IIV JIED | Rasmiy kanal

@jieduz


facebook
https://www.facebook.com/JIED.UZ

Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamentining rasmiy telegram kanali

Jazoni ijro etish tizimi faoliyatiga oid "Qonunchilik targ'iboti" kanali

Ulanish uchun @yuristjied

IIV JIED | Rasmiy kanal

22 Oct, 18:02


Beshinchi mintaqaviy hudud 4-son JIEK TIB katta inspektor ijtimoiy xodimlari tomonidan “Kun hikmati” va “Yomon oqibatli qilmishni to‘xtatib qolish usuli” kabi g‘oyalardan foydalanish orqali da jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlarni tarbiyalash maqsadida tadbir tashkil etildi.

Shuningdek, “Halol - pokiza kishi doimo xotirjam – u tinchlikdadir, birovga xiyonat - u yomonlik qiladigan kishi esa halokatga giriftordir” shiori ostida tarbiyaviy-profilaktik suhbatlar olib borildi.

IIVJIED

IIV JIED | Rasmiy kanal

22 Oct, 17:02


“Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2833-sonli Qaror ijrosini ta’minlash maqsadida tadbir tashkil etildi.

Beshinchi mintaqaviy hudud 4-son JIEKda o‘tgan hafta davomida tartibbuzarlik sodir etgan bir nafar mahkumning xatti-harakati yuzasidan ta’sirchan tarbiyaviy-profilaktik suhbatlar olib borildi.

Ushbu muhokamada jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlarga tartibbuzarlik sodir etmasligi, har qanday tartibbuzarliklar uchun intizomiy jazo chorasi muqarrar ekanligi tushuntirildi.

IIVJIED

IIV JIED | Rasmiy kanal

22 Oct, 16:02


Beshinchi mintaqaviy hudud 4-son jazoni ijro etish koloniyasida Tarbiyaviy ishlar bo‘limi xodimlari va Davolash-profilaktika yordam ko‘rsatish bo‘limi shifokorlari hamkorligida, tadbir tashkil etildi.

Shuningdek, Estetik tarbiya–chiroyli xulq-atvor va mehr-oqibatni rivojlantirish, tabiat va hayotdan zavqlanish, san’at va badiiy ijoddagi nafosat, san’atni yaratishdagi nafislik va go‘zallik hissini uyg‘otishga, sanitariyagagina qoidalariga rioya qilish hamda sog‘lom turmush tarzi bo‘yicha davra suhbati o‘tkazildi.

IIVJIED

IIV JIED | Rasmiy kanal

22 Oct, 15:02


Beshinchi mintaqaviy hudud 12-son Jazoni ijro etish koloniyasida jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlarni foydali mehnatga jalb etish, ularga kasb sirlarini o‘rgatish maqsadida Respublika “Hunarmand” uyushmasining Navoiy viloyati boshqarmasi Usta-shogird maktabining "Tikuvchilik”, “Mebelsozlik”, “Chilangar”, "Payvandchilik", “Santexnik”, "Elektromontyor" kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan 76 nafar mahkumlarga sertifikatlar topshirildi.

Tadbirda "Hunarmand" uyushmasi Navoiy viloyat boshqarmasi boshlig‘i J.Jumayev ham ishtirok etib, egallagan mutaxassislari bo‘yicha sertifikat olgan mahkumlarga ozodlikka chiqqach foydali mehnat bilan shug‘ullanishlarida mazkur hujjat muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

IIVJIED

IIV JIED | Rasmiy kanal

22 Oct, 15:02


Beshinchi mintaqaviy hudud 12-son jazoni ijro etish koloniyasida mahkumning qonuniy nikohdan o‘tishi ta’minlandi

“Qadriyatlar haftaligi” ko‘rik-tanlovini tashkil etish va uni o‘tkazish maqsadida Zarafshon shahar FHDYO bo‘limi boshlig‘i S.Qaxxorova muassasaga taklif etilib, mahkum Sh.Bning turmush qurishi yuzasidan qilgan murojaati qonuniy hal etildi.

Ya’ni mas’ul xodimlar ishtirokida mahkumning oilali bo‘lganligi tantanali e’lon qilinib, nikoh tuzilganligi haqida guvohnoma topshirildi va uzoq muddatli uchrashuv berildi.

IIVJIED

IIV JIED | Rasmiy kanal

22 Oct, 14:01


Beshinchi mintaqaviy hudud 12-son JIEKda jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlar bilan Zarafshon shahar Ipoteka bank bo‘limi mutaxassisi Sh.Bo‘ronov ishtirokida "Ipoteka kreditlari, mikrokreditlarni rasmiylashtirish tartibi, kredit muddatlari va foizlari" mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Davra suhbati davomida yoshlar uchun hamda oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida ajratilayotgan kreditlar, uning shartlari, tartibi va imtiyozlari ishtirokchilarga tushuntirildi.

