Canada life🇨🇦 | R.Isroilov

@live_kanada


Kanadaning Britaniya Kolumbiyasida oilaviy yashaymiz. Kanada hayotini boricha ko'rsatishga harakat qilaman. Tavsiya va maslahatlar ham berib boriladi.

Canada life🇨🇦 | R.Isroilov

02 Jul, 05:47


Onam meni dard yutib, tuqqaningizga rahmat!

Bir necha yillar oldin 2-iyul kuni onam meni hayotini xavfga qo’yib, bu dunyoga keltirgan. Dadam ko’ksini kerib, “o’g’il farzand ko’rdim” deb xursand bo’lgan! Dadajon, ayajon hammasi uchun rahmat! Sizlar sabab shu kunlarni ko’ryapman. Tug’ilganimdan boshlab, nimani niyyat qilib katta qilgan bo’lsalaringiz bilmadim qanchalik sizlarga yaxshi o’g’il bo’la olyapman!? Lekin yuragim urib turgan ekan sizlarni rozi qilish uchun charchamayman.

Sizlarni yaxshi ko’raman Dadajon, Ayajon…

Canada life🇨🇦 | R.Isroilov

24 Jun, 06:52


Alhamdulillah! Ko’rsatgan kuniga, yozgan taqdiriga ming shukr!

Torontoga qisqa safarimiz o’z yakuniga yetmoqda. Ko’chalar ayniqsa highway (katta yo’l)lari juda keng. Havo isib ketsa nafas olish biroz qiyin. Ayniqsa Niagara Falls, Ontario ning atrofi hammom bo’lib ketarkan.

Narx navolar ham Vancouverga qaraganda arzonroq tuyildi menga. Yana bilmadim. Mehmonxona, ovqatlanish va benzinning narxidan kelib chiqib xulosa qilyapman.

Tabiati bo’yicha Vancouver, British Columbiaga yeta olmaydi. Lekin shahar juda katta ekan. Imkoniyatlari ham shunga yarasha, albatta!

P.s. O’zimizda ham Toshkentda dam olgandan ko’ra chetga chiqib kelish arzonroq-ku shundaymi?

Canadada ham shunaqa. Canadani ichida dam olishdan ko’ra bironta Janubiy Amerika davlatiga chiqib, sayohat qilib kelish arzonga tushadi😅

Menimcha, hammaga o’zi yashayotgan joy shunaqa tuyulsa kerak)

Canada life🇨🇦 | R.Isroilov

22 Jun, 02:33


Finally, Biz oilaviy Vancouverdan Torontoga sayohat qilyapmiz. Inshallah, sizlarga ham sayohatdan olgan tasurotlarni ulashamiz. Plus-minuslarini sanaymiz!

Canada life🇨🇦 | R.Isroilov

06 Jun, 01:45


WhiteRock: Dengiz, poyezd va Xolid

Map 🗺️ 👉 https://maps.app.goo.gl/Gcwar8wuKBrERKPd9?g_st=ic


https://t.me/live_Kanada

Canada life🇨🇦 | R.Isroilov

31 May, 02:02


Mana shu ishlar yaxshi bo’lmayapti. Bir paytlar Kanadaga o’qishga kelib ishlab qolish PR uchun aniq va tiniq yo’l edi. Endi bo’lsa tobora uzoqlashib boryapti PR olish imkoniyatlari. Xattoki Kanadaga kelib o’z o’rnini topganlar ham PR olishda to’siqlarga duch kelyapti. PNP lar ham birin ketin yopilib boryapti. Kanada darvozasini qattiq berkitishni boshlagan ko’rinadi.🤦‍♂️Oxiri baxayr bo’lsin…

Canada life🇨🇦 | R.Isroilov

31 May, 02:01


iloji bo'lmay qolganda hozir, yosh 30 dan oshmagan, IELTS 8, job offer, magistr daraja bn ham o'tish balini olib bo'lmayapti, Express Entry sistema o'zgarib ketdi juda

Canada life🇨🇦 | R.Isroilov

31 May, 02:01


Mayli tashqaridan olishni kamaytirsa ham ichkaridagilarga osonroq qilsa bo'lmasmikan PR ga yetib olish imkoniyatlarini. Kuchli kadrlar bor work permiti tugay deb qolgan, lekin PR olisholmagan hali minglab odamlar, yoki qaytib ketishi kk yoki nolegal qolishi kk.