Osiyo universitetlari forumi bo‘lib o‘tdi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda boshqa hamkorlar bilan o‘tkazilgan forumda Buyuk Britaniya, Germaniya, Xitoy kabi nufuzli davlatlarda joylashgan va ta’lim rivoji uchun dunyo miqyosida ish olib borayotgan 60 dan ortiq xalqaro tashkilotlar, shuningdek, yuzga yaqin xorijiy oliygohlar, xususan, Massachusets texnologiya instituti va Kembrij kabi nufuzli oliygohlardan vakillar hamda yurtimizdagi qator oliy ta’lim muassasalari vakillari ishtirok etdi.

Forum doirasida bir qator olimlarning ochiq ma’ruzalari tashkil etildi, jumladan:
— italiyalik olim, hisoblash fizikasining dunyoga mashhur arbobi va qora tuynuklarning birinchi tasvirlarini yaratuvchilaridan biri boʻlgan Luchiano Rezzolla;
— nufuzli iqtisodchilaridan biri, 2014-yilda Nobel mukofoti laureati bo‘lgan Jan Tirol;
— Massachusetts texnologiya instituti akademik rivojlanish boʻyicha kansleri professor Erik Grimson.

Forum doirasida “Times Higher Education” reytingida tan olingan universitetlarni taqdirlash marosimi va uchrashuvlar o’tkazildi.

Sayt | Telegram | Telegram bot | Instagram

Men Talaba

16 Oct, 09:01


📣 Asosiy fan olimpiadalarining ikkinchi (tuman) va uchinchi (hududiy) bosqichlarini oʻtkazish tartiblari belgilandi

MMTVning 2024-yil 11-oktyabrda “2024-2025-oʻquv yilida umumtaʼlim fanlari boʻyicha asosiy olimpiadaning ikkinchi tuman (shahar) va uchinchi — hududiy bosqichlari hamda xalqaro olimpiadalarda ishtirok etadigan Oʻzbekiston terma jamoasiga nomzodlarni saralashning birinchi bosqichini tashkil etish va oʻtkazish toʻgʻrisida”gi 331-sonli buyrugʻi imzolandi.

Sayt | Telegram | Telegram bot | Instagram

Men Talaba

16 Oct, 06:00


📣 “Temurbeklar maktabi”ga QIZLAR ham qabul qilinadi

Prezident qarori bilan ayrim qarorlarga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritildi. Ushbu qarorga koʻra:

2024/2025 oʻquv yilidan Milliy gvardiya Toshkent “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyiga ayol jinsidagi Oʻzbekiston fuqarolarini qabul qilish imkoniyati yaratiladi;

Milliy gvardiya Qoʻriqlash bosh boshqarmasi Bolalar psixologiyasi markazi ishchi va xizmatchilarining lavozim maoshlari oshiriladi.

❗️Eslatib o’tamiz, “Temurbeklar maktabi” bitiruvchilariga oliy harbiy va harbiylashtirilgan taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishda yakka tartibdagi yakuniy suhbat yoki BBM agentligi tomonidan oʻtkaziladigan test sinovlarida oʻzlari toʻplagan ballarning 30 foizi miqdoridagi, respublikaning boshqa davlat OTMlariga oʻqishga kirishda esa oʻzlari toʻplagan ballarning 15 foizi miqdoridagi qoʻshimcha ballar koʻrinishida imtiyoz beriladi.

Sayt | Telegram | Telegram bot | Instagram