Maqsad 🎯

@maqsad


"Katta yo'llar kichik qadamlar bilan bosib o'tiladi.
Maqsadni katta qo'ying...!"

Reklama bo‘yicha: @ReklaMaqsad



Spamlar: @Maqsad_rasmiy_bot

Maqsad 🎯

22 Oct, 04:02


🪐 Benjamin Franklinning o‘zini rivojlantirish usullari:

1. Nafsni tiy.
Oldingga qo‘ygan taomni hammasini yema, dumalab qolguncha ichma.

2. Sukut saqla.
O‘zinga va boshqalarga foyda bo‘ladigan gapni so‘zla, foyda bo‘lmaydigan gapni gapirishdan saqlan.

3. Intizomga muhabbat qo‘y.
Hamma buyumlaringni qo‘yish uchun joy, kerakli gapni gapirish uchun kerakli vaqt bo‘lsin.

4. Uddasidan chiq.
Bajarilishi kerak bo‘lgan ishni bajarishni hal qil. Hal qildingmi, ishni bajarishning uddasidan chiq.

5. Boshqalar haqida qayg‘ur.
Faqat  o‘zingga emas, balki  boshqalarga ham foyda keltiradigan narsalarni xarid qil. Hech narsani bekorchi joylarga ishlatma.

6. Mehnatsevarlik.
Vaqtni bekor o‘tkazma, har doim foydali ish bilan mashg‘ul bo‘l, har qanday bekorchi ishdan nari bo‘l.

7. Ochiqko‘ngillik.
Tili boshqa, dili boshqa bo‘lishdan saqlan. Har doim dilingda o‘ylaganingni gapir.

8. To‘g‘riso‘zlik.
Hech qachon odamlarga yomonlikni ravo ko‘rma va ularni xafa qilma.

9. Kechirimlilik.
Senga yetkazilgan ozor uchun hech qachon kek saqlama, hattoki ular xafa bo‘lishga arzisalar ham.

10. Ozodalikka rioya qil.
Uyingda ham, libosingda ham kirlik bo‘lishiga yo‘l qo‘yma.

11. Hotirjamlik.
Bo‘lar bo‘lmasga xavotirlanaverma.

12. Aql bilan ish qil.
Ko‘p izlanishdan to‘xtama. Ko‘p kitob mutolaa qilish, naslni sof tabiatli insonlar bilan davom etishini ta’minlaydi.

@MAQSAD

Maqsad 🎯

21 Oct, 15:28


"Shaxsiylik" clubi a'zolari bilan 2 ta challenge boshladik:

💸 Clubimizga a'zo bo‘lish narhi 150 000 so‘m

Bizga qo‘shilish uchun @Shaxsiylikclub ga + belgisini qoldiring

Maqsad 🎯

21 Oct, 04:15


💬 #BuyuklardanMaslahatlar

— Umrning qaysi yoshida bo‘lmang, agar siz muvaffaqiyat tomon to‘g‘ri harakat qilsangiz albatta erishasiz.
— Muvaffaqiyat ketidan muvaffaqiyatni yaratadi.
— Alloh bizni boshqa jonzotlardan shunday ustun qilib yaratganki, baxt va xursandchilik tuyg‘usini his qilish sharafi faqat insonlarga nasib qilgan.
— Men: Agar menda katta pul bo‘lganda zo‘r reja tuzardim.
Ustozim: Agar senda yaxshi reja bo‘lganda allaqachon ko‘p puling bo‘lardi.
— Baxt - bu kelajakga qoldiriladigan narsa emas, u bugun, hozir siz ko‘rayotgan narsadir.
— Omadsizlik - insonni noto‘g‘ri fikrlashi va qator xatolarning har kuni takrorlanishining muqarrar natijasidir.
— Muvaffaqiyatning 20 foizi ustamonlikda, qolgan 80 foizi strategiyadan tuzilgan.
— Siz ko‘p narsa o‘qishingiz mumkin, muhimi bunda emas, muhimi rejali ravishda o‘qish kerak.

