Foydali Moliya

@foydali_moliya


Pul boshqaruvi va moliyaviy savodxonlik yoʻnalishidagi kreativ kanal!

Reklama va hamkorlikka
https://t.me/foydalireklom

Foydali Moliya

22 Oct, 16:01


Toʻrt kunlik ish haftasi samarali ekani isbotlandi!

Germaniyada fevral oyidan boshlab, 45 ta korxona sinov tariqasida haftasiga toʻrt kunlik ish jadvaliga oʻtgan edi.

8 oydagi natijalarga koʻra, ishchilar koʻproq dam olgani, oilasi bilan vaqt oʻtkazgani hisobiga ishxonada avvalgiga qaraganda samaraliroq va ishga yondashuvi yaxshiroq boʻlgan.

🔝 @foydali_moliya

Foydali Moliya

22 Oct, 15:00


— Miyangizni maksimal ishlashga undaydigan!

— Dunyoqarashingizni keskin o'zgartiruvchi haqiqiy kreativ kanal!

— Ko’p gapirmaymiz, ko’pga yetadigan qilib gapiramiz!

SIZ IZLAYOTGAN MANZIL👇🏻

ULANISH 👉🏻 @MAQSAD 🎯

Foydali Moliya

22 Oct, 10:09


Bolaligimda otam bilan sirk ko‘rgani borgandik. Chipta olish maqsadida navbatga turdik. Oldimizda er-xotin va ularning olti bolasi turardi. Bolalarning kiyimlari eskirib ketgan, lekin ozoda edi. Ular juda xursand holda sirk haqida gaplashishardi.

Navbatlari kelgach, ota oyna yoniga borib, chipta narxini so‘radi. Narxni eshitgach, biroz tisarilib, xotiniga pichirlab nimadir dedi. Uning yuzida bezovtalik alomatlari yaqqol sezilib turardi. Shu payt otam cho‘ntagidan 20 dollarni olib, yerga otdi va egilib, uni oldi-da, pulni haligi kishining kaftiga qo‘ydi va “pulingiz tushib ketdi”, dedi.

Haligi odam ko‘zlarida yosh bilan, “rahmat, janob”, dedi. Ular tomosha zaliga kirib ketganidan so‘ng otam qo‘limdan tortdi va biz tashqariga chiqib ketdik. Chunki otamning o‘sha odamga bergan 20 dollaridan boshqa puli yo‘q edi.

O‘sha kundan buyon otam bilan faxrlanaman. Butun hayotimdagi eng go‘zal manzara mana shu bo‘lgandi. Bu holat o‘sha ko‘rolmay qolganim sirk tomoshasidan ham chiroyliroq edi. Tarbiya nazorat bilan emas, ibrat bilan bo‘lishiga ko‘proq amin bo‘ldim!

©️ Charli Chaplin

🔝 @foydali_moliya

Foydali Moliya

22 Oct, 06:55


🇺🇸 AQShda fuqarolarning kredit karta bo'yicha qarzi keskin o'sib bormoqda.

Bu 2008 va 2020 yillardagi darajadan sezilarli darajada ko'proq. Tarix shuni ko'rsatadiki, kredit karta qarzining yuqori darajasi ko'pincha iqtisodiy inqirozlardan oldin sodir bo'ladi.

🔝 @foydali_moliya

Foydali Moliya

22 Oct, 05:04


👨‍💻 Har bir xodim faqat o'z ishiga e'tibor qaratishi kerak.

Bunday yondashuv jamoaning samaradorligi va unumdorligini oshiradi, chunki har bir mutaxassis o'z sohasiga e'tibor qaratadi.

Xodimlar o'z mas'uliyatlariga e'tibor qaratishganda, ular vazifalarni yaxshiroq bajaradilar va o'z mutaxassisliklari doirasidan tashqaridagi muammolar bilan chalg'imaydilar.

Bu, o'z navbatida, yaxshi natijalarga va yuqori sifatli ishga olib boradi.

📢 Bundan tashqari, u hamkasblar o'rtasida nizolar va tushunmovchiliklar ehtimolini kamaytiradi.

