Hilola Umarova

@hilola_umarova


👩‍💼Umarova Xilola Uktamovna
🇺🇿Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri
🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi Akademiyasi tadqiqotchisi

Hilola Umarova

22 Oct, 08:56


#raqamlashtirish

Har qanday sohada zamon talablariga moslashish, raqamlashtirish koʻplab muammolarga yechim boʻlishi, katta mablagʻlarni tejashi mumkin. Keling, hisob-kitob qilamiz.

2024-2025-oʻquv yilidan boshlab maktablardagi oʻquv-pedagogik hujjatlar toʻliq elektron shaklga oʻtkaziladi.

Natijada:

oʻqituvchilar va maktab rahbariyati uchun qulaylik yaratiladi va ularning vaqti (bir oʻqituvchi yiliga 75 soat) tejaladi;

Maktab boshqaruvi jarayonida ortiqcha qogʻozbozlikka barham beriladi, samaradorlikka erishiladi va shaffoflik taʼminlanadi;

har yili 223 tonna qogʻoz va hududlarga yetkazish boʻyicha logistika xarajatlari tejaladi;

Davlat xaridlarini boʻyicha har yili 10,1 mlrd soʻm mablagʻ iqtisod qilinadi.

@hilola_umarova

Hilola Umarova

21 Oct, 01:57


Aziz ustozlar, qadrli vatandoshlar!

Avvalo, barchangizni milliy gʻururimiz — oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun, ona tilimiz bayrami bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman.

Albatta, har bir inson uchun tugʻilib oʻsgan oʻz uyi va Vatani qanchalik aziz boʻlsa, ilk bor tili chiqqanda aytiladigan soʻzlarni ifodalovchi ona tili ham shu kabi muqaddas va qadrlidir.

Shu maʼnoda biz bugun moʻtabar sanovchi oʻz ona tilimiz — oʻzbek tilining hayotimizda tutgan oʻrni har qachongidan ham muhim ahamiyatga egadir.

Fursatdan foydalanib, yurtdoshlarimizni milliy oʻzligimiz va gʻururimiz timsoli boʻlgan ona tilimizning bugungi muhim sanasi bilan yana bir bor muborakbod etaman.

Jonajon ona tilimizning mehrli ziyosi doimo tafakkurimiz va qalblarimizni yoritib tursin!


Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri

Hilola Umarova

19 Oct, 13:21


Taʼlim tizimida davlatimiz rahbari boshchiligida olib borilayotgan islohotlar samarasini xalqaro hamjamiyat ham eʼtirof etayotgani bizni quvontiradi.

Jahon banki tomonidan O‘zbekistonda Xalqaro MELQO instrumentlari orqali 250 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida o‘tkazilgan taʼlim sifatini baholash natijalari eʼlon qilindi.

Unga ko‘ra, bolalarda ilk matematik bo‘yicha ko‘nikmalarini baholash natijalari o‘rtacha 94 foiz, katta va tayyorlov guruhlardagi bolalarda erta yoshdagi savodxonlik ko‘nikmalari 77 foizdan yuqori.

Baholashda ishtirok etgan 90 foiz maktabgacha taʼlim tashkilotlari o‘quv metodik va didaktik adabiyotlar bilan to‘liq taʼminlanganligiga alohida urg‘u berilgan.

Bugungi bog‘cha bolasi – ertangi o‘quvchi. Hurmatli ustozlar, kichkintoylarimiz egallagan ilk bilim va ko‘nikmalarni munosib ravishda boyitib borish bizdan yanada mas’uliyat bilan ishlashni talab qiladi. Bir jamoa bo‘lib Yangi O‘zbekiston farzandlarini barkamol avlodlar qilib tarbiyalaymiz degan umiddaman.

@hilola_umarova

Hilola Umarova

09 Oct, 18:12


Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, “Yangi Oʻzbekiston” universiteti va boshqa hamkorlar bilan birgalikda Markaziy Osiyo universitetlar forumi oʻtkaziladi.

Joriy yilning 16-oktabr kuni oʻtkaziladigan ushbu yirik xalqaro tadbirda xorijdan 200 ga yaqin ishtirokchi qatnashishi kutilmoqda.

MIT va Kembrij kabi nufuzli oliygohlar vakillari qatnashadigan mazkur forumdan koʻzlangan maqsad Markaziy Osiyoda, xususan yurtimizda oliy taʼlim tizimiga dunyo tajribasini olib kirish hamda zamonaviy taʼlim islohotlarini muhokama qilishdan iborat.

Forum doirasida 12-oktabr kuni italiyalik olim, hisoblash fizikasining dunyoga mashhur arbobi va qora tuynuklarning birinchi tasvirlarini yaratuvchilaridan biri boʻlgan Luciano Rezzollaning ochiq maʼruzasini tashkil etadi.

Shuningdek, 15-oktabr kuni dunyoning yetakchi oliygohlaridan biri Massachusetts texnologiya instituti akademik rivojlanish boʻyicha kansleri professor Erik Grimson bilan ochiq muloqot tashkil etiladi.

Maʼruza mavzusi juda dolzarb: “Kelajakka tayyorgarlik: barcha jabhada sunʼiy intellekt”.

Muloqotda yurtimizning barcha taʼlim muassasalari vakillari ishtirok etishlari va qimmatli tajribaga ega boʻlishlari mumkin.

Forum oldi tadbirlaridan yana biri zamonamizning eng nufuzli iqtisodchilaridan biri, monopoliyalarni tartibga solgani uchun Nobel mukofoti sovrindori Jan Tirol bilan tashkil etiladigan maʼruza.

Fransiyalik olim Jan Tirol tomonidan 14-oktabr kuni ochiq maʼruza tashkil etiladi.

Ochiq maʼruzada olim shaxsiy manfaatlar va ijtimoiy farovonlik oʻrtasidagi muvozanatni tushuntirib, xalq farovonligiga erishish boʻyicha oʻz izlanishlari haqida maʼlumot beradi.

Jan Tirol 2014-yil monopoliyalarni boshqarish va bozorni tartibga solish sohalaridagi dolzarb muammolarga eng yaxshi yechimlarni ilgari surgani uchun Nobel mukofoti bilan taqdirlangan.

Ilm-taʼlimga befarq boʻlmagan yurtdoshlar, soha vakillari forum jarayonlarini, albatta, kuzatib boring.

@hilola_umarova

Hilola Umarova

06 Oct, 08:48


Menimcha
#5oct #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur

Hilola Umarova

02 Oct, 14:58


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Maktabgacha taʼlim sifati va samaradorligini yanada oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilindi.

Qarordagi eng muhim yangilik va oʻzgarishlar haqida qisqacha infografikada tanishing.

@hilola_umarova