IT sohasini bepul o’rganib, o’qish davridayoq ish taklifini olishni istaysizmi?
Talabgir kasb, bepul ta’lim, kafolatlangan amaliyot va 24/7 tartibidagi erkin jadval bilan o‘qish paytida o‘z yo‘nalishingiz bo‘yicha ishlash imkoniyatini sizga School 21 taqdim etadi.
Bu yerda IT-kompaniyasidagi amaliyot — o‘quv loyihasi hisoblanadi. Ishtirokchi amaliyot uchun kompaniyani o‘zi tanlaydi va uning shartlari borasida kelishib oladi.
School 21 ishtirokchilarining 100 foizi amaliyotga chiqadi, va ularning 95 foizi bugungi kunda doimiy ish takliflarini olishgan.
School 21'da yaratilgan imkoniyatlar, o’qish sharoitlari haqida School 21 rahbari Zarina Luxmanova hamda ta’lim jarayoni ishtirokchilari bilan suhbat qilib, kampusdan reportaj tayyorladik.
Batafsil 👉 https://www.youtube.com/watch?v=2H7yUGHRSl8&t=12s