Jim Ron (Biznes faylasuf)

💙 @MAQSAD

Maqsad 🎯

20 Oct, 09:43


⚡️ Bambuk daraxti

Xitoyda bambuk daraxtini o‘stirish uchun oldin urug‘ni ekib, so‘ng uni sug‘orishar va o‘g‘itlashishadi. Birinchi yili urug‘da hech qanday o‘zgarish bo‘lmaydi. Urug‘ qaytadan parvarishlanadi. Bambuk keyingi yil ham ildiz otmaydi. Uchinchi va to‘rtinchi yili ham bambuk urug‘i qayta sug‘orilib o‘g‘itlanaveriladi. Ammo o‘jar bambuk urug‘idan natija chiqmaydi. Xitoyliklar katta matonat va sabr bilan beshinchi yili ham bambuk urug‘ini parvarish qilishadi. Va nihoyat beshinchi yili bambuk urug‘i o‘sa boshlaydi. Olti hafta ichida u yigirma yetti metrga uzayib daraxt holiga keladi.

Xulosa shuki, birdaniga muvaffaqiyatga erishishni orzu qilmang. Birdaniga kelgan muvaffaqiyat ham birdaniga ketadi. Hamma nara o‘z vaqti bilan!

💙 @MAQSAD

Maqsad 🎯

19 Oct, 12:33


Ertadan boshlab, Nasib qilsa, "Shaxsiylik" klubimizga start beramiz! Hayotingizni o‘zgartirish va shaxsiy rivojlanishingizga qadam qo‘yish uchun eng yaxshi imkoniyatni boy bermang. Eslatib o‘tamiz, ertadan klubga qo‘shilish narxi 150 ming so‘m bo‘ladi. Hozir esa 50 ming so'm.

O‘z kelajagingizga sarmoya qilish uchun hoziroq @Shaxsiylikclub ga "+" belgisini qoldiring va biz bilan birga shaxsiy yuksalish sari yo‘l boshlang!

Maqsad 🎯

18 Oct, 03:45


​​#holat

Ba'zan qalbing to'lib ketadi. Eng achinarlisi, dunyo va undagi narsalar bilan toʻlganligi. Qalbingni boʻshatishni xohlaysan, lekin kimgaligini bilmaysan. Kerakli suxbatdosh bilan aloqalaring uzulib qolgan. Hech narsa qilishni xohlamaysan. Atrofdagilarni gaplari yoqmay qoladi. Ular senga ataylab qarshidek ko'rinadi. Huddi-ki, butun odamlarning koʻzi senda, seni nima qilaring ular uchun qiziqdek, goʻyo. Lekin barchasi sen oʻylagandek emas. Sen bilan odamlarni qiziqishlari yoʻq. Aslida qalbingni zardob bilan toʻldirgan ham "odamlar men haqimda nima deb oʻylarkin", degan tushunchang. Bu tushunchalar insonni oʻzi xohlamagan vaziyatlarga soladi va shu chigalliklar ichida qolib koʻp narsalaridan mahrum boʻladi. Oʻzingga qara, sen shu holatga tushmadingmi? Tushgan boʻlsang, nimalardan ayrilding? Yoʻq men bu ayrilgan narsalaring uchun ox-vox chekishingni xohlamayman. Bulardan tafakkur uchun foydalanishingni xohlayman. Zero, oʻtgan ishlarga siqilish qadarga norozilikdir. Bu esa baxtsizlikning ayni oʻzidir.
Sendagi bu huzn boshqalarda ham boʻlgan, boshqalar ham shu hislarni tuygan. Sen aynan shunday yoshdasan. Tanang kuch-quvvatga toʻlgan va bularni toʻgʻri taqsimlay bilmayapsan. Bu ham mahzunlikning sabablaridan biri. Tabiiy-ki, inson koʻp vaqt davomida boʻsh boʻlganidan odam oʻzidan salbiy energiya chiqara boshlaydi. Bu fan tili bilan aytganda. Sen nimani his qilayotganingni esa oʻzing bilasan. Avval aytilganidek, sen shunday yoshdasan. Agar shu yoshda tushunchalaringni toʻgʻirlay bilmasang umr boʻyi bu huzn seni tark etmasligi ham mumkin.

