Finlit.uz - moliyaviy savodxonlik

@finlituzb


O'zbekiston Republikasi Markaziy banki moliyaviy savodxonlik va ommaboplikni oshirish departamenti

Materiallardan foydalanishda kanalga havola berish zarur

Savol-javob: @finlituzbchat
Канал на русском: @finlituzb_ru

(71) 212-73-59
Admin: @finlitteam

Finlit.uz - moliyaviy savodxonlik

22 Oct, 14:27


Eskrou hisob varaqlari - bu maxsus hisobvaraqlar bo'lib, ularda mablag'lar tranzaksiyaning muayyan shartlari bajarilgunga qadar saqlanadi. Bu bitimda ishtirok etayotgan tomonlarning xavfsizligi va manfaatlarini himoya qilishni ta'minlaydi.

Asosiy jihatlar:
Maqsad: Eskrou hisob varaqlari ko'chmas mulk sotib olish, onlayn savdo yoki yirik shartnomalarni tuzishda mablag'larni himoya qilish uchun ishlatiladi.

Ishtirokchilar:
🗄 Bitim taraflari - xaridor va sotuvchi.
🗄 Eskrou-agent - hisobni boshqaradigan va shartlarga rioya etilishini nazorat qiluvchi bank.

Bitim jarayoni:
🗄 tomonlar pul mablag'larini o'tkazish shartlarini kelishib oladilar.
🗄 mablag'lar eskrou hisob varaqlariga kiritiladi.
🗄 shartlar bajarilgandan so'ng, mablag'lar sotuvchining hisob raqamiga o'tkaziladi.
🗄 shartlar bajarilmasa, mablag'lar xaridorga qaytariladi.

Afzalliklar:
⭕️ Xavfsizlik: pul yo'qotish xavfini kamaytiradi.
⭕️ Shaffoflik: bitimning barcha shartlari aniq ko'rsatilgan.
⭕️ Ishonch: Tomonlar shartlar bajarilishiga ishonch hosil qilishlari mumkin.

🌐@finlituzb | 🌐@finlituzb_ru

Finlit.uz - moliyaviy savodxonlik

21 Oct, 11:21


Iste’molchilarning murojaatlarini ko‘rib chiqishga qo‘yiladigan talablar:

🌐@finlituzb | 🌐@finlituzb_ru

Finlit.uz - moliyaviy savodxonlik

20 Oct, 09:24


Telegramda yangi firibgarlik sxemasi

Kiberfiribgarlarning yangi hiylasi haqida ogohlantiramiz: messenjerlar va ijtimoiy tarmoqlarda fotosuratlar ostida niqoblangan viruslar tarqala boshladi

Firibgarlar odatda ilovalarni o‘rnatish uchun ishlatiladigan APK formatidagi fayllar bilan yuboradilar, lekin ularni rasmlar sifatida imzolaydilar

➡️ Xabarlar ko‘pincha matn bilan birga keladi, masalan: "Salom, bu senmi?"

Bunday fayl ochilsa, virus qurilmaga kirib, firibgarlarga telefoningizni to‘liq nazorat qilish imkonini beradi.

Ushbu postni do‘stlaringiz va oila a’zolaringiz bilan bo‘lishishni unutmang, zero ushbu berilgan ma’lumotlar ularga ham foyda keltirsin.

1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣

obuna bo'ling 🌐@finlituzb
на русском 🌐@finlituzb_ru

Finlit.uz - moliyaviy savodxonlik

18 Oct, 13:41


➡️ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Tadbirkorlik sub’yektlarining barqarorlik reytingini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2024 yil 23 yanvardagi PQ-39-son qaroriga muvofiq tadbirkorlik sub’yektlarini aniqlash va rag‘batlantirishni nazarda tutuvchi tadbirkorlik sub’yektlarining barqarorlik reytingi joriy etilgan

Tadbirkorlik sub’yektlarining barqarorlik reytingi doirasida tadbirkorlik sub’yektlari quyidagi toifalarga ajratiladi:

🗄 «AAA», «AA» va «A» toifalar – yuqori barqarorlik reytingi;
🗄 «BBB», «BB» va «B» toifalar – o‘rta barqarorlik reytingi;
🗄 «CCC», «CC» va «C» toifalar – qoniqarli barqarorlik reytingi;
🗄 «D» toifa – quyi barqarorlik reytingi.

Barqarorlik reytingi "yuqori" bo‘lganlar uchun ma’lum imtiyozlar, subsidiyalar va preferensiyalar taqdim etiladi.

🌐@finlituzb | 🌐@finlituzb_ru

Finlit.uz - moliyaviy savodxonlik

18 Oct, 09:43


Tadbirkorlik sub’yektlari quyidagi toifalarga ajratilgan:

- kichik tadbirkorlik sub’yektlari;
- o‘rta tadbirkorlik sub’yektlari;
- yirik tadbirkorlik sub’yektlari.


Kichik tadbirkorlik sub’yektlariga:

- yakka tartibdagi tadbirkorlar (YATT);
- mikrofirmalar - jismoniy shaxslar tomonidan ta’sis etilgan, jami daromadi 1 kalendar yil davomida 1 mlrd so‘mgacha bo‘lgan tadbirkorlik sub’yektlari;
- kichik korxonalar - jami daromadi 1 kalendar yil davomida 1 mlrd so‘mdan 10 mlrd so‘mgacha bo‘lgan sub’yektlar hamda yuridik shaxslar tomonidan ta’sis etilgan mikrofirmalar.

O‘rta tadbirkorlik sub’yektlariga:

- jami daromadi 1 kalendar yil davomida 10 mlrd so‘mdan 100 mlrd so‘mgacha bo‘lgan kompaniyalar.

Yirik tadbirkorlik sub’yektlariga:

- jami daromadi 1 kalendar yil davomida 100 mlrd so‘m va undan yuqori bo‘lgan kompaniyalar kiradi.

🌐@finlituzb | 🌐@finlituzb_ru

Finlit.uz - moliyaviy savodxonlik

18 Oct, 06:51


Kichik tadbirkorlik subyektlariga kimlar kirishini bilasizmi?

Javobingizni izohlarda qoldiring.

🌐@finlituzb | 🌐@finlituzb_ru