Qarshi shahar Islom Karimov ko‘chasi yaqinidagi "Vatanparvarlar bog‘i" oldida joylashgan bekat yoniga chiqindi tashlagan uch nafar fuqaroga nisbatan jazo choralari qo‘llanildi. Bu holat Qashqadaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi Qarshi shahar bo‘limi tomonidan aniqlangan.
Ushbu fuqarolar belgilanmagan joyga chiqindi tashlagani uchun MJtKning 91-modda 1-qismi asosida jarimaga tortildi. Har bir fuqaro uchun 375 ming so‘m, jami esa 1 125 000 so‘m jarima belgilandi.
Shahar aholisiga murojaat qilib, shahrimizni va atrof-muhitni toza saqlashga chaqiramiz. Belgilanmagan joylarga chiqindi tashlash qonuniy huquqbuzarlik hisoblanadi va bunday harakatlar uchun jarima to‘lanadi. Keling, shahrimizni birgalikda toza saqlaylik!
Kanalga ulanish 👉 @qarshishaharhokimligi