🔝 @foydali_moliya

Foydali Moliya

22 Oct, 04:59


❗️Тарих, фан ва техникага оид илмий-оммабоп каналини тавсия қиламан: 👉 360 даража

Ҳар куни турли хил ноодатий ва фойдали видеолар, энг сўнги техника янгиликларини ўқиб боринг.

Каналга аьзо бўлиш: 👉 360 даража ёки https://t.me/fantexnika_uz шу ҳавола орқали обуна бўлинг.

Foydali Moliya

22 Oct, 02:30


💰 Qancha erta uyg‘onsangiz shuncha pulingiz ko‘p bo‘ladi

Olimlarning aniqlanishicha erta turish insonning iqtisodiy holatini yaxshilaydi va ko‘proq pul topish ehtimolini oshiradi. Bejizga aytilmaganda, "Erta turgan kishini Xudo o‘nglar ishini".

➡️ Boy bo‘lmoqchi bo‘lgan uyquchilarga yuborib qoʻying.

🔝 @foydali_moliya

Foydali Moliya

21 Oct, 14:33


Oylik maoshlar $600 dan boshlab $2500 + gacha...

Marketing sohalaridan logistikagacha, IT sohalaridan tortib til vakansiyalarigacha doimiy e'lonlarni berib boruvchi — @jobmarket_uz kanali har kuni qaynoqqina vakansiyalarni siz uchun ulashmoqda.

Kanalga obuna bo’lib, o’zingizga mos ishni @jobmarket_uz bilan tez va oson toping!

P.S: Yuqorida ko’rsatilgan oylik maosh — 1 yil (+) tajribaga ega bo'lgan mutaxassislar uchun.

Obuna bo’lish uchun: 👉 https://t.me/+Yb-a9Lvklew1MGUy

Foydali Moliya

21 Oct, 12:17


🟦🟦🟦

Rizqning kelish yo kelmasligidan ortiqcha havotirlanishga aslo hojat yoʻq.

Bizga yozilgani albatta keladi, xohlasak ham, xohlamasak ham.

Bizdan harakat, tavakkul va sabr!

🔝 @foydali_moliya

Foydali Moliya

21 Oct, 08:50


DOʻSTLAR HAQIDA...

Yigit oila qurishga qaror qildi. Yolgʻiz oʻgʻil boʻlgani uchun toʻyning barcha tashvishlari oʻzining zimmasida edi. Bir kuni kechqurun otasiga yuzlandi:

- Dada, sizdan bir iltimosim bor. Mana bu do'stlarimning ro'yxati. Ularga mening nomimdan qo‘ng‘iroq qilib, to‘yimga taklif qila olasizmi?

- Albatta, o'g'lim, - javob berdi ota.

To'y kuni o'g'il otasining oldiga yugurib kelib, g'azablana boshladi:

- Dada, men sizdan barcha do'stlarimga qo'ng'iroq qilishingizni so'ragan edim. Nega ularni hammasini taklif qilmadingiz!?

- Barcha doʻstlaringga xabar berganman...

- Ro'yxatimda 50 kishi bor edi va men ulardan faqat 15 tasini ko'ryapman.

- O‘g‘lim, men hammaga qo‘ng‘iroq qildim... Ularga hozir muammolaring borligini, senga yordam kerakligini aytdim. Hammadan shu vaqtda, aynan shu joyga kelishlarini so'radim. Havotir olma, o'g'lim, DOʻSTLARING shu yerda!

🔝 @foydali_moliya

Foydali Moliya

21 Oct, 05:31


1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

Oʻzbek tili bizning ona tilimiz. Lekin hozirda baʼzi onalarning oʻzi tilimizni buzib gapiradi, oʻylamay chet el soʻzlarini qoʻshib ketishadi.

Chet tillarini bilish yaxshi aslida. Ammo har qanday chet tilini oʻz Oʻzbek tilimizdan ustun koʻrmasligimiz kerak.

Boshqa tildagi soʻzlarni aralashtirib gapirish madaniyatlilik, rivojlanganlik belgisi emas!

🔝 @foydali_moliya

Foydali Moliya

21 Oct, 03:00


Millatimiz aslini aks ettiruvchi - Oʻzbek tili bayrami muborak boʻlsin!

Navoiy bobomiz aytganidek, "Tilga eʼtiborsiz, elga eʼtiborsiz" boʻlmaylik. Tilimizni boshqalar hurmat qilishi uchun avval oʻzimiz ona tilimizni hurmat qilishni boshlaylik!