IIVJIED

IIV JIED | Rasmiy kanal

22 Oct, 14:01


Beshinchi mintaqaviy hudud 12-son jazoni ijro etish koloniyasida jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlar o‘rtasida “Qadriyatlar haftaligi” ko‘rik-tanlovini tashkil etish va uni o‘tkazish maqsadida Zarafshon shahar FHDYo bo‘limi boshlig‘i S.Qaxxorova taklif etilib, “Oilaning jamiyatda tutgan o‘rnini yanada oshirish” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirda mamlakatimizda oila institutini himoyalaydigan mustahkam huquqiy poydevor yaratilganligini, oila munosabatlarini mustahkamlash, ularning barqaror rivojlanishi uchun ko‘plab qonun hujjatlari qabul qilinganligi va ularning ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar jamiyatimiz rivoji va oilalarning yanada mustahkamlanishiga xizmat qilayotganligi bo‘yicha tadbir ishtirokchilariga tushunchalar berib o‘tildi.

IIVJIED

IIV JIED | Rasmiy kanal

22 Oct, 13:02


Beshinchi mintaqaviy hudud 4-son jazoni ijro etish koloniyasida jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlarning mehnatga vijdonan munosabatda bo‘lishi, belgilangan mehnat normalarini bajarishi, ongli ravishda mustaqil ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish va mehnat bozorida yuqori talabga ega bo‘lgan kasb-hunarlarga yo‘naltirish maqsadida tadbir tashkil etildi.

Shunigdek, Karmana tuman “ZARAFShAN PROFESSIONAL KASB-HUNAR” nodavlat ta’lim muassasasi direktori F.Ramazonov hamda mutaxassisi Z.Juraevalar tomonidan mahkumlarga “Payvandlash”, “Duradgorlik” va “Oshpazlik” yo‘nalishi bo‘yicha dars mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

IIVJIED

IIV JIED | Rasmiy kanal

22 Oct, 13:02


Beshinchi mintaqaviy hudud 5-son Jazoni ijro etish koloniyasida jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlarga koloniyada o‘rgangan kasb-hunarlari bo‘yicha maxsus sertifikatlar, topshirildi.

Shuningdek, 60 nafar muqaddam fuqarolik pasportiga ega bo‘lmagan va fuqarolik pasportlarining amal qilish muddatlari tugagan mahkumlarga shaxsini tasdiqlovchi “ID-KARTA”lar shuningdek 9 nafar mahkumga “Zarafshon professional kasb-hunar" NTMni tugallaganligi bo‘yicha diplomlari tantanali ravishda topshirildi.

IIVJIED

IIV JIED | Rasmiy kanal

22 Oct, 12:02


Beshinchi mintaqaviy hudud 36-son manzil koloniyasida jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlar e’tiboriga Departament TITEB tomonidan yo‘lga qo‘yilgan "kun hikmati" tizimli ravishda yetkazilib kelinmoqda.

Platongning "Adolat-bu har bir narsani o‘z joyida va o‘z o‘rnida bo‘lishidir" nomli kun hikmatida nimaiki qonun bo‘lsa o‘sha adolatdadir.

Qonun qonun bo‘lgani uchun emas, unda adolat bo‘lgani uchun qadrli kabi so‘zlar bahs-munozara shaklida mahkumlarga tushuntirildi.

IIVJIED

IIV JIED | Rasmiy kanal

22 Oct, 12:02


Beshinchi mintaqaviy hudud 12-son jazoni ijro etish koloniyasida jazo muddatini o‘tayotgan mahkum R.Nning turmush qurish yuzasidan qilgan murojaati Zarafshon shahar FXDYO bo‘limi huquqiy inspektori S.Qaxxorova va Z.Ostonaevalar ishtirokida ijobiy hal etildi.

Muassasa mas’ul xodimlari hamkorligida nikoh tuzilganligi haqida guvohnoma topshirilib, mahkumning oilali bo‘lganligi tantanali e’lon qilindi va ushbu oilaga uzoq muddatli uchrashuv berildi.

IIVJIED

IIV JIED | Rasmiy kanal

22 Oct, 11:01


Beshinchi mintaqaviy hudud 36-son manzil-koloniyada jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlarning qisqa va uzoq muddatli uchrashuvga kelgan oila a’zolari bilan suhbat o‘tkazildi.