Inson tashvishlardan qanday qutiladi? Bu dunyoda yashar ekanmiz tashvishlardan qutila olmaymiz. Inson yashar ekan unda tashvish boʻladi. Boʻladi-ki, u ikkiga boʻlinadi: Birinchisi, oxirat tashvishi. Bu tashvishdagi insonga dunyo tashvishlari hech gap emas. Chunki u inson bu dunyo vaqtinchalik ekanligini, qachondir undan chiqib ketishini biladi va shularni bilgan holda dunyo tashvishlaridan hotirjam boʻladi. Ikkinchisi, dunyo tashvishi. Bunda inson huddi oʻlmaydigandek yashaydi(oʻlishini bilsada), oxirat ilmini bilmaydi, bilsa ham undan qoʻrqmaydi yoki iymon keltirmaydi. Dardi-tashvishi dunyoni gʻami. Ayni shu tashvish oxiratda ham dunyoda ham baxtsizlikka olib keladi.
Endi oʻylab koʻr, sen nimani tashvishidasan? Baxtsizliklaring sababi boʻlgan foniyning tashvishimi yoki har ishi mukammal boqiyning tashvishidami? Qalbing dunyo tashvishlari bilan toʻlib ketgan boʻlsa uni boʻshatishga, oʻrnini buxroviyat bilan toʻldirishga imkoning bor. Hammasi oʻzingni qoʻlingda. Shunchaki barcha ishni Robbingga topshir, U sen uchun qanday ham yaxshi Vakil. Barcha ishda undan yordam soʻra, U sen uchun qanday ham yaxshi yordamchi. Barcha ishlaringda Unga hamd ayt, U hamd aytuvchilarni sevuvchi va shukrlari evaziga rizqlarini koʻpaytirib beruvchi Vahhob zotdir!

- shukurillaev_blogi dan olindi

- Abdulloh domla(hafizahulloh)ning "Saodatning sabablari" nomli darslaridan

@MAQSAD 🎯

Maqsad 🎯

17 Oct, 15:34


Nasib qilsa, 20-oktabrdan "Shaxsiylik Clubi" o‘z faoliyatini boshlaydi!

20-oktabrga qadar a'zolik uchun bir martalik to'lov 50 000 so'm etib belgilangan. 20-oktabrdan keyin esa, to'lov miqdori 150 000 so'm bo'ladi. Shunchaki ogohlantirib qo‘ydim😊

Clubimizga qo‘shilish uchun @Shaxsiylikclub ga + belgisini qoldiring

Maqsad 🎯

17 Oct, 05:32


Intizomni shakllantirish (discipline formation) – bu muhim ko‘nikma bo‘lib, uzoq muddatli maqsadlarga erishishda yordam beradi. Quyidagi usullar orqali intizomni shakllantirishga erishish mumkin:

1. Aniq maqsadlar qo‘yish: Katta maqsadlar mayda bo‘laklarga bo‘lingan bo‘lsa, ularni bajarish osonroq bo‘ladi. Har kuni kichik qadamlar qo‘yish orqali muvaffaqiyatga yaqinlashish mumkin.


2. Reja tuzish va rioya qilish: Kundalik reja va vazifalar ro‘yxati intizomni saqlashda asosiy vosita bo‘lib xizmat qiladi. Vaqtni to‘g‘ri boshqarish va ustuvorliklarni belgilash intizomni kuchaytiradi.


3. Kichik mukofotlar berish: Har bir muvaffaqiyatdan keyin o‘zingizni mukofotlash motivatsiyani oshiradi va intizomni mustahkamlashga yordam beradi.


4. Mas'uliyatni oshirish: O‘z maqsadlaringiz va harakatlaringiz uchun javobgar bo‘lishni o‘rgansangiz, intizomni shakllantirish jarayoni tezlashadi.


5. Tartibli muhit yaratish: Ish stoli yoki yashash joyini toza va tartibli saqlash aqliy tartibni ham ta'minlaydi, bu esa intizomni oshiradi.


6. Kuchsiz tomonlarni aniqlash va ular ustida ishlash: O‘z zaif tomonlaringizni tan olish va ularni yaxshilash uchun maqsad qo‘yish intizomni rivojlantiradi.

