Shavkat Xo‘jaqulov

@shavkat_xojaqulov


TRM bo‘lim boshlig‘i, Ta’lim inspeksiyasi matbuot kotibi (2019-2023)
ta’lim haqidagi yangiliklar, fikrlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: https://myurls.co/shavkatxujaqulov

Shavkat Xo‘jaqulov

18 Oct, 08:57


⚡️Bugun rad qilingan murojaatlarni tahrirlab qayta yuborish mumkin

❗️Murojaatlari rad qilingan pedagoglar shaxsiy kabinetlariga kirib, “tahrirlash va qayta yuborish” (rasmda koʻrsatilgan) tugmachasini bosib, murojaatlarini tahrirlab, qaytadan yuborishlari mumkin.

Tahrirlab boʻlgach “Saqlash” tugmachasini bosishni unutmaslikni tavsiya qilamiz.

Oʻz faoliyatingizga hamda oʻzingiz toʻgʻringizdagi maʼlumotlarga befarq boʻlmang!

Shuningdek, barcha oʻquv fanlaridan quyidagi botlarda bepul onlayn repetitsiyalar boshlangan:

O'zbek tilida: @uztditestbot
Qoraqalpoq tilida: @uztdi_qrtestbot
Rus tilida: @uztdi_rustestbot

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Shavkat Xo‘jaqulov

10 Oct, 07:18


Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tomonidan 2024-yilning 3-choragida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan brifing

Shavkat Xoʻjaqulov, Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi boʻlim boshligʻi

Batafsil: https://bit.ly/3Y1rJDv

📹 Youtube (HD)da ko‘rish: https://youtu.be/gM2D4d49qas

🔹 Telegram 🔹 Instagram
🔹 Facebook 🔹 X (Twitter)
🔹 YouTube 🔹 Trm.uz

Shavkat Xo‘jaqulov

08 Oct, 06:21


A.Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti yangi binosining ochilishi va institut faoliyati mazmunidagi o‘zgarishlar yuzasidan o‘tkazilayotgan press-turga keldim.

Institutda tashkil qilingan yangi muzeyda Qorako’ldagi maktab-internat (litsey) ni tashkil qilib, unga uzoq yillar direktorlik qilgan ustozimiz marhum To’xtamurod Jumayev faoliyatiga bag'ishlangan eksponat ham joylashtirilibdi.

U kishining uzoq yillik fidoiy mehnatlari vafotlaridan keyin ham shunday e’tirof etib kelinayotganidan xursand bo’ldim.

👉@shavkat_xojaqulov

Shavkat Xo‘jaqulov

24 Sep, 12:21


🔹 Professor-oʻqituvchilar, metodistlar, amaliyotchi oʻqituvchilar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, magistrantlar, talabalar va taʼlim tizimidagi barcha muassasalar xodimlari diqqatiga!

🔹 Oʻzbekiston Respublikasi Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tomonidan 2024-yil 5-noyabr kuni “Yangi taraqqiyot bosqichida maktab taʼlimini rivojlantirish strategiyalari: chaqiriqlar, muammolar, tadqiqotlar va yechimlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazilishi munosabati bilan maqolalar qabuli davom etmoqda.

🔹 Maqolalarni 2024-yil 30-oktyabr qadar @TRM_2024_bot ga yoki [email protected] manzilidagi elektron pochtaga orqali yuboring.

🔹 Batafsil maʼlumot axborot xatida.

Konferensiya to'plamida maqolalarni chop etish bepul!

— — — — — —

🔹 Вниманию профессорско-преподавательского коллектива, методистов, преподавателей-практиков, докторантов, независимых исследователей, магистрантов, студентов и сотрудников всех учреждений системы образования!

🔹 Республиканским научно-методическим центром развития образования продолжается прием статей в связи с проведением 5 ноября 2024 года международной научно-практической конференции «Стратегии улучшения школьного образования на новом этапе развития: вызовы, проблемы, исследования и решения»

🔹 Вы можете отправить статью до 30 октября 2024 года на Telegram @TRM_2024_bot.

🔹 Подробная информация в информационном письме.

Публикация статей в сборнике конференции бесплатна!