🔝 @foydali_moliya

Foydali Moliya

20 Oct, 10:30


Omad haqida

Hayoti davomida baxt va omad tark etmagan inson bor edi. Bir guruh yoshlar undan buning sirini so'rashdi. U shunday javob berdi:

- Sizlarning savolingiz menga bir molboqarni eslatdi. Molboqardan so'rashibdi:

- Sigiring bir kunda qancha sut beradi?
- Sigirim umuman menga sut bermaydi, balki sutni undan o'zim sog'ib olaman! - deb javob beribdi molboqar.

Xulosa shuki, hayot sizga nimadir berishini kutib, vaqtingizni bekor o'tkazmang. Siz hayotdan nimalardir olishga harakat qiling.

🔝 @foydali_moliya

Foydali Moliya

20 Oct, 06:46


Özbeklardek barakali xalq haqqini mehnat qilib topadi, odam öldirib emas.

Rossiyani esa Mironovning özi, öğillari, kuyovlari, nevaralari himoya qilişi kerak.

Bilişimça, ruslar ham Vatanni himoya qilişni özbeklardagidek muqaddas burç hisoblaydilar?

@alisherQodir

Foydali Moliya

20 Oct, 03:01


Qurʼonda boylik va rizq masalasi...

Boylikni deb Allohning zikrini unutmaslik kerakligi haqida: "Ey, iymon keltirganlar! Mollaringiz va bolalaringiz sizni Allohning zikridan chalg'itmasin. Kim shunday qilsa, bas, ana o'shalar yutqazganlardir" (Munofiqun surasi 9-oyat)

🔝 @foydali_moliya

Foydali Moliya

19 Oct, 15:01


Ҳали бирор жойда чиқиб улгурмаган расмий янгиликлар, Ҳукумат коридорларидан инсайд хабарлар, ҳуқуқий маълумотлар, долзарб муаммолар ва уларга бериладиган ечимлар ҳақида биринчилардан бўлиб Generalissimus Телеграм каналида ўқишингиз мумкин.

Обуна бўлишни тавсия қиламан:

https://t.me/generalissimo_marshal

Foydali Moliya

19 Oct, 11:20


🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤

Har xil turdagi firibgarlar va moliyaviy piramidalardan ehtiyot bo‘ling!

Qiynalib topgan pullaringizni hech kimga qoʻshqoʻllab topshirib qoʻymang!

🔝 @foydali_moliya

Foydali Moliya

19 Oct, 08:18


O'zbekiston Oʻrta Osiyoda eng to'q davlat!

O'zbekiston ochlik indeksi bo'yicha global reytingda 5,6 ball bilan 121 mamlakat orasida 21-o'rinni egalladi. Indeks bolalar o'limi, to'yib ovqatlanmaslik va bolalarda o'sishning sustlashishini hisobga oladi. Indeks qanchalik past bo'lsa, mamlakatning reytingda pozitsiyasi shunchalik yuqori bo'ladi va ochlik xavfi past hisoblanadi.

Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida O'zbekiston yetakchilik qilmoqda, undan keyin Qozog'iston (24-o'rin), Qirg'iziston (40-o'rin), Turkmaniston (49-o'rin) va Tojikiston (69-o'rin). Belorusiya, Bosniya va Gertsegovina, Chilida eng past ochlik xavfi. Rossiya 28-o'rinni egalladi, eng yomon ko'rsatkich esa Yaman, Markaziy Afrika Respublikasi va Madagaskarda.

🔝 @foydali_moliya

Foydali Moliya

19 Oct, 06:05


📊 100 ta uy xo‘jaligiga nechta mobil telefon to‘g‘ri keladi?

🏢 Statistika agentligining 2024-yil yanvar-sentyabr oylarida o‘tkazilgan uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan, O‘zbekiston Respublikasida 100 ta uy xo‘jaligiga to‘g‘ri keladigan mobil telefonlar soni o‘rtacha 365 tani tashkil etgan.

Ma’lumot uchun ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yillarda quyidagicha:

▶️ 2010 yilda 145 ta;

▶️ 2015 yilda 234 ta;

▶️ 2020 yilda 287 ta.


🔝 @foydali_moliya