Intizomni shakllantirish uchun sabr va qat'iyat talab etiladi, lekin bu uzoq muddatli muvaffaqiyatning kalitidir. Bu jarayon " Shaxsiylik " Clubi doirasida ham muhim mavzu bo‘lib xizmat qiladi.

@Maqsad 🎯

Maqsad 🎯

16 Oct, 17:27


Hoop!
30 daqiqada hal qilib tashladingiz. Qoyil, respect! 👏

Endi faqat kirish to‘lovini amalga oshirib, "Shaxsiylik" clubimizda davomiy a'zo bo‘lib qolasizlar!

Qatnashish uchun @Shaxsiylikclub ga + belgisini qoldiring.

Maqsad 🎯

16 Oct, 17:06


Ohoo 400❤️ taga yetib qolibmizkuu

Maqsad 🎯

16 Oct, 16:35


Yopiq clubimizga endi har oy emas, faqat bir marta kirish to‘lovi to‘laysiz va bemalol davomiy a'zo bo‘lib qolasiz.

Shunchaki sizdan bitta aktivlik kutamiz: ushbu post 00:00 gacha 500 ta yurakcha❤️ yig‘sa kifoya!

Tasavvur qilyapsizmi? 😊

Maqsad 🎯

16 Oct, 16:19


Shaxsiy rivojlanish sari birinchi qadamni qo'ying!

Siz ham hayotingizni tubdan o‘zgartirishni, o‘z imkoniyatlaringizni kengaytirishni istaysizmi? Unda "Shaxsiylik" Clubi sizni kutmoqda!

Bizning clubda sizni 5 asosiy yo‘nalish bo‘yicha chuqur rivojlanishga undovchi yo‘l kutadi:

1. Ma'naviy va ruhiy rivojlanish – ichki tinchlikni toping, ongni kengaytiring va o‘zligingizni kashf eting;

2. Ta'lim va bilim olish
– har oy o‘tkaziladigan kitobxonlik, foydali maqolalar, podkast va videopodkastlar orqali doimiy o‘rganish va o‘sishga erishing;

3. Shaxsiy samaradorlik – maqsadlarni aniq belgilab, ularga o‘z yo‘lingiz bilan erishing! Vaqt va energiyani to‘g‘ri boshqarishni o‘rganing;

4. Sog‘lom turmush tarzi – kuchli va sog‘lom bo‘lishni xohlaysizmi? Biz bilan birga jismoniy va ruhiy sog‘lig‘ingizni yuksaltiring;

5. O‘z-o‘zini tahlil qilish va rivojlanishga ochiqlik – har oygi challengelar orqali o‘zingizni sinab ko‘ring, cheklovlardan chiqib, imkoniyatlaringizni kengaytiring!

Shu bilan birga, clubimizda har oy yangi kitob o‘qish, o‘zaro tajriba almashish, foydali podkastlar va videopodkastlarni tinglash imkoniyati bor. Bu nafaqat bilim olish, balki o‘zingizni qayta kashf etish va har kuni o‘sishning samarali yo‘li!

A’zolik to'lov faqatgina kirish to‘lovi qilinadi, atigi 50 000 so‘m. Bu narxda siz cheksiz imkoniyatlarga ega bo‘lasiz va doimiy rivojlanish sari yangi eshiklarni ochasiz!

"Katta yo‘llar kichik qadamlar bilan bosib o‘tiladi, Maqsadni katta qo‘ying!"

Bu – hayotingizni o‘zgartirish uchun imkoniyat! Kichik qadamlar bilan buyuk marralarni zabt etishga hoziroq boshlang!

"Shaxsiylik" clubiga qo'shilish uchun quyidagi akkauntga + belgisini qoldiring @Shaxsiylikclub

Maqsad 🎯

16 Oct, 04:16


O’zingizdan ayamang

Gaplashib hayron qoldim. Dunyodagi voqealarning ko’pini biladi. Urush sabablaridan tortib, dunyoni kim boshqarishigacha.

Maqsadini so’radim. Javob bermadi. Iqtidorini so’radim. Bilmayman dedi. Kuchsiz taraflariga qiziqdim, eslay olmadi.

