Huquqiy targ`ibot

@iiv_huquqiy_targibot


Ichki ishlar organlariga oid yangi normativ-huquqiy hujjatlar, islohotlar va boshqa soha faoliyatiga doir yangiliklar hamda tezkor ma'lumotlar taqdim etuvchi kanal.

Savol va maslahatlar - @Htargibot_bot
Instagram - instagram.com/iiv_huquqiy_targibot

Huquqiy targ`ibot

22 Oct, 14:07


“Whats” nomi bilan tashkil etilgan platforma orqali odamlarning mablagʻlarini firibgarlik yoʻli bilan oʻzlashtirib kelgan guruh faoliyatiga chek qoʻyildi
———
“Whats” номи билан ташкил этилган платформа орқали одамларнинг маблағларини фирибгарлик йўли билан ўзлаштириб келган гуруҳ фаолиятига чек қўйилди

Website | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Ok | TV

Huquqiy targ`ibot

22 Oct, 13:35


#Bilasizmi

Hafta davomida qabul qilingan qonunchilikdagi yangiliklar bilan tanishing:

🔹Iqtisodiyot tarmoqlarida aerokosmik texnologiyalar joriy etildi Manba: (PF-155-son, 14.10.2024 y);

🔹Tashqi savdo operatsiyalari bo‘yicha valyuta nazorati yanada takomillashtiriladi Мanba: (PF-156-sоn, 14.10.2024 y);

🔹Startap loyihalar ekotizimi yanada rivojlantiriladi Manba: (PQ-357-son, 14.10.2024 y);

🔹Raqamlashtirish sohasidagi eksportchi korxonalar qo‘llab-quvvatlanadi Manba: (PF-157-son, 14.10.2024 y);

🔹Iqtisodiyotda xususiy mulkning ulushi yanada oshiriladi Manba: (PF-159-son, 16.10.2024 y);

🔹Sun’iy intellekt texnologiyalari rivojlantiriladi Manba: (PQ-358-сон, 14.10.2024 y);

🔹“Xalqaro shartnomalarga qo‘shilish to‘g‘risida” Prezident qarori qabul qilindi Manba: (PQ-362-сон, 16.10.2024 y);

🔹Konstitutsiya – erkin va farovon hayot garovi Manba: (PF-53-son, 17.10.2024 y);

🔹Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyati takomillashtiriladi Manba: (O‘RQ-976-son, 17.10.2024 y);

🔹Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamining manzilli va samarali ijtimoiy himoya qilinishi kuchaytiriladi Manba: (O‘RQ-977-son, 18.10.2024 y);

🔹Ijtimoiy xizmatlar va yordam ko‘rsatish tizim takomillashtiriladi hamda ularning sifati oshiriladi Manba: (O‘RQ-977-sоn, 18.10.2024 y).

@iiv_huquqiy_targibot

Huquqiy targ`ibot

21 Oct, 11:24


Ўзбек тили байрами муносабати билан Ўзбекистон халқига табрик

Поздравление народу Узбекистана в связи с Праздником узбекского языка

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Huquqiy targ`ibot

21 Oct, 05:26


Oʻzbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligining 35-yilligi muborak boʻlsin aziz yurtdoshlar!

@iiv_huquqiy_targibot

Huquqiy targ`ibot

18 Oct, 07:44


Endi bunday boʻlmaydi!

Video sunʼiy intellekt yordamida yaratilgan.


“Siyosiy-maʼrifat soati”ning navbatdagi sonini tomosha qiling.

@iiv_huquqiy_targibot

Huquqiy targ`ibot

17 Oct, 12:04


Hurmatli fuqarolar, firibgarlardan ehtiyot bo'ling!

Farg'ona viloyat IIB Axborot xizmati

@iiv_huquqiy_targibot

Huquqiy targ`ibot

17 Oct, 11:46


#Bilasizmi

Qonunchilikka ko‘ra, xorijiy tillardan milliy va xalqaro sertifikatga ega davlat boshqaruv idoralarining barcha bo‘g‘inlari xodimlariga lavozim maoshiga nisbatan 20 foizgacha qo‘shimcha ustama berish tartibi joriy etilgan.

❗️ Shuningdek, ta’lim muassasalarining kamida S1 darajadagi milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikatga ega xorijiy tillar (ingliz, fransuz, nemis, ispan, italyan, arab, xitoy, yapon, koreys, turk, fors, pushtu, dari, urdu, hind) o‘qituvchilariga ularning bazaviy tarif stavkasiga nisbatan har oylik 50 foiz miqdorida qo‘shimcha ustama haqi to‘lab beriladi.

@iiv_huquqiy_targibot

Huquqiy targ`ibot

16 Oct, 15:51


Farzandingizni ijtimoiy tarmoqlar taʼsiri ostida shakllanayotgan diniy qarashlariga eʼtiborli boʻling!
———
Фарзандингизни ижтимоий тармоқлар таъсири остида шаклланаётган диний қарашларига эътиборли бўлинг!


Website | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Ok | TV

Huquqiy targ`ibot

10 Oct, 07:20


#Bilasizmi

📝 Qonunchilikka ko‘ra, tibbiyot muassasalari xodimlari yo'l-transport hodisasi natijasida jarohat olgan shaxslar haqida quyidagi ma’lumotlarni zudlik bilan ichki ishlar organlariga xabar qilishlari shart:

transport vositalari tomonidan yetkazilgan tan jarohati sababli yordam so‘rab murojaat qilgan shaxslar to‘g‘risida;

yo‘l-transport hodisalari oqibatida tan jarohati olganligi tufayli boshqa tibbiyot muassasalariga yuborilgan shaxslar to‘g‘risida;

yo‘l-transport hodisalari oqibatida tan jarohati olganligi tufayli hodisa yuz bergan kundan boshlab 30 sutka ichida vafot etgan shaxslar to‘g‘risida;

yo‘l-transport hodisalarida tan jarohati olgan va halok bo‘lgan shaxslarni olib kelgan transport vositasi, uning haydovchisi, birga kelgan boshqa shaxslar to‘g‘risida.

@iiv_huquqiy_targibot

Huquqiy targ`ibot

10 Oct, 07:20


#Bilasizmi

☎️ Qonunchilikka ko‘ra, ichki ishlar organi, yong‘inga qarshi xizmat, tibbiy tez yordam va boshqa maxsus xizmatlarni qasddan aldab chaqirganlik uchun BHMining 1 baravaridan 3 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.

👉Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi...

@iiv_huquqiy_targibot