A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti

@avloniyuz


Facebook
https://www.facebook.com/avloniy.uz

Website
http://avloniy.uz/

YouTube
https://www.youtube.com/channel/UCf6MGrax28HsY9DCBo3eeTA

Қайта тайёрлов:

https://t.me/avloniyqaytatayyorlovqabul

LMS йўриқнома 👉 @lms_video_bot

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti (Uzbek)

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti Telegram kanalini xush kelibsiz! Bu kanal Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutining rasmiy Telegram kanalidir. Kanalda institutning so'nggi yangiliklari, tadbirlari, o'quv jarayoni haqida ma'lumotlar va ko'p boshqa foydali ma'lumotlar joylashgan. Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti o'zining rasmijiy Facebook sahifasidan, veb-saytidan va YouTube kanalidan so'nggi ma'lumotlarni olishingiz mumkin. Shuningdek, qayta tayyorlov bo'yicha ma'lumotlar va LMS yo'riqnoma uchun maxsus havolalar ham mavjud. Agar siz Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti bilan doimiy aloqada bo'lishni istasangiz, ushbu Telegram kanaliga obuna bo'ling!

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti

21 Oct, 15:58


21-oktabr – Oʻzbek tili bayrami

Sirdaryo viloyati pedagogik mahorat markazida
21-oktabr – Oʻzbek tili bayrami kuni munosabati bilan tadbir tashkil etildi.
"Tushungan topadi" o‘yini iboralar va ularning ma'nosini tushunishga asoslangan aqliy o‘yin bo'lib,tinglovchilarda zo'r qiziqish uyg'otdi.

🎤Sirdaryo viloyati pedagogik mahorat markazi axborot xizmati

Kanalga obuna bo'lish:
👇👇👇👇👇
📱Telegram |📒Facebook |🌐Website |🖤YouTube

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti

21 Oct, 11:34


Ўзбек тили байрами муносабати билан Ўзбекистон халқига табрик

Поздравление народу Узбекистана в связи с Праздником узбекского языка

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti

21 Oct, 09:12


☑️A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti kengashining navbatdagi yigʻilishi oʻtkazildi

Unda institutda yangi tashkil etilgan kafedralar Nizomi va yillik ish rejasi tasdiqlandi.

Shuningdek, kun tartibidagi quyidagi:

🔹Institutda yangi tashkil etilgan kafedralarning uzluksiz kasbiy rivojlantirish kursi ishchi oʻquv reja va dasturlari hamda pofessor-o‘qituvchilarning shaxsiy ish rejalarini tasdiqlash;

🔹Institutda taʻsis etilgan “Maktab taʻlimi: muammolar, izlanishlar, yechimlar” nomli ilmiy-nazariy va oʻquv-uslubiy jurnalning hayʻat aʻzolari tarkibini tasdiqlash;
 
🔹“Ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilarida kreativlikni rivojlantirish metodikasi” nomli qisqa muddatli kurs o‘quv reja va dasturlarini tasdiqlash kabi masalar yuzasidan muhokama olib borilib, tegishli qarorlar qabul qilindi.

💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱Telegram | 📒Facebook
 
📹YouTube🌐Instagram

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti

21 Oct, 03:43


Aziz ustozlar, qadrli vatandoshlar!

Avvalo, barchangizni milliy gʻururimiz — oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun, ona tilimiz bayrami bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman.

Albatta, har bir inson uchun tugʻilib oʻsgan oʻz uyi va Vatani qanchalik aziz boʻlsa, ilk bor tili chiqqanda aytiladigan soʻzlarni ifodalovchi ona tili ham shu kabi muqaddas va qadrlidir.

Shu maʼnoda biz bugun moʻtabar sanovchi oʻz ona tilimiz — oʻzbek tilining hayotimizda tutgan oʻrni har qachongidan ham muhim ahamiyatga egadir.

Fursatdan foydalanib, yurtdoshlarimizni milliy oʻzligimiz va gʻururimiz timsoli boʻlgan ona tilimizning bugungi muhim sanasi bilan yana bir bor muborakbod etaman.

Jonajon ona tilimizning mehrli ziyosi doimo tafakkurimiz va qalblarimizni yoritib tursin!


Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti

18 Oct, 16:08


“Men o‘zbekistonlik ustozlar bilan hammaslak, bir yo‘lda ekanimni his qilib turibman. O‘zbekiston kelajagi haqida ijobiy fikrdaman. Hozir Markaziy Osiyo davlatlari, xususan O‘zbekiston haqida butun dunyo gapiryapti. Yurtingiz Buyuk Britaniya ommaviy axborot vositalarida ko‘rganimdan-da tezroq rivojlanayotganiga amin bo‘ldim”.

Michael Connolly
Britaniyadagi ingliz tili va maktab ta’limi direktori

💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱Telegram | 📒Facebook
 
📹YouTube🌐Instagram

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti

18 Oct, 07:35


Markaziy Osiyo Universitetlari Forumi doirasida O‘zbekistonga kelgan qator xorijiy mehmonlarning A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutiga tashrifi davom etmoqda

Kuni kecha Markaziy Osiyo universitetlari xalqaro forumi doirasida O‘zbekistonda bo‘lib turgan nufuzli mehmonlar A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti bilan tanishdi, xususan:

Britaniyadagi ingliz tili va maktab ta’limi direktori Michael Connolly, O‘zbekistondagi Britaniya Kengashi direktori Denise Waddingham hamda
Iordaniyaning Qirolicha Raniya O‘qituvchilar Akademiyasi direktori Osama Obeidat institutda bo‘ldi.

Mehmonlar yangi binoda ustozlarning ta’lim olishi uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishib, ularning o‘qituvchilarni kasbiy rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega ekanini qayd etdilar.

💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱Telegram | 📒Facebook
 
📹YouTube🌐Instagram

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti

18 Oct, 07:03


O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika va hududiy kengashi rahbariyati A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti bilan tanishdi

Respublika kengashi rahbariyati hamda bir guruh tuman (shahar) kengashlari raislari institutda bo‘lib, institutning yangi binosi, Axborot-resurs markazi, Abdulla Avloniy yodgorlik muzeyi, videodarslarni tasvirga olish media studiyasi va o‘quv xonalaridagi sharoitlar bilan tanishdilar.

Pedagoglar uchun tashkil etilgan zamonaviy sharoitlarga ega mehmonxona hamda STEAM laboratoriya markazi mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otdi.

💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱Telegram | 📒Facebook
 
📹YouTube🌐Instagram