Kasbi.uz / Kasbi tumani hokimligi

@kasbi_tuman_hokimligi


Rasmiy sayt: Kasbit.uz

Kasbi tuman hokimligi Axborot xizmati rasmiy kanali.
Tumanda sodir bo'layotgan yangiliklar, xabarlarni eng avval shu yerdan bilishingiz mumkin.

Murojaat uchun: @Kasbi_hokimiga_mu

Link: https://t.me/joinchat/AAAAAE9dMGsa_svRHaIs2w

Kasbi.uz / Kasbi tumani hokimligi

20 Jan, 23:01


Kasbi.uz / Kasbi tumani hokimligi pinned «#Эълон Яккабоғ ва Касби тумани ҳокимликларининг телеграм саҳифалари ўзгарди Ушбу туманларнинг телеграм саҳифаларидаги админлик масалаларига доир камчиликлар сабабли, турли киберҳужумларни олдини олиш мақсадида уларнинг саҳифалари янгиланди: Яккабоғ туман…»

Kasbi.uz / Kasbi tumani hokimligi

20 Jan, 22:46


#Эълон Яккабоғ ва Касби тумани ҳокимликларининг телеграм саҳифалари ўзгарди

Ушбу туманларнинг телеграм саҳифаларидаги админлик масалаларига доир камчиликлар сабабли, турли киберҳужумларни олдини олиш мақсадида уларнинг саҳифалари янгиланди:

Яккабоғ туман ҳокимлиги 👇
https://t.me/yakkabog_rasmiy_uz

Касби тумани ҳокимлиги 👇

https://t.me/kasbitumanuz

Барча туман ва шаҳар ҳокимликлари саҳифалари бу ерда 👇
https://t.me/qashmatbuot/2575

Kasbi.uz / Kasbi tumani hokimligi

20 Jan, 22:45


Qashqadaryo viloyati hokimi stipendiyasi  tanlovi start oldi!

📣 Qashqadaryo viloyat hokimligi va Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamkorligida Qashqadaryo viloyati davlat OTM talabalari uchun 2024-2025-o‘quv yili uchun “Hokim stipendiyasi” tanloviga qabul boshlandi.

🎛 Batafsil tanishib chiqish

2️⃣ Hujjatlarni qabul qilish: 12-avgustdan 18-avgustgacha              

Telegram|YouTube|Facebook|Instagram|X

Kasbi.uz / Kasbi tumani hokimligi

20 Jan, 22:45


Tatariston Respublikasi Qozon shahri delegatsiyasi bilan uchrashuv

Kasbi tumani hokimi Tatariston Respublikasi Qozon shahri ishbilarmon doiralari delegatsiyasini qabul qildi.

Muzokaralar chog‘ida “Alabuga Start” xalqaro dasturi bilan hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Muntazam hamkorlikni davom ettirishga o‘zaro tayyorlik bildirildi.

Yakunda tomonlar yoshlarni yuqori maoshli hamda xavfsiz ish bilan ta'minlashdagi aloqalarni mustahkamlashdan manfaatdor ekanliklarini ta'kidladilar.

Kanalga ulaning
👉@kasbi_tuman_hokimligi

Kasbi.uz / Kasbi tumani hokimligi

20 Jan, 22:44


Ўзбекистон Республикаси Президентининг "Иш ҳақи, пенсиялар ва нафақалар миқдорини ошириш тўғрисида"ги Фармони

Указ Президента Республики Узбекистан "О повышении размеров заработной платы, пенсий и пособий"

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Kasbi.uz / Kasbi tumani hokimligi

20 Jan, 22:44


Har qarich yerning o‘z egasi, aniq hisobi bo‘ladi

Kasbi tumani hokimi To'xtamurod Meyliyev aholi va yoshlarga ajratib berilgan yerlardan samarali foydalanish holatlarini o'rgandi.

Mamlakatimizda so‘nggi yillarda yer resurslarini asrash, undan samarali foydalanish borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Natijada, bugungi kunga kelib qishloq xo‘jaligi yerlari bilan bog‘liq munosabatlarning barqarorligi ta’minlanib, ularni davlat tomonidan monitoringini olib borish, qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanish va uni muhofaza qilish tizimi tubdan takomillashtirildi.

Yer xazina kaliti, deyishadi. Uning har qarichidan unumli foydalanish mo‘l hosil va baraka degani. Umummilliy boyligimiz bo‘lgan yerdan samarali foydalanish nafaqat konstitutsiyaviy, balki kelajak avlod oldidagi eng katta burchimizdir.

Bugun erta tongdan tuman rahbari boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan tumanning "G'alaba" hududida aholi va yoshlarga ajratib berilgan yerlardan samarali foydalanish holati monitoring qilindi. O'rganish jarayonida ajratib berilgan yerlarning aksariyat qismi o'z holiga tashlab qo'yilganligi, eksportbop oziq-ovqat mahsulotlari ekilmaganligi, chorva mollari uchun ozuqa sifatida foydalaniladigan o'simliklar ekish bilan cheklanganlik holatlari aniqlandi.

Shuningdek, tumanda tashkil etilgan tut plantatsiyalari talab darajasida emasligi tanqid qilindi.

Dehqon xo'jaliklari tashkil qilib, faoliyat boshlagan fuqarolar bilan tizimli ishlamagan "G'alaba" va "Xo'jaqarliq" mahallasi raisi, hokim yordamchisi hamda yoshlar yetakchisining faoliyati qoniqarsiz deb baholandi.

-"Yer umummilliy boylik, xalqning hayoti, faoliyati va farovonligi asosi, eng muhim tabiiy resurs hisoblanadi. Shu sababli, yerlardan oqilona, samarali va belgilangan maqsadda foydalanishni ta’minlash, yerlarni muhofaza qilish bugun aslo kechiktirib bo‘lmaydigan vazifalardan biri sanaladi." - dedi tuman rahbari.

O'rganish yakunlari bo'yicha ish faoliyatiga sovuqqonlik bilan yondoshgan barcha mas'ullar qat'iy ogohlantirildi. Monitoring natijalariga ko'ra aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish uchun qisqa muddat belgilanib, kamchiliklar bartaraf etilmagan taqdirda tegishli choralar ko'rilishi ta'kidlandi.

Mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi bo‘yicha ulkan salohiyatga ega, toki, yerga qor tushguncha hosil olish imkoni bor. Demak, ana shu benazir imkoniyatdan samarali foydalanish, tabiat ne’matini borida qadrlash kerak.

Kanalga ulaning
👉@kasbi_tuman_hokimligi