🔹 Telegram 🔹 Instagram
🔹 Facebook 🔹 X (Twitter)
🔹 YouTube 🔹 Trm.uz

Shavkat Xo‘jaqulov

17 Aug, 00:55


2024–2025-ўқув йили учун олий таълим муассасаларининг бакалавриат таълим йўналишларига кириш тест синовлари бўйича танлов натижалари эълон қилинди.

👉@shavkat_xojaqulov

Shavkat Xo‘jaqulov

09 Aug, 05:05


🔹 Bugun, 9-avgust kuni soat 10:00da Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tashabbusi bilan o'tkazilayotgan “Mahoratli o'qituvchi – malakali millat: uzluksiz kasbiy rivojlantirishdagi muammo va yechimlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya boshlanadi.

🔹 Tadbirda ishtirok etish uchun havola: https://unicef.zoom.us/j/93584366303

ID: 935 8436 6303
Kod: 483581

— — — — —

🔹 Сегодня, 9 августа, в 10:00 часов начинается международная научно-практическая конференция на тему «Квалифицированный педагог – развитая нация: проблемы и решения непрерывного профессионального образования», проводимая по инициативе Республиканского научно-методического центра развития образования.

🔹 Ссылка для участия в мероприятии: https://unicef.zoom.us/j/93584366303

ID: 935 8436 6303
Код: 483581

🔹 Telegram 🔹 Instagram
🔹 Facebook 🔹 X (Twitter)
🔹 YouTube 🔹 Trm.uz

Shavkat Xo‘jaqulov

31 Jul, 04:41


Maktab oʻquvchilari uchun koreyalik mutaxassislar ishtirokida sunʼiy intellekt va robototexnika kursi tashkil etildi

Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tomonidan Uchtepa tumanidagi 129-maktabda oʻquvchilar uchun sunʼiy intellekt va robototexnika kursi tashkil etildi.

Ushbu kursda maktabning 32 nafar bitiruvchi sinf o‘quvchilari sun’iy intellekt va robototexnika bo‘yicha koreyalik mutaxassislardan bilim olishmoqda.

Muassasaga Koreya ta’lim vazirligining granti asosida Robototexnika laboratoriyasini moddiy-texnik bazasini shakllantirish maqsadida Arduino to‘plami va PIBO roboti olib kelingan. Ushbu jihozlar orqali o‘quvchilarda dasturlashga oid o’rgangan nazariy bilimlarini Robot qurilmalarida sinovdan o‘tkazish imkoniyati yaratiladi.

Mazkur maktabda tajriba-sinovdan oʻtkazilayotgan loyiha natijasida olinadigan ijobiy tajribalar boshqa maktablarga ham tatbiq etilishi rejalashtirilgan.

Yuqoridagi video sunʼiy intellekt va robototexnika kursi ochilish marosimiga bag‘ishlangan tadbirdan tayyorlandi.

🌐Youtube (HD)da ko'rish: https://youtu.be/xzoKJVul9EM

🔹 Telegram 🔹 Instagram
🔹 Facebook 🔹 X (Twitter)
🔹 YouTube 🔹 Trm.uz

Shavkat Xo‘jaqulov

28 Jul, 19:44


20 yillik tinimsiz mehnat Diyorani Olimpiya chempioni qildi!

Oz muddat boʻlsa ham sport sohasidagi faoliyatim davomida dzyudoga mehrim boshqa edi. 2019-yilda Butunjahon Yozgi universiada oʻyinlarida shu suratni olgan edim. Oʻshanda Diyoraga omad kulib boqmagandi. Oʻsha yillarda yana bir boshqa musobaqada ham yaxshi natija koʻrsata olmagandi. Toʻgʻrisi shu paytlar bu nozik va chiroyli qiz nega boshqa sport turini tanlamagan ekan deb oʻylagandim. Lekin Diyora harakatdan to'xtamadi va keyingi yillarda ajoyib natijalar ko'rsatdi.

Bugun biz bir kunlik bahslarni va gʻalaba onlarini koʻrdik. Lekin ungacha boʻlgan tinimsiz harakatlar, intilishlar va alamli magʻlubiyatlarni shu qiz va yaqinlarigina biladi. 6 yoshidan boshlab buvisini harakatlari bilan dzyudo bilan shugʻullanishni boshlab, turmushga chiqqanidan keyin ham davom ettirib bu haqli gʻalabaga erishdi Diyora.

Oʻzbekiston tarixida yozgi Olimpiya oʻyinlarida oltin medal olgan ilk ayol sportchi muborak barchamizga! Bardavom boʻlsin…

👉@shavkat_xojaqulov

Shavkat Xo‘jaqulov

28 Jul, 13:44


⚡️2024/2025-oʻquv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida minimal oʻtish bali o‘zgarishsiz qoldi

🔰 O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan respublika oliy ta’lim muassasalariga davlat granti bo‘yicha minimal o‘tish bali68,0 ball (maksimal 189 ballning 36 %), to‘lov-kontrakt bo‘yicha minimal o‘tish bali – 56,7 ball (maksimal 189 ballning 30 %) etib belgilandi.

👉@shavkat_xojaqulov

Shavkat Xo‘jaqulov

27 Jul, 12:02


Xususiy oliygoh diplomi bilan ishlasa bo'ladimi?

Odatda xususiy oliygoh deganda ko'pchilikda diplomi o'tadimi yoki ishga kirishda "davlat oliygohlari bilan bir xilmi?" degan savol ko'pchilikni o'ylantiradi. Diplomi o'tishi aniq, Ta'lim to'g'risidagi qonunda bu haqida aniq-tiniq yozib qo'yilgan.

☝️Lekin o'qishga kirmoqchi bo'lgan abituriyentlar yoki ularning ota-onalari bir narsani tushunib olishlari kerak. Ishga kirishda nafaqat xususiy balki davlat oliygohlarining diplomi ham ahamiyatini yo'qotib boryapti. Sababi avvalari diplom birinchi o'rinda turgan bo'lsa, bugun ana shu diplomli kadrning bilim ko'nikmasi, shijoatliligiga ko'proq ahamiyat berilyapti.

🫷Oliy ma'lumotlilar soni ortib borayotgan bir vaqtda har qanday tashkilotlar yaxshi kadr istashmoqda. Diplomlilar endi ko'p, lekin yaxshi, har qanday muhitga moslashib keta oladigan, sohada mehnat qilib izlanishlar olib boradigan, o'zidan tashabbus va yangiliklar bilan boshqalardan yaqqol ajralib turadigan kadrlar endi ko'proq qadrlanyapti. Bu nafaqat xususiy balki davlat tashkilotlarida ham talab qilina boshlandi.

Hurmatli talabalar! Siz o'qish davomida izlaning, atrofingizdagilardan yaxshiroq bo'lishga, ulardan har tomonlama ustunroq va bilimroq bo'lishga, yangiliklar va tashabbuslarga intiq bo'lishga harakat qiling. Qolgan masalalar ishga kirishda ikkinchi o'rinda.

Ishoning bunday kadrlar hech qachon ishsiz qolmaydi. Ular ish qidirmaydi, aksincha talabgor bo'ladi. Siz ana shunday kadrlar toifasidan bo'ling. Qaysi yo'nalishni tanlashingizdan qat'iy nazar sohangizning eng zo'ri bo'ling!


@zufarxurramov

Shavkat Xo‘jaqulov

25 Jul, 06:51


🔹 Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tomonidan 2024-yilning birinchi yarmida amalga oshirilgan ishlar va istiqboldagi rejalar yuzasidan brifing

🔹 Shavkat Xoʻjaqulov, Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi boʻlim boshligʻi

Batafsil: https://bit.ly/46ruRML

📹 Youtube (HD)da ko‘rish: https://youtu.be/lQCdQyImzfw

🔹 Telegram 🔹 Instagram
🔹 Facebook 🔹 X (Twitter)
🔹 YouTube 🔹 Trm.uz

Shavkat Xo‘jaqulov

19 Jul, 13:58


​​⚡️ 5-kun DTM natijalari e’lon qilindi! Endi maxsus botlar yordamida 4 xil usulda ko‘rish mumkin!

📆 2024-yil 18-iyul kuni o‘tkazilgan oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi.

Imtihonlarda ishtirok etgan abituriyentlar test sinovida to‘plagan ballarini umumlashgan holda 4 xil usulda bilishlari mumkin va hammasi bitta telegram botda!

1️⃣ Abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

2️⃣ Abituriyent ruxsatnomasining quyi qismidagi QR-kod (natijani ko‘rish uchun havola)ni skaner qilgan holda.

3️⃣ Abituriyent ruxsatnomasini pdf shaklda botga yuborib, "JAVOBLAR VARAG‘I"ni yuklab olishingiz mumkin.

4️⃣ Abituriyent ruxsatnomasida ko'rsatilgan ID raqamini veb-saytga kiritish orqali.

Bot manzili:
👉 @e_uzbmb_mandatbot
👉 @e_uzbmb_mandat1bot
👉 @e_uzbmb_mandat2bot
👉 @e_uzbmb_mandat3bot
👉 @e_uzbmb_mandat4bot

Shavkat Xo‘jaqulov

18 Jul, 15:26


​​⚡️ 4-kun DTM natijalari e’lon qilindi! Endi maxsus botlar yordamida 4 xil usulda ko‘rish mumkin!

📆 2024-yil 17-iyul kuni o‘tkazilgan oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi.

Imtihonlarda ishtirok etgan abituriyentlar test sinovida to‘plagan ballarini umumlashgan holda 4 xil usulda bilishlari mumkin va hammasi bitta telegram botda!

1️⃣ Abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

2️⃣ Abituriyent ruxsatnomasining quyi qismidagi QR-kod (natijani ko‘rish uchun havola)ni skaner qilgan holda.

3️⃣ Abituriyent ruxsatnomasini pdf shaklda botga yuborib, "JAVOBLAR VARAG‘I"ni yuklab olishingiz mumkin.

4️⃣ Abituriyent ruxsatnomasida ko'rsatilgan ID raqamini veb-saytga kiritish orqali.

Bot manzili:
👉 @e_uzbmb_mandatbot
👉 @e_uzbmb_mandat1bot
👉 @e_uzbmb_mandat2bot
👉 @e_uzbmb_mandat3bot
👉 @e_uzbmb_mandat4bot

Shavkat Xo‘jaqulov

18 Jul, 06:26


Hozirgi abiturientlar.

Bugun universitetimiz ikkinchi binosiga kelsam, bir onaxon oldimga kelib, savol berib qoldi.

-O'g'lim , siz shu yerda boshliq ekansiz, qizim bilan bugun hujjatlarini topshirgani keldik, imtixonsiz olib quyaveringlar, xodimlaring imtixon qilamiz deyapdi.

-Onaxon bizda imtixon asosida qabul jarayoni , nega imtixondan qo’rqasiz ?

- O’g’lim qizim maktabda zo’r o’qigan, Davlatnikiga ham topshirdi , baland ball oldi. Lekin o’qimayman deyapdi, silada o’qimoqchi ekan.

Xullas , onaxon bilan bo’lgan qisqa suxbatimizda shuni tushundimki, onaxon qizini juda kuchli bilimga egaligi, abiturient payti eng qimmat 2-3 ta repititorga borganligini aytdi. Lekin DTM balini ko’rsata olmadi. Qizi esa bizni imtihonga kirishga qo'rqmoqda. Shunda tushundimki qizi onasini aldagan, onasi bechora esa qizini kuchli bilimli deb o’ylaydi. Hozirda ko’plab abiturient uka singillarimizda shunaqa holat kuzatilmoqda, ya’ni qimmat repititorga boryapman deb ota onasidan pulni olib, darsga bormay , o’qimay. Testdan past bal to’plasa o’qituvchini yomon deb yurishmoqda.

Ularga maslahatim: miyangiz eng bilimga chanqoq payt o’qib o’rganing. Abiturientlik qayta berilmaydigan eng esda qolarli davr. Har bir o’qiyotgan faningizdagi mavzu , kelajakda o’z kasbingiz yetuk mutaxasisi bo’lishingizga sabab bo’ladi. Yaxshi o'qizangiz testdagi natijangizdan uyalib qolmaysiz. Ko'proq o'qing!!!

@zufarxurramov