Suhbat davomida mahkumlarning yaqin qarindoshlari koloniya hududiga taqiqlangan narsa va buyumlar olib kelmasliklari bo‘yicha ogohlantirilib, jazo muddatini o‘tayotgan shaxslarni axloqan qayta tarbiyalashda oilaning o‘rni muhim ekanligi hayotiy misollar orqali tushuntirildi.

IIVJIED

IIV JIED | Rasmiy kanal

22 Oct, 11:01


Beshinchi mintaqaviy hudud 4-son JIEKda jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlar o‘rtasida "Eng faol kitobxon" ko‘rik tanlovi va kitobxonlik kechasi o‘tkazildi

IIVJIED

IIV JIED | Rasmiy kanal

22 Oct, 10:01


Beshinchi mintaqaviy hudud 4-son JIEKga Navoiy hududiy saylov komissiyasi hududi targ‘ibotchisi Sh.Qahhrov taklif qilinib, jazo muddatini o‘tab kelayotgan mahkumlar o‘rtasida “Aralash saylov tizimi va uning o‘ziga xos xususiyatlari” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbir davomida joriy yilning 27-oktyabr kuni "Mening tanlovim, obod vatanim" shiori ostida, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Xalq deputatlari viloyat, shahar va tuman kengashiga o‘tkaziladigan saylovi, ushbu saylovda ozodlikdan mahrum etish joylarida ovoz berishni tashkil etish va o‘tkazishning tartibi haqida tushunchalar berib o‘tdi.

IIVJIED

IIV JIED | Rasmiy kanal

22 Oct, 10:01


Beshinchi mintaqaviy hudud 4-son jazoni ijro etish koloniyasida jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlar bilan Navoiy viloyati hududiy saylov komissiyasi trener targ‘ibotchisi E.Muxammedov tomonidan “Aralash saylov tizimi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Davra suhbati davomida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, viloyat, tuman va shahar kengashlari deputatlari saylovini o‘tkazish tartibi, aralash saylov tizimi mohiyatan ikkita tizimning birikmasi bo‘lib, proporsional va majoritar tizimlar bo‘yicha taqsimlanishi yuzasidan tushunchalar berildi.

IIVJIED

IIV JIED | Rasmiy kanal

22 Oct, 09:01


43-son manzil koloniyada jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlarga nisbatan insonparvarlik dalolatnomasini qo‘llash muddati to‘g‘ri kelgan mahkumlarni jazosi yengilrog‘i bilan almashtirish, muddatidan ilgari shartli ozod qilish muddati to‘g‘ri kelgan mahkumlar bilan tadbir tashkil etildi.

Shuningdek, Bo‘ka tuman JIB sudi binosida raislik qiluvchi B.Bekto‘rayev Toshkent maxsus prokurori yordamchisi Sh.Turdaliyev va himoyachilar hamda koloniya TIB boshlig‘i M.Payziyevlar qatnashdi 2 nafar mahkum muddatidan ilgari ozod etildi va 12 nafar mahkumni qolgan jazosi yengilrog‘i bilan almashtirildi.

IIVJIED

IIV JIED | Rasmiy kanal

22 Oct, 09:01


"Izlagan imkon topar..."

Birinchi mintaqaviy hudud 23-son mahkumlar uchun ixtisoslashgan kasalxonada doimiy ish bilan ta’minlangan yosh mahkumlarga xorijiy tillarni biladigan mahkumlar imkoniyatidan unumli foydalanib, qiziqishi bor mahkumlarga chet tillari bo‘yicha darslar o‘tilmoqda.

Dars jarayonlarida mahkumlar ingliz, fransuz va ispan tillarini o‘qib o‘zlashtirishmoqda.

IIVJIED

IIV JIED | Rasmiy kanal

22 Oct, 08:01


Birinchi mintaqaviy hudud 7 son JIEKda mahkumlar o‘rtasida TIB katta psixologi kapitan B.Dushabekov tomonidan," Inson ehtiyoji" mavzusida psixologik trening va davra suhbati olib borildi.

Tadbir davomida kelgusida ruhiyatida tushkunlik kayfiyati sodir bo‘ladigan 8 nafar mahkumlarga psixologik qamoq berildi.

IIVJIED

IIV JIED | Rasmiy kanal

22 Oct, 08:01


Birinchi mintaqaviy hudud 46-son manzil-koloniya boshlig‘i podpolkovnik A.Misirov tomonidan koloniyada jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlarning yaqin qarindoshlari bilan navbatdagi sayyor qabul o‘tkazdirildi.

Qabul davomida fuqarolar tomonidan koloniyada mahkumlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar va jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlarga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 73,74-moddalarini qo‘llanish tartibi to‘g‘risida murojaatlar bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.

IIVJIED