Bu kamyob emas, oddiy holat. Uzoq uzoqlar haqida ko’proq bilib boryapmiz. O’zimiz haqida kamroq bilib boryapmiz.

Hammada befoyda yangiliklarga to’lgan guruhlar bor, chiqolmay sarson.

Ertaga unutib yuboradigan ma’lumotlarimizga soatlar sarflaymiz.

O’zimiz bilan butun umr qoladigan o’zimizdan ayaymiz.

O’zingizni tanimasangiz dunyoni tanishdan foyda yo’q.

Qorong’i xonaga kiring. Tafakkur qiling. Tabiatga chiqing, tafakkur qiling. Yuring, tafakkur qiling.

Vaqtni bergandan vaqtni ayamang.

O’zingizniki bo’lgan vaqtni o’zingizdan ayamang.

- Azizrakhimov_blog

@MAQSAD 🎯

Maqsad 🎯

14 Oct, 17:19


🔹 ESLATMA

Risksiz 🔹 Mukofot yo'q
Og'riqsiz
🔹 O'sish Yo'q
Rostgo'yliksiz
🔹 Ravshanlik Yo'q
Ishonchsiz
🔹 Do'stlik Yo'q
Intizomsiz
🔹 Talant Befoyda
Sadoqatsiz
🔹 Sevgi Yoq
Sarmoyasiz
🔹 Daromad Yo'q
Jasoratsiz
🔹 Hurmat yo'q
Harakatsiz
🔹 Natija Yoq

🎯 @MAQSAD

Maqsad 🎯

14 Oct, 14:59


50 000 so‘mga nimalar olsa boʻladi?

🍝 Tushlik uchun lavash va kola;
📺 Netflix uchun 2 haftalik obuna;

💎 Yoki sizga bir umr foyda keltira oladigan clubimizga qo‘shilish imkoniyatini

Nafsingiz lavashni tanladi. Sizchi?

📈 Clubimizga roʻyxatdan oʻtish uchun @Shaxsiylikclub ga + belgisini qoldiring

Maqsad 🎯

14 Oct, 12:21


Ko‘pchilik bu loyihani Maqsad Club deb o‘ylab bizga pul tashlab berayotgan ekan. Shu sababli bizga shikoyat kelib tushdi.

Shaxsiylik clubi @Maqsad kanali asoschisi Abror Ziyatboyev tomonidan qilinayotgan loyiha.

Maqsad Club esa @Abdusattor Abdurahimov tomonidan asos solingan. Bizni bu loyihaga umuman aloqamiz yuq.

Agarda bizni loyihamizni Maqsad Club deb tulov qilganlar bo‘lsa, shaxsan o‘zimga yozib, to‘lov qilgan pullaringizni qaytarib beraman!

Maqsad 🎯

13 Oct, 03:47


💡MIYA BEKORCHILIKNI YOQTIRMAYDI

📊Agar siz maqsadlar qo'ymasangiz va ularga intilmasangiz,unda miyangiz kelajakka emas,balki o'tmishga qarab harakat qiladi.

⛔️Biz xatolarimiz va muvaffaqiyatsizliklarimiz haqida o'ylaymiz.Chunki miyani ishlashini ta'minlaydigan maqsad yo'q.

👤Natijada biz doimiy tashvish va qo'rquvga tushib qolamiz.Bunday turmush tarzi inson ma'naviyati uchun xavfli bo'lishi mumkin,chunki u umidsizlik va depressiyani qo'zg'atadi.

🚀Bekorchilikka qarshi 3 maslahat:

📍Maqsadingizni toping!
U juda ham katta yoki puxta tuzilgan bo'lishi shart emas.Faqat o'zingizga yoqadigan narsalarni tanlang va har kuni kichik qadamlar qo'yib,unga sho'ng'ing.

Juda uzoq vaqt ishlamang! Sog'lom aql uchun muntazam aqliy mashqlar muhim ahamiyatga ega. Divanda hech narsa qilmasdan yotish mumkin,ammo bunday dam olishni boshqa bir dam olish turiga almashtirish lozim.

📌O'zingizga e'tibor qarating!
Ya'ni yaqinlaringiz bilan munosabatlar,sog'liq, ish,dam olish va hokazo.

✈️@